Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2022 04.06.1999 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2022
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va xabardor qilish chora-tabdirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
1999-yil 4-iyun, Minsk
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi oʻrinda Tomonlar deb ataluvchi ushbu Bitim ishtirokchi-davlatlar hukumatlari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 12-martdagi Sanoat mulkini muhofaza qilish va sanoat mulkini muhofaza qilish masalalari boʻyicha Davlatlararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga, 1993-yil 23-dekabrdagi Kelishilgan monopoliyaga qarshi siyosat yuritish toʻgʻrisidagi Bitimga, shuningdek, 1998-yil 6-martdagi Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarni bartaraf etishda hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilar huquqlarini soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlaridan foydalangan holda tovarlarni sotishdan himoya qilish boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarning muhimligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga katta ahamiyat berib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni, shuningdek, adolatsiz raqobat usullarini qoʻllash holatlarini oldini olish va bostirish boʻyicha birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlari uchun quyidagi atamalar anglatadiki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — qandaydir ijtimoiy ehtiyojni qondiruvchi va ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan, yaʼni uni boshqa tovarlarga ayirboshlash jarayonida belgilangan qimmatga ega predmet;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar belgisi — ayrim jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning oʻxshash tovarlaridan farqlash belgisidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik koʻrsatkichlar — tovarlarning Tomonlar hududlari yoki ularning mintaqalaridan kelib chiqishini aniqlovchi, va tovarning sifati, obroʻsi yoki boshqa xususiyatlari koʻp jihatdan uning geografik kelib chiqishi bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatuvchi belgilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxta tovar belgisi — uchinchi shaxs tomonidan tovar belgisi egasining huquqlarini buzgan holda ishlatilgan tovar belgisi, yoki tovar kelib chiqishini notoʻgʻri koʻrsatuvchi belgi, shuningdek, isteʼmolchilarni chalgʻitishi mumkin boʻlgan maʼlumot yoki element;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalashning huquqiy vositalari — Tomonlarning amaldagi huquqiy rejimiga muvofiq foydalanishga ruxsat berilgan, soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanishni oldini olish va bostirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tomon — tovarlar ishlab chiqish, tayyorlash, sotish yoki isteʼmol qilishga jalb qilingan, tovarlar kelib chiqqan joy sifatida notoʻgʻri koʻrsatilgan hududda yoki ushbu hudud joylashgan hududda yoki soxta koʻrsatilgan mamlakatda yoki tovar kelib chiqqanligi toʻgʻrisida soxta geografik koʻrsatma yoki soxta tovar belgisi qoʻllanilgan mamlakatda joylashgan har qanday jismoniy va/yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagi masalalarda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanish holatlarini aniqlash va toʻsqinlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Tomonlarning hududlariga oʻz bojxona chegaralari orqali soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlariga ega tovarlar kirishini oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanishni oldini olish va toʻsqinlik qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishni Tomonlar birgalikdagi xatti-harakatlar va ixtiyoriy qabul qilingan majburiyatlar asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar geografik koʻrsatkichlarga nisbatan huquqiy himoyalash vositalarini manfaatdor tomonlarga quyidagilardan foydalanishga toʻsqinlik qilish maqsadida taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarni belgilashda yoki uni prezentatsiya qilishda mahsulotning haqiqiy kelib chiqish joyidan boshqa joyni koʻrsatadigan (yoki tasavvur hosil qiladigan) va shu bilan xaridorlarni mahsulotning geografik kelib chiqishi toʻgʻrisida chalgʻitadigan har qanday vositadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanoat mulkini himoya qilish boʻyicha Parij konvensiyasining 10-bis moddasi doirasida adolatsiz raqobat deb hisoblanishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatdan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz milliy qonunchiligiga binoan yoki manfaatdor tomonning asoslangan iltimosiga koʻra oʻz majburiyatlaridan kelib chiqib, agar biron-bir Tomonlarning belgilangan hududidan kelib chiqmagan tovarlar uchun tovar belgisida geografik koʻrsatkichdan foydalanish isteʼmolchilarni bunday tovarlarning haqiqiy kelib chiqish joyi toʻgʻrisida chalgʻitsa, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishni yoki tovar belgisiga huquqlarni oʻtkazishni rad etadilar yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishni yoki tovar belgisiga boʻlgan huquqlarni oʻtkazishni bekor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 4 va 5 moddalariga muvofiq huquqiy himoyalash vositalari geografik koʻrsatkichlarga ham qoʻllaniladi, garchi ular tom maʼnoda tovar kelib chiqqan hudud, mintaqa yoki joyga toʻgʻri kelsada, isteʼmolchilarga tovarlarning hududiy kelib chiqishi toʻgʻrisida notoʻgʻri tasavvur beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sharob yoki alkogol ichimliklarining hududiy kelib chiqishini aniqlaydigan geografik koʻrsatkichlarning geografik koʻrsatkichda koʻrsatilgan joydan kelib chiqmagan sharob yoki spirtli ichimliklar uchun, shu jumladan bunday geografik koʻrsatkichlar tarjima qilingan holda yoki haqiqiy kelib chiqish joyini koʻrsatish bilan, yoki “tur”, “tip”, “uslub” “taqlid” yoki shunga oʻxshash tushuntirishlar bilan ishlatilishini oldini olish uchun huquqiy himoya vositalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik koʻrsatkichdan tashkil topgan yoki uni oʻz ichiga olgan sharob yoki alkogol ichimliklar uchun tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish ushbu geografik kelib chiqishga ega boʻlmagan sharob yoki spirtli ichimliklarga nisbatan, agar bu Tomonlarning milliy qonunchiligida nazarda tutilgan boʻlib, yoki manfaatdor tomonning iltimosiga koʻra, rad etilishi yoki bekor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharob va spirtli ichimliklar uchun bir xil geografik koʻrsatkichlardan foydalanish holatida huquqiy himoyalash vositalari ushbu Bitim 6-moddasi qoidalariga rioya qilish sharti bilan har bir geografik koʻrsatkichga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchilar uchun teng sharoitlarni taʼminlash va isteʼmolchilarni chalgʻitishni oldini olish maqsadida har bir Tomon bir xil geografik koʻrsatkichlarni bir biridan farqlaydigan shartli belgilarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geografik koʻrsatkichlarni huquqiy himoya qilish vositalarini yengillashtirish maqsadida, Tomonlar hududlarida geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatga olish va ularni himoya qilish toʻgʻrisida xabardor qilishning koʻpyoqlama tizimlarini yaratish boʻyicha muzokaralar olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimda koʻrsatilgan huquqlarning har qanday buzilishiga qarshi samarali choralarni, shu jumladan, bunday buzilishlarni oldini olish boʻyicha shoshilinch choralarni hamda keyingi buzilishlarga qarshi huquqiy sanksiyadan iborat boʻlgan vositalarni nazarda tutadigan tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarga boʻlgan huquqlarga rioya qilish boʻyicha protseduralar toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz milliy qonunchiligiga kiritishni taʼminlaydilar. Ushbu protseduralar qonuniy savdoni suisteʼmolliklardan himoya qilishni va savdoda toʻsiqlar paydo boʻlishiga toʻsqinlik qilishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgilariga va geografik koʻrsatkichlarga huquqlar rioya qilinishini taʼminlovchi protseduralar barcha uchun barobar va adolatli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar savdo belgisi yoki geografik koʻrsatkich uchun huquq egalariga bunday huquqlarning ushbu Bitimda koʻzda tutilgan himoyasini taʼminlash uchun ular buzilgan joyda va Tomonlarning milliy qonunchiligiga muvofiq sud organlariga murojaat qilish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud organlari Tomonlarning har qanday jismoniy va/yoki yuridik shaxsidan manfaatdor tomonga yetkazilgan zararni toʻliq qoplash va soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichli tovarlar bilan savdodan olingan foydaning butun summasini toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud organlari manfaatdor tomonning arizasiga koʻra Tomonlarning har qanday jismoniy va/yoki yuridik shaxsidan sud jarayoni xarajatlarini, shu jumladan advokat gonorarini ham qoplab berishni talab qilish, shuningdek, ushbu