27.10.1994 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgilariga doir qonunlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Qisqartirilgan iboralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma maqsadlari uchun va maxsus alohida shartlar bo‘lmaganida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “idora” Ahdlashuvchi tomon belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni topshirgan idorani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “ro‘yxatdan o‘tkazish” idora tomonidan belgini ro‘yxatdan o‘tkazishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “talabnoma” ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnomani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) “shaxs” ga havolalar jismoniy va/yoki yuridik shaxsga havolalarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “egasi” belgilar reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish egasi sifatida ko‘rsatilgan shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) “belgilar reyestri” idora shakllantiradigan ma’lumotlar majmuini anglatadi. Reyestr barcha ro‘yxatdan o‘tkazilganlarning tarkibi va barcha ro‘yxatdan o‘tkazilganlarga nisbatan kiritilgan barcha ma’lumotlardan iborat, ular saqlanadigan shakliga bog‘liq bo‘lmagan holatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) “Parij konvensiyasi” qayta ko‘rishlar va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda 1883 yil 20-martda imzolangan Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) “Nitstsa tasnifi” qayta ko‘rishlar va o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda 1957-yil 15-iyunda Nitstsada imzolangan Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadlari uchun tovar va xizmatlarning xalqaro tasnifi to‘g‘risidagi Nitstsa bitimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) “Ahdlashuvchi tomon” mazkur Shartnomaga ishtirokchi — har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) “ratifikatsiya yorlig‘iga” havolalar qabul qilish va ma’qullash to‘g‘risidagi hujjatga havolani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xi) “Tashkilot” Butun jahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xii) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xiii) “Yo‘rqinoma” 17-moddada aytib o‘tilgan mazkur Shartnomaga Yo‘riqnomani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Shartnoma qo‘llanadigan belgilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Belgilarning tavsifi] (a) Mazkur Shartnoma vizual belgilardan iborat belgilarga nisbatan qo‘llanadi, shu shart bilan-ki, Ahdlashuvchi tomonlardan qaysi biri hajmli belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilsa mazkur Shartnomaning amal qilishini bunday belgilarga nisbatan qo‘llashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Mazkur Shartnoma golografiya belgilar va vizual belgilardan iborat bo‘lmagan, xususan, tovushli va hidli, belgilarga nisbatan qo‘llanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Belgilarning turlari] (a) Mazkur Shartnoma tovarlar (tovar belgilari) yoki xizmatlar (xizmat ko‘rsatish belgilari yoki tovarlar va xizmatlarga taalluqli belgilarga nisbatan qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Mazkur Shartnoma jamoaviy, setifikatsiya va kafolat belgilariga nisbatan qo‘llanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Talabnomada tarkibidagi yoki unga ilova qilingan ko‘rsatkichlar yoki elementlar. Bojlar] (a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma quyidagi ko‘rsatkichlar yoki elementlarning barchasi yoki ayrimlaridan iborat bo‘lishini talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) talabnoma beruvchining nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) talabnoma beruvchi fuqarosi bo‘lgan davlatning nomlanishi, agar u biron bir davlat fuqarosi bo‘lsa; u yashaydigan davlatning nomlanishi, agar mavjud bo‘lsa; talabnoma beruvchining haqiqiy va nomavhum sanoat yoki savdo korxonasiga ega davlat nomlanishi, agar mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va davlat nomlanishi, zarur bo‘lganda esa, ko‘rsatilgan shaxs ta’sis etilgan qonunchilikka muvofiq bunday davlat tarkibidagi hududiy birlik, — agar talabnoma beruvchi yuridik shaxs bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vakilning ismi va manzili, agar talabnoma beruvchida bunday shaxs bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) yozishmalar uchun manzil, agar 4(2)(b) moddaga muvofiq talab etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) agar talabnoma beruvchi ustuvorlik huquqidan foydalanishni xohlasa — oldingi topshirilgan talabnoma bo‘yicha ustuvorlikni so‘rash to‘g‘risidagi ariza, bunday arizani, Parij konvensiyasining 4-moddasiga muvofiq talab etilishi mumkin bo‘lgan, qo‘llovchi ko‘rsatmalar va dalillar bilan taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) ko‘rgazmalarda tovar va/yoki xizmatlarni namoyish etish natijasida vujudga keladigan muhofaza so‘ralayotgan ariza, Ahdlashuvchi tomonning qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan bunday arizani qo‘llovchi ko‘rsatkichlar, agar talabnoma beruvchi bunday muhofaza ustunliklaridan foydalanishni xohlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) standart belgilardan (harf va raqam) foydalanish to‘g‘risidagi ariza, agar talabnoma beruvchi standart belgilardan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va nashr qilinishini xohlasa, — agar Ahdlashuvchi tomon idorasi bunday belgilardan foydalansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) belgining farqlovchi elementi sifatida rangni muhofaza qilish to‘g‘risidagi ariza hamda muhofaza so‘ralayotgan rang va ranglarning nomlari va har bir rang munosabati bilan ushbu rangda bajarilgan belgining asosiy qismlarining ko‘rsatilishi, — agar talabnoma beruvchi bunday muhofaza so‘rashni xohlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xi) ariza, agar belgi hajmli bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xii) belgining bitta yoki bir nechta tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xiii) belgi yoki uning alohida qismlarining transliteratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xiv) belgi yoki uning alohida qismlarining tarjimasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xv) ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan Nitstsa tasnifi bo‘yicha guruhlashtirilgan tovar va/yoki xizmatlar nomlari, bunda har bir guruh oldiga ushbu tovar yoki xizmatlar taalluqli bo‘lgan ushbu Tasniflashning sinf raqami Tasniflashda keltirilgan tartibda ko‘rsatilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xvi) (4) bandda ko‘rsatilgan shaxsning imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xvii) Ahdlashuvchi tomon qonunchiligi talablariga muvofiq belgidan foydalanish niyati to‘g‘risidagi ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a)(xvii) kichik bandda aytib o‘tilgan belgidan foydalanish niyati to‘g‘risidagi ariza o‘rniga yoki unga qo‘shimcha tarzda talabnoma beruvchi belgidan haqiqatda foydalanayotganligi to‘g‘risidagi ariza berishi mumkin va bu talab Ahdlashuvchi tomon qonunchiligi talablariga muvofiq dalillarni taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga ariza berilayotganda boj to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Talabnomani taqdim etish] Talabnomani taqdim etish talabiga nisbatan hech bir Ahdlashuvchi tomon uni rad qilishi mumkin emas,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar u qog‘ozda yozma ravishda taqdim etilsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda u Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan talabnoma Blankiga mos blankda taqdim etilgan