Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024 24.03.2000 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING CHET ELLARDAGI VAKOLATXONALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 9-sentabrdagi 417-son qarorining 10-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, boshqa davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarining chet eldagi vakolatxonalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, boshqa davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarining hisobga qoʻyilgan chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga har chorakda axborot berib turadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari oʻsha davlatda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatxonalari, delegatsiyalari va mutaxassislari guruhlariga koʻmaklashadilar va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonalar va mutaxassislar guruhlari rahbarlari diplomatik vakolatxonalarni yoki konsullik muassasalarini oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilib turadilar, ularga oʻz funksiyalarini amalga oshirishlarida koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2732-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 102-con qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari va korxonalarining chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari, korxonalari (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) xorijiy davlatlarda vakolatxonalar, bosh vakolatxonalar yoki mintaqaviy vakolatxonalar (keyingi oʻrinlarda — vakolatxona deb ataladi) ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasining vakolatxona oʻzining taklifiga binoan taʼsis etilgan vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellardagi vakolatxona mustaqil vakolatxona sifatida taʼsis etiladi yoxud bosh yoki mintaqaviy vakolatxona tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, idorasining yoki davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasiningi ikki yoki undan koʻproq vakolatxonasi boʻlgan davlatda, shuningdek, ularning yuqori darajadagi manfaatlari uni talab qiladigan davlatlarda taʼsis etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellardagi mintaqaviy vakolatxona iqtisodiy va jugʻrofiy belgilari boʻyicha oʻzaro bogʻliq davlatlar guruhi uchun taʼsis etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatxona oʻzi joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ushbu Nizomga, vakolatxonaning taʼsis hujjatlariga, shuningdek, oʻzi joylashgan davlat qonunchiligiga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatxona xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, vakolatxona joylashgan davlatdagi mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatxonalarda siyosiy partiyalar tuzilmalari, diniy va jamoat birlashmalari tashkil etilishi mumkin emas, kasaba uyushmalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatxona xodimlari va ularning oila aʼzolari hududida vakolatxona faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonunlari va meʼyoriy hujjatlariga rioya etishga, anʼana va urf-odatlarini hurmat qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatxona xodimlarining va ular oilasi aʼzolarining shaxsiy manfaatni koʻzlab tadbirkorlik yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. VAKOLATXONA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet ellardagi vakolatxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik shakllarini rivojlantirish, chuqurlashtirish va takomillashtirish imkoniyatlarini qidirib topish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, iqtisodiyot, moliya, fan va texnika, transport, turizm, madaniyat sohasidagi va boshqa sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirishga samarali koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda iqtisodiy, tijorat va ilmiy-texnika axborotlari almashishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tovarlarining xorijiy bozorlarga kirib borishi, shu jumladan konferensiyalar, koʻrgazmalar, koʻchma yarmarkalar va reklama kompaniyalari oʻtkazish boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazish hamda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bitishuvlari va boshqa shartnomalar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlar eksporti va importini rivojlantirishga samarali koʻmaklashish, ularga texnika xizmatlari koʻrsatish, jahon texnikasining eng yangi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning asosiy vazifalari, funksiyalari, tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish ularning taʼsis hujjatlariga hamda muassisning xususiyatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari oʻzlari joylashgan davlatdagi vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar. Vakolatxona diplomatik vakolatxonalarni va konsullik muassasalarini oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilib turadi va ularga oʻz funksiyalarini amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona boshligʻi diplomatik vakolatxonani yoki konsullik muassasasini muassislar tomonidan nazarda tutilgan chet ellarda yurish-turish qoidalari vakolatxona xodimlari tomonidan buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida majburiy tartibda xabardor qilib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boʻlmagan taqdirda vakolatxona oldindan kelishib olgan holda vazirliklar, idoralar, davlat boshqa organlarining vakolatxona joylashgan davlatga xizmat safariga kelishgan mansabdor shaxslariga, delegatsiyalariga, mutaxassislar guruhlariga yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. VAKOLATXONAGA RAHBARLIK QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mintaqaviy vakolatxonani mintaqaviy vakil, bosh vakolatxonani — bosh vakil, vakolatxonani — muassis vakili boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy vakil, bosh vakil va vakil bevosita Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi rahbariga boʻysunadi va ular tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatxona boshligʻi va vakolatxona xodimlari lavozim vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatxona ishlari vakolatxona rahbari tomonidan tuziladigan va muassis tasdiqlaydigan rejalar asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. VAKOLATXONA BOSHLIGʻINING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatxona boshligʻi oʻz faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi va u quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan davlat idoralari va boshqa tashkilotlari oldida muassisning rasmiy vakili sifatida ish koʻrish, ushbu tashkilotlarning rahbar shaxslari bilan bevosita aloqalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan davlatdagi vakolatxonaga unga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis nomidan vakolatxona joylashgan davlatdagi tashkilotlar bilan oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar va kontraktlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning pul mablagʻlarini, oʻz nomiga berilgan ishonchnomaga binoan, tasdiqlangan smeta doirasida, tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil choragi rejalarini vakolatxona uchun tasdiqlangan yillik rejalar doirasida, bu toʻgʻrida yuqori turuvchi vakilni va muassisni xabardor qilgan