O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
buyrug‘i
Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-iyulda 2695-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 16-iyun,
63-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2015-yil 16-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Xavfli ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va asbob-uskunalar
ro‘yxati
1. Ishlab chiqarishlar (texnologiyalar):
a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida:
yer osti inshootlarini qurish;
shaxtalarning qurilishi;
yer osti boyliklarini boyitish, briketlash, aglomeratsiyalash va qumoqlash;
foydali qazilmalarni maydalash, saralash va o‘rtacha holga keltirish;
qimmatbaho qazilmalarni qazib olish;
tog‘ jinsidan oltinni chiqarib (ajratib) olish;
tog‘-kon texnik rekultivatsiyalash;
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish (neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini ko‘mish uchun inshootlar qurish);
foydali qazilmalarni bir vaqtning o‘zida ochiq hamda yer osti usullarida qazib olish;
ko‘mirni yer osti usulida gazga aylantirish;
oltinni to‘p-to‘p ishqor bilan yuvish;
yer osti usulida foydali qazilmalarni ishqor bilan yuvish;
b) neft va gaz sanoati sohasida:
neft va gaz quduqlarini burg‘ulash;
neft va gaz quduqlarini mukammal ta’mirlash;
quduqlardagi portlatish ishlari;
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish;
neft, gaz va gaz kondensatini tayyorlash;
gazni yer ostida saqlash;
neft, gaz va gaz kondensatini tashish;
v) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
qora, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish;
metallurgiya sanoatida foydalaniladigan, havoni parchalash (bo‘lish) mahsulotlari — vodorod, xlor, ammiakni olish, qayta ishlash;
kimyoviy, neft-kimyo, neftni qayta ishlash, gazni qayta ishlash, kimyo-farmatsevtika, sellyuloza-qog‘oz va lok-bo‘yoq ishlab chiqarish;
kauchuk, shina, rezina-texnika mahsulotlari, vitamin va dori preparatlari, kimyoviy tolalar, polimer materiallar va plastmassalar, havoni parchalash (bo‘lish) mahsulotlarini, elektroliz usuli bilan suvdan vodorod va kislorod ishlab chiqarish;
g) donni saqlash va qayta ishlash sohasida:
donni qabul qilish va tozalash;
omuxta yem ishlab chiqarish;
d) boshqa xavfli ishlab chiqarish sohalarida:
portlovchi modda va portlatish vositalarini ishlab chiqarish.
2. Obyektlar:
a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida:
yer osti inshootlarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus, transport va umumxo‘jalik obyektlari;
shaxta, shaxta qurilishining maxsus boshqarmasi va maxsus uchastkalari;
karyer, ochiq kon, kon;
boyitish, briketlash va aglomeratsiyalash, qumoqlash fabrikasi (zavodi);
maydalash va saralash qurilmasi, o‘rtacha holga keltirish kompleksi;
shlam to‘plagichlar, chiqindilar va texnik suv saqlagichlarning gidrotexnik inshootlari;
qimmatbaho va noruda foydali qazilmalarni qazib olish joyi;
oltin chiqarib (ajratib) olish fabrikasi (zavodi);
tog‘-kon texnik rekultivatsiyalash maydonlari;
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari (neft, gaz, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilarni va ishlab chiqarish chiqitlarini ko‘mish uchun inshootlar);
foydali qazilmalarni bir vaqtning o‘zida ochiq hamda yer osti usulida qazib olish shaxtalari, karerlar va hokazo;
asfalt-beton zavodlari;
avtotransport turar joyi (avtobaza, garaj);
temir yo‘l sexi (lokomotiv, elektrovagon va dizel-poyezd depolari, vagon depolari);
ko‘mirni yer osti usulida gazga aylantirish (gazlashtirish) maydonlari;
oltinni to‘p-to‘p ishqor bilan yuvish sexi;
b) gaz xo‘jaligi sohasida:
bosimi 1,2 MRa gacha bo‘lgan tabiiy gazdan foydalanuvchi, gaz bilan ta’minlovchi, gaz taqsimlovchi, gaz iste’mol qiluvchi obyektlar;
suyultirilgan uglevodorod gazlarni saqlash va ulardan foydalanish obyektlari, shu jumladan gaz to‘ldirish stansiyalari, gaz to‘ldirish punktlari, avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari, avtonom gazta’minot tizimlari;
v) atom sanoati sohasida:
uran qazib olish va uni birlamchi qayta ishlash obyektlari;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi obyektlar;
yadroviy va radioaktiv materiallarni tashuvchi obyektlar;
radioaktiv chiqindilarni ko‘mish bilan shug‘ullanuvchi obyektlar;
