08.06.1977 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro boʻlmagan tusdagi qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli 1949 yil 12 avgustda qabul qilingan Jyeneva konvensiyalariga doir (II Protokol)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha protokol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalari uchun umumiy boʻlgan 3-moddada bayon etilgan insonparvarlik prinsiplari xalqaro tusga ega boʻlmagan qurolli mojarolar yuzaga kelgan taqdirda inson shaxsini hurmat qilish uchun asos boʻlib xizmat qilishini ogoh etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar inson shaxsi uchun asosiy himoyani taʼminlashini ogoh etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday qurolli mojarolar qurbonlarini eng maqbul himoya bilan taʼminlash zaruratini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi huquq meʼyorlarida koʻzda tutilmagan hollarda, inson shaxsi insonparvarlik prinsiplari va omma ongi taqozo etadigan talablar doirasida himoya etilishini ogoh etib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I QISM. MAZKUR PROTOKOLNING QOʻLLANISH SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda — Asosiy qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva konvensiyalari uchun umumiy boʻlgan 3-moddani rivojlantirib va toʻldirib, uning qoʻllanishi borasidagi mavjud shart-sharoitni oʻzgartirmagan holda, xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyalariga doir qoʻshimcha protokolning (I Protokol) 1-moddasi taʼsir doirasiga tushmaydigan barcha qurolli mojarolarga nisbatan va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida uning qurolli kuchlari bilan hukumatga qarshi boʻlgan masʼul qoʻmondonlik ostida boʻlib, muayyan hududning bir qismi ustidan uzluksiz va kelishib turib harbiy harakatlarni olib borish hamda mazkur Protokolni qoʻllash uchun oʻzlariga imkon beradigan darajada nazoratni amalga oshiradigan qurolli kuchlar yoki boshqa uyushgan harbiy guruhlar oʻrtasidagi qurolli mojarolar vaqtida qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Protokol ichki tartib buzilishi va keskinlik holatlari yuzaga kelgan vaziyatlarda, masalan, sodir boʻlgan turli tartibsizliklar, ayrim va tasodifiy zoʻravonlik harakatlari va shu mazmundagi boshqa xil harakatlarga nisbatan ushbu holatlarning qurolli mojarolar sirasiga kirmasligi sababli qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda — Alohida shaxslarga nisbatan qoʻllanish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini va eʼtiqodi, siyosiy yoki boshqa xil maslagi, fuqaroligi yoxud ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tavalludi yoki boshqa xil maqomi yoxud shunga oʻxshash alomatlarga asoslangan nomuvofiq tafovutlar qilinmasdan (bundan keyin qisqacha: “nomuvofiq tafovutlar”, deb ataladi), 1-moddada bayon etilgan qurolli mojarolar taʼsirida boʻlgan barcha shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurolli mojaro nihoyasida shu mojaro bilan bogʻliq sabablar tufayli ozodlikdan mahrum etilgan yoki erkinligi cheklab qoʻyilgan shaxslar, shuningdek, mojaro tugaganidan soʻng xuddi shu sabablar asosida ozodlikdan mahrum etilgan yoxud erkinligi cheklangan shaxslarning barchasi oʻzlari ozodlikdan mahrum etilgan va erkinligi cheklab qoʻyilgan davr mobaynida 5 va 6-moddalarda koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda — Aralashmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokolning hech bir jihati davlatning suverenitetiga daxl etish yoki hukumatning barcha qonuniy vositalar yordamida davlatdagi qonuniy tartiblarni mustahkamlash va tiklash yoxud milliy birdamlik va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilish borasidagi vazifalariga aralashish sifatida talqin etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Protokolning hech bir jihati qurolli mojaroga yoki ushbu mojaro boʻlib oʻtayotgan hudud tegishli boʻlgan Oliy Ahdlashuvchi Tomonning ichki yoxud tashqi ishlariga qandaydir sabab bilan bevosita yoki bavosita aralashuvni oqlash uchun xizmat qiladigan mazmunda talqin etilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II QISM. INSONIY MUOMALA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda — Asosiy kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan yoki ishtirok etishni toʻxtatgan barcha shaxslar, ularning erkinligi cheklangan yoki cheklanmaganligidan qatʼi nazar, oʻz shaxsi, or-nomusi, maslagi va diniy taomillarining hurmat qilinishi huquqiga egadir. Har qanday sharoitda ularga nisbatan insoniy biron-bir nomuvofiq tafovutlarsiz munosabatda