Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PILLACHILIKNING OZUQA BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA IPAKCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISH HAJMLARINI KOʻPAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Pillachilikning mavjud ozuqa bazasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish, shu asosda pilla yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat yer resurslari qoʻmitasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan viloyatlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1-ilovaga* muvofiq tutzorlarini “Pilla-xolding” xolding kompaniyasining tuman pilla tayyorlash va uni qayta ishlash korxonalariga tajriba tariqasida uzoq muddatli ijaraga bersin.
* 1-ilova berilmaydi.
Bunda ijara haqi undirish yer soligʻi stavkasi miqdorida belgilansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari boʻyicha 2000—2005-yillarda pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklarda oʻz mablagʻlari hisobiga tut qatorlari va tutzorlar barpo etish boʻyicha topshiriq ularning koʻkarib ketishini hisobga olgan holda 2-ilovaga* muvofiq hamda 2000-yilda pilla tayyorlash topshirigʻi 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 2-3-ilovalar berilmaydi.
3. Belgilansinki, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi pillachilik xoʻjaliklarining qishloq xoʻjalik yerlaridan asosan tut urugʻligi va ekish materiali yetishtirish, pillachilikning ozuqa bazasini barpo etish maqsadida tut daraxtlari oʻtkazish uchun foydalanilishi kerak.
“Oʻzbek ipagi” uyushmasiga pillachilik va pillakashlik korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, koʻrsatib oʻtilgan yer maydonlarida tut daraxtlari ekish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tut daraxtlari saqlanishi va ularning mahsuldorligi oshirilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari, rahbarlariga talabchanlikni oshirsinlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Oʻzbek ipagi” uyushmasi bilan kelishmasdan tut daraxtlari asossiz ravishda qoʻporib tashlanishiga yoʻl quyuvchi rahbarlar va shaxslarni javobgarlikka tortsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi hamda “Oʻzbek ipagi” uyushmasi Andijon, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2000-2001-yillarda tut parvonasini qirib tashlash va uni toʻliq yoʻqotish hamda tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda:
Keyingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
har yili boʻlajak pilla tayyorlash mavsumida pillaning navlari boʻyicha cheklangan shartnomaviy narxlar yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqsinlar;
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan hisob-kitoblarni pillaning amaldagi standart boʻyicha aniqlanadigan nav tarkibini hisobga olgan holda shartnomaviy narxlarga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsinlar.
9. Belgilansinki:
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar pillani ichki bozorda ular tomonidan “Oʻzbek ipagi” uyushmasining pilla tayyorlash va pillakashlik korxonalariga mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan keyingina sotishlari mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
respublikaga import boʻyicha kasallikka chalingan va sifatsiz ipak qurt urugʻi keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ular “Oʻzbek ipagi” uyushmasining Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti xulosasi berilgandan keyin olib kelinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 15-mart,
96-son