yadroviy va radioaktiv materiallar, radioaktiv chiqindilarni saqlagichlari;
atom reaktorlari;
gamma qurilmalar, siklotron va tezlatgichlardan foydalanuvchi obyektlar;
g) neft va gaz sanoati sohasida:
neft va gaz uchun qazilgan parametrik, qidiruv, izlash, tuzilmaviy va ekspluatatsiya, shuningdek maxsus quduqlar;
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari;
neft, gaz va gaz kondensatini konda va konlararo tashish obyektlari;
gazni tayyorlash obyektlari;
gaz kondensatini tayyorlash obyektlari;
neft tayyorlash obyektlari;
konlararo neft, gaz va gaz kondensati quvurlari;
neft quduqlari uchun jamlash punktlari;
gaz quvurlarining kirish qismi bloki;
magistral quvur o‘tkazgich obyektlari;
nasos, kompressor, gaz taqsimlash va bosimni ko‘tarish kompressor stansiyalari obyektlari;
qatlamdagi bosimni bir maromda saqlab turish obyektlari;
neft, gaz, gaz kondensati va neft mahsulotlarini saqlash, tushirish va ortish obyektlari;
avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalari;
kompressor xo‘jaligi obyektlari (gazni quritish qurilmasi, yordamchi mashina-agregatlar);
kon ichidagi quvurlar va gaz yig‘ish kollektorlari;
rezervuarlar parki;
quyish va to‘kish estakadalari;
karotaj ko‘targichlari, perforator stansiyalari laboratoriyalari va ko‘chma zaryadlash ustaxonalari;
neft va gaz obyektlari qurilishlari;
neft, gaz va gaz kondensatini saqlash obyektlari;
d) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
metallurgiya kuydirish va qizdirish pechlari, quritish pechlari, tanavorlarni (zagotovka) uzluksiz quyish mashinalari, saqlash va qo‘llash kopyor, lom (siniq parchalar)ga ishlov berish presslari, qoliplash presslari, prokat (chig‘irlash) va cho‘zish stanlari, konveyerlar, gaz tozalash inshootlari, metallni tozalash va unga kimyoviy ishlov berish (travleniye) liniyalari, mazut saqlash sig‘imlari, payvandlash-metallarga kimyoviy ishlov berish qurilmalari;
portlash-yonish xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar hamda zararli va zaharli moddalar ishlatuvchi va saqlovchi obyektlar, shuningdek portlashga xavfli changsimon va gazsimon aralashmalar hosil bo‘ladigan obyektlar;
e) donni saqlash va qayta ishlash sohasida:
minoralar;
elevatorlar;
tegirmonlar;
omuxta yem ishlab chiqarish komplekslari;
unni qop (qanorsiz) holda saqlash omborlari;
elektrokarlarni zaryadlash sexlari;
kanalizatsiya-nasos stansiyalari;
don va don mahsulotlarini saqlash uchun silos turidagi mexanizatsiyalashtirilgan omborlar;
j) geologiya-razvedka sohasida:
qidiruv shaxtasi;
shtolnya;
shurf;
z) temir yo‘l transporti sohasida:
Temir yo‘l stansiyalarida va boshqa ichki temir yo‘llari mavjud barcha korxonalardagi temir yo‘l transporti bilan xavfli yuklarni tashish-ortish, quyish-to‘kish va saqlash joylari;
i) boshqa xavfli ishlab chiqarish sohalarida:
portlovchi moddalar va vositalarni ishlab chiqarish zavodlari va turg‘un punktlari;
portlovchi moddalar va vositalarni sinash poligonlari, laboratoriyalari va sexlari;
portlovchi moddalar, vositalar va ularning komponentlarini saqlash omborlari;
portlovchi moddalar, vositalar va ularning komponentlarini yuklash, tushirish va saqlash maydonchalari;
ishchi bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq bo‘lgan va suvning harorati 1150 S dan yuqori bo‘lgan bug‘ qozonlari, suv isitish qozonlari, energetik qozonlar, sodorogenerativ qozonlar, yuqori haroratda organik moddalar bilan ishlovchi qozonlar, vakuumli qozonlar, modulli (blokli) qozonxonalar hamda suvning harorati 1150 S dan yuqori bo‘lgan va ishlash muhitidan qat’i nazar, bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq bo‘lgan bosim ostida ishlovchi idishlar, qopqog‘i tez yechiladigan idishlar, ko‘p o‘rinli barokameralar, ballonlar (avtotransport vositalari va qishloq xo‘jalik texnikasining tegishli qurilmalari bundan mustasno), sisternalar, bug‘ va issiq suv quvurlaridan foydalanuvchi obyektlar;
minora kranlar, portal kranlar, ko‘priksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yo‘l, zanjirli, pnevmo-g‘ildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar) portal kranlar, kabelli kranlar va boshqa ishlash jarayonida ko‘chmas asosga o‘rnatiladigan kranlar, elektr tallar, eskalatorlar, funikulyorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llardan foydalanuvchi obyektlar.
