Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 06.07.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2693
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Hujjat 13.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyulda 2693-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3–son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom talablari tijorat banklari kapitalining monandligini aniqlashga nisbatan tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank talablari — bank oldidagi barcha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital zaxiralar — soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng sof foyda hisobidan shakllangan zaxiralar. Ulardan bank faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalanilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart kreditlarga (aktivlar) yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi (kreditlash, investitsiyalash va boshqa aktivlar) natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar. Banklar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan foyda hisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan eʼtiboran ajratilib, hisobot sanasiga “standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldigʻidan kelib chiqqan holda bunday zaxiralarni tashkil qilishlari lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus zaxiralar — “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” sifatida tasniflangan aktivlar boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy koʻrinishga ega boʻlmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega boʻlgan va bank xizmatlarini koʻrsatishda yoki maʼmuriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir (dasturiy taʼminot, foydalanish huquqi, marketing va texnik maʼlumotlari, gudvill, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gudvill — xaridor tomonidan bank sotib olinishida uning sof aktivlari (barcha aktivlarning bozor bahosi va barcha majburiyatlarning bozor bahosi oʻrtasidagi farq) qiymatidan ortiq toʻlanadigan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
leveraj — bank jami aktivlarining kapital bilan taʼminlanganlik darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va iqtisodiy meʼyorlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitali;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan berilgan baholar va tashqi davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilishi hamda mamlakat yoki mamlakatdagi tijorat banklarining moliyaviy holatiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqa taʼmoyillardan kelib chiqib belgilanadigan mamlakatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari — kelgusida toʻlanishi lozim boʻlgan soliqqa tortish davridagi farqiga taalluqli boʻlgan daromad soligʻi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati uzaytirilgan soliq talablari — kelgusida toʻlanadigan daromad soligʻi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning qayta hisoblash omili — bu balansdan tashqari aktivlarni tavakkalchilik darajasini hisoblashda ularga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyent (foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2–bob. Kapitalning eng kam darajasiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy banklar uchun — 5 mln yevro ekvivalentidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tijorat banklari uchun — 10 mln. yevro ekvivalentidan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining milliy valyutadagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar kursi boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi hollarda banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi talablarni qoʻyishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qoniqarsiz moliyaviy holat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank foydasining qoniqarsiz prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir bankning regulyativ kapitali uning monandligini aniqlash maqsadida mazkur Nizom talablariga muvofiq hisoblab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kapital tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yigʻindisidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan shartlar (tashkil qilinadigan jamgʻarmalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam boʻlmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qoʻshimcha kapitalni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam boʻlmasligi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bankning toʻliq toʻlangan oddiy aksiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori toʻlangan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taqsimlanmagan foyda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanmagan dividend summasidan tashqari oʻtgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil zararlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ozchilik ulush egalarining bank yigʻma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush shoʻba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) devalvatsiya zaxirasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. I darajali qoʻshimcha kapital oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasining xohishiga koʻra sotib olinishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar toʻlanmasligi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha oʻtgan davrdagi olinmagan dividendlar toʻlanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10 yildan kam boʻlmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning oʻsha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan soʻng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qoʻyilgan minimal talabdan yuqori ekanligini koʻrsatgandan soʻng, ularni sotib olishi mumkin boʻlgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻshilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori toʻlangan summa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) I darajali qoʻshimcha kapitalga qoʻshilish shartlariga javob beruvchi shoʻba korxonalarning ishtirok etish ulushi (shoʻba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida boʻlgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dividend stavkalari oʻzgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar mazkur Nizomning 10 va 11–bandlardagi shartlar bajarilishidan qatʼi nazar, I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. II darajali kapital quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) joriy yildagi sof foydasi, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan oʻtgan boʻlsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chegirmalardan soʻng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori boʻlmagan miqdordagi standart kreditlarga (aktivlar) yaratiladigan zaxiralar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chegirmalardan soʻng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega boʻlgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa, II darajali kapitalga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq toʻlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov bilan taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan soʻng qondiriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiya egasining tashabbusi bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz toʻlanishi mumkin boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish huquqini bermaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan boʻlsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlamaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni toʻlash muddati emitent xohishiga koʻra kechiktirilishi mumkin boʻlgan aksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli boʻlib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan soʻng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz summasi toʻlash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 20 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov taʼminotiga ega boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar boʻyicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan soʻng amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich toʻlov muddati 5 yildan keyin boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatidan avval Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning ruxsati bilan qaytarilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aktivlarning boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kapitaldan chegirmalar kapital monandligi koeffitsiyentlari hisoblangunga qadar I darajali kapitaldan chegiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. I darajali kapitalni hisoblab chiqarishda I darajali asosiy kapital va I darajali qoʻshimcha kapital yigʻindisidan quyidagilar chegiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy aktivlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda I darajali kapitaldan chegirmalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF–4053-son “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq auksion va tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil qilingan korxonalarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F–4010-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni auksion va tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq xoʻjalik sudlarining qarorlariga binoan kreditor banklar balansiga tugatish qiymati boʻyicha qabul qilingan ishlab chiqaruvchi bankrot korxonalar mol-mulki negizida tashkil etilgan korxonalarga banklarning investitsiyalari kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank aktivlari tavakkalchilik darajasi boʻyicha tavakkalchilikdan xolis boʻlgan (tavakkalchilik darajasi 0 foiz), minimal tavakkalchilik darajasiga ega (tavakkalchilik darajasi 20 foiz), oʻrtacha tavakkalchilik darajasiga ega (tavakkalchilik darajasi 50 foiz), yuqori tavakkalchilik darajasiga ega (tavakkalchilik darajasi 100 foiz) va oʻta yuqori tavakkalchilik darajasiga ega (tavakkalchilik darajasi 150 foiz) boʻlgan guruhlarga boʻlinadi. Aktivning tavakkalchilik darajasi oʻz zimmasiga majburiyatlarni qabul qilgan shaxs va garov yoki kafolat tavsifiga bogʻliq.