Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024 24.03.2000 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024
Hujjat 01.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING CHET ELLARDAGI VAKOLATXONALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, idoralar va boshqa respublika organlari xodimlarining chet el xizmat safarlariga borishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 9-sentabrdagi 417-son qarorining 10-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, boshqa davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarining chet eldagi vakolatxonalari toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, boshqa davlat organlari, tashkilotlari va korxonalarining hisobga qoʻyilgan chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga har chorakda axborot berib turadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari oʻsha davlatda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatxonalari, delegatsiyalari va mutaxassislari guruhlariga koʻmaklashadilar va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonalar va mutaxassislar guruhlari rahbarlari diplomatik vakolatxonalarni yoki konsullik muassasalarini oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilib turadilar, ularga oʻz funksiyalarini amalga oshirishlarida koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.H. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 102-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi (keyingi oʻrinlarda “Elchixona” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasining Elchixona joylashgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi tashqi munosabatlar sohasidagi davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona tegishli xorijiy davlat bilan elchixonalar darajasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra taʼsis etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elchixona Elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy yoʻli amalga oshirilishini va uning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elchixona oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga, mazkur nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining meʼyoriy hujjatlari va koʻrsatmalariga, shuningdek, diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga hamda xalqaro huquqning boshqa umumeʼtirof etilgan hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elchixona binosida yoki uning hududida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtariladi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda oʻzbek tilida va Elchixona joylashgan davlatning davlat tilida “Oʻzbekiston Respublikasining (Elchixona joylashgan xorijiy davlat nomi)dagi Elchixonasi” soʻzlari yozilgan lavha oʻrnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan Elchixona joylashgan davlatning protokol amaliyoti hisobga olingan holda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elchixona xodimlari va ularning oila aʼzolari Elchixona joylashgan davlatning qonunlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarini, anʼanalari va urf-odatlarini hurmat qilishga, Elchixona joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashish deb talqin qilinishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ELCHIXONANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Elchixonaning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy yoʻlini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasining va uning fuqarolarining manfaatlarini xalqaro huquq yoʻl qoʻygan doiralarda himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlat bilan munosabatlarning ahvoli va istiqbollari, Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlari va uning fuqarolarining manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Elchixona joylashgan mamlakat oʻrtasida oʻzaro foydali savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, Elchixona joylashgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilish tadbirlarini amalga oshirish, tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasidan Elchixona joylashgan davlat bozorlariga eksport qilinishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan mamlakatning savdo rejimlari va tarif siyosatini, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarining ahvolini tahlil qilish, shu asosda uning samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar va tegishli takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatning oʻzbekistonlik qatnashchilariga hamkorlar izlashda va tanlashda koʻmaklashish, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, Elchixona joylashgan davlatning ishbilarmonlari doiralari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan mamlakatning tashqi siyosiy idoralari bilan, shuningdek, ushbu davlatda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxonalar bilan doimiy aloqa oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati, uning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy hayoti toʻgʻrisidagi rasmiy axborotlarni tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlat hukumati va boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib borish, belgilangan tartibda ikki tomonlama hujjatlarni imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatdagi shart-sharoitlar va voqealarni barcha qonuniy vositalar bilan aniqlashtirish hamda Elchixona joylashgan davlatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yoʻli toʻgʻrisida muntazam axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Elchixona joylashgan davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni ragʻbatlantirish hamda ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi oʻzaro munosabatlari rivojlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va yuqori darajada davlatlararo tashriflarni tayyorlashda va amalga oshirishda, shuningdek, davlat va hukumat delegatsiyalari tashriflarini tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Elchixona joylashgan davlat bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini, shartnomalar tuzish, ularni bajarish, amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlashda qatnashish, Oʻzbekiston Respublikasining Elchixona joylashgan davlat bilan ikki tomonlama shartnomalari, shuningdek, koʻp tomonlama shartnomalarning Elchixona joylashgan davlat bilan Oʻzbekiston Respublikasi munosabatlariga tegishli qismi bajarilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatning davlat hokimiyati organlari, idoralari, jamoat birlashmalari, ishbilarmonlari, ilmiy va madaniy doiralari, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar oʻrnatish va