boʻlinadi. Hech kimni tirik qoldirmaslik toʻgʻrisida buyruq berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan umumiy qoidalarga ziyon yetkazmagan holda 1-bandda qayd etilgan shaxslarga nisbatan quyidagi xatti-harakatlarni sodir etish har qachon har qanday joyda taqiqlangan va taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shaxsning hayotiga, sogʻligʻiga, jismoniy va ruhiy salomatligiga tajovuz qilish, xususan, oʻldirish, shuningdek, azob berish, mayib-majruh qilish yoki boshqa xil tan jazosi koʻrinishida shafqatsiz muomalada boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ommaviy jazolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) garovga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) terrorchilik harakatlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) insoniy qadr-qimmatini toptash, xususan, xoʻrlash va haqoratlash, zoʻrlash, fohishabozlikka majburlash yoki boshqa xildagi nomunosib tajovuzlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) qullikka solish va barcha toifadagi qul savdosiga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) talon-toroj qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlardan istalgan bittasini amalga oshirish toʻgʻrisida tahdid etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bolalarga zarur gʻamxoʻrlik va koʻmak koʻrsatiladi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ular oʻz ota-onalarining, ota-onalari boʻlmagan taqdirda ularga vasiylik qilish boʻyicha masʼul shaxslarning xohish-istaklari asosida taʼlim-tarbiya, shu jumladan, diniy va axloqiy tarbiya oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vaqtincha ajralib ketgan oilalarni birlashtirishga koʻmaklashish uchun barcha zaruriy choralar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar qurolli kuchlar yoki guruhlar safiga yollanmaydi va ularga harbiy harakatlarda qatnashish uchun ruxsat etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar ular s) banddagi qoidalarga xilof ravishda harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan va asir tushganlari taqdirda, mazkur moddadagi oʻn besh yoshga toʻlmagan bolalar uchun koʻzda tutilgan maxsus himoya ularga nisbatan qoʻllanishda davom etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) zaruriyat tugʻilgan va imkoniyat mavjud boʻlgan hollarda ota-onalarining yoki qonun yoxud taomil boʻyicha ularga vasiylik qilish boʻyicha asosiy masʼul shaxslarning roziligi asosida bolalarni harbiy harakatlar hududidan mamlakat ichkarisidagi nisbatan xavfsiz hududga vaqtincha koʻchirish choralari koʻriladi va bunda bolalarning oʻz xavfsizliklari va osoyishtaliklari uchun masʼul shaxslarning hamrohligida boʻlishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda — Erkinligi cheklangan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablar tufayli ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan 4-modda qoidalariga qoʻshimcha ravishda, ushbu shaxslarning muayyan hududga joylashtirilgani yoki koʻchirilganidan qatʼi nazar, ularga nisbatan kamida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yaradorlar va bemorlar 7-modda qoidalari asosida tegishli muomaladan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan shaxslar mahalliy fuqaro aholi bilan tengma-teng ravishda oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlanadi, ularga sogʻliqni saqlash va gigiyenaga amal qilish uchun tegishli sharoit, shuningdek, shafqatsiz iqlim sharoitidan va qurolli mojaro xavf-xataridan himoyalanish imkoniyati yaratib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ularga alohida yoki ommaviy tartibda koʻmak olish uchun ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ularga oʻz diniy taomillarini amalga oshirishlari va tegishli iltimoslar tushganda va joiz deb topilganda, diniy vazifani bajaruvchi ruhoniylar va boshqa shunday shaxslardan maʼnaviy koʻmak olish uchun ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ishga jalb etilgan taqdirda, ular mahalliy fuqaro aholi qatori tegishli ish sharoiti va mehnat muhofazasi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida 1-bandda koʻrsatib oʻtilgan muayyan hududga joylashtirilishi yoki koʻchirib saqlanishi uchun masʼullar oʻz imkoniyatlarida doirasida ushbu shaxslarga taalluqli quyidagi qoidalarga amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona oilani tashkil etuvchi erkak va ayolni birgalikda joylashtirishdan tashqari barcha hollarda ayollar erkaklar joylashgan binolardan uzoqroq binolarga joylashtiriladi va bevosita ayollarning nazorati ostida boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ularga xatlar va pochta kartochkalari joʻnatish va olish uchun ruxsat etiladi hamda bu xat-xabarlar soni zarur topilganda vakolatli maʼmurlar tomonidan cheklanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) muayyan hududga joylashtirilgan va koʻchirib saqlanayotgan shaxslar joylashtirilgan manzil jangovar harakatlar borayotgan hudud yaqinida boʻlmasligi kerak. Qurolli mojarolar tufayli 1-bandda qayd etilgan shaxslar saqlanayotgan manzil yaqqol xavf-xatar ostida qolgan taqdirda, ularni yetarli darajada bexatar sharoitda koʻchirish imkoniyati mavjud boʻlsa, ular boshqa joyga koʻchirilishi zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ular tibbiy koʻrikdan oʻtish huquqidan foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga hamda daxlsizligiga qandaydir oqlab boʻlmaydigan xatti-harakat yoki harakatsizlik tufayli ziyon yetkazish mumkin emas. Shu maʼnoda, ushbu moddada qayd etilgan shaxslarning salomatligi vajidan taqozo etilmagan hamda tibbiyot nuqtayi nazari boʻyicha xuddi shunday sharoitda ozodlikdagi shaxsga nisbatan qoʻllash odatdagi tibbiyot talablariga javob bermaydigan har qanday tibbiy muolajalarning ularga nisbatan qoʻllanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqoridagi 1-bandda qoidalari oʻzlariga nisbatan qoʻllanmaydigan, ammo harbiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan sabablar tufayli qanday tarzda boʻlmasin ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar 4-modda va mazkur moddaning “1.a”, “1.s” va “1.d” bandlari hamda “2.b” bandi asosida insoniy muomaladan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday qarorni qabul qiluvchilar ushbu shaxslarning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan barcha choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda — Jinoyatni jazolash jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu modda qurolli mojaro bilan bogʻliq boʻlgan jinoiy huquqbuzarliklar boʻyicha sudlov va jazolash jarayoniga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muayyan shaxsning mustaqillik va xolislik kabi asosiy kafolatlarni taʼminlagan sud hukmi boʻyicha huquqbuzarlikda aybdor deb topilishidan tashqari barcha hollarda, unga nisbatan hech qanday sud hukmi chiqarilmaydi hamda hech qanday jazo chorasi qoʻllanilmaydi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sudlov jarayoni ayblanuvchi ayb sifatida oʻz boʻyniga qoʻyilayotgan huquqbuzarlik tafsilotlaridan kechiktirmasdan xabardor etilishini hamda sudgacha boʻlgan davrda va sud paytida ayblanuvchi barcha tegishli huquqlar va himoya vositalari bilan taʼminlanishini koʻzda tutishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hech bir shaxs oʻzining shaxsan jinoiy javobgarligiga asoslanmagan huquqbuzarlik yuzasidan jazoga hukm etilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) hech bir shaxs sodir etilgan paytda kuchda boʻlgan qonunchilikka koʻra jinoiy huquqbuzarlik hisoblanmagan qaysidir harakati yoki xatosi bilan bogʻliq qandaydir jinoiy huquqbuzarlik boʻyicha aybdor deb topilishi mumkin emas; shuning barobarida, jinoiy huquqbuzarlik sodir etilgan paytda qoʻllanishi mumkin boʻlgan jazoga nisbatan ogʻir jazo berilishi mumkin emas; agar huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin qonunda nisbatan yengil jazo chorasi koʻzda tutiladigan boʻlsa, u holda ushbu qonunning taʼsiri mazkur huquqbuzarga ham taalluqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxsning aybi qonun boʻyicha isbot etilmaguniga qadar u aybsiz hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) huquqbuzarlikda ayblanayotgan har qanday shaxs sudda oʻz ishining koʻrib chiqilishida hozir boʻlish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) hech qanday shaxs oʻziga oʻzi qarshi guvohlik berishga yoki oʻzini oʻzi aybdor deb tan olishga majbur etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukmni eʼlon qilish paytida mahkum oʻzining sudlov yoki boshqa tartibda shikoyat qilish huquqi, shuningdek, ushbu huquqdan qancha muddat davomida foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqbuzarlik sodir etgan paytda oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar oʻlimga hukm qilinmaydi hamda homilador ayollar va yosh bolali ayollarga nisbatan bunday hukm ijro etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Harbiy harakatlar barham topgach, hukumat tepasidagi maʼmuriy organlar qurolli mojarolarda qatnashgan shaxslarga hamda muayyan hududga joylashtirilganligi yoki koʻchirib saqlanayotganligidan qatʼi nazar, qurolli