3. Asbob-uskunalar:
a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya marksheyderlik sohasida:
shaxta quduqlari va ortib borayotgan ishlanmalarga kavlab kirish mashinalari va majmualari;
mexanizatsiyalashgan mustahkamlash inshootlari va tutashmalarning mustahkamlash inshootlari;
tog‘ jinslarini o‘yish mashinalari;
yuk ortish mashinalari;
odamlarni, yuklarni tashuvchi lentali konveyerlar;
kon qazish, kurakli konveyerlar;
yer osti ishlarida qo‘llaniladigan saqlagichlar va boshqa chig‘ir (lebyodka)lar;
shaxta ko‘chma kompressorlari;
kon elektrovozlari, girovozlari, dizelevozlari (lokomotivlar);
o‘zi yurar vagon (vagonetka)lar, seksiyali poyezdlar;
dizel uzatmali o‘zi yurar mashinalar;
odam tashish vagon (vagonetka)lari;
shaxta ko‘tarish mashinalari, po‘lat arqonlar, shaxta kletlari (shaxta liftlari) va skiplari uchun osma va tirkama moslamalar, shaxta kletlarining parashutlari, koprali shkivlar;
yer osti liftlari;
odam va yuklarni eltib berishga mo‘ljallangan va jihozlangan qiya qazilayotgan joylar;
yer osti qazish joylaridagi yuk tashish, osma, monorelsli va yerga o‘rnatiladigan temir yo‘llar;
shaxta vagonchalarini ag‘darish mexanizmlari;
yer osti va ochiq tog‘-kon ishlari uchun temir yo‘l yotqizish, tekislash, yuk ortish-tashish, yetkazib berish mashinalari;
yer ostida kovlanayotgan konda mustahkamlash inshootini qurish mashinasi, uning mexanizmlari va shiplarini mustahkamlaydigan o‘zi yurar supalar;
kolonkali qo‘l elektr parmalari va elektr arralar;
burg‘ulash va tog‘ jinslarini zarb bilan urib ko‘chirish qurilmalari;
pnevmatik va gidravlik parmalar;
vulkanizatorlar;
gidroelevator qurilmasi va yuvish uskunalari;
yer osti va ochiq tog‘-kon ishlarida qo‘llaniladigan gidromonitorlar;
gaz va (yoki) changga to‘lish xavfi bo‘lgan shaxta va konlar uchun asosiy, mahalliy (yordamchi) shamollatish ventilyatorlari;
yer osti va ochiq tog‘-kon ishlarida ishlatiladigan burg‘ulash dastgohlari va mexanizmlari;
ochiq tog‘-kon ishlaridagi temir yo‘l transporti (tortish agregatlari, rels yo‘llari, strelka o‘tkazgichlari, kontakt liniyalari — kontakt tarmog‘i);
ochiq tog‘-kon ishlarida ishlatiladigan ekskavatorlar;
ochiq tog‘-kon ishlarida ishlatiladigan 45 tonnadan yuqori yuk tashuvchi mashinalar;
suv ostini kovlaydigan mashina (draga)lar va zemsnaryadlar;
suvni chiqarib tashlash va tayyorlovchi bunkerlar;
shamollatish qurilmalari (umumiy maqsadlardagi) ishlashini masofadan turib boshqarish, nazorat qilish uchun signalizatsiya apparatlari, nazorat-o‘lchov va avtomatika asboblari;
yer osti va ochiq tog‘-kon ishlarida qo‘llaniladigan, havo bosimi ostida ishlaydigan asbob-uskunalar (idishlar, quvurlar va hokazo);
ko‘mir shaxtalari va konlarda chang nazorati bo‘yicha qo‘llaniladigan chang bostirish, chang ushlab qolish qurilmalari;
karyerlarda qazish ishlari jarayonida qo‘llaniladigan texnologik va yordamchi transportlar;
elektr dvigatellar;
ishga tushirish taqsimlash, himoyalash apparatlari va qurilmalari;
transformatorlar, transformator podstansiyalari, komplekt taqsimlash qurilmalari;
elektr toki yo‘nalishini o‘zgartirish punktlari, komplekt ko‘chma transformator podstansiyalari;
kuchlanish elektr jihozlari va yuk ko‘targich qurilmalarining himoya va signalizatsiya vositalari;
ochiq hamda yer osti tog‘-kon ishlarida elektr tokidan shikastlanishga qarshi himoya qurilmalari;
b) gaz xo‘jaligi sohasida:
bosimi 1,2 MRa gacha bo‘lgan tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi po‘lat va polietilen gaz quvurlari uskunalari (bir yilda 100000 kubometrdan oshmaydigan hajmda gaz iste’molchilari hamda aholi yashaydigan uylardagi gaz quvurlari va ularning jihozlari bundan mustasno);