bo‘lsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga bildirishnomalarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu tarzda topshirilsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda bunday uzatish orqali olingan qog‘ozli nusxa (i) kichik bandda aytib o‘tilgan Blankka mos kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Til] Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilganligini talab qilishi mumkin. Agar uning idorasida bir nechta tillar qabul qilingan bo‘lsa talabnoma beruvchidan tilga aloqador boshqa talablar bajarilishini talab qilish mumkin, bunda talabnoma bittadan ortiq bo‘lgan tilda tuzilishini talab qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Imzo] (a) (1)(a)(xvi) bandda aytib o‘tilgan imzo talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandni hisobga olmagan holda har qanday Ahdlashuvchi tomon (1)(a)(xvii) va (b) bandlarida aytib o‘tilgan ariza talabnoma beruvchi tomonidan shaxsan imzolangan bo‘lishini, vakil mavjudligiga qaramasdan, talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Bir nechta sinflarga taalluqli tovar va/yoki xizmatlar uchun bitta talabnoma] Bitta talabnoma bir nechta tovarlar va/yoki xizmatlarga taalluqli bo‘lishi mumkin, ularning Nitstsa tasniflanishining bitta yoki bir nechta sinflarga taalluqligiga bog‘liq bo‘lmagan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Haqiqiy foydalanish] Agar belgidan foydalanish niyati to‘g‘risidagi ariza (1)(a)(xvii) bandga muvofiq berilgan bo‘lsa har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchi milliy qonunchilikda belgilangan muddat davomida va Yo‘riqnomada belgilangan minimal muddatni hisobga olgan holda uning idorasiga ko‘rsatilgan qonunchilik talablariga muvofiq belgidan haqiqatda foydalanayotganligi dalillarini taqdim etishni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Ahdlashuvchi tomonlarning hech biri (1) — (4) va (6) bandlarda belgilangan shartlardan farqlanadigan shartlarni talab qilishi mumkin emas. Xususan, talabnoma nisbatan uni ko‘rib chiqishning butun davrida quyidagi shartlarni bajarishni talab qilish mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) har qanday guvohnoma va savdo reyestridan ko‘chirmani taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) talabnoma beruvchi sanoat va savdo faoliyatini amalga oshirayotganligini ko‘rsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) talabnoma beruvchi talabnomada keltirilgan tovarlar va/yoki xizmatlarga mos faoliyatini amalga oshirayotganini ko‘rsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) belgi boshqa Ahdlashuvchi tomon yoki Ahdlashuvchi tomon bo‘lmagan Parij konvensiyasi ishtirokchi-davlatning belgilar reyestrida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish, talabnoma beruvchi Parij konvensiyasining 6 quinquieѕ moddasini qo‘llashni so‘ragan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnoma bo‘yicha ekspertiza borishida uning idorasiga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin, agar talabnomadagi ko‘rsatkich yoki element haqiqiyligiga nisbatan uning idorasida asoslangan shubha paydo bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Vakillik. Yozishmalar uchun manzil
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Amaliyotni amalga oshirishga ruxsat berilgan vakillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasi amalga oshiradigan har qanday jarayon maqsadi uchun vakil sifatida tayinlangan shaxsni va bu shaxsga idora bilan amaliyotni olib borishga ruxsat beril bo‘lishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Majburiy vakillik. Yozishmalar uchun manzil]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandi ma’nosida vakillikni talab qilmaydigan har qanday Ahdlashuvchi tomon uning hududida yashamaydigan va haqiqiy va nomavxum sanoat yoki savdo korxonasiga ega bo‘lmagan shaxs uning idorasi amalga oshiradigan har qanday jarayon maqsadi uchun uning hududida yozishmalar uchun manzilga ega bo‘lish kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning hududida doimiy yashamaydigan shaxs va uning hududida haqiqiy va nomavhum sanoat yoki savdo korxonasiga ega bo‘lmagan shaxs uning idorasi amalga oshiradigan har qanday jarayon maqsadi uchun vakil tayinlanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Ishonchnoma] (a) Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchi, egasi yoki boshqa manfaatdor shaxsga uning idorasida ish yuritishni vakil orqali amalga oshirishga ruxsat berganda yoki talab qilganda bunday vakil alohida hujjat (keyinchalik “ishonchnoma”) bilan tayinlanishini va holatdan kelib chiqqan holda bunday hujjat talabnoma beruvchi, egasi va boshqa shaxsning ismi va imzosidan iborat bo‘lishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ishonchnoma unda ko‘rsatilgan bir nechta talabnoma va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilarga, yoki vakilni tayinlayotgan shaxs ko‘rsatgan har qanday istisnolarni hisobga olgan holda ushbu shaxsning barcha mavjud va kelajakdagi talabnoma va ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilarga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Ishonchnoma vakilning vakolatlarini aniq huquqiy harakatlar bilan cheklashi mumkin. Har qanday Ahdlashuvchi tomon ishonchnoma bilan talabnomani chaqirib olish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishdan voz kechish to‘g‘risidagi ishonchnomada bu harakatlar aniq ko‘rsatilishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agar bildirishnomani idoraga unda vakil sifatida ko‘rsatilgan shaxs taqdim etsa, lekin bunday bildirishnomani olish vaqtida zarur ishonchnoma idorada mavjud bo‘lmasa Ahdlashuvchi tomon bunday ishonchnoma Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan eng kam muddatni hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon belgilagan muddatda taqdim etishi kerakligini talab qilishi mumkin. Agar ishonchnoma Ahdlashuvchi tomon belgilagan muddatda idoraga taqdim etilmasa Ahdlashuvchi tomon ko‘rsatilgan shaxsning bildirishnomasi kuchga ega emasligini ko‘zda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Ishonchnomani taqdim etish va uning mazmuniga talablarga nisbatan hech bir Ahdlashuvchi tomon bunday ishonchnomaning amal qilishini tan olmasligi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar u yozma ravishda qog‘ozda taqdim etilsa, shu shart bilan-ki, (4) bandni hisobga olgan holda Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan ishonchnoma Blankasiga mos bo‘lgan blankada taqdim etilganda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) agar Ahdlashuvchi tomon bildirishnomalarning uning idorasiga telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ishonchnoma shu usulda topshirilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, bunday uzatish orqali berilganning qog‘ozdagi nusxa (4) bandni hisobga olgan holda (i) kichik bandda aytib o‘tilgan ishonchnoma Blankasiga mos kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Til] Har qanday Ahdlashuvchi tomon ishonchnoma uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Ishonchnomaga havola] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasida vakil tomonidan jarayon maqsadlari uchun qilingan bildirishnomada vakil o‘z harakatlarini amalga oshirayotgan ishonchnoma havola qilish kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Hech qanday Ahdlashuvchi tomon (3) — (5) bandlarda ko‘rilayotgan masalalarga nisbatan ushbu bandlarda ko‘zda tutilgandan farqlanadigan shartlarni bajarishni talab qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin, agar (2) — (5) bandalarda aytib o‘tilgan bildirishnomaning biron-biridagi ko‘rsatmaga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Topshirish sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Yo‘l qo‘yiladigan talablar] (a) Ahdlashuvchi tomon (b) kichik bandi v (2) bandni hisobga olgan holda talabnomani topshirish sanasi sifatida uning idorasi tomonidan quyidagi ko‘rsatmalar va elementlarning 3(3) moddada ko‘rsatilgan tilda olingan sanasini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) belgini ro‘yxatdan o‘tkazishni aniq yoki ko‘zda tutilayotganligi ko‘rsatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) talabnoma beruvchini identifikatsiya qilish imkoni beruvchi ko‘rsatmalar mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) talabnoma beruvchi yoki uning vakili bilan, agar u mavjudligida, pochta orqali aloqa o‘rnatish uchun yetarli bo‘lgan ko‘rsatmalar mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) talabnomada ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan belgining yetarli darajadagi tiniq tavsifi mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovar va/yoki xizmatlarning ro‘yxati mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) Ahdlashuvchi tomon qonunchiligi talablariga muvofiq 3(1)(a) (xvii) moddada aytib o‘tilgan ariza yoki 3(1)(b) moddada aytib o‘tilgan ariza va dalillar mavjudligida, bunda, agar bu ko‘rsatilgan qonunchilikning talabi bo‘lsa, bunday arizalar talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak, uning vakili borligiga qaramasdan — 3(1)(a) (xvii) yoki (b) modda qo‘llanilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon talabnomani topshirish sanasi sifatida uning idorasi tomonidan barcha emas, balki bir nechta (a) kichik bandida aytib o‘tilgan ko‘rsatmalar va elementlar, yoki 3(3) moddada belgilangan tildan farqlanadigan tilda olingan sanasini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Yo‘l qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar] (a) Ahdlashuvchi tomon talabnoma sanasi belgilangan bojlar to‘langunga qadar belgilanmasligini ko‘zda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ahdlashuvchi tomon (a) kichik bandda ko‘rsatilgan talabni qo‘yidagi holda qo‘llashi mumkin, agar mazkur Shartnomaga qo‘shilayotgan sanaga bunday talabni qo‘llayotgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [To‘g‘rilashlar va muddatlar] (1) va (2) bandlarga muvofiq to‘g‘rilashlarni kiritish shartlari va muddatlari Yo‘riqnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa shartlarni bajarishni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon topshirish sanasiga nisbatan (1) va (2) bandlarda aytib o‘tilganlaridan farqlanadigan shartlarni bajarishni talab qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Bir nechta sinflarga taalluqli tovar va/yoki xizmatlar uchun bitta ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Nitstsa tasnifining bir nechta sinflariga taalluqli tovarlar va/yoki xizmatlar bitta talabnomaga kiritilsa, ushbu talabnoma bo‘yicha bitta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Talabnoma va ro‘yxatdan o‘tkazishni ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Talabnomani ajratish] (a) Bir nechta tovar va/yoki xizmatlar sanab o‘tilgan har qanday talabnoma (keyinchalik “dastlabki talabnoma”),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) idora tomonidan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan oldin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) idoraning belgini ro‘yxatdan o‘tkazishga qarshi qarorini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq jarayon qatida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat arizasi bilan bog‘liq jarayon vaqtida, Talabnoma beruvchi yoki uning iltimosi bo‘yicha ikkita yoki bir nechta talabnomaga (keyinchalik “ajratilgan talabnoma”) dastlabki talabnomada sanab o‘tilgan tovar va/yoki xizmatlarni ushbu talabnomalar o‘rtasida taqsimlash yo‘li bilan ajratilishi mumkin. Ajratilgan talabnomalar dastlabki talabnoma topshirilgan sanasini va mavjud bo‘lganida uning ustuvorligini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon (a) kichik bandni hisobga olgan holda talabnomani ajratishga nisbatan talablarni belgilashda erkindir, shu hisobda boj to‘lanishida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Ro‘yxatdan o‘tkazishni ajratish] Tegishli o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band ro‘yxatdan o‘tkazishni ajratishga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday ajratish quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) uchinchi shaxslarning ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish talabi bilan bog‘liq idora oldidagi jarayonlar vaqtida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oldingi jarayon borishida idora tomonidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat jarayoni vaqtida, shu shart bilanki, Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni ajratishni ko‘zda tutmasa, agar uning qonunchiligi uchinchi shaxslarga belgini ro‘yxatdan o‘tkazish holatidan oldin belgining ro‘yxatdan o‘tkazilishiga qarshi chiqishiga ruxsat bersa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Imzo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Qog‘ozdagi bildirishnoma] Agar Ahdlashuvchi tomonning idorasiga yo‘llangan bildirishnoma qog‘ozda taqdim etilib imzoni talab qilsa, Ahdlashuvchi tomon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) (iii) kichik bandni hisobga olgan holda qo‘lda qo‘yilgan asl imzoni qabul qiladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qo‘lda qo‘yilgan asl imzo o‘rniga imzoning boshqa shakllari, bosma imzo yoki imzoli shtempel, yoki muhr ishlatishga ruxsat berishi mumkin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) qo‘lda qo‘yilgan asl imzo o‘rniga muhr ishlatilishi talab qilishi mumkin, agar bildirishnomani imzolagan jismoniy shaxs uning fuqarosi va bunday shaxsning manzili uning hududida joylashgan bo‘lishi kerak,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) muhr jismoniy shaxsning harflarda ko‘rsatilgan ismi bilan birgalikda bo‘lishi kerakligini talab qilishi mumkin, agar bunday shaxsning muhri ishlatilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Telefaks bo‘yicha xabardor qilish] (a) Agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarlarni telefaks orqali jo‘natishga ruxsat bersa, bunda telefaksda olingan bosmada imzo tasviri bo‘lgan yoki (1)(iv) bandga muvofiq zarur bo‘lgan joyda muhr tasviri muhri ishlatilayotgan jismoniy shaxsning ismi harflar bilan ko‘rsatilganda xabarnoma imzolangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandda aytib o‘tilgan Ahdlashuvchi tomon tasviri telefaks bo‘yicha jo‘natilgan hujjat Yo‘riqnomada belgilangan minimal muddatni hisobga olgan holda idoraga aniq muddat davomida taqdim etilishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Elektron aloqa vositalari orqali xabardor qilish] Agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga elektron aloqa vositalari orqali xabarnomalarni yuborishga ruxsat bersa, Ahdlashuvchi tomon ko‘zda tutganidek, xabarnomani elektron aloqa vositasi orqali jo‘natgan shaxs ko‘rsatilsa u imzolangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Guvohnomani talab qilishni taqiqlash] Hech qanday Ahdlashuvchi tomon yuqoridagi bandlarda keltirilgan har qanday imzo yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa vositalari tasdiqlanishi, notarial tasdiqlanishi, imzo tasdiqlanishi, legalizatsiya qilinishi yoki har qanday imzoning boshqa usulda tasdiqlanishini talab qilishi mumkin emas, Ahdlashuvchi tomonning qonunchiligida ro‘yxatdan o‘tkazishdan voz kechishda imzoni tasdiqlashni ko‘zda tutishi holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Tovar va/yoki xizmatlarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Tovar va/yoki xizmatlarni ko‘rsatish] Tovar va/yoki xizmatlardan iborat talabnoma yoki ro‘yxatdan o‘tkazishga nisbatan idora tomonidan amalga oshiriladigan har bir ro‘yxatdan o‘tkazish yoki nashr qilish ushbu tovar va/yoki xizmatlarning Nitstsa tasnifi sinflari bo‘yicha guruhlashtirilgan tovar va/yoki xizmatlarning nomlarini Tasnifdagi tartibda ko‘rsatiladi, bunda har bir guruh oldidan ushbu tovar yoki xizmatlarning guruhi taalluqli sinf raqami keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Bitta sinf yoki turli sinflarga taalluqli tovar yoki xizmatlar] (a) Tovarlar yoki xizmatlar idora amalga oshirishgan har qanday ro‘yxatdan o‘tkazish yoki nashr qilishda Nitstsa tasnifining bitta sinfida ko‘rsatilganligi asosida o‘xshash deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Tovarlar yoki xizmatlar idora amalga oshirishgan har qanday ro‘yxatdan o‘tkazish yoki nashr qilishda Nitstsa tasnifining turli sinflarida ko‘rsatilganligi asosida o‘xshash emas deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ismlar yoki manzillarni o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Egasining ismi yoki manzilini o‘zgartirish] (a) Agar ro‘yxatdan o‘tkazish egasi o‘zgarmasa, lekin uning ismi va/yoki manzili o‘zgarsa har bir Ahdlashuvchi tomon idoraning egasi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bunday o‘zgarishning kiritish to‘g‘risidagi arizani tan oladi, bunday xabarnoma egasi yoki vakil tomonidan imzolanadi va unda belgilar reyestriga kiritilishi kerak bo‘lgan tegishli ro‘yxat o‘tkazish raqami va o‘zgartirish ko‘rsatiladi. Bunday arizani taqdim etish talablariga nisbatan hech qanday Ahdlashuvchi tomon arizani rad etmaydi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar u yozma ravishda qog‘ozda taqdim etilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda, u Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan ariza Blankasiga mos blankda taqdim etilganda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu usulda topshirilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda bunday usulda topshirilgan qog‘ozdagi nusxa (i) kichik bandda aytib o‘tilgan ariza Blankasiga mos kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon arizada quyidagilar ko‘rsatilishini talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) egasining ismi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) vakilning ismi va manzili, agar ro‘yxatdan o‘tkazish egasining bunday vakili bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yozishmalar uchun manzil, agar ro‘yxatdan o‘tkazishning egasining bunday manzili bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilish kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza topshirilganda uning idorasiga boj to‘lanishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Agar o‘zgartirishlar bir nechta talabnomaga taalluqli bo‘lsa ham unda tegishli ro‘yxatdan o‘tkazishlarning barcha raqamlari ko‘rsatilganda bitta arizani taqdim etish yetarlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Talabnoma beruvchining ismi yoki manzilini o‘zgartirish] Tegishli o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band o‘zgartirishlar talabnomaga yoki talabnomalarga ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishlarga taalluqli bo‘lganda qo‘llaniladi, shu shart bilan-ki, agar tegishli talabnomaning biron biriga raqam berilmagan bo‘lsa yoki bunday raqam talabnoma beruvchi yoki vakilga noma’lum bo‘lsa, Yo‘riqnomada belgilanganidek, ariza bunday talabnomani identifikatsiya qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Vakilning ismi yoki manzilini o‘zgartirish yoki yozishmalar uchun manzilni o‘zgartirish] Tegishli o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band vakilning (agar bo‘lsa) ismi yoki manzilining o‘zgarishiga va yozishmalar (agar bo‘lsa) uchun manzilning o‘zgarishiga qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon ushbu moddada aytib o‘tilgan arizaga nisbatan (1) — (3) bandlarda aytib o‘tilgandan farqli shartlarning bajarilishi talab qilishi mumkin emas. Xususan, bunday o‘zgartirishni tasdiqlovchi biron hujjatni taqdim etishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar arizadagi har qanday ko‘rsatmalarga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Egasini o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Ro‘yxatdan o‘tkazish egasini o‘zgartirish] (a) Ro‘yxatdan o‘tkazish egasi o‘zgarganda har bir Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishning oldingi egasi yoki uning vakili, ro‘yxatdan o‘tkazishning endi egasi bo‘lgan (keyinchalik “yangi egasi”) shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolangan xabarda idora tomonidan o‘z reyestriga o‘zgartirish kiritishi to‘g‘risidagi arizani agar unda tegishli ro‘yxatdan o‘tkazishning raqami va reyestrga kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirish ko‘rsatilganda tan oladi. Arizalarni taqdim etishga talablarga nisbatan hech qanday Ahdlashuvchi tomon arizani rad qilishi mumkin emas,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar u yozma ravishda qog‘ozda taqdim qilingan, shu shart bilan-ki, (2) (a) bandni hisobga olgan holda u Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan ariza Blankasiga mos keladigan blankda taqdim etilgan bo‘lsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu usulda topshirilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, (2)(a) kichik bandni hisobga olgan holda bunday usulda topshirilgan qog‘ozdagi nusxa (i) kichik bandda aytib o‘tilgan ariza Blankasiga mos kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agar egasini o‘zgartirish shartnoma imzolash natijasida bo‘lsa har qanday Ahdlashuvchi tomon bu arizada ko‘rsatilishi talab qilishi mumkin. Bunda so‘rayotgan tomonning tanlovi bo‘yicha quyidagi hujjatlarning bittasi ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) shartnoma nusxasi, bunda ushbu nusxa davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ro‘yxatdan o‘tkazish egasining o‘zgarishi aks etgan shartnomadan ko‘chirma, bunda ushbu ko‘chirma davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerakligi talab qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Yo‘riqnomada belgilangan shakl va mazmunga muvofiq tuzilgan va oldingi va yangi egalari tomonidan imzolangan belgiga huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi tasdiqlanmagan guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Yo‘riqnomada belgilangan shakl va mazmunga muvofiq tuzilgan va oldingi va yangi egalari tomonidan imzolangan belgiga huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi tasdiqlanmagan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Agar egasini o‘zgartirish birlashtirish natijasi bo‘lsa har qanday Ahdlashuvchi tomon bu arizada ko‘rsatilishi kerakligini talab qilishi mumkin, bunda ushbu arizaga bunday birlashishni isbotlovchi va vakolatlangan organ tomonidan tuzilgan hujjat, masalan, savdo reyestridan ko‘chirma, ilova qilinadi, bundan tashqari ushbu nusxa ushbu hujjatni bergan organ yoki davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerakligi talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Shartnoma tuzish yoki birlashtirish natijasida bitta yoki bir nechta egalar o‘zgarganda, lekin barcha egalar emas, Ahdlashuvchi tomon har qanday o‘zgarmayotgan egasi boshqa egasini o‘zgartirishga maxsus ruxsatini imzolangan hujjat orqali berish kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Agar o‘zgartirish shartnoma imzolash yoki birlashtirish natija bo‘lmasa, balki boshqa sabablar orqali vujudga kelganda, masalan, qonunni qo‘llash