holda, oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaga tegishli yoki oʻzi ijaraga olgan mol-mulkni muassis bilan kelishgan holda sugʻurta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan smeta doirasida, muassis bilan kelishgan holda, vakolatxona xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona uchun ishlab chiqarish binolarini va vakolatxona xodimlari uchun uy-joylarni ijaraga olish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining va vakolatxona joylashgan davlatning mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning taʼsis hujjatlarida, muassis faoliyati xususiyatlariga muvofiq, vakolatxona boshligʻi uchun qoʻshimcha huquqlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. VAKOLATXONA BOSHLIGʻINING MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatxona boshligʻi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona faoliyatining yuqori rentabelligini va samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisga vakolatxona ishlarini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarish — moliya faoliyati istiqbol rejalari boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona barcha xodimlarining tayyorgarligi yuqori darajada boʻlishini, ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona binolarini igʻvogarona va terroristik hodisalardan muhofaza qilish yuzasidan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, vakolatxona xodimlari va ularning oila aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona jamoasida sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash, vakolatxona xodimlarining va ular oila aʼzolarining salomatligi, turmushi, madaniy xordigʻi va taʼlim olishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona binolaridan vakolatxona funksiyalariga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisga belgilangan tartibda vakolatxonaning ishlab chiqarish-moliya va tijorat faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning taʼsis hujjatlarida vakolatxona boshligʻi uchun muassis faoliyati xususiyatiga muvofiq ravishda qoʻshimcha majburiyatlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. VAKOLATXONA BOSHLIGʻINING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatxona boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisning xalqaro faoliyati va tashqi aloqalarini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida unga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizomga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis tomonidan belgilangan ishlab chiqarish-moliya rejalari va topshiriqlarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reja va moliya intizomining, hisob va hisobotning ahvoli, muassisning tegishli boʻlimlari va xizmatlariga hisobot hujjatlarining oʻz vaqtida topshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, xizmat va tijorat sirlari saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlari va ular oila aʼzolarining xavfsizligini, shuningdek, vakolatxona binolari muhofazasini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlari, ularning oila aʼzolari, vakolatxona yoʻli bilan keluvchi delegatsiyalar aʼzolari oʻrtasidagi intizomning ahvoli, ular tomonidan fuqarolarning chet ellarda yurish-turishi meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoʻli bilan vakolatxona joylashgan davlatga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan sodir boʻlgan barcha voqealar toʻgʻrisida elchixona (konsullik) va muassis nomiga yoʻllangan axborotlarning ishonchliligi va oʻz vaqtida topshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishning, vakolatxonaga tegishli moddiy boyliklarni hisobga olish va saqlashning ahvoli uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning taʼsis hujjatlarida vakolatxona boshligʻi uchun muassis faoliyati xususiyatiga muvofiq ravishda boshqa javobgarliklar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. VAKOLATXONALAR XODIMLARINI TANLASH TARTIBI, ULARNING CHET ELLARDA BOʻLISHI MUDDATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatxona boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan xodimlari orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona boshligʻi va xodimlarini ishga tayinlash, shuningdek, ularni chaqirib olish muassis tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatxonada ishlashga, muassis bilan kelishgan holda, kontrakt asosida, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatxona joylashgan davlat hududida doimiy yashovchi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Boshliqlar va xodimlar vakolatxona joylashgan davlatdagi tegishli vakolatxonada ishlash uchun, mehnat shartnomasini rasmiylashtirgan holda, qoidaga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakolatxonalar, bosh vakolatxonalar, vakolatxonalar boshliqlari — uch yilgacha muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning shtatdagi boshqa xodimlari — ikki yilgacha muddatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi faoliyati xususiyatiga koʻra, mehnat shartnomasi bilan belgilangan ishlash muddati vakil va shtatdagi boshqa xodimlar uchun koʻpi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimni vakolatxonadagi lavozimga keyingi tayinlash oradan ikki yil oʻtgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Ushbu muddat istisno hollardagina bir yilgacha qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona xodimi egallab turgan lavozimidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan davlatda uning salomatligi oʻz funksional vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan darajada jiddiy yomonlashganda va uning oila aʼzolari ogʻir kasallanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tomonidan egallab turgan lavozimida bundan keyin qolishiga zid boʻlgan qoida buzish sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning ichki mehnat tartibini muttasil buzganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining va vakolatxona joylashgan davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda muddatidan oldin chaqirtirib olinishi mumkin.
(18-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari, korxonalari oʻzlarining ichki hujjatlarida mutaxassislarni chet elga yuborishni navbatlash tartibini va ularni joʻnatishni oldindan kelishib olish masalalarini yanada aniqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. VAKOLATXONA FAOLIYATI USTIDAN NAZORATNI TAʼMINLASH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatxona faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat organi, tashkiloti, korxonasi meʼyoriy hujjatlariga, shuningdek, vakolatxona joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatxona faoliyatini nazorat qilish tegishli vazirlik, idora, davlat organi, tashkilot, korxona meʼyoriy hujjatlari bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. YURIDIK MAQOMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, idorasi, davlat organi, tashkiloti, korxonasining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadilar, oʻz nomlari yozilgan shtamp va muhrga, oʻz faoliyatlarini amalga oshirish uchun oʻzlari joylashgan davlat banklarida hisob raqamlariga ega boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 11-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)