Tomon milliy qonunchiligi bilan koʻzda tutilgan barcha zarur choralarni koʻrish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisi yoki geografik koʻrsatkich egasi huquqlarining buzilishiga qarshi samarali vosita yaratish uchun Tomonlarning adliya organlari manfaatdor tomon arizasiga koʻra huquqlar buzilishi aniqlangan tovarlar hech qanday kompensansiyasiz tovar belgisi yoki geografik koʻrsatkich egasiga hech qanday zarar yetkazmasdan savdo-sotiqdan olib tashlanishini yoki, agar u Tomonlarning amaldagi milliy qonunchiligiga zid boʻlmasa, yoʻq qilinishini talab qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarni koʻrib chiqayotganda, Tomonlar ikkita omilning mutanosibligini taʼminlaydilar: bir tomondan, huquqbuzarlik faktlari va huquqiy himoya vositalari, ikkinchi tomondan uchinchi shaxs manfaatlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soxta tovar belgilariga ega tovarlarga nisbatan noqonuniy biriktirilgan tovar belgisining oddiy bartaraf etilishi, bunday tovarlarni savdoga qoʻyishga ruxsat berish uchun yetarli emas deb hisoblanadi, faqat Tomonlar qoʻshimcha kelishgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari arizasi boʻyicha choralar koʻrilgan manfaatdor tomondan uning tovar belgisi yoki geografik koʻrsatkich egasi huquqlariga rioya qilish tartibini adolatsizlik bilan qoʻllagani munosabati bilan noqonuniy majburlash yoki cheklashga uchragan boshqa manfaatdor tomonga bunday adolatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar uchun yetarli miqdorda kompensatsiya taqdim etishni talab qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari, shuningdek, tegishli advokatlik toʻlovini oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan javobgarning xarajatlarini qaytarishni daʼvogardan talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning adliya organlari manfaatdor tomonning arizasiga binoan shoshilinch taʼsirchan vaqtinchalik choralar toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulkdorning tovar belgisiga yoki geografik koʻrsatkichga huquqi buzilishining vujudga kelishini, va xususan, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlari soxta boʻlgan tovarlarni, shu jumladan, bojxona nazoratidan oʻtkazilgandan soʻng, import qilinadigan tovarlarni savdoga kiritilishini oldini olish boʻyicha. Bunday harakatlar har qanday isteʼmolchi bunday tovarlar savdosini noqonuniy ekanligini bilishidan yoki sotib olishidan avval olingan yoki buyurtma qilingan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) huquq buzilishlariga nisbatan tegishli dalillarni saqlab qolish boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari manfaatdor tomonning arizasiga binoan, qarshi tomonni eshitmay turib, xususan, har qanday kechikish tovar belgisi va geografik koʻrsatkichning huquq egasiga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazishi mumkin boʻlgan hollarda, yoki dalillar yoʻq qilinish xavfi mavjud boʻlsa, vaqtincha choralar koʻrish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari daʼvogar tovar belgisi yoki geografik koʻrsatkichga huquq egasi ekanligini va uning huquqi buzilganligi yoki bunday buzilish yuz berish ehtimoli mavjudligini isbotlashni daʼvogardan talab qilish, va javobgar huquqlarini himoya qilish va suiisteʼmollikning oldini olish uchun daʼvogar yetarli kafolat berishi haqida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim 19-moddasida koʻzda tutilgan vaqtinchalik choralarni qabul qilish holatlarida, bu haqda javobgarga kechiktirmasdan xabar berilishi kerak. Javobgarning arizasiga koʻra vaqtinchalik choralar koʻrish toʻgʻrisidagi qaror, shu jumladan, tinglash toʻgʻrisidagi qaror qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogarning aybi bilan vaqtinchalik choralar bekor qilingan yoki tugatilgan boʻlsa, yoki keyinchalik intellektual mulk huquqlarining buzilishi yoki buzilish tahdidi boʻlmaganligi aniqlansa, sud organlari javobgarning arizasiga binoan, daʼvogardan ish olib borilayotgan Tomonning milliy qonunchiligiga muvofiq, ushbu choralar natijasida yetkazilgan zarar uchun unga munosib kompensatsiya toʻlashni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarga ega tovarlarni olib kirish ehtimoliga shubhalanish uchun jiddiy asoslari bor tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarning huquq egasiga bunday tovarlarning bojxona organlari tomonidan erkin muomalaga chiqarishni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma ravishda vakolatli organlarga, maʼmuriy yoki