suyultirilgan uglevodorod gazlarining yer osti va yer usti gaz quvuri uskunalari bilan, saqlash va foydalanishga mo‘ljallangan bosim ostida ishlaydigan statsionar sig‘imlar va guruhiy ballonlar;
v) atom sanoati sohasida:
radioaktiv materiallarni saqlovchi uskunalar;
gamma qurilmalar, siklotron va tezlatgichlar;
boshqaruv va himoya tizimlari anjomlari hamda nazorat-o‘lchov asboblari;
g) neft va gaz sanoati sohasida:
neft va gaz quduqlarini qurish uchun ishlatiladigan burg‘ulash uskunalari;
neft va gaz quduqlarini joriy va mukammal ta’mirlash uchun ishlatiladigan burg‘ulash uskunalari;
quduqlarni sinash uskunalari;
otqinga qarshi uskunalar;
quduqlar og‘zini zich berkitish armaturalari va moslamalari, favvora armaturasi, quduqlarni yuvishda qo‘llaniladigan uskuna va jihozlar (neft va gaz quduqlarini qazishda ishlatiladigan nasoslar);
burg‘ulash mexanizmini yig‘ish va ko‘tarishda ishlatiladigan texnologik va yuk ko‘tarish jihozlari, burg‘ulash quvurlari va quduqlar devorini mustahkamlash quvurlari;
perforatorlik zaryadlari, poroxli generatorlar va bosim akkumulyatorlari, portlatish pakerlari, yonboshdan otuvchi gruntonoslar, fugas torpedalari, kumulyativ torpedalar va halqasimon quvur kesish moslamalari;
neft va gaz quduqlarini ishlatishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar;
quduqlarda o‘rnatilgan favvora armaturalari va kolonnali kallaklar;
shleyf gaz quvurlari;
qatlamdagi bosimni bir maromda saqlab turishda hamda quduqqa va qatlamga ta’sirning boshqa turlarida ishlatiladigan uskunalar;
neft va gazni haydash stansiyalarida qo‘llaniladigan uskunalar;
neft va gaz mahsulotlari o‘tkazgichlarining magistral quvur tizimlarini, konlardagi va konlararo quvurlarni qurish, ishlatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan uskuna va mexanizmlar;
po‘lat va kompozitli o‘tkazgich quvurlari (neft, gaz va gaz kondensatini tashishda), shu jumladan yopuvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturalarning quvurlari va detallari;
neft, gaz, gaz kondensati va neft mahsulotlari rezervuarlari va rezervuarlar uskunalari;
kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari;
neft, gaz va gaz kondensatini yig‘ish va tayyorlash uskunalari;
neft va gaz quduqlarini ishga tushirishda qo‘llaniladigan ko‘chma nasos va kompressor qurilmalari, yuvish va sementlash agregatlari, avtotsisternalar, kislota tashish vositalari, tushirish-ko‘tarishda qo‘llaniladigan asbob va uskunalar;
neftni qazib olishda qo‘llaniladigan ko‘chma nasos uskunalari, guruhiy ulash uskunalari, texnologik asbob-uskunalar, shoxsimon (kustovoy) va blokli to‘p-to‘p nasoslar;
kompressor va gaz taqsimlash stansiyalari, nazorat va rostlash asboblari;
quduqlarda teshish-portlatish ishlarida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar;
magistral quvurlar uchun asbob-uskunalar, yopish-rostlash armaturasi, nazorat va rostlash asboblari va mash’alalar;
d) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
siniq parchalar (lom)ga ishlov berish presslari;
qoliplash presslari;
chig‘irlash (prokat) va cho‘zish uskunalari (stanlar);
konveyerlar;
relsli va relssiz tashish vositalari;
texnologik quvuro‘tkazgichlar va ularning uskunalari;
ammiakli sovutish qurilmalari;
e) kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatlari, shuningdek sellyuloza-qog‘oz, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil va sanoatning boshqa tarmoqlarida portlash-yonish xavfi yuqori bo‘lgan, toksik, zaharli hamda agressiv (tajovuzkor) muhitlarida ishlaydigan asbob-uskunalar:
