Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-iyun,
14/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar (bundan buyon matnda zaxiralar deb yuritiladi) shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
aktivlar — kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qogʻozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablagʻlar, hisoblangan foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda hisoblangan foizlardan tashqari boshqa barcha talablar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
muammoli aktivlar — sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar;
maxsus zaxiralar — sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan majburiy zaxiralar;
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — tijorat banki faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar — shartnoma va (yoki) unga qoʻshimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari oʻzgartirilgan aktivlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-1, 10.10.2017-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼminlanmagan aktivlar — taʼminoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli (eʼtimodli) aktivlar — bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud boʻlgan, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga taʼminotsiz ajratilgan aktivlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni bank balansida aks ettirish bank va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
3. Hisobotlarning haqqoniy boʻlmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalgʻitishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz boʻlmagan, nosogʻlom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
4. Tijorat banki balansida va balansdan tashqari moddalarda yuritilayotgan muammoli aktivlarning ulushi jami aktivlarning oʻn foizidan ortiq boʻlsa, Markaziy bank tomonidan tijorat banki ijro rahbariyatining malakasi Markaziy bank talablariga muvofiq emas deb topishga hamda tijorat banki Kengashi tomonidan bank faoliyati ustidan oʻrnatilgan nazoratni yetarli emas deb hisoblanishiga asos boʻladi.
5. Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning yetmish foizidan ortiq boʻlishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining boʻshligini bildiruvchi koʻrsatkich hisoblanadi.
2-bob. Aktivlar sifatini tasniflash tizimi
6. Qarzdorlar quyidagi asosiy mezonlar boʻyicha baholanadi:
tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli;
muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi;
moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi;
kredit tarixi, kredit taʼminotining yomonlashuvi yoki likvidliligining pasayishi;
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;
rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa).
7. Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan mezonlarga asoslanadi va ushbu mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa aktivlaridagi tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qoʻllaniladi.
8. Tijorat banklarining aktivlari sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qarzlarning oʻz muddatida toʻlanishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:
qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin boʻlgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va oʻz mahsuloti boʻyicha marketing rejasiga ega boʻlishi;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaxs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni toʻlashga yetarli, yaxshi kredit tarixiga ega, yaʼni oldin olgan barcha kreditlari boʻyicha toʻlovlarni va boshqa majburiyatlarni oʻz vaqtida bajargan boʻlishi kerak.
Taʼminot “yaxshi taʼminlangan” kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, taʼminot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan boʻlishi (agar qonun hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni taʼminot hisobidan undirib olishga haqli. Taʼminotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (eʼtimodli) aktivlar mustasno boʻlib, ularning asosiy qarzi va foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklari mavjud boʻlmasa, bunday aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.
Qarzdor tomonidan oxirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud boʻlsa, ushbu aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi, ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno.
Bunda shartlari qayta koʻrilgan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banki zaxira kapitali tarkibida sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining bir foizi miqdorida standart aktivlarga yaratiladigan zaxira shakllantirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan sof foyda hisobidan mazkur Nizom kuchga kirgan kundan keyin ajratilib, hisobot sanasiga sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qoldigʻidan kelib chiqqan holda bank foydasini taqsimlash boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq tashkil qilinadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud boʻlib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni oʻz vaqtida toʻlash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo boʻlishi mumkin boʻlgan aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:
moliyaviy holati yoki taʼminotni nazorat qilish borasida shubhalar boʻlsa;
kredit hujjatlarida yetarlicha axborot yoki taʼminot boʻyicha hujjatlari boʻlmasa;
qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud boʻlib, undagi toʻlov hujjatlarining muddati 30 kundan oshmagan boʻlsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
oxirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud boʻlsa;
ishonchli (eʼtimodli) aktivlarning asosiy qarzi va foizlari boʻyicha 30 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 30 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tijorat banki sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining oʻn foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
asosiy toʻlov manbalari qarz toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, taʼminotga qoʻyilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa;
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablagʻlarining moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmasa;
qarz oluvchining kapitali yetarli darajada boʻlmasa;
qarzdorning 2-son kartotekasida 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror boʻlmasa;
taʼminot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech boʻlmaganda asosiy qarzning toʻlanmagan summasiga teng boʻlsa (ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
ishonchli (eʼtimodli) aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 91 kundan ortiq, lekin 120 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yigirma besh foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlarga xos barcha xususiyatlarga ega boʻlib, mavjud sharoitda aktivlarning toʻliq qaytarilishini shubha ostiga va kam ishonchli qilib qoʻyadigan aktivlar sifati “shubhali” deb tasniflanadi. Bunda yoʻqotishlar koʻrish ehtimoli yuqori boʻlgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud boʻlgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha “umidsiz” deb tasniflanmaydi.
17. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
“qoniqarsiz” aktivlarning hech boʻlmaganda birorta koʻrsatkichi, shuningdek ayrim boshqa salbiy tavsiflari mavjud boʻlsa (bozorda oson sotiladigan taʼminotning mavjud emasligi yoki taʼminlanmagan aktivlarning mavjudligi yoxud qarz oluvchining bankrot deb eʼlon qilinishi);
yaqin kelajakda aktivning qisman toʻlanish ehtimoli mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kundan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ishonchli (eʼtimodli) aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 91 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 121 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Tijorat banki sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining ellik foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud boʻlgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi. Bunday tasniflash aktivlarda umuman hech qanday tugatiladigan qiymat mavjud emasligini bildirmaydi. Biroq, tijorat banklari oʻz balanslarida bunday aktivlarning hisobini yuritishni davom ettirishlari maqsadga muvofiq emas. Tijorat banki tomonidan taʼminotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari qoʻllanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
aktivlarni undirilishi sud jarayonida boʻlsa;
qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlardan foydalanish yoʻli bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qoʻyilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 180 kunga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa;
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
asosiy qarz va foizlar boʻyicha 180 kundan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tijorat banki sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
211. Agar ikki yildan ortiq muddatga ajratilgan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish grafikka asosan oxirgi olti oyga belgilangan boʻlsa yoki shartnomada aktivlarni qaytarish grafigi boʻlmasa, bunday aktivlar sifatining tasnifi bir toifaga pasaytirilishi lozim.
212. Respublika hududidagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan normativlarning bajarilishi muntazam oʻrganib boriladi.
213. Respublika hududidan tashqaridagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng boʻlgan reyting baholariga ega boʻlganda — “standart”;
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholaridan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholardan past reyting bahosiga ega boʻlganda, shuningdek ushbu banklarning reyting baholari investitsion reyting baholaridan pasaytirilganda — “substandart”;
aktivlarning asosiy qarz va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlganda — “umidsiz”.
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda reyting baholari muntazam oʻrganib boriladi.
Aktivlar joylashtirilgan bank ikki yoki undan koʻp reyting kompaniyalarining baholariga ega boʻlganda, hisob-kitoblarda eng past reyting bahosi hisobga olinadi.
(211 — 213-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
22. Agar tijorat bankida bitta qarzdorga berilgan bir necha aktivlar mavjud boʻlsa, qarzdor tomonidan tijorat bankiga qaytariladigan barcha aktivlar sifati ulardan eng past toifada tasniflangan aktivlar sifatidek tasniflanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Agar qarzdorning bir nechta tijorat banklari oldida qarzi mavjud boʻlib, ularning birida qaytarilishi lozim boʻlgan aktivlar sifati eng past toifada tasniflangan boʻlsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga berilgan aktivlar sifatini mazkur toifada tasniflashlari shart. Bunda tijorat banklari qarzdorga boshqa tijorat banklari tomonidan berilgan aktivlar sifatining tasnifini aniqlash uchun kredit axboroti maʼlumotlar bazasidan foydalanishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Taʼminotga qoʻyiladigan talablar
24. Taʼminot kredit toʻlashning ikkilamchi manbai hisoblanadi. Tijorat banklari tomonidan taʼminotga kreditni qoplashning asosiy manbai sifatida qaralmasligi lozim.
25. Taʼminotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi eʼtiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki taʼminotni sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart.
26. Aktivlarning yuqori likvidli taʼminotiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining (bundan buyon matnda Hukumat deb yuritiladi) kafolati;
tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlardagi milliy va xorijiy valyuta shaklidagi garov;
Hukumatning qimmatli qogʻozlari shaklidagi garov;
Markaziy bankning qimmatli qogʻozlari shaklidagi garov;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar garovi, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlarining kafolati;
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya koorporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki hamda Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi zakalat kiradi.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Aktivlarning yuqori likvidli boʻlmagan taʼminotiga:
koʻchmas mulk, shu jumladan yer uchastkasiga boʻlgan huquq;
koʻchar mol-mulk;
xoʻjalik jamiyatidagi ulushga boʻlgan huquq;
mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilmagan boshqa qimmatli qogʻozlar shaklidagi garov;
yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash
28. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi;
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;
qarz oluvchi va (yoki) taʼminot turining oʻzgartirilishi, kreditning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan taʼminotdan chiqarilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflashda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
shartlar qayta koʻrib chiqilishining asoslari yoki sabablari;
Keyingi tahrirga qarang.
bir qarz oluvchiga qarzni qaytarish muddatining necha marta uzaytirilganligi;
dastlabki bitim shartlariga nisbatan yangi bitimda keltirilgan shartlardagi oʻziga xos oʻzgartirishlari. Bunda foiz stavkasining bozor stavkasi darajasidan pasayishi, qoʻshimcha ravishda aktiv boʻyicha qabul qilingan taʼminotning oʻzgarishi yoki kreditni qaytarish muddatining uzaytirilishi shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktiv sifatini tasniflash va tahlil qilish jarayonida inobatga olinishi lozim.
30. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifati “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarning mezonlaridan foydalangan holda tasniflanadi.
Agar shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktiv boʻyicha almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdor dastlabki qarzdorning shoʻbasi yoki daxldor boʻlgan qarzdor boʻlsa, bunda aktivlar sifatining dastlabki tasnifi oʻzgarmasligi kerak. Qarz beruvchi tomonidan qarzga doir xizmat koʻrsatilishi salbiy tasniflashning oʻzgartirilishini talab etuvchi hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
301. Shartnomada belgilangan oxirgi muddati oʻzgartirilmagan holda, asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha oraliq toʻlovlarning muddatlari bir marta qayta koʻrib chiqilgan aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi.
Mazkur aktivlarning muddati qayta koʻrib chiqilgandan keyin qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati “substandart” deb tasniflanishi mumkin.
Bunda aktivlarni qaytarish grafigi boʻyicha toʻlov boshlangan oydan shartnomaning oxirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) toʻlovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 3 ta toʻlov, aks holda shu miqdorga teng 3 tadan koʻproq toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi lozim.
302. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur nizomning 28-bandi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
shartnomaning oxirgi muddati bir marta uzaytirilganda.
303. Shartlari qayta koʻrib chiqilgandan keyin asosiy qarz va (yoki) foiz toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmagan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi.
(301 — 303-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Yangi qarzdor tomonidan asosiy qarz va foizlarning toʻlanmagan barcha summalari qoplanib, aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ketlikdagi keyingi 3 ta toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlansa, muammoli aktivlar sifatining tasnifi tegishli tarzda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
32. Agar almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdorning dastlabki qarzdor bilan hech qanday aloqasi boʻlmasa, aktivlar sifatini tasniflash mezonlari almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdorga nisbatan qoʻllaniladi. Mazkur jarayon almashuvchi yoki qoʻshimcha qarzdorning biznesni normal yuritish sharoitida aktivlarni toʻlay olish layoqatiga muvofiq tarzda amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi tasniflangan toifadan yuqori yoki yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas (mazkur nizomning 301-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Hech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta koʻrib chiqilgandan soʻng darhol “standart” toifani berish mumkin emas.
Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta koʻrib chiqilganda, aktiv sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pogʻonaga past boʻlishi kerak.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
41-BOB. BERILGAN BANK KAFOLATLARINING SIFATINI TASNIFLASH
331. Tijorat banklari tomonidan berilgan kafolatlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxira miqdori prinsipialning moliyaviy ahvoli, kredit tarixi va prinsipial faoliyat koʻrsatayotgan iqtisodiyot tarmogʻi holatini hisobga olgan holda uning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilanadi.
332. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “standart” deb tasniflanadi:
prinsipial moliyaviy jihatdan barqaror;
prinsipial yuqori daromadlilik darajasiga ega;
barcha moliyaviy majburiyatlarini oʻz muddatida bajarishiga shubha tugʻdirmaydigan, shu jumladan kafolat boʻyicha qarzini qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga ega;
tijorat ishlarini rivojlantirish hamda moliya resurslarini erkin jalb qilish imkoniyatlari mavjud;
faoliyati cheklangan taʼminotchi hamda isteʼmolchilarga bogʻliq boʻlmagan;
taqdim etilayotgan taʼminotga doir barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan.
333. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “substandart” deb tasniflanadi:
umumiy moliyaviy ahvoli barqaror hisoblangan, lekin faoliyatida ayrim iqtisodiy salbiy holatlar mavjud boʻlgan, ularning bartaraf etilmasligi prinsipialning majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaslik holatini vujudga keltirish xavfining mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimining pasayish tendensiyasi mavjudligi.
334. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
moliyaviy ahvolining jiddiy yomonlashuviga sabab boʻluvchi holatlarning mavjudligi;
daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimining oxirgi chorakka nisbatan 50 foizga kamayganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
oxirgi hisobot oyidagi mavjud barcha muddati kelgan majburiyatlarni, shuningdek kafolat summasini ushbu oy davomida kelib tushgan pul mablagʻlari hisobidan qoplash imkoniyatiga ega emasligi.
335. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
mazkur Nizomning 334-bandida nazarda tutilgan holatlardan birining ogʻirlashganligi;
oxirgi besh yilda salbiy kredit tarixiga ega ekanligi, yaʼni toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi.
336. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
berilgan kafolat boʻyicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi;
talab qilib olinguncha hisobvaragʻiga oxirgi chorakda tushum boʻlmaganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
moliyaviy faoliyati boʻyicha sud jarayonlarining olib borilayotganligi;
bankrotlik alomatlarining mavjudligi.
Keyingi tahrirga qarang.
337. Bank kafolatlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) muvofiq amalga oshiriladi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash
34. Tijorat bankining investitsiya portfeli (sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga yoki qaram xoʻjalik jamiyatlariga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar, soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar) quyidagi omillar asosida tasniflanishi va belgilangan miqdorda ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi yaratilishi lozim:
oxirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya — “qoniqarsiz” sifatida;
oxirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya — “shubhali” sifatida;
oxirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya sifati — “umidsiz” sifatida.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:
bankka dividend koʻrinishida daromad keltirganda;
Keyingi tahrirga qarang.
bank tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;
fond birjasida kotirovkasi oshganda;
bank investitsiya kiritgan korxonaning tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotiga koʻra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
35. Agar tijorat banki tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida salbiy farq yuzaga kelsa, ushbu miqdorda ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi yaratilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday investitsiyalarning sifati eng past toifada tasniflanishi kerak.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
6-bob. Tijorat banki aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish
36. Zaxiralarning yetarliligi davriy ravishda kamida oyiga bir marotaba tahlil qilinishi, zarur hollarda, qoʻshimcha zaxiralar yaratilishi lozim.
Bunda tijorat banklari zaxiralarni shakllantirish va ular boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
361. Bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi shu aktiv valyutasida shakllantirilishi lozim.
(361-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-2, 27.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son — 2018-yil 31-maydan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
37. Belgilangan meʼyorlarga muvofiq yaratilgan zaxiraga nisbatan aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar miqdorining oshib ketishi mumkinligidan dalolat beruvchi omillar va sharoitlar aniqlanganda, zaxiraga ehtimoliy yoʻqotishlarga nisbatan yirik ajratmalar amalga oshirilishi kerak.
38. Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan chiqarilishi kerak.
39. Aktivning hisobdan chiqarilishi uning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
40. Agar aktiv sifati “standart” deb tasniflanmagan boʻlsa, tijorat banki qarzdorga ehtimoliy yoʻqotishlari bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilikning batafsil tahlilisiz qoʻshimcha kredit mablagʻlari, joriy kredit boʻyicha qoʻshimcha resurslar yoki yangi kreditlar shaklida mablagʻlar berishi mumkin emas.
41. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlishi, Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada salbiy tasniflash uchun asos boʻladi:
tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi;
tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va tekshiruvlarning oʻzgarishi yoki mavjud emasligi;
tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar boʻyicha amalda zararlar koʻrganligi;
yirik aktivlarning toʻplanishi;
nomaqbul iqtisodiy yoʻnalish va sharoitlar, xususan, qarzdorlarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki maʼmuriy-hududiy birlikda katta miqdorda toʻplanishi;
tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan inspeksiya tekshirishlari natijasida aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy ahvoliga taalluqli boshqa holatlar.
Bunda Markaziy bank mazkur Nizom talablarida belgilangan miqdorda zaxiralarni qayta koʻrib chiqishni va (yoki) qoʻshimcha zaxiralar shakllantirishni talab qilishi mumkin.
42. Zaxiralarga ajratmalar tegishli “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻini debetlash hamda tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻini kreditlash orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Zaxiralar yetarli boʻlmagan hollarda, tijorat banki tomonidan zaxiralarga qoʻshimcha ajratmalar zaxiralarning yetishmovchiligi aniqlangan davrda amalga oshirilishi zarur.
44. Agar tijorat banki aktivlari portfeli tahlil qilinganidan keyin uning zaxiralari talab qilinganidan ortiq boʻlsa, u holda tijorat banki tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻini debetlashi va tegishli “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻini kreditlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2696-1, 10.10.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
8-bob. Zaxiralardan foydalanish
49. Tijorat banki zaxiralarning yetarli darajada boʻlishini taʼminlash uchun toʻliq javobgarlik tijorat banki Kengashi va Boshqaruviga yuklatiladi.
50. “Umidsiz” aktivlar boʻyicha zaxiralar hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi qaror tijorat banki Boshqaruvi tomonidan qabul qilinib, bu haqda tijorat banki Kengashiga 3 ish kuni ichida axborot beriladi.
Tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻidan qoplangan “umidsiz” aktivlarning hisobi balansning “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻida yuritiladi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Debet: tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻi;
Kredit: tegishli aktiv hisobvaragʻi;
Debet: 95413 — “Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizinglar” hisobvaragʻi;
Kredit: 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq” hisobvaragʻi.
Ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxira mablagʻlari yetishmagan taqdirda, tegishli “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻidan “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” kontr-aktiv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ajratmalar qilinishi kerak. Oʻtkazilayotgan aktiv boʻyicha olinadigan foizlarni hisobga olish shaxsiy hisobvaragʻi ham bir vaqtning oʻzida ushbu aktiv boʻyicha “Foizli daromadlar” hisobvaraqlarini debetlash va “Aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” hisobvaraqlarini kreditlash yoʻli bilan yopilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
51. “Umidsiz” aktivlar va ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarning balans hisobvaraqlaridan “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻiga oʻtkazish ushbu aktiv boʻyicha qarzlar hamda ular boʻyicha foizlarning bekor qilinishini bildirmaydi. Shuning uchun ushbu qarz, shuningdek u boʻyicha foizlar balansdan tashqari moddalarda ular bu hisobvaraqlarga oʻtkazilgan paytdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida aks ettirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Tijorat banki qonun hujjatlariga muvofiq mazkur aktiv boʻyicha asosiy qarz summasi va foizlarni undirish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni qoʻllashi zarur. Tijorat banki qarzdor (emitent) majburiyatining toʻliq summasini toʻgʻri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar hisoblab yozishni uni balansdan tashqari moddalarga oʻtkazgandan keyin ham davom ettiradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda tijorat banki muntazam ravishda, bir oyda kamida bir marta qarzdorga balansdan tashqari moddalardagi qoldiqlarga mos keladigan asosiy qarz va hisoblangan foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzning mavjudligini maʼlum qilgan holda kredit boʻyicha qarzni qoplash va u boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash talab qilingan daʼvo xatini, balansdan tashqari moddalardan koʻchirma ilova qilingan holda, qarzdor yoki uning huquqiy vorisiga (tugatilish jarayonida boʻlsa, tugatish komissiyasiga) yuborishi lozim. Ushbu daʼvo xatlarini olmaslik qarzdorni qarzini qaytarish majburiyatidan ozod etmaydi. Daʼvo xati va hisobvaraqdan koʻchirma tijorat bankining muddati oʻtgan asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni undirib olish boʻyicha sud organlariga murojaat etishi uchun asos boʻladi.