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktiv balans summasini unga tegishli tavakkalchilik miqdoriga koʻpaytirish va tavakkalchilik boʻyicha aniqlangan aktivlar yigʻindisi orqali topiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavakkalchilikka tortilgan aktivlar umumiy summasidan chegirmalar oʻz ichiga kreditlar va lizing yoki boshqa aktivlar boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiralarni oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tavakkalchilikdan xolis boʻlgan aktivlar (tavakkalchilik darajasi 0 foiz) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankda va uning filiallarida naqd pul koʻrinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan oltin quymalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklariga qoʻyiladigan boshqa majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy aktivlar, shuningdek mazkur Nizomning 15-bandida keltirilgan birlashmagan korxonalar kapitaliga investitsiyalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik darajasi 20 foiz) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatlar banklariga qoʻyilgan barcha talablar, shu jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlarda roʻyxatga olingan banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan taʼminlangan boshqa barcha aktivlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro moliya institutlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar bilan taʼminlangan aktivlar va ularning qismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlarga kirmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, ushbu mamlakatlar Hukumatlari va Markaziy banklariga nisbatan talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy bozor qiymatida baholangan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar Hukumatlari tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi garov bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Qimmatli qogʻozlar bank tasarrufida boʻlishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim. Kafolatlar toʻgʻridan-toʻgʻri va hech qanday shartlarsiz, yaʼni ularni qoʻllashni cheklovchi biron-bir qoʻshimcha shartlarni oʻzida qamrab olmagan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazish jarayonidagi pul hujjatlari (jumladan, yoʻldagi naqd pullar).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻrtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik darajasi 50 foiz) oʻz ichiga jismoniy shaxslarga bir oilaga uy-joy sotib olish yoki qurish uchun berilgan va dastlabki garov (garov predmetiga egalik qilishning imtiyozli huquqi) sifatida sotib olinayotgan yoki qurilayotgan uy-joy bilan taʼminlangan kreditlarni oladi. Bunda kredit miqdorining garov qiymatiga nisbati 60 foizdan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik darajasi 100 foiz) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, mazkur Nizomning 19–21-bandlarida koʻrsatilgan kreditlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning asosiy vositalari va boshqa xususiy mulklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻstirmaslik” maqomi berilgan yoki restrukturizatsiya qilingan kreditlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank dastlabki garov huquqiga ega boʻlmagan kreditlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlarning depozitar institutlarining kapitali boʻlgan qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa barcha aktivlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻta yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar (tavakkalchilik darajasi 150 foiz) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud jarayonidagi aktivlar va (yoki) belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzini toʻliq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan koʻchmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yildan koʻp boʻlgan muddatda foydalanilmayotgan bankning koʻchmas mulklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartlari qayta koʻrib chiqilgan yoki muddati bir marotabadan ortiq uzaytirilgan kreditlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Balansdan tashqari vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tavakkalchilik darajasi hisobga olingan aktivlar summasi hisob-kitob qilinganda, balansdan tashqari barcha moddalar hisobga olinadi, ichki bozorda tuzilgan xosilaviy (derevativ) vositalar (forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Balansdan tashqari moddalarning tavakkalchilik toifasi balansdan tashqari moddaning toʻlanmagan qoldigʻi kreditni hisoblash omiliga koʻpaytiriladi va olingan natija balansdan tashqari moddaning balans ekvivalenti boʻlib, unga balans hisob raqamlari qoidalariga muvofiq tegishli tavakkalchilik darajasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar balansdan tashqari modda yoki uning qismi mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan tartibda kafolatlangan yoki garov bilan taʼminlangan boʻlsa, tavakkalchilik darajasini belgilash kontrpartnyorga emas, balki kafolatchi turi va kafolat tavsifiga bogʻliq boʻladi. Past tavakkalchilik omili balansdan tashqari moddaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun maqbul garov yoki kafolat bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan maʼlum bir qismiga qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. 100 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari moddalarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidan kafolatlar yoki zaxira akkreditivi berilgan bank mijozi bitim va boshqa majburiyatlarga muvofiq holda uchinchi tomon majburiyatlarni qoplashga layoqatsiz boʻlsa, bankning uchinchi tomonga toʻlovlar toʻgʻrisidagi yuridik jihatdan chaqirib olinmaydigan majburiyatlarini oʻzida aks etgan bevosita kredit oʻrnini bosuvchilar, jumladan, umumiy kafolatlar, zaxira akkreditivlari va boshqa shunga oʻxshash bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sotib olish haqidagi kelishuv yoki belgilangan shartlarda aktivlarni bankka qaytarish haqidagi kelishuvga muvofiq sotilgan aktivlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlarni kelajakda maʼlum bir muddatga sotib olish majburiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. 50 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim kafolatlari yoki muayyan bitimga nisbatan akkreditivlar singari bitimlar bilan bogʻliq majburiyatlar. Bu majburiyatlar, agar uning nomidan majburiyatlar chiqarilgan bank mijozi nomoliyaviy tijorat majburiyatlarini amalga oshira olmagan boʻlsa, bankning uchinchi shaxsga kompensatsiya toʻlash boʻyicha chaqirib olinmaydigan majburiyatlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich toʻlov muddati bir yildan ortiq boʻlgan kredit liniyasi yoki shunga oʻxshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. 20 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qoʻllaniladigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yetkazib berish bilan taʼminlangan hujjatli akkreditiv singari savdo bilan bogʻliq qisqa muddatli yoki oʻzini-oʻzi tugatuvchi majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich toʻlov muddati bir yil va undan kam boʻlgan kredit liniyasi yoki shunga oʻxshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Hosilaviy (derevativ) vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bank tomonidan forvard kelishuvlari, svoplar, opsionlar va shunga oʻxshash hosilaviy shartnomalar amalga oshirilganda, u bitimlar toʻliq nominal qiymatida kredit tavakkalchiligiga uchramaydi. Shartnoma majburiyatlari kontragent tomonidan bajarilmaganligi, bank uchun pul oqimini almashtirishning potensial qiymati tavakkalchilik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Hosilaviy (derevativ) vositaning balans ekvivalenti hisoblash omilini har bir vositaning nominal qiymatiga koʻpaytirish orqali quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Toʻlov muddatlari