sud organlariga murojaat qilishga imkon beruvchi protseduralarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, shuningdek, oʻz hududlaridan eksport qilish uchun moʻljallangan soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlari boʻlgan tovarlar chiqarilishini bojxona organlari tomonidan toʻxtatib qoʻyish boʻyicha tegishli protseduralarni koʻzda tutishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar soxta tovar belgilari v geografik koʻrsatkichlarni tijorat maqsadlarida qasddan ishlatish hollarida milliy qonunchilikda jinoiy va maʼmuriy javobgarlikni oʻrnatish choralarini koʻradi. Jazo choralari huquqlar buzilishini oldini olish uchun bunday ogʻirlikdagi jinoyatlar uchun koʻriladigan boshqa turdagi jazo choralari bilan mutanosib boʻlishi kerak. Tegishli hollarda jazo choralari jinoyat sodir etishda ishlatilgan soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlari boʻlgan tovarlar, materiallar va ishlab chiqarish uskunalarini taqiqlash, olib qoʻyish va yoʻq qilishni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Tomonlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatli organlari tomonidan aniqlangan ishlab chiqarish va sotish faktlari, shuningdek, soxta tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlaridan foydalanib tovarlarni eksport qilish yoki olib kirishga urinishlar toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumot bilan almashinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning avvalgi qismida koʻrsatilgan faktlarni hamda tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, aniqlash, toʻsqinlik qilish va oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda ushbu Bitim bilan bogʻliq masalalarni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek tegishli uslubiy va maxsus adabiyotlar bilan almashinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda Tomonlar hududlarida joriy qilingan tovar belgilari va tovarlar kelib chiqishi geografik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan almashinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mulkini muhofazalash sohasida birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga koʻmaklashadilar, seminarlar va konferensiyalar oʻtkazadilar, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimni amalga oshirish boʻyicha Tomonlar xatti-harakatlarni muvofiqlashtirishni Sanoat mulkini muhofazalash masalalari boʻyicha davlatlararo Kengashga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bitim Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar qoidalariga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning umumiy roziligi bilan ushbu Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va ushbu Bitimda belgilangan tartibda kuchga kiradigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni qoʻllash yoki talqin qilish bilan bogʻliq bahsli masalalar Tomonlarning konsultatsiyalari va muzokaralari yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar yoʻli bilan nizolarni hal qilishning iloji boʻlmaganda, Tomonlar vakolatli xalqaro sudlarga manfaatdor tomonlarning yozma kelishuviga binoan murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uni imzolagan sanadan, qonunchiligi Bitim kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralarini bajarishni talab qiladigan Tomonlar uchun esa, — tegishli bildirishnomani depozitariyga topshirgan kunidan kuchga kiradi. Tomonlar depozitariyga ushbu Bitim imzolangan kundan uch oy mobaynida bunday protseduralarni bajarish zarurligi toʻgʻrisida xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim kuchga kirgan kundan boshlab besh yil amal qiladi. Ushbu muddat tugashi bilan, Tomonlar boshqa qaror qabul qilmasa, Bitim muddati avtomatik ravishda har safar besh yillik muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon ushbu Bitimdan chiqishidan olti oy oldin kechiktirmay depozitariyga yozma xabarnoma yuborib, ushbu Bitimdan chiqib ketish yoki oʻzining ishtirokini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uning maqsadlari va tamoyillarini qabul qilgan boshqa davlatlarning qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni depozitariyga topshirish yoʻli bilan qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minsk shahrida 1999-yili 4-iyunda bir asl nusxada rus tilida tuzildi. Asl nusxa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasida saqlanadi, u ushbu Bitimni imzolagan har bir davlatga uning tasdiqlangan nusxasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)