Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 25.02.1999 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMPORT QIShLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASIDAN FOYDALANIShNI YaXShILASh YuZASIDAN KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturiga muvofiq respublikada qishloq xoʻjaligini zamonaviy yuqori unumli texnika bilan jihozlash chora-tadbirlari rejali amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina-traktor parklariga 1550 ta kuchli “Magnum” haydov traktorlari pluglar bilan birgalikda va 800 dan ortiq “Keys” gʻalla oʻrish kombaynlari yetkazib berildi. “OʻzKeysmash” qoʻshma korxonasida gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini, Toshkent traktor zavodida esa Amerikaning “Kamminz” firmasi dvigateli oʻrnatilgan paxtachilik va universal haydov traktorlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga oʻtkazilgan tekshirishlar koʻplab mashina-traktor parklarida va qishloq xoʻjaligi korxonalarida qimmatbaho import texnikadan samarali foydalanish taʼminlanmayotganligini koʻrsatmoqda, texnika xizmati koʻrsatish davriyligi va undan foydalanish qoidalari buzilmoqda, servis punktlari va tuzatish bazasi tarmogʻi sekin rivojlanmoqda, traktorlarga tirkaladigan mashinalar toʻplamini tayyorlash masalalari hal etilmagan. Maxsus moylar va sifatli dizel yoqilgʻisi yetkazib berishda uzilishlarga yoʻl qoʻyilmoqda, bu traktorlarning bekor turib qolishiga va muddatidan oldin eskirishiga olib kelmoqda. Koʻpincha yangi murakkab texnika malakasi past va yetarli ish tajribasiga ega boʻlmagan mexanizatorlarga berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi import mashinalardan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni saqlashning holati ustidan davlat nazoratini tashkil etish, mashina-traktor parklari uchun zarur normativ va texnik hujjatlarni davlat tilida nashr etish, yangi texnikada ishlash uchun mutaxassislar va operatorlar tayyorlash masalalari bilan oʻz faoliyatlarida shugʻullanmayaptilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murakkab import texnikadan samarali foydalanishni taʼminlash, uning uchun zarur servis va tuzatish bazasi tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Yusupov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qimmatbaho import texnikadan, ayniqsa “Magnum” haydov traktorlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Agromashservis” Qoraqalpogʻiston va viloyatlar birlashmalari, mashina-traktor parklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi rahbarlari import mashina va mexanizmlardan tejab va yuqori unumli foydalanishni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularning holati uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 5-son, 55-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari import texnikaning uzoq ishlashi va ish qobiliyatini saqlab qolish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 kun muddatda “Magnum” haydov agregatlari, “Keys” firmasining gʻalla va sholi oʻrish kombaynlari va gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari ishlashi uchun dalalarni tayyorlash boʻyicha agrotexnika talablarini ishlab chiqsinlar va barcha xoʻjaliklarga yetkazsinlar, ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-2000-yillarda har bir mashina-traktor parkida import texnikaga texnik xizmat koʻrsatish punktlari tashkil etsinlar. Har bir traktor va mashinaga xizmat koʻrsatish jadvalini ishlab chiqilsin va unga qatʼiy rioya qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tajriba tuzatish-mexanika zavodini “Kamminz” firmasining normativ-texnik hujjatlari talablariga qatʼiy muvofiq holda “Kamminz” dvigatellarini tuzatishga ixtisoslashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Magnum” traktorlariga normativ-texnik hujjatlarsiz tayyorlangan qishloq xoʻjaligi asbob-uskunalari va moslamalari ulanishini taqiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar import mashina va mexanizmlarda ishlashga qoʻyilmasin. Bir oy muddatda 1999-2000-yillar davrida import texnika operatorlari, unga servis xizmati koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashning birgalikdagi kompleks dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz” va “Oʻzbekneftmahsulot” kompaniyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bilan birgalikda zarur yonilgʻi-moylash materiallari ishlab chiqarish va ular bilan import texnikani taʼminlash dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda uni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklari va xoʻjaliklarga yonilgʻi-moylash materiallari, shu jumladan import mashinalari uchun dizel yoqilgʻisini 1999-yildan boshlab 1-ilovaga* muvofiq hajmda ustun darajada Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan yetkazib bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motor, gidravlik va transmissiya moylarining yetishmayotgan miqdori ular respublikada ishlab chiqarilgunga qadar import boʻyicha xarid qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon standartlari talablariga javob beruvchi yuqori sifatli yonilgʻi-moylash materiallari ishlab chiqarish maqsadida Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilinayotganligi va 2000-yilda foydalanishga topshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Magnum” haydov traktorlari va SX-100 va MX-135 universal shudgorlash traktorlarining ish bilan taʼminlanganligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu traktorlarga 2-ilovaga* muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinalari toʻplamini ishlab chiqishni va ishlab chiqarishni oʻzlashtirishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning sanoat korxonalarida xorijiy firmalarning texnik hujjatlariga muvofiq import traktorlar va mashinalarga ehtiyot qismlar tayyorlanishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlarni belgilashda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashga xarajatlarni nazarda tutishga ruxsat berilsin, ular sotilgan mahsulot tannarxining bir foizi miqdorida xolding kompaniyasini barqarorlashtirish va rivojlantirish fondiga va Qoʻmitaning yangi texnikani joriy etish fondiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 5-son, 55-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Keys” firmasi va boshqa xorijiy firmalarning traktorlariga va oʻrim-yigʻim mashinalariga texnik hujjatlar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mashinalardan foydalanish, tuzatish, saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishi, ularning malakali mexanizatorlar (operatorlar) bilan taʼminlanishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import texnikaga jinoyatkorona-ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlishning har bir fakti boʻyicha materiallarni aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun prokuratura organlariga bersinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 5-son, 55-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Prokuratura organlari bilan birgalikda import texnikadan foydalanishning holati ustidan nazoratni kuchaytirsin, bunday mashinalardan foydalanishni tashkil etishda masʼuliyatsizlik va xoʻjasizlikka yoʻl qoʻyayotgan rahbarlarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan qatʼiy taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi hamda banklar bilan birgalikda hosilni yigʻishtirish mavsumigacha gʻalla oʻrish va sholi oʻrish kombaynlarini import boʻyicha keltirish masalalarini bir oy muddatda xorijiy firmalar bilan ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-son