Hosilaviy vositalar (%)

Foiz stavkasi asoslangan

Valyuta almashuv kurslariga asoslangan

Bir yilgacha

0,5

2,0

Bir yildan ikki yilgacha

1,0

5,0 (masalan 2+3)

Keyingi yil uchun

1,0

3,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblash omili miqdori vosita tavsifi va barcha vositalar boʻyicha qolgan qoplash muddatiga bogʻliq, boshlangʻich qoplash muddati qoʻllaniladigan valyutaviy shartnomalar va oltin bundan mustasno. Yuqoridagi usul boʻyicha hisoblangan ekvivalentlarga qarzdor turi, kafolat tabiati va taʼminotiga qarab balans vositalari singari tavakkalchilik qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Kapitalning monandligining hisoblanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. 2015-yil 1-sentabridan boshlab tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining oʻrtacha summasi X 15 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + boshqa daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy koʻrinishda boʻlganda, oʻrtacha koʻrsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq valyuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valyutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa koʻrsatkichlari yigʻindisining mutloq koʻrsatkichining eng kattasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 10 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K1 = RK / TAUS.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 1-yanvardan boshlab K1 ning eng kichik darajasi 0,115 (11,5 foiz) miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,145 (14,5 foiz) miqdorida taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2017-yilning yanvaridan ushbu koʻrsatkich 0,125 (12,5 foiz); 2018-yilning 1-yanvaridan ushbu koʻrsatkich 0,135 (13,5 foiz) tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qoʻshimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan kapital zaxirasining taʼminlanishini kafolatlash hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital boʻlishini hisobga olgan holda va Bazel 3 meʼyorlariga muvofiq K2 koeffitsiyenti 2015-yilning 1-sentabridan 0,075 (7,5 foiz); 2016-yilning 1-yanvaridan 0,085 (8,5 foiz); 2017-yilning 1-yanvaridan 0,095 (9,5 foiz); 2018-yilning 1-yanvaridan 0,105 (10,5 foiz) va 2019-yilning 1-yanvaridan 0,110 (11 foiz) miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Banklar 2015 — 2018-yillarda soliqlar toʻlangandan soʻng qoladigan sof foydadan ajratmalar ajratish orqali quyida keltirilgan koʻrsatkichlardan kam boʻlmagan miqdorda kapitalni oshirish boʻyicha barcha choralarni koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kapitalning monandligiga qoʻyilgan minimal talablar (%)