ularni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatda yashovchi vatandoshlar va milliy markazlar bilan aloqalar va munosabatlar oʻrnatilishi va rivojlantirilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini va davlat hokimiyati organlari vakillarini Elchixona joylashgan davlatga yuborish masalalarini kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasi va uning fuqarolarining mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixonaning, uning xodimlari va ularning oila aʼzolarining xavfsizligini taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalari va uning fuqarolarining xatti-harakatlarini belgilangan tartibda tashkil etish hamda ular xatti-harakatlariga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatning oldindan bergan roziligi bilan va Elchixona joylashgan davlatda vakili boʻlmagan uchinchi davlatning iltimosiga koʻra uchinchi davlat va uning fuqarolarining manfaatlarini vaqtincha himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Elchixona joylashgan davlat qonun hujjatlariga, xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadda Elchixona Elchixona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalari vakolatxonalarining, ularning delegatsiyalari va mutaxassislari guruhlarining, shuningdek, oʻquvchilarining ishiga koʻmaklashadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalar, delegatsiyalar va mutaxassislar guruhlari Elchixona oʻz funksiyalarini amalga oshirishida unga koʻmaklashadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Elchixonaga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ELCHIXONA TUZILMASI VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elchixonaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadigan va Elchixona joylashgan davlatda akkreditatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasining yuqori rasmiy vakili hisoblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (keyingi oʻrinlarda — Elchi deb ataladi) boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi, Elchixona ishiga bevosita rahbarlik qiladi, Elchixonaga yuklangan vazifalar bajarilishi va uning funksiyalari amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining meʼyoriy hujjatlariga muvofiq Elchixona tuzilmasini belgilaydi, uning xodimlari oʻrtasidagi lavozim vazifalarini taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona joylashgan davlatda Elchi boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini Elchixonaning katta diplomatik xodimlaridan belgilangan tartibda tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi ishlari boʻyicha vaqtinchalik ishonchli vakil bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona, uning xodimlari va ular oila aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash, davlat va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni muhofaza qilishni tashkil etish, moliyaviy mablagʻlarni tasarruf etish, xodimlar ishini tashkil etish va Elchixona boʻlinmalarining oʻzaro hamkorligi bevosita Elchi tomonidan yoki Elchi tomonidan tayinlanadigan katta diplomatik xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elchixona shtat jadvali va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixonada tasdiqlangan shtat jadvali va xarajatlar smetasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligining qaroriga koʻra quyidagi: tashqi siyosat, ichki siyosat, ikki tomonlama munosabatlar, iqtisodiy ishlar, fan va texnika, matbuot va axborot, madaniyat, konsullik, protokol yoʻnalishlari va boshqa masalalar boʻyicha boʻlimlar va guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xodimlar doirasida navbatdagi moliyaviy yil uchun budjetda tasdiqlanadigan chet eldagi muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash hajmlaridan kelib chiqqan holda faoliyatning ikkinchi va kelgusi yillari uchun Elchixonaning xarajatlar smetasini har yili tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elchixona xodimlarining huquqlari va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining meʼyoriy hujjatlari, lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi. Elchixona xodimlari Elchining, u boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi ishlari boʻyicha vaqtinchalik ishonchli vakilning buyruqlari va koʻrsatmalarini bajarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elchixona ishi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan rejalar asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elchixona shtatiga tayinlash, shuningdek, xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazish va almashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar Elchixonada ishlash uchun, qoidaga koʻra, ikki yil muddatga xizmatga yuboriladi. Ishlash muddati uzaytirilishi mumkin, lekin u koʻpi bilan ikki yildan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixonada lavozimga keyingi tayinlash kechi bilan ikki yildan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchilar va vakillarning lavozimda boʻlish muddatlari har biri alohida holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Elchixonada siyosiy partiyalar tuzilmalari, diniy va jamoatchilik birlashmalari tashkil etilishi mumkin emas, kasaba uyushmalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elchixona yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, tegishli muhrlar va shtamplarga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasining mulki hisoblangan yer uchastkalari, binolar, inshootlar va Elchixonaning boshqa mol-mulklari unga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birkitilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona oʻziga birkitilib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan oʻzi joylashgan davlat qonun hujjatlarini hisobga olgan holda ularga egalik qilish, ulardan foydalanish va tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elchixona faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq moliyaviy va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi meʼyoriy hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi missiyalari va vakolatxonalari faoliyati uchun ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi 102-con qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari va korxonalarining chet ellardagi vakolatxonalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari, korxonalari (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) xorijiy davlatlarda vakolatxonalar, bosh vakolatxonalar yoki mintaqaviy vakolatxonalar (keyingi oʻrinlarda — vakolatxona deb ataladi) ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasining vakolatxona oʻzining taklifiga binoan taʼsis etilgan vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellardagi vakolatxona mustaqil vakolatxona sifatida taʼsis etiladi yoxud bosh yoki mintaqaviy vakolatxona tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vakolatxona Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, idorasining yoki davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasiningi ikki yoki undan koʻproq vakolatxonasi boʻlgan davlatda, shuningdek, ularning yuqori darajadagi manfaatlari uni talab qiladigan davlatlarda taʼsis etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellardagi mintaqaviy vakolatxona iqtisodiy va jugʻrofiy belgilari boʻyicha oʻzaro bogʻliq davlatlar guruhi uchun taʼsis etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatxona oʻzi joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga, vakolatxonaning taʼsis hujjatlariga, shuningdek, oʻzi joylashgan davlat qonunchiligiga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatxona xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi ehtiyojlaridan kelib chiqib, vakolatxona joylashgan davlatdagi mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatxonalarda siyosiy partiyalar tuzilmalari, diniy va jamoat birlashmalari tashkil etilishi mumkin emas, kasaba uyushmalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatxona xodimlari va ularning oila aʼzolari hududida vakolatxona faoliyat koʻrsatayotgan davlatning qonunlari va meʼyoriy hujjatlariga rioya etishga, anʼana va urf-odatlarini hurmat qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatxona xodimlarining va ular oilasi aʼzolarining shaxsiy manfaatni koʻzlab tadbirkorlik yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. VAKOLATXONA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet ellardagi vakolatxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlik shakllarini rivojlantirish, chuqurlashtirish va takomillashtirish imkoniyatlarini qidirib topish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, iqtisodiyot, moliya, fan va texnika, transport, turizm, madaniyat sohasidagi va boshqa sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirishga samarali koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda iqtisodiy, tijorat va ilmiy-texnika axborotlari almashishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tovarlarining xorijiy bozorlarga kirib borishi, shu jumladan konferensiyalar, koʻrgazmalar, koʻchma yarmarkalar va reklama kompaniyalari oʻtkazish boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazish hamda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bitishuvlari va boshqa shartnomalar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlar eksporti va importini rivojlantirishga samarali koʻmaklashish, ularga texnika xizmatlari koʻrsatish, jahon texnikasining eng yangi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning asosiy vazifalari, funksiyalari, tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish ularning taʼsis hujjatlariga hamda muassisning xususiyatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari oʻzlari joylashgan davlatdagi vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar. Vakolatxona diplomatik vakolatxonalarni va konsullik muassasalarini oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilib turadi va ularga oʻz funksiyalarini amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona boshligʻi diplomatik vakolatxonani yoki konsullik muassasasini muassislar tomonidan nazarda tutilgan chet ellarda yurish-turish qoidalari vakolatxona xodimlari tomonidan buzilishining barcha hollari toʻgʻrisida majburiy tartibda xabardor qilib turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona joylashgan davlatda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boʻlmagan taqdirda vakolatxona oldindan kelishib olgan holda vazirliklar, idoralar, davlat boshqa organlarining vakolatxona joylashgan davlatga xizmat safariga kelishgan mansabdor shaxslariga, delegatsiyalariga, mutaxassislar guruhlariga yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. VAKOLATXONAGA RAHBARLIK QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mintaqaviy vakolatxonani mintaqaviy vakil, bosh vakolatxonani — bosh vakil, vakolatxonani — muassis vakili boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy vakil, bosh vakil va vakil bevosita Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi rahbariga boʻysunadi va ular tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatxona boshligʻi va vakolatxona xodimlari lavozim vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatxona ishlari vakolatxona rahbari tomonidan tuziladigan va muassis tasdiqlaydigan rejalar asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. VAKOLATXONA BOSHLIGʻINING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatxona boshligʻi oʻz faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi va u quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan davlat idoralari va boshqa tashkilotlari oldida muassisning rasmiy vakili sifatida ish koʻrish, ushbu tashkilotlarning rahbar shaxslari bilan bevosita aloqalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan davlatdagi vakolatxonaga unga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis nomidan vakolatxona joylashgan davlatdagi tashkilotlar bilan oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar va kontraktlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning pul mablagʻlarini, oʻz nomiga berilgan ishonchnomaga binoan, tasdiqlangan smeta doirasida, tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil choragi rejalarini vakolatxona uchun tasdiqlangan yillik rejalar doirasida, bu toʻgʻrida yuqori turuvchi vakilni va muassisni xabardor qilgan holda, oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaga tegishli yoki oʻzi ijaraga olgan mol-mulkni muassis bilan kelishgan holda sugʻurta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan smeta doirasida, muassis bilan kelishgan holda, vakolatxona xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona uchun ishlab chiqarish binolarini va vakolatxona xodimlari uchun uy-joylarni ijaraga olish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining va vakolatxona joylashgan davlatning mehnat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning taʼsis hujjatlarida, muassis faoliyati xususiyatlariga muvofiq, vakolatxona boshligʻi uchun qoʻshimcha huquqlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. VAKOLATXONA BOSHLIGʻINING MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatxona boshligʻi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona faoliyatining yuqori rentabelligini va samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisga vakolatxona ishlarini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarish — moliya faoliyati istiqbol rejalari boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona barcha xodimlarining tayyorgarligi yuqori darajada boʻlishini, ularning malakasini doimiy ravishda oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona binolarini igʻvogarona va terroristik hodisalardan muhofaza qilish yuzasidan tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, vakolatxona xodimlari va ularning oila aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona jamoasida sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash, vakolatxona xodimlarining va ular oila aʼzolarining salomatligi, turmushi, madaniy xordigʻi va taʼlim olishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona binolaridan vakolatxona funksiyalariga zid boʻlgan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisga belgilangan tartibda vakolatxonaning ishlab chiqarish-moliya va tijorat faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning taʼsis hujjatlarida vakolatxona boshligʻi uchun muassis faoliyati xususiyatiga muvofiq ravishda qoʻshimcha majburiyatlar nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. VAKOLATXONA BOSHLIGʻINING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatxona boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassisning xalqaro faoliyati va tashqi aloqalarini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida unga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizomga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassis tomonidan belgilangan ishlab chiqarish-moliya rejalari va topshiriqlarining bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reja va moliya intizomining, hisob va hisobotning ahvoli, muassisning tegishli boʻlimlari va xizmatlariga hisobot hujjatlarining oʻz vaqtida topshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, xizmat va tijorat sirlari saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlari va ular oila aʼzolarining xavfsizligini, shuningdek, vakolatxona binolari muhofazasini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishi va amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlari, ularning oila aʼzolari, vakolatxona yoʻli bilan keluvchi delegatsiyalar aʼzolari oʻrtasidagi intizomning ahvoli, ular tomonidan fuqarolarning chet ellarda yurish-turishi meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoʻli bilan vakolatxona joylashgan davlatga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan sodir boʻlgan barcha voqealar toʻgʻrisida elchixona (konsullik) va muassis nomiga yoʻllangan axborotlarning ishonchliligi va oʻz vaqtida topshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritishning, vakolatxonaga tegishli moddiy boyliklarni hisobga olish va saqlashning ahvoli uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonaning taʼsis hujjatlarida vakolatxona boshligʻi uchun muassis faoliyati xususiyatiga muvofiq ravishda boshqa javobgarliklar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. VAKOLATXONALAR XODIMLARINI TANLASH TARTIBI, ULARNING CHET ELLARDA BOʻLISHI MUDDATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatxona boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan xodimlari orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona boshligʻi va xodimlarini ishga tayinlash, shuningdek, ularni chaqirib olish muassis tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatxonada ishlashga, muassis bilan kelishgan holda, kontrakt asosida, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatxona joylashgan davlat hududida doimiy yashovchi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Boshliqlar va xodimlar vakolatxona joylashgan davlatdagi tegishli vakolatxonada ishlash uchun, mehnat shartnomasini rasmiylashtirgan holda, qoidaga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakolatxonalar, bosh vakolatxonalar, vakolatxonalar boshliqlari — uch yilgacha muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning shtatdagi boshqa xodimlari — ikki yilgacha muddatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat boshqa organi, tashkiloti, korxonasi faoliyati xususiyatiga koʻra, mehnat shartnomasi bilan belgilangan ishlash muddati vakil va shtatdagi boshqa xodimlar uchun koʻpi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimni vakolatxonadagi lavozimga keyingi tayinlash oradan ikki yil oʻtgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Ushbu muddat istisno hollardagina bir yilgacha qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxona xodimi egallab turgan lavozimidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona joylashgan davlatda uning salomatligi oʻz funksional vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan darajada jiddiy yomonlashganda va uning oila aʼzolari ogʻir kasallanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning tomonidan egallab turgan lavozimida bundan keyin qolishiga zid boʻlgan qoida buzish sodir etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonaning ichki mehnat tartibini muttasil buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining va vakolatxona joylashgan davlatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda muddatidan oldin chaqirtirib olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, davlat boshqa organlari, tashkilotlari, korxonalari oʻzlarining ichki hujjatlarida mutaxassislarni chet elga yuborishni navbatlash tartibini va ularni joʻnatishni oldindan kelishib olish masalalarini yanada aniqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. VAKOLATXONA FAOLIYATI USTIDAN NAZORATNI TAʼMINLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatxona faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirligi, idorasi, davlat organi, tashkiloti, korxonasi meʼyoriy hujjatlariga, shuningdek, vakolatxona joylashgan davlat qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatxona faoliyatini nazorat qilish tegishli vazirlik, idora, davlat organi, tashkilot, korxona meʼyoriy hujjatlari bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. YURIDIK MAQOMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatxonalar Oʻzbekiston Respublikasi vazirligi, idorasi, davlat organi, tashkiloti, korxonasining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadilar, oʻz nomlari yozilgan shtamp va muhrga, oʻz faoliyatlarini amalga oshirish uchun oʻzlari joylashgan davlat banklarida hisob raqamlariga ega boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 11-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)