natijasida yoki sud qarori bilan, har qanday Ahdlashuvchi tomon buni arizada ko‘rsatishi kerakligi va ushbu nusxa ushbu hujjatni bergan organ yoki davlat notariusi yoki boshqa vakolatlangan davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerakligi talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) Har qanday Ahdlashuvchi tomon arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerakligini talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) oldingi egasining ismi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yangi egasining ismi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yangi egasining fuqaroligi, agar u biron davlat fuqarosi bo‘lsa; yangi egasi yashaydigan davlat nomi, agar bo‘lsa; yangi egasi haqiqiy va nomavhum sanoat yoki savdo tashkiloti joylashgan davlat nomi, agar bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) agar yangi egasi huquqiy shaxs bo‘lsa, huquqiy shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va davlat nomi, zarur bo‘lganda ushbu yuridik shaxs qonunchiligiga muvofiq ta’sis qilingan ushbu davlatning hududiy birligining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vakilning ismi va manzili, agar oldingi egasida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) yozishmalar uchun manzil, agar oldingi egasida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) vakilning ismi va manzili, agar yangi egasida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) yangi egasining yozishmalar uchun manzili, agar bu 4(2)(b) moddaga muvofiq talab qilinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga topshirilgan ariza munosabati bilan boj to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(h) egasini o‘zgartirish bir nechta ro‘yxatdan o‘tkazishga aloqador bo‘lsa bitta ariza yetarlidir, agar oldingi va yangi egasi har bir ro‘yxatdan o‘tkazish uchun aynan shu shaxslar bo‘lsa va arizada ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlari ko‘rsatilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Agar egasini o‘zgartirish oldingi egasining ro‘yxatdan o‘tkazishlarida keltirilgan barcha tovar va/yoki xizmatlarga taalluqli bo‘lmasa va qonunchilik bunday o‘zgartirishlar to‘g‘risida yozuvni kiritishga ruxsat bersa idora egasini o‘zgartirish taalluqli bo‘lgan tovar va/yoki xizmatlarga aloqador alohida ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Til. Tarjima] (a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon (1) bandda aytib o‘tilgan ariza, belgiga huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma yoki bunday huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjat uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Agar (1)(b)(i) va (hh), (s) va (e) bandlarda aytib o‘tilgan hujjatlar Ahdlashuvchi tomonning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida taqdim etilmagan bo‘lsa Ahdlashuvchi tomon arizaga talab qilingan hujjatning uning idorasida qabul qilingan tildagi yoki tillarning biridagi tasdiqlangan tarjimasi ilova qilini kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Talabnoma egasini o‘zgartirish] Tegishli o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda (1) va (2) bandlar egasini o‘zgartirish talabnoma yoki talabnomalarga yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishlarga taalluqli bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi, shu shart bilan-ki, talabnomalarning biron biriga hali raqam berilmaganda yoki ushbu raqam talabnoma beruvchi yoki uning vakiliga ma’lum bo‘lmaganda, arizada, shunga qaramasdan, Yo‘riqnomada belgilanganidek talabnoma identifikatsiya qilinganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Ahdlashuvchi tomonlarning hech biri mazkur moddada aytib o‘tilgan arizaga nisbatan (1) — (3) bandlarda ko‘rsatilganidan boshqa shartlarni bajarishni talab qilishi mumkin emas. Xususan, quyidagi shartlarni bajarishni talab qilish mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) (1) (s) band qoidalarini hisobga olib savdo reyestridan ko‘chirma yoki boshqa hujjatni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yangi egasi sanoat yoki savdo faoliyatini amalga oshirayotganini, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yangi egasini o‘zgartirish tovar va/yoki xizmatlarga tegishli faoliyatni amalga oshirayotganligi ko‘rsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) oldingi egasi o‘z korxonasi yoki nommoddiy aktivlarni yangi egasiga to‘liq yoki qisman berganligini ko‘rsatish, hamda tegishli dalillarni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillarni yoki (1)(s) yoki (e) bandlardagi qoidalarga taalluqli holatlarda qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar idorada arizadagi va/yoki mazkur Moddadagi har qanday hujjatdagi har qanday ko‘rsatkichning haqiqiyligiga nisbatan uning idorasida asoslangan shubha paydo bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Xatolarni to‘g‘rilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Ro‘yxatdan o‘tkazishga taalluqli xatoni to‘g‘rilash] (a) Har bir Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga topshirilgan talabnoma yoki boshqa arizadagi va idoraning belgilar reyestri va/yoki boshqa nashridagi xatoni to‘g‘rilash to‘g‘risidagi arizani tan oladi, bunda ushbu xato ro‘yxatdan o‘tkazish egasi yoki uning vakilining xabarida ko‘rsatiladi, xabarda tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, to‘g‘rilanishi kerak bo‘lgan xato va reyestrga kiritilishi kerak bo‘lgan to‘g‘rilashlar keltiriladi. Bunday arizani taqdim etish talablariga nisbatan Ahdlashuvchi tomonning hech biri arizani rad etishi mumkin emas,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar u yozma ravishda qog‘ozda taqdim etilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda u Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan ariza Blankasiga mos blankda taqdim etilsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) agar Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga xabarni telefaks orqali uzatishga ruxsat bersa va ariza shu usulda topshirilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, (s) kichik bandni hisobga olgan holda bunday usulda topshirilgan qog‘ozdagi nusxa (i) kichik bandda aytib o‘tilgan ariza Blankasiga mos kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon arizada quyidagilar ko‘rsatilishini talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) egasining ismi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) vakilning ismi va manzili, agar ro‘yxatdan o‘tkazish egasining bunday vakili bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yozishmalar uchun manzil, agar ro‘yxatdan o‘tkazishning egasining bunday manzili bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilish kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ariza topshirilganda uning idorasiga boj to‘lanishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Agar o‘zgartirishlar bitta shaxsning bir nechta ro‘yxatdan o‘tkazishlarga taalluqli bo‘lsa ham unda xato va kerakli to‘g‘rilash har bir ro‘yxatdan o‘tkazishga bir xil bo‘lganida, va ushbu ro‘yxatdan o‘tkazishlarning barchasining raqamlari ko‘rsatilganda bitta arizani taqdim etish yetarlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Talabnoma taalluqli xatoni to‘g‘rilash] Tegishli o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda (1) band xato talabnoma yoki talabnomalarga yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishlarga taalluqli bo‘lgan holatlarda qo‘llaniladi, shu shart bilan-ki, talabnomalarning biron biriga hali raqam berilmaganda yoki ushbu raqam talabnoma beruvchi yoki uning vakiliga ma’lum bo‘lmaganda, arizada, shunga qaramasdan, Yo‘riqnomada