Ichki audit xizmati va tijorat banki Boshqaruvi har chorakda balansdan tashqari moddalariga oʻtkazilgan “umidsiz” aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllanayotgan chora-tadbirlar haqida tijorat banki Kengashiga yozma ravishda maʼlumot berishlari shart.
Tijorat banki Kengashi moliyaviy yil yakuni boʻyicha bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi kun tartibiga bankning “umidsiz” aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqidagi masalani kiritadi.
52. Tijorat banki Boshqaruvi tomonidan qabul qilingan Hukumatning qaroriga koʻra markazlashtirilgan resurslar yoxud boshqa mablagʻlar hisobidan berilgan kreditlar hisobidan shakllangan “umidsiz” aktivni balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari moddalarga oʻtkazish haqidagi qaror Hukumat yoxud Markaziy bank oldidagi qarzlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi va tijorat banki tomonidan Hukumat yoxud Markaziy bank oldidagi qarzlar qaytarilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Agar qarzdor tomonidan balansdan tashqari moddalarda hisobga olinadigan aktiv boʻyicha qarz tijorat banki tomonidan ushbu qarzni undirish boʻyicha koʻrilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, u bu hisobvaraqlarga oʻtkazilgandan keyin besh yil davomida toʻlanmasa, u holda ushbu aktiv (asosiy qarzlar ham, foizlar ham) tijorat banki Kengashining aksiyadorlar umumiy yigʻilishida tasdiqlangan qaroriga koʻra hisobdan chiqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Agar qarzdor ilgari ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxira qilingan aktiv boʻyicha toʻlovni amalga oshirsa va qarz tijorat bankining balans hisobvaraqlaridan balansdan tashqari moddalariga oʻtkazilmagan boʻlsa, u holda tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻi debetlanadi va tegishli “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi (agar zaxira joriy yilda yaratilgan boʻlsa) yoki “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarniig qaytarilishi” hisobvaragʻi (agar zaxira oʻtgan yillarda yaratilgan boʻlsa) kreditlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar qarzdor aktiv “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻiga oʻtkazilganidan keyin u boʻyicha toʻlovni amalga oshirsa, u holda tijorat banki tomonidan ushbu qarzdorning hisobvaragʻi yoki kassa hisobvaragʻi debetlanadi va tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻi kreditlanadi hamda tegishli “Aktivlar va lizing boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvaragʻi debetlanadi va tegishli “Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash” hisobvaragʻi (agar zaxira joriy yilda yaratilgan boʻlsa) yoki “Hisobdan chiqarilgan mablagʻlarniig qaytarilishi” hisobvaragʻi (agar zaxira oʻtgan yillarda yaratilgan boʻlsa) kreditlanadi, shu bilan bir vaqtning oʻzida, 96397 — “Boshqa koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha kontr-hisobvaraq” hisobvaragʻi debetlanadi va 95413 — “Hisobdan chiqarilgan kreditlar va lizinglar” hisobvaragʻi kreditlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9-bob. Yakuniy qoida
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 374-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.12.2021-y., 10/21/2696-3/1152-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 21.05.2024-y., 10/24/2696-4/0354-son; 24.12.2025-y., 10/25/2696-5/1198-son)