Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2697-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 22-apreldagi 54, 2019/31-1, 7, 2019-18, 01-02/8-23-sonli “Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2697-2, 13.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-apreldagi PQ–1961-son “Mahalliy isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish va assortimentini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2014-yil 4-fevraldagi PQ–2120-son “2014-2016-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 18-apreldagi 39, EG-01/14-1414, 6, 2012-16 va 01-02/8-6-son “Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2365, 2012-yil 17-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 224-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-iyun,
54-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-iyun,
EG-01/14-3170-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 23-iyun,
96-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-iyun,
2015-17-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-iyun,
01-02/8-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 23-iyundagi 54, EG-01/14-3170, 96, 2015-17, 01-02/8-16-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-apreldagi PQ-1961-son “Mahalliy isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish va assortimentini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2014-yil 4-fevraldagi PQ-2120-son “2014 — 2016-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi, 2015-yil 11-fevraldagi PQ-2298-son “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash hamda ular tomonidan daromadlarning alohida-alohida hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom quyidagi korxonalarga tatbiq etiladi:
tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturiga kiritilganlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-apreldagi PQ-1961-son “Mahalliy isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish va assortimentini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-ilovasiga kiritilganlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladilar:
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan, yagona soliq toʻlovidan (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan subyektlar uchun);
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan;
chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar (keyingi oʻrinlarda import tovarlari deb yuritiladi) uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarga, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Nizomning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan sanasidan boshlab, mazkur Nizomning 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan imtiyozlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur Nizom 1-bandining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan korxonalar tomonidan mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugagandan soʻng realizatsiya qilingan mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga tatbiq etilmaydi.
7. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
2-bob. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash
8. Mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadni yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (xarajatlar) boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.
9. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish xususiyatlarini hisobga olib, yagona soliq toʻlovi boʻyicha nazarda tutilgan imtiyoz mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga qoʻllanadi. Aytib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.
10. Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha soliq solish bazasining alohida-alohida hisobini yuritishlari kerak.
11. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyoz mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun xarid qilingan, biroq foydalanishga topshirilmagan asosiy vositalar uchun qoʻllanilmaydi.
12. Agar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan faqat mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilmasa, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyoz realizatsiya qilishdan olingan sof tushumda mahalliylashtirilayotgan mahsulotning salmogʻidan kelib chiqib taqdim etiladi.
13. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yagona soliq toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash
14. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz erkin muomalaga chiqarish rejimi uchun bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish vaqtida belgilangan tartibda beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosasi asosida taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida majburiyatlarni bajarishni taʼminlash
15. Loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilgan sanadan boshlab loyihani amalga oshiruvchi korxona mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan mahrum etiladi.
16. Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish taʼminlanmaganligi sababli loyiha Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilganda, shuningdek imtiyozlarni amal qilish muddati tugaganda, mazkur Nizom 1-bandining ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan korxonalar yuqorida taʼkidlangan holatlar yuz bergan kundan boshlab uch kun mobaynida mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ilgari chetdan olib kirilgan tovarlarning (komponentlarning) qoldiq qismida bojxona toʻlovlari boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitoblarni amalga oshirishlari shart. Qayta hisob-kitoblar jarima sanksiyalari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni taʼminlamagan va shu asosda Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilgan mazkur Nizom 1-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan korxonalar:
mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ilgari chetdan olib kirilgan tovarlarning (komponentlarning) qoldiq qismida bojxona toʻlovlari boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitoblarni amalga oshirishlari shart. Qayta hisob-kitoblar jarima sanksiyalari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi;
ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblangan bojxona toʻlovlari boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni chegirgan holda 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida (mahalliylashtiriladigan mahsulot qismida) aks ettiriladigan ishlatilmagan mablagʻlarning qoldigʻini Mahalliylashtirish dasturidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kun mobaynida budjetga oʻtkazib berishlari shart.
Mazkur mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazib berilmagan hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblanadi.
Ushbu bandning qoidalari imtiyoz davri tugagandan soʻng, yaʼni Mahalliylashtirish dasturida belgilangan muddatlar tugagandan soʻng foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻiga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Yil yakuni boʻyicha Mahalliylashtirish dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq bajarishni taʼminlamagan, biroq Mahalliylashtirish dasturidan chiqarilmagan korxonalar boʻyicha mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan komponentlar boʻyicha xulosa berish Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha idoralararo Maxsus komissiyaning qarori boʻyicha oʻtgan yilda imtiyozlarni qoʻllagan holda chetdan olib kelinadigan komponentlarning qoldigʻini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
5-bob. Imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash yuzasidan nazorat
19. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Iqtisodiyot vazirligiga soliq imtiyozlarining hajmi hamda qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari natijalari toʻgʻrisida maʼlumotni korxonalar kesimida taqdim etadi.
21. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan chetdan tovar olib kelgan yuridik shaxslar reyestrlari va taqdim etilgan imtiyozlar hisobini yuritadilar.
22. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10-kuniga qadar (yuridik shaxsning tegishliligi boʻyicha) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan chetdan olib kelinadigan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishi tashkil etilmagan yoki ichki bozor ehtiyojining hajmi, sifati va texnik parametrlari boʻyicha qoniqtirmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadilar. Davlat soliq boshqarmalari maʼlumot olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida uni yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga yuboradilar.
23. Davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan maʼlumotda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilingan yuridik shaxs — tovarlar import qiluvchisining nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
chet ellik tovar yetkazib beruvchining nomi, shartnoma raqami;
import tovarlarining nomi, ularning miqdori va taqdim etilgan imtiyozlar summasi.
24. Imtiyozni qoʻllagan holda olib kelingan import tovarlaridan maqsadga koʻra foydalanmaslik holatlari soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) vaqtida aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari aniqlangan holatlar toʻgʻrisida hujjatlar tuzadi va uch ish kuni mobaynida ularni tegishli davlat bojxona xizmati organlariga yuboradi. Maqsadga nomuvofiq foydalanilgan import tovarlariga toʻgʻri keladigan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni hisoblagan holda budjetga undiriladi.
25. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
| ______________________________ davlat soliq boshqarmasi | | | | | | ||||
| | | | | | | | | | |
|
Chetdan olib kelinadigan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishi tashkil etilmagan yoki ichki bozor ehtiyojining hajmi, sifati va texnik parametrlari boʻyicha qoniqtirmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar toʻgʻrisidagi | |||||||||
|
MAʼLUMOT | |||||||||
|
20 ___ yilning “____” choragi uchun | |||||||||
| | | | | | | | | ||
|
T/r. |
Oluvchining nomi |
Oluvchining yuridik manzili | Oluvchining STIRi | Chet ellik tovar yetkazib beruvchining nomi | Shartnomaning raqami | Chetdan olib kelingan tovar | Imtiyoz summasi | ||
|
nomi |
oʻlchov birligi |
miqdori | |||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
|
______________ |
| | | | | | | ||
| | | | | | | | | ||
|
OʻzR DBQ ________________ viloyat boshqarmasining boshligʻi |
________________ |
______________________ | |||||||
| | | | | | | | | | |
|
M.Oʻ. |
| | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 375-modda; 2017-y., 24-son, 506-modda)