mojaro tufayli erkinligi cheklangan shaxslarga nisbatan iloji boricha keng amnistiya berishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III QISM. YARADORLAR, BEMORLAR VA KEMA HALOKATIGA UCHRAGAN SHAXSLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda — Himoya va parvarishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar, qurolli mojaroda qatnashgani yoki qatnashmaganidan qatʼi nazar, hurmat va himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday sharoitda ularga nisbatan insoniy muomala qilinadi hamda salomatligi taqozo etgan hollarda ular iloji boricha imkoniyat doirasida va qisqa fursatda tibbiy koʻmak va tegishli parvarish bilan taʼminlanadi. Ularni tibbiy nuqtayi nazardan tashqari hech bir jihat boʻyicha tafovutlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda — Qidiruv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharoit taqozo etgan barcha hollarda, ayniqsa, jangdan keyin yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish va yigʻib olish hamda ularni talon-torojdan, nojoʻya muomalalardan muhofaza etish, tegishli parvarish bilan taʼminlash, bundan tashqari, murdalarni qidirib topish va ularni talon-toroj etishlariga yoʻl qoʻymaslik hamda munosib ravishda dafn etish yuzasidan barcha zaruriy choralar kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda — Tibbiy va diniy xodimlar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiy va diniy xodimlar hurmat va himoyadan foydalanadi va oʻz vazifalarini bajarishlari uchun ularga barcha zaruriy yordam koʻrsatiladi. Ular oʻz insonparvarlik faoliyatiga mos kelmaydigan ishlarni bajarishga majbur etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻz vazifasini bajarayotgan tibbiy xodimlardan biron-bir shaxsga nisbatan tibbiy mazmundagidan boshqacharoq mulohaza asosida alohida munosabatda boʻlishni talab qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda — Tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan shaxslarning umumiy himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hech qanday sharoitda biron-bir shaxs tibbiyot odob-axloqiga mos ravishda tibbiy faoliyat koʻrsatgani uchun, bu faoliyatning qaysi shaxs manfaatlariga qaratilganidan qatʼi nazar, jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan shaxs tibbiyot odob-axloqi qoidalariga yoki yaradorlar va bemorlar manfaatiga xizmat qiladigan boshqa tibbiy nizomlarga yoxud mazkur Protokol qoidalariga xilof harakatlarni sodir etishga yoki shunday ishlarni bajarishga, shuningdek, ana shu qoida va nizomlar boʻyicha talab qilingan harakatlarni bajarmaslikka majbur etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy qonunchilikni hisobga olgan holda, tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan shaxslarning oʻz qaramogʻida (yoki ilgari oʻz qaramogʻida) boʻlgan yaradorlar va bemorlarga taalluqli axborotga ega boʻlish bilan bogʻliq kasbiy faoliyati hurmat qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy qonunchilikni hisobga olgan xolda, tibbiy faoliyat koʻrsatayotgan biron-bir shaxs oʻz qaramogʻidagi yoki ilgari qaramogʻida boʻlgan yaradorlar va bemorlarga taalluqli axborotni taqdim etishdan boʻyin tovlagani yoxud shu axborotni taqdim etmagani uchun jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda — Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalari har doim hurmat va himoyadan foydalanadilar va ular hujum uchun nishon boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalaridan insonparvarlik faoliyati doirasidan chetga chiquvchi dushmanlarcha harakatlarni sodir etishda foydalanilgan taqdirda, ular ega boʻlgan himoya huquqi barham topadi. Ayni chogʻda, himoyadan foydalanishni toʻxtatishdan oldin bu haqda zarur boʻlganda oqilona muddat belgilab ogohlantirish berilishi lozim va bunday ogohlantirish ham eʼtiborga olinmaganidan keyingina himoya toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda — Farqlovchi emblema
