Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2021 09.07.2015 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.08.2021
Hujjat 13.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ–2302-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ–2302-son qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturining 60-bandi ijrosini taʼminlash, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika, viloyatlar, tumanlar va shaharlar kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 185-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy taʼminoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va taʼsirini kengaytirishga doir takliflar ishlab chiqadi va amalga oshirilishiga koʻmaklashadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻn birinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 13-dekabrdagi 329-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-ilovaning 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:

“hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy taʼminoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va taʼsirini kengaytirishga koʻmaklashadi va bu borada tumanlar va shaharlar kengashlarining faol ishtirokini taʼminlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar oʻn beshinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilovaning 6-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy taʼminoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va taʼsirini kengaytirishga koʻmaklashadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 357-modda)