Talab kuchga kirish sanasi

Regulyativ kapitalga, (K1)

I darajali kapitalga, (K2)

I darajali asosiy kapitalning regulativ kapitaldagi ulushi

01.09.2015

10

7,5

6

01.01.2016

11,5

8,5

7

01.01.2017

12,5

9,5

7,5

01.01.2018

13,5

10,5

8,5

01.01.2019

14,5

11

9,5

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda mazkur Nizomning 5 va 6-boblarda nazarda tutilgan aktivlar qoʻshilgan umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K3 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar+mazkur Nizomning 5 va 6-boblardagi aktivlar — Nomoddiy aktivlar). Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz)ga teng.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Leveraj koeffitsiyentini hisoblashda kelgusida balans aktivlarida aks etishi ehtimoli boʻlgan bank balansining “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi aktivlar ham hisobga olinadi. Bularga kapitalni monandligini hisoblashda qoʻllaniladigan aktivlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansdan tashqari aktivlar leverajning asosiy manbasi hisoblanadi. Shuning uchun banklar leveraj koeffitsiyentini hisoblashda yuqorida qayd etilgan balansdan tashqari aktivlarni, kreditning qayta hisoblash omilini (100 foiz) qoʻllagan holda, quyidagi ikki holatdan tashqari, hisoblashlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xosilaviy (derevativ) operatsiyalar kapital monandligini hisoblashda foydalaniladigan “tavakkalchilikka dastlabki moyillik”ka muvofiq oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank har doim oʻzi tomonidan soʻzsiz bekor qiladigan barcha majburiyatlar uchun 10 foizlik kreditning qayta hisoblash omilini qoʻllashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki banklardan ularning faoliyatiga xos tavakkalchilik, iqtisodiy shart-sharoit va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, kapital monandligining yanada yuqori koeffitsiyenti taʼminlanishini talab qilishi mumkin. Bunday tavakkalchiliklar muammoli kreditlarning katta hajmi, sof zararlar, aktivlarning yuqori darajada oʻsishi, foiz stavkalari boʻyicha yuqori darajali tavakkalchilikning yuzaga kelishi yoki tavakkalchilikka asosalangan faoliyatga jalb qilinish kabilarni oʻz ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanib qolmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bank moliyaviy yil natijalari boʻyicha va oraliq dividend toʻlanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda hamda kapitalni oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan soʻng aksiyadorlariga dividendlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Dividendlar ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq tuzatishlar amalga oshirilgandan soʻng toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar quyidagi hollarda dividend toʻlash (eʼlon qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar toʻlash paytida bank iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlariga ega boʻlsa yoki koʻrsatilgan alomatlar bankda dividendlar toʻlash natijasida paydo boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali summasidan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzish, shuningdek agar dividendlar toʻlash natijasida iqtisodiy normativlar buzilib, buning oqibatida omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tugʻilishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining dividendlar toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida talabi mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bank Kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chogʻida foydadan kapitalni oshirishga yoʻnaltiriladigan ajratmalar miqdorini eʼtiborga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kapitali mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan banklar quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi kapitalga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kapitalini monandlik darajasigacha koʻtarish uchun zarur boʻlgan strategiya va xatti-harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejaning amal qilish davri mobaynida belgilanadigan kapitalning cheklangan miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning faoliyatiga belgilangan cheklovlar taʼsiri ostida reja bilan qamrab olinadigan davr uchun tadbirlar rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Chora-tadbirlar rejasi ijro muddatlari koʻrsatilgan holda, kapitalning monandligiga qoʻyiladigan talablarda nomuvofiqlik yuzaga kelgan va u bankning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan paytdan boshlab 30 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 53-moddasida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qoʻllashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda; 2017-y., 27-son, 632-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2693-2/0167-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son, 28.12.2018-y., 10/18/2693-4/2387-son, 07.03.2019-y., 10/19/2693-5/2722-son, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son; 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son; 18.03.2023-y., 10/23/2693-9/0155-son; 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son; 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son; 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son; 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)