Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda litsenziyalar berish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, faoliyatning mazkur Roʻyxatga kiritilmagan boshqa turlari litsenziyalanmaydi.
2. Belgilansinki, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatiga muvofiq 1-ilovadagi davlat tuzilmalariga litsenziyalar berish huquqi beriladi.
3. Vazirlar Mahkamasining komplekslari, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi vazirliklar va idoralar Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi amaldagi nizomlarni ikki oy muddatda tanqidiy tahlil qilib chiqsinlar hamda yangilangan nizomlarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Nizomlarni ishlab chiqishda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qatʼiy rioya qilinishi taʼminlansin, bunda arizalarni qabul qilish va litsenziyalar berish tartibotlarini imkoni boricha soddalashtirish nazarda tutilsin.
4. Belgilansinki, Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi yangilangan tegishli nizomlar qabul qilingunga qadar yangi litsenziyalar berish, ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish, ularni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organlar tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, mazkur Qonunga zid boʻlmaganda, amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-iyun,
236-son
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada boʻlish sohasidagi faoliyat.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Koʻpriklar va tonellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash.
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno. (Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Etil spirti hamda boshqa alkogolli mahsulotni ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Geodeziya va kartografiya faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Noshirlik faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyati.
Diniy taʼlim muassasalarining faoliyati.
Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlimning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlimning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlimning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlimdagi uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvand modda boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish.
(boʻlimning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Tibbiy faoliyat.
Oldingi tahrirga qarang.
Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno).
(uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 364-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyati.
Keyingi tahrirga qarang.
Auditorlik faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Lotereyalar tashkil etish.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi
(boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Baholash faoliyati.
Birja faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Rieltorlik faoliyati.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 19-son, 189-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Bojxona ombori taʼsis etish.
Bojsiz savdo doʻkonini taʼsis etish.
“Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona taʼsis etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Keyingi tahrirga qarang.
Turizm (turoperator) faoliyati
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Bank faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar tomonidan, chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish.
(boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish.
Garovxonalar faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-maydagi 152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 23-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrokredit tashkilotlari faoliyati.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