Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2020 27.02.1999 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PASPORT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan pasport tizimi, roʻyxatdan oʻtkazish rejimi va respublika hududida yashash qoidalarini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki uni yoʻqotgan holda doimiy yashash uchun respublika tashqarisiga chiqib ketgan shaxslar tomonidan doimiy yashash uchun respublikaga qaytish xohishi bildirilgan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotidan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — pasport, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan yashash uchun ruxsatnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash uchun doimiy roʻyxatdan oʻtish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi belgi faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari pasportiga yoki xorijiy fuqarolarga, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga respublika ichki ishlar organlari tomonidan berilgan pasportning oʻrnini bosuvchi hujjatlarga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga pasport tizimi, roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashashning belgilangan qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi uchun masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va joylardagi hokimiyat organlari bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin, bunda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash xohishini bildirgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son