belgilanganidek talabnoma identifikatsiya qilinganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Boshqa shartlarini bajarishni talab qilishni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon mazkur Moddada aytib o‘tilgan arizaga nisbatan (1) va (2) bandlarda aytib o‘tilgandan farqli shartlarning bajarilishi talab qilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon uning idorasiga dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar xato haqiqatdan xato ekanligiga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Idoraning xatolari] Ahdlashuvchi tomon idorasi o‘zining ex-offisio barcha xatolarini yoki murojaat bo‘yicha biron bir boj to‘lamasdan to‘g‘rilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [To‘g‘rilanmaydigan xatolar] Hech bir Ahdlashuvchi tomon (1), (2) va (5) bandlarning qoidalarini uning qonunchiligiga muvofiq to‘g‘rilab bo‘lmaydigan har qanday xatoga nisbatan qo‘llashga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishi va uni uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi arizadagi ko‘rsatkich yoki elementlar va yoki ilovalar. Bojlar] (a) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish ariza topshirish orqali va ariza quyidagi ko‘rsatkichlarning barchasi yoki ayrimlaridan iborat bo‘lishi kerakligini talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ro‘yxatdan o‘tkazish egasining ismi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tegishli ro‘yxatdan o‘tkazishning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Ahdlashuvchi tomonning tanloviga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan talabnomaning topshirish sanasi yoki tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vakilning ismi va manzili, agar ro‘yxatdan o‘tkazish egasining bunday vakili bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) yozishmalar uchun manzil, agar ro‘yxatdan o‘tkazishning egasining bunday manzili bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish so‘ralayotgan tovar va/yoki xizmatlarning reyestrga kiritilgan va Nitstsa tasnifi bo‘yicha guruhlashtirilgan nomlarini yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish so‘ralmayotgan tovar va/yoki xizmatlarning reyestrga kiritilgan nomlarini, bunda tovar va/yoki xizmatlar taalluqli bo‘lgan har bir guruh oldidan ushbu Tasniflashning sinfi raqami tartiblashtirilgan holda keltirilishi kerak, — agar Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni belgilarning reyestriga kiritilgan ayrim tovar va/yoki xizmatlarga nisbatan uzaytirishni amalga oshirishga ruxsat bersa va bunday uzaytirish so‘ralayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) egasi yoki uning vakilidan tashqari boshqa shaxsning ismi va manzili, agar Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi bunday shaxs tomonidan topshirilishiga ruxsat bersa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) egasi yoki vakilning imzosi, yoki (viii) kichik band qo‘llanilganda ushbu kichik bandda aytib o‘tilgan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi ariza munosabati bilan uning idorasiga boj to‘lanishi talab qilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazishning dastlabki davri yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirishning har qanday davri uchun boj to‘langandan keyin ushbu davr davomida ro‘yxatdan o‘tkazishni kuchda saqlab turish uchun hech qanday boj to‘lanishi talab qilinishi mumkin emas. Mazkur kichik band maqsadlari uchun belgidan foydalanishga nisbatan ariza va/yoki dalillarni taqdim etish bilan bog‘liq bojlar ro‘yxatdan o‘tkazishni kuchda saqlab turish uchun boj deb ko‘rib chiqilmaydi va ularga nisbatan mazkur kichik bandning qoidalariga qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Har qanday Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi ariza va (b) kichik bandda aytib o‘tilgan tegishli boj Yo‘riqnomadagi minimal muddatlarni hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda taqdim etilishi va to‘lanishini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Arizani taqdim etish] Arizani taqdim etish talablariga nisbatan biron bir Ahdlashuvchi tomon arizani rad etishi mumkin emas,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) agar u yozma ravishda qog‘ozda taqdim etilgan bo‘lsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda u Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan ariza Blankasiga mos blankda taqdim etilgan bo‘lsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Agar Ahdlashuvchi tomon xabarlarni uning idorasiga telefaks orqali yuborishni ruxsat bersa va ariza shu usulda yuborilsa, shu shart bilan-ki, (3) bandni hisobga olgan holda bunday yuborish natijasida olingan qog‘ozli nusxasi (i) kichik bandda aytib o‘tilgan ariza Blankasiga mos kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Til] Har qanday Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi ariza uning idorasida qabul qilingan tilda yoki tillarning birida tuzilgan bo‘lish kerakligini talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa shartlarni bajarishni talab qilishni taqiqlash] Ahdlashuvchi tomonlarning hech biri (1) — (3) bandlarda ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan belgilangan shartlardan farqlanadigan shartlarni talab qilishi mumkin emas. Xususan, quyidagi shartlarni bajarishni talab qilish mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) belgining tasviri yoki belgini identifikatsiya qiluvchi boshqa ma’lumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) har qanday boshqa Ahdlashuvchi tomonning reyestrida belgi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi yoki belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uzaytirilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) belgidan foydalanilayotganligini isbotlovchi dalillar va/yoki arizani taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Dalillar] Har qanday Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishda uning idorasiga dalillarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, agar ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish to‘g‘risidagi arizadagi ko‘rsatkich yoki elementga nisbatan idorada asoslangan shubha paydo bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Mohiyati bo‘yicha ekspertizani o‘tkazishni taqiqlash] Hech qanday Ahdlashuvchi tomon ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish maqsadlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgining mohiyatan bo‘yicha ekspertizasini amalga oshirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish muddati] Dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish davri o‘n yilni tashkil qiladi va keyinchalik o‘n yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Tahminiy rad etishdagi izohlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idora 10 — 13 moddalarga muvofiq ariza yoki talabnomani, holatdan kelib chiqqan holda, rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki ariza bergan tomonga izoh berish imkonisiz to‘liq yoki qisman rad etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Parij konvensiyasiga rioya qilish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday Ahdlashuvchi tomon belgilarga nisbatan Parij konvensiyasining qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Xizmat ko‘rsatish belgilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday Ahdlashuvchi tomon xizmat ko‘rsatish belgilariga Parij konvensiyasining tovar belgilariga nisbatan qoidalarini qo‘llaydi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Yo‘riqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Mazmuni] (a) mazkur Shartnomaga ilova qilinadigan Yo‘riqnoma quyidagilarga