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vakolatli maʼmuriyatlar nazorati ostida oq rangli sathdagi Qizil Xoch, Qizil Yarim Oy yoki Qizil Sher va Quyosh emblemalarini tibbiy yoxud diniy xodimlarning taqib yurishi yoki tibbiyot tuzilmalari va sanitariya-transport vositalarining koʻrinarli joylarida ularning tasviri tushirilishi koʻzda tutiladi. Bu farqlovchi belgi har qanday sharoitda hurmat qilinadi. Emblemadan boshqa maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV QISM. FUQARO AHOLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda — Fuqaro aholi himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro aholi va alohida fuqaro shaxslar harbiy amaliyotlar tufayli yuzaga keladigan xavf-xatardan umumiy himoyalanish huquqidan foydalanadi. har qanday sharoitda ushbu himoyani roʻyobga chiqarishda quyidagi qoidalarga amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro aholi, shuningdek, alohida fuqaro shaxslar hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak. Asosiy maqsadi fuqaro aholini terror qilishdan iborat boʻlgan zoʻravonlik harakatlarini sodir etish yoki bunday harakatlarni sodir etish bilan tahdid qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro shaxslar hozircha harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasagina va ishtirok etmayotgan davrdagina ushbu qismda koʻzda tutilgan himoyadan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda — Fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur boʻlgan obyektlar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aholi oʻrtasida yuzaga keladigan ochlikdan harbiy harakatlar olib borishning usuli sifatida foydalanish taqiqlanadi Shu sababdan bunday maqsadni amalga oshirish yoʻlida fuqaro aholi jon saqlashi uchun zarur boʻlgan obyektlarni, masalan, oziq-ovqat zaxiralari, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi hududlari, ekinzorlar, mol-hol, ichimlik suv bilan taʼminlovchi qurilmalar va suv zaxiralariga, shuningdek, irrigatsiya inshootlariga hujum qilish, ularni yakson etish, koʻchirib ketish yoki yaroqsiz ahvolga keltirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda — Xatarli kuchga ega boʻlgan qurilma va inshootlar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarli kuchga ega boʻlgan qurilma va inshootlar, yaʼni toʻgʻonlar, dambalar va atom elektrostansiyalariga hujum qilish, agar bunday hujum xatarli kuchlarning boʻshalib ketishiga va oqibatda fuqaro aholi oʻrtasida ogʻir yoʻqotishlar yuzaga kelishiga sabab boʻlsa, hattoki ushbu inshootlar harbiy obyektlar boʻlgan taqdirda ham, ular hujum uchun nishon boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda — Madaniy qadriyatlar va ibodat marosimlari oʻtkaziladigan joylar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy harakatlar yuz bergan hollarda madaniy qadriyatlarni himoya qilish toʻgʻrisida 1954-yil 14-mayda qabul qilingan Gaaga konvensiyasi qoidalariga ziyon yetkazmagan xolda, xalqlarning madaniy yoki maʼnaviy merosi hisoblangan tarixiy yodgorliklar, sanʼat asarlari yoxud ibodat marosimlari oʻtkaziladigan joylarga qarshi qaratilgan biron-bir dushmanlik xatti-harakatlarini sodir etish va ulardan harbiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda — Fuqaro shaxslarni majburiy koʻchirishning taqiqlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro shaxslarning xavfsizligini taʼminlash talabi yoki harbiy mazmundagi qatʼiy sabablar buni taqozo etmagan taqdirda, qurolli mojaro tufayli ana shu fuqaro aholini koʻchirish toʻgʻrisida farmoyish berilishi mumkin emas. Bunday koʻchirishni amalga oshirish zarurati yuzaga kelgan hollarda fuqaro aholini qabul qilish uchun tegishli boshpana, gigiyena, sogʻliqni saqlash, xavfsizlik va oziq-ovqat taʼminoti nuqtayi nazaridan qoniqarli shart-sharoit yaratish yoʻlida barcha zarur choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro shaxslar mojaro bilan bogʻliq sabablar tufayli oʻzlari yashab turgan hududni tark etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda — Koʻmak jamiyatlari va koʻmak koʻrsatish amaliyotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar hududida joylashgan koʻmak jamiyatlari, masalan, Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy Qizil Sher va Quyosh) tashkilotlari qurolli mojaro qurbonlariga nisbatan anʼanaviy vazifasini bajarish maqsadida oʻz xizmatlarini taklif etishi mumkin. Fuqaro aholi hatto tashabbus bilan chiqib, yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslarni yigʻib olishni va parvarishlashni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro aholi jon saqlashi uchun oʻta zarur boʻlgan zaxiralar, masalan, oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlarining yetishmasligi tufayli juda qiyin ahvolga tushib qolgan taqdirda, manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning roziligiga koʻra fuqaro aholiga yordam koʻrsatish amaliyotlari faqat insonparvarlik va xolislikka asoslangan holda va biron-bir nomuvofiq tafovutlarga qaramasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V QISM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda — Ommalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol imkon qadar kengroq miqyosda ommalashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda — Imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol Yakuniy hujjat imzolanganidan soʻng olti oy oʻtgach, Konvensiya ishtirokchilari imzolashlari uchun ochiq hisoblanadi va oʻn ikki oy davomida ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda — Ratifikatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol imkon qadar tezroq ratifikatsiya qilinishi zarur. Ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Shveysariya Federal Kengashiga, Konvensiyalar depozitariysiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda — Qoʻshilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol uni imzolamagan har qanday Konvensiyalar ishtirokchisi qoʻshilishi uchun ochiqdir. Qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar saqlash uchun Konvensiyalar depozitariysiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda — Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol ikkita ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Protokol keyinchalik uni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har qaysi Konvensiyalar ishtirokchisi uchun u tomonidan tegishli ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilganidan soʻng olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda — Tuzatishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Protokolga oʻz tuzatishlarini tavsiya etishi mumkin. Har qanday tavsiya etilgan tuzatishning matni depozitariyga joʻnatiladi va u barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar va Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi bilan maslahatlashib, tuzatish yoki tuzatishlar boʻyicha tegishli tavsiya yuzasidan konferensiya chaqirish kerakmi-yoʻqligini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Depozitariy ushbu konferensiyaga barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarni, shuningdek, Konvensiyalar ishtirokchilarini, ular mazkur Protokolni imzolaganmi-yoʻqligidan qatʼi nazar, taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda — Denonsatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Ahdlashuvchi Tomon mazkur Protokolni denonsatsiya qilgan taqdirda, bu haqdagi hujjat kelib tushganidan soʻng olti oy muddat oʻtgachgina denonsatsiya kuchga kiradi. Ammo olti oylik muddat tugashi davomida denonsatsiya haqida bayonot bergan tomon 1-moddada qayd etilgan vaziyatga tushib qolgan boʻlsa, u holda denonsatsiya qurolli mojaro tugamagunga qadar kuchga kirmaydi. Shunga qaramay, ushbu mojaro tufayli ozodlikdan mahrum etilgan yoki erkinligi cheklab qoʻyilgan fuqarolar toʻla ozodlikka chiqquniga qadar mazkur Protokol qoidalari homiyligidan foydalanishda davom etaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Denonsatsiya toʻgʻrisidagi bildirish yozma tarzda depozitariyga joʻnatiladi va depozitariy uni barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda — Bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozitariy barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga, shuningdek, Konvensiya ishtirokchilariga, ular mazkur Protokolni imzolaganmi-yoʻqligidan qatʼi nazar, quyidagilarni bildiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Protokolga qoʻyilgan imzolar, shuningdek, 21 va 22-moddalarga muvofiq ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning saqlashga topshirilishi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 23-moddaga muvofiq mazkur Protokol kuchga kiradigan sana haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) 24-moddaga muvofiq kelib tushgan maʼlumotlar va bayonotlar haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda — Roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Protokol kuchga kirganidan soʻng depozitariy uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 102-moddasiga muvofiq roʻyxatga olish va eʼlon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Depozitariy, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatini mazkur Protokol boʻyicha oʻziga kelib tushgan barcha ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar haqida xabardor etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda — Matnlarning autentligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolning asliyati boʻlgan ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tilidagi oʻzaro teng darajada asl nusxaga muvofiq matnlar saqlash uchun depozitariyga topshiriladi va depozitariy asliyatning tasdiqlangan nusxalarini Konvensiyalarning barcha ishtirokchilariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)