kolonnali apparatlar, issiqlik almashtirish, quritish, shu jumladan quritish barabanlari, aylanma harakatlanadigan pechlar va utilizatsiyalash qozonlari, fizik-kimyoviy jarayonlar apparatlari (kimyo va metallurgiya sanoati pechlari, kristallashtiruvchilar, bug‘lantirish apparatlari va qurilmalari, ekstraktorlar, elektrolizerlar, ozonlashtirish, havoni quritish uskunalari, kontakli apparatlar);
ichki qurilmalarsiz, qo‘zg‘almas ichki qurilmali, notsilindrlik, ichki qurilmalarsiz va qo‘zg‘almas ichki qurilmali, mexanik aralashtirish qurilmali, issiqlik almashish qurilmalari bo‘lmagan silindrsimon idishlar va sig‘im apparatlari;
suyuqlik filtrlari, suyuq bir jinsli bo‘lmagan tizimlarni markazdan qochma kuch hisobiga va gravitatsiya ta’sirida har xil suyuqliklarni ajratishga mo‘ljallangan uskunalar;
materiallarga fizik-mexanik ishlov berish uskunalari (sochiluvchan va pastasimon materiallar tegirmonlari, qorg‘ichlar);
dozatorlar, titgichlar, ta’minlagichlar (pitatel), donalashtirgichlar (klassifikatorlar), polimer materiallar qayta ishlash uskunalari;
metallarga gaz-alangali ishlov berish uchun kislorod, kriogen, kompressor, sovutish uskunalari;
vakuumli va yuqori vakuumli nasoslar va agregatlar;
but texnologik liniyalar, havoni parchalash (bo‘lish) qurilmalari, kamyob gazlar uskunalari, barcha turdagi sovutish qurilmalari (maishiy qurilmalardan tashqari);
suyultirilgan gazga mo‘ljallangan barcha turdagi va tuzilishdagi sig‘im va ballonlar (SO2, xlor, kislorod va hokazo);
yopish-rostlash armaturasi va saqlash qurilmalari, nazorat-o‘lchash asbob va uskunalari, gazsimon tashlamalarni utilizatsiyalash va yoqish mahalliy qurilma uskunalari, texnologik quvuro‘tkazgich va inshootlar;
portlash xavfi yuqori bo‘lgan, toksik va tajovuzkor (agressiv) muhitlarni ko‘chirishga mo‘ljallangan tortish-puflash mashinalari va shamollatish uskunalari;
yuqorida ko‘rsatilgan xavfli ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan avariyaga qarshi himoya tizimlari va ularning elementlari, shuningdek portlashdan himoyalangan boshqa asbob-uskunalar;
j) donni saqlash va qayta ishlash sohasida:
konsentratorlar;
separatorlar;
tosh ajratgichlar;
yuvish mashinalari;
donni quritgichlar va maydalash (yanchish) uskunalari;
valetsli dastgoh (stanok)lar;
yoyish va g‘alvir-shamol mashinalari;
aralashmalarni magnitli tutib qolish mashinalari;
elektrmagnitli separatorlar;
magnitli kolonkalar;
chang tutqichlar va siklonlar;
noriyalar (donni yuqoriga ko‘tarib berish uskunalari);
aspiratsiya tizimi;
kompressorlar, havo berish mashinalari (vozduxoduvkalar) va havo haydash uskunalari (ventilyatorlar);
temir yo‘lning don qabul qilish qurilmalari;
avtotransport vositalari (qishloq xo‘jaligi texnikalari)dan don qabul qilish uskunalari;
shnekli transportyorlar;
RSII turidagi filtr-siklonlar;
bolg‘ali maydalagich va aralashtirgichlar;
don, omuxta yem, kepak va chiqindilarni saqlash uchun metall bunkerlar;
z) geologiya-razvedka sohasida:
burg‘ulash uskunalari va burg‘ulash dastgohlari, yechiladigan kern qabul qilish snaryadi (SSK-snaryad syemniy kernopriyemnik) minora chig‘irlari (lebyodkalar);
tal tizimi, shu jumladan:
kronbloklar;
tal bloklari;
ilgaklar;
tushirish-ko‘tarish asbobi:
elevatorlar;
farshtullar;
nagolovniklar;
yuvish nasoslari va kompressorlari;
yuvish eritmalarini tayyorlashda ishlatiladigan loy (gil) aralashtirgichlar va boshqa mexanizmlar;
vertlyug-salniklar;
burg‘u quduqlari og‘zini germetizatsiya qilish va ularni jipslashtirish (obvyazka) moslamalari;
quvur aylantirgich va tutqichlar;
burg‘u quduqlaridan quduq devorlarini mustahkamlash (obsadka) quvurlarini chiqarib olish uchun ishlatiladigan quvur ko‘targichlari;
burg‘u quduqlarini sementlash agregatlari;
i) tog‘-kon qidiruv ishlarida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar:
tik va qiya tog‘-kon qidirish laxmlarida odamlarni va yuklarni tushirish va ko‘tarish mashinalari, chig‘ir (lebedka)lari va idishlari;
kon quduqlarini kovlash hamda kon quduqlaridagi chang-gazlarni chiqarib tashlash va kon quduqlariga toza havoni haydab berishga mo‘ljallangan yordamchi quduqlarni kovlash uskunalari;
yer osti kon-qidiruv kovlash ishlarida qo‘llaniladigan ichki yonuv dvigatelli uskunalar;
parmalovchi va tog‘ jinslarini ushatuvchi pnevmatik bolg‘alar;
elektrburg‘u
normal holatdagi va portlash xavfi bo‘lgan konlarda yer osti tog‘-qidiruv inshootlari uchun mo‘ljallangan uskunalar;
foydali qazilma kovlab olish joyi va kovlashda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar (burg‘ulash, tozalash va boshqalar);
harakatlanadigan tirkamalar (vagon va vagonetka);
ag‘dargichlar;
skreper qurilmalari;
barcha turdagi nasoslar va shamollatish ventilyatorlari, kompressor qurilmalari;
tog‘-kon elektr jihozlari va asboblari (sizish, yo‘qotishlarga qarshi relelar, turli maqsadlardagi xabar berish jihozlari (signalizatsiya);
k) geofizik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar:
karotaj ko‘targichlari;
elektrometrik ishlar uchun quduq apparatlari;
qatlamlardan namuna olish asboblari;
parmalab kern olish asboblari;
akustik karotaj asboblari;
quduqlar va tog‘-kon qazish joylarida qattiq foydali qazilmalarni izlash ishlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan radiometrik asboblar;
gamma-kvantlari qo‘llaniladigan asboblar;
neytron nurlanishi manbalari qo‘llaniladigan asboblar;
l) temir yo‘l transporti sohasida:
obyektlardagi ichki temir yo‘l relslari, shpalalar, tormoz boshmoqlari, shlanglar, portlashdan ximoya qilingan yoritish uskunalari, temir yo‘lda maxsus xavfli yuklarni tashishga mo‘ljallangan sisternalar, konteynerlar, xavfli yuklarni yetkazib berish nasoslari, temir yo‘llarda xavfli moddalarni tashish idishlari, omborlarda xavfli yuklarni saqlash rezervuarlari, temir yo‘lda xavfli yuklarni tashish vositalari (lokomotiv, teplovoz)lar;
m) boshqa xavfli ishlab chiqarish sohalari:
portlovchi moddalarni tayyorlash, portlovchi moddalar komponentlarini qorishtirish, ularni tashish, quduq va kavlangan chuqurchalarni o‘qlashga mo‘ljallangan, harakatlanuvchi qurilmalar, jihozlar, mexanizmlar, dozatorlar, mashinalar;
ishchi bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq bo‘lgan va suvning harorati 1150 S dan yuqori bo‘lgan bug‘ qozonlari, suv isitish qozonlari, energetik qozonlar, sodoregenerativ qozonlar, yuqori haroratda organik moddalar bilan ishlovchi qozonlar, vakuumli qozonlar, modulli (blokli) qozonxonalar hamda suvning harorati 1150 S dan yuqori bo‘lgan va ishlash muhitidan qat’i nazar, bosimi 0,07 MRa dan (0,7 kg s/sm2) ortiq bo‘lgan bosim ostida ishlovchi idishlar, qopqog‘i tez yechiladigan idishlar, ko‘p o‘rinli barokameralar, ballonlar (avtotransport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikasining tegishli qurilmalari bundan mustasno), sisternalar, bug‘ va issiq suv quvurlari hamda tutun mo‘rilari (g‘ishtli, temir-beton va po‘lat mo‘rilar);
minora kranlar, portal kranlar, ko‘priksimon kranlar, xarrak kranlar, strelali kranlar (avtomobil, temir yo‘l, zanjirli, pnevmo-g‘ildirakli, kran-manipulyatorlar, quvuryotqizgichlar) kabelli kranlar va boshqa ishlash jarayonida ko‘chmas asosga o‘rnatiladigan kranlar, elektr tallar, eskalatorlar, funikulyorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llar.
4. Mazkur Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Davavianazorat” inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Navoiy KMK” DK, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zbekyengilsanoat” DAK, “O‘zfarmsanoat” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK, “O‘zbekneftegaz” MXK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zspirtsanoat” AK, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zavtosanoat” AK, “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekko‘mir” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Suvsoz” DUK va “Sifat” markazi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 15-iyun
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 15-iyun
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2015-yil 12-iyun
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAXABOV
2015-yil 12-iyun
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 11-iyun
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 11-iyun
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 10-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2015-yil 10-iyun
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
2015-yil 10-iyun
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B. ABDUSAMATOV
2015-yil 9-iyun
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
2015-yil 8-iyun
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZOKIROV
2015-yil 8-iyun
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi I. TURAMURATOV
2015-yil 5-iyun
“Davavianazorat” inspeksiyasi boshlig‘i T. ULJAYEV
2015-yil 5-iyun
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2015-yil 5-iyun
“O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i A. AKBARXO‘JAYEV
2015-yil 4-iyun
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i R. IKRAMOV
2015-yil 4-iyun
“O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
2015-yil 4-iyun
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V. ISMOILOV
2015-yil 3-iyun
“Navoiy KMK” DK bosh direktori K. SANAQULOV
2015-yil 1-iyun
“O‘zbekenergo” DAK boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2015-yil 1-iyun
“O‘zkimyosanoat” DAK boshqaruvi raisi N. IBRAGIMOV
2015-yil 29-may
“O‘zavtoyo‘l” DAK boshqaruvi raisi A. ABDUVALIYEV
2015-yil 29-may
“O‘zdonmahsulot” AK raisi E. KUDRATOV
2015-yil 29-may
“O‘zbekyengilsanoat” DAK boshqaruvi raisi I. XAYDAROV
2015-yil 28-may
“O‘zfarmsanoat” DAK boshqaruvi raisi M. DUSMURATOV
2015-yil 28-may
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2015-yil 26-may
“O‘zbekneftegaz” MXK raisi Sh. FAYZULLAYEV
2015-yil 28-may
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori V. TYAN
2015-yil 28-may
“O‘zspirtsanoat” AK boshqaruvi raisi A. ABDULLAYEV
2015-yil 27-may
“O‘zqurilishmateriallari” AK boshqaruvi raisi E. AKRAMOV
2015-yil 27-may
“O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U. ROZUQULOV
2015-yil 26-may
“O‘zmaxsusmontajqurilish” AK boshqaruvi raisi A. SHODIYEV
2015-yil 26-may
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
2015-yil 25-may
“O‘zeltexsanoat” AK boshqaruvi raisi E. IMINOV
2015-yil 25-may
“O‘zmetkombinat” AJ bosh direktori A. NURITDINOV
2015-yil 22-may
“Olmaliq KMK” AJ bosh direktori A. FARMANOV
2015-yil 22-may
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori N. UMAROV
2015-yil 19-may
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2015-yil 20-may
“Sifat” markazi bosh direktori X. UMARXODJAYEV
2015-yil 19-may
“Suvsoz” DUK boshqaruvchisi X. MAXKAMOV
2015-yil 19-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 27-son, 366-modda)