nisbatan qoidalarni belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mazkur Shartnomada Yo‘riqnomaga maxsus havola qilingan talablarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) mazkur Shartnomaning qoidalarini qo‘llash uchun foydali bo‘lgan har qanday qo‘shimcha aniqliklarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) har qanday ma’muriy talablar, masalalar yoki jarayonlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Yo‘riqnomada Namunaviy xalqaro blankalar keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Shartnoma va Yo‘riqnoma o‘rtasidagi farqlar] mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalari o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganida Shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Qayta ko‘rishlar. Bayonnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Qayta ko‘rish] Mazkur Shartnoma diplomatik anjuman tomonidan qayta ko‘rilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Bayonnomalar] Belgilarga oid qonunchilikni uyg‘unlashtirishni yanada rivojlantirish maqsadi uchun diplomatik anjuman bayonnomalar qabul qilishi mumkin, agar ushbu bayonnomalar mazkur Shartnoma qoidalariga zid bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Shartnomada ishtirok etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Shartnomada ishtirok etish huquqi] Xalqaro munosabatlarning quyidagi subyektlari Shartnomani imzolashi va (2) va (3) bandlarni hamda 20 (1) va (3) moddalarni hisobga olgan holda uning tomoni bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) O‘z idorasi tomonidan belgilar ro‘yxatga olinishi mumkin bo‘lgan Tashkilotga a’zo-davlat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) hukumatlararo tashkilotni ta’sis etuvchi shartnoma qo‘llanadigan hududda amal qiluvchi belgilar ro‘yxatga olinishi mumkin bo‘lgan idoraga ega har qanday hukumatlararo tashkilot, unga a’zo-davlatlarning har birida yoki bunday maqsad uchun tegishli arizada ko‘rsatilgan a’zo-davlatlarda, shu shart bilan-ki, ushbu hukumatlararo tashkilotga barcha a’zo-davlatlar Tashkilot a’zosi bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Tashkilotga a’zo bo‘lgan boshqa davlatning idorasi orqali belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Tashkilotning har qanday a’zo-davlati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) faqat hukumatlararo tashkilotning idorasi orqali belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan va unga a’zo bo‘lgan Tashkilotning a’zo-davlati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Tashkilotga a’zo-davlatlar guruhining umumiy idorasi orqali belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan Tashkilotning a’zo-davlati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Ratifikatsiya yoki qo‘shilish] (1) bandda aytib o‘tilgan xalqaro munosabatlarning har qanday subyekti saqlash uchun quyidagilarni topshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ratifikatsiya yorlig‘ini, agar u mazkur Shartnomani imzolasa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qo‘shilish to‘g‘risidagi akt, agar u mazkur Shartnomani imzolamagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Saqlash uchun topshirish sanasi] (a) (b) kichik bandni hisobga olgan holda ratifikatsiya yorlig‘ini yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktni saqlash uchun topshirish sanasi deb quyidagi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) davlatning tegishli hujjati saqlash uchun topshirish sanasi — (1)(i) bandda ko‘rsatilgan davlat bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) hukumatlararo tashkilotning tegishli hujjati saqlash uchun topshirish sanasi — hukumatlararo tashkilot bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) quyidagi talab bajarilgan sana: ushbu davlatning tegishli hujjati topshirilgan bo‘lsa va boshqa ko‘rsatilgan davlatning tegishli hujjati topshirilgan bo‘lsa — (1) (iii) bandda ko‘rsatilgan davlat bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) yuqorida keltirilgan (ii) kichik bandga muvofiq qo‘llanadigan sana — (1) (iv) bandda ko‘rsatilgan davlat bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) guruhning barcha a’zo-davlatlarining hujjatlari saqlash uchun topshirilgan sana -(1) (v) bandda ko‘rsatilgan davlatlar guruhiga a’zo-davlat bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Davlatning har qanday ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi akti (ushbu kichik bandda “hujjat” deb nomlanuvchi) saqlash uchun topshirilgan deb hisoblanadigan ariza bilan birga bo‘lishi mumkin, shu shart bilan-ki, mazkur Shartnoma tomoni bo‘lish huquqiga ega va ularning nomlari ko‘rsatilgan holda, saqlash uchun boshqa bitta davlatning yoki bitta hukumatlararo tashkilotning hujjati topshirilsa, yoki boshqa ikkita davlatning yoki bitta boshqa davlat va bitta hukumatlararo davlatning hujjati topshirilsa, yoki saqlash uchun ikkita boshqa davlat, yoki bitta boshqa davlat va bitta hukumatlararo tashkilotning hujjati topshirilsa. Bunday arizaga ega hujjatni topshirish sanasi deb arizada ko‘rsatilgan shart bajarilgan sana hisoblanadi. Ammo, arizada ko‘rsatilgan hujjatni saqlash uchun topshirish, o‘z navbatida, bu turdagi ariza bilan birga bo‘lsa, bunday hujjat saqlash sanasi deb oxirgi arizada ko‘rsatilgan shart bajarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s)(b) kichik bandiga muvofiq ariza har qanday vaqtda to‘liq yoki qisman chaqirib olinishi mumkin. Har qanday bunday chaqirib olish Bosh direktor tomonidan tegishli xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ratifikatsiya va qo‘shilishlarning kuchga kirish sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Inobatga olinadigan hujjatlar] Mazkur modda maqsadlari uchun 19(1) moddada aytib o‘tilgan va 19(3) moddaga muvofiq kuchga kirish sanasiga ega xalqaro munosabatlar subyektlari saqlash uchun topshirilgan ratifikatsiya yorliqlari yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Shartnomaning dastlabki kuchga kirishi] Mazkur Shartnoma beshta davlat o‘z ratifikatsiya yorliqlari va qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlarini saqlash uchun topshirgandan so‘ng uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Mazkur Shartnoma kuchga kirgandan keyin ratifikatsiyalar va qo‘shilishlarning kuchga kirishi] (2) band qoidalari taalluqli bo‘lmagan xalqaro munosabatlarning har qanday subyektiga nisbatan mazkur Shartnoma u o‘z ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktini saqlash uchun topshirgandan so‘ng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Alohida shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Belgilarning alohida turlari] 2(1)(a) moddaga qaramasdan har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot alohida shartlar ko‘rinishidagi ariza orqali 3(1) va (2), 5, 7, 11 va 13 moddalar qoidalarini fikran bog‘langan (assotsiatsiya qilinadigan), taqiqlovchi yoki hosila belgilariga nisbatan qo‘llamaslik bildirishi mumkin. Bunday arizada arizaga taalluqli yuqoridagi qoidalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Majburiy shartlar] (1) bandga muvofiq har qanday alohida shart tegishli davlat yoki hukumatlararo tashkilotning mazkur Shartnomani ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktga ilova qilinadigan arizada keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Alohida shartlarni chiqarib tashlash] (1) bandga muvofiq qilingan har qanday alohida shart istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Boshqa alohida shartlarni taqiqlash] (1) bandda nazarda tutilganidan boshqa alohida shartlar mazkur Shartnomaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
