15.03.2000 yildagi 96-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PILLACHILIKNING OZUQA BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA IPAKCHILIK MAHSULOTLARI YETISHTIRISH HAJMLARINI KOʻPAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilikning mavjud ozuqa bazasini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish, shu asosda pilla yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat yer resurslari qoʻmitasi, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan viloyatlar qishloq xoʻjaligi korxonalarining 1-ilovaga* muvofiq tutzorlarini “Pilla-xolding” xolding kompaniyasining tuman pilla tayyorlash va uni qayta ishlash korxonalariga tajriba tariqasida uzoq muddatli ijaraga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijara haqi undirish yer soligʻi stavkasi miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-apreldagi 118-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, pillachilik xoʻjaliklarining qishloq xoʻjalik yerlaridan asosan tut urugʻligi va ekish materiali yetishtirish, pillachilikning ozuqa bazasini barpo etish maqsadida tut daraxtlari oʻtkazish uchun foydalanilishi kerak.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tut daraxtlari saqlanishi va ularning mahsuldorligi oshirilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari, rahbarlariga talabchanlikni oshirsinlar, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishmasdan tut daraxtlari asossiz ravishda qoʻporib tashlanishiga yoʻl quyuvchi rahbarlar va shaxslarni javobgarlikka tortsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi hamda “Oʻzbek ipagi” uyushmasi Andijon, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2000-2001-yillarda tut parvonasini qirib tashlash va uni toʻliq yoʻqotish hamda tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili boʻlajak pilla tayyorlash mavsumida pillaning navlari boʻyicha cheklangan shartnomaviy narxlar yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan hisob-kitoblarni pillaning amaldagi standart boʻyicha aniqlanadigan nav tarkibini hisobga olgan holda shartnomaviy narxlarga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar pillani ichki bozorda ular tomonidan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilgandan keyingina sotishlari mumkin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-maydagi 314-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 21-son, 399-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga import boʻyicha kasallikka chalingan va sifatsiz ipak qurt urugʻi keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ular Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti xulosasi berilgandan keyin olib kelinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-son