O‘tish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Bir nechta sinflarga taalluqli tovar va xizmatlar uchun bitta talabnoma. Talabnomani ajratish] (a) har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 3(5) moddaga qaramasdan uning idorasiga talabnoma Nitstsa tasnifining bitta sinfga taalluqli tovarlar yoki xizmatlarga nisbatan topshirilishi mumkinligini to‘g‘risida ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 6- moddaga qaramasdan agar tovarlar va/yoki xizmatlar Nitstsa tasnifining bir nechta sinflariga taalluqli bo‘lib bitta talabnomaga kiritilsa, bunday talabnoma bo‘yicha belgilarning reyestrida bir nechta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilishi mumkin, shu shart bilanki, bunday ro‘yxatga o‘tkazishlarning har biri ko‘rsatilgan talabnoma asosida amalga oshirilgan boshqa shunday ro‘yxatdan o‘tkazishlarga havola qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) (a) kichik bandga muvofiq ariza bergan har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 7(1) moddaga qaramasdan talabnomani ajratish mumkin emasligi to‘g‘risida ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Bir nechta talabnoma va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazishga bitta ishonchnoma] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 4(3)(b) moddaga qaramasdan ishonchnoma bitta talabnoma yoki bitta ro‘yxatdan o‘tkazishga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) [Ishonchnoma va talabnomadagi imzo tasdiqlanishini talab qilishni taqiqlash] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 8(4) moddaga qaramasdan har qanday ishonchnomadagi imzo yoki har qanday talabnomadagi talabnoma beruvchining imzosi tasdiqlangan, legalizatsiya qilingan yoki boshqa usulda tasdiqlangan bo‘lishini talab qilinishini arizada ko‘rsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) [Ism va/yoki manzil, egasining o‘zgarishi yoki xatoni to‘g‘rilashga nisbatan bir nechta talabnomalar va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazishlar uchun bitta ariza] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 10(1)(e), (2) va (3) modda, 11(1)(h) va (3) moddava12(1)(e) va (2) moddalarga qaramasdan ism va/yoki manzilga nisbatan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi ariza, egasiga nisbatan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi ariza va xatoni to‘g‘rilashga nisbatan ariza bitta talabnoma yoki bitta ro‘yxatdan o‘tkazishga taalluqli bo‘lishi kerakligini arizada ko‘rsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) [Ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish munosabati bilan foydalanishga taalluqli dalillar va arizani taqdim etish] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 13(4)(iii) moddaga qaramasdan ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish munosabati bilan foydalanishga taalluqli dalillar va ariza taqdim etilishini arizada ko‘rsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6) [Ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish munosabati bilan mohiyati bo‘yicha ekspertiza] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot 13(6) moddaga qaramasdan, xizmatlarga doir ro‘yxatdan o‘tkazishni birinchi bor uzaytirganda mohiyati bo‘yicha ekspertizani amalga oshirish to‘g‘risida ariza ko‘rsatishi mumkin, shu shart bilan-ki, bunday ekspertiza ko‘p marta ro‘yxatdan o‘tkazishlarni bekor qilish bilan cheklangan, bunda bunday talabnomalar ushbu davlat yoki tashkilotning qonunchiligi kuchga kirgandan so‘ng olti oy ichida topshirilgan talabnomalar asosidagi ro‘yxatdan o‘tkazishlarga taalluqli bo‘lib mazkur Shartnoma kuchga kirishidan oldin ularda xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7) [Umumiy qoidalar] (a) Davlat yoki hukumatlararo tashkilot (1) — (6) bandlarga muvofiq arizani faqat quyidagi holatda qilishi mumkin, agar mazkur Shartnomaga ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktni topshirish sanasiga uning qonunchiligini bunday arizasiz bo‘yicha qo‘llash mazkur Shartnoma qoidalariga zid bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (1) — (6) bandlarga muvofiq qilingan har qanday ariza ariza beruvchi davlat yoki hukumatlararo tashkilotning mazkur Shartnomaga ratifikatsiya yorligi yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) (1) — (6) bandlarga muvofiq qilingan har qanday ariza istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8) [Arizaning amal qilishining tugashi] (a) (s) kichik bandni hisobga olgan holda (1) — (5) bandlarga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining o‘rnatilgan amaliyotiga binoan rivojlanayotgan davlat yoki a’zolarining har biri rivojlanayotgan davlat hisoblanadigan hukumatlararo tashkilotdan berilgan ariza mazkur Shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 8 yildan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (s) kichik bandni hisobga olgan holda (1) — (5) bandlarga muvofiq (a) kichik bandida ko‘rsatilgan davlatdan tashqari yoki (a) kichik bandida ko‘rsatilgan hukumatlararo tashkilotdan tashqari boshqa hukumatlararo tashkilot tomonidan berilgan ariza mazkur Shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 6 yildan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Agar 2004-yil 28-oktabrga qadar (1) — (5) bandlarga muvofiq qilingan ariza (7) (s) bandga binoan chaqirib olinmagan bo‘lsa yoki (a) yoki (b) kichik bandlarga binoan o‘z kuchini yo‘qotmagan bo‘lsa u 2004-yil 28-oktabr kuni o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9) [Shartnomada ishtirok etish] 1999-yil 31-dekabrgacha har qanday davlat mazkur Shartnomani qabul qilish sanasiga Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga a’zo bo‘lsa, lekin Tashkilot a’zosi bo‘lmasa 19(1)(2) moddaga qaramasdan agar uning belgilari o‘z idorasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilsa mazkur Shartnoma ishtirokchi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Shartnomani denonsatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Xabarnoma] Har qanday Ahdlashuvchi tomon Bosh direktorga yo‘llagan xabarnoma orqali mazkur Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Kuchga kirish sanasi] Denonsatsiya Bosh direktor bildirishnomani olgandan so‘ng bir yildan so‘ng kuchga kiradi. Denonsatsiya mazkur Shartnomani ko‘rib chiqilayotgan har qanday belgiga, yoki denonsatsiya qiluvchi Ahdlashuvchi tomonga nisbatan ko‘rsatilgan davr tugashi sanasigacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan har qanday belgini qo‘llashga aloqador emas, shu shart bilan-ki, ko‘rsatilgan davr tugagandan so‘ng denonsatsiya qiluvchi Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnomani uzaytirilishi kerak bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidan har qanday ro‘yxatdan o‘tkazishga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Shartnoma tillari. Imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) [Haqiqiy matnlar. Rasmiy matnlar] (a) Mazkur Shartnoma bitta nusxada rus, ingliz, arab, ispan, xitoy va fransuz tillarida imzolanadi, barcha matnlar bir xil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) (a) kichik bandda aytib o‘tilgan tillardan tashqari Ahdlashuvchi tomonning iltimosi bo‘yicha va u va boshqa har qanday Ahdlashuvchi tomon bilan maslahatlardan so‘ng, rasmiy til Bosh direktor tomonidan ko‘rsatilgan Ahdlashuvchi tomonning rasmiy tili bo‘lgan boshqa tilda ishlab chiqiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) [Imzolash uchun muddat] Mazkur Shartnoma imzolash uchun uni qabul qilgandan so‘ng bir yil davomida Tashkilotning bosh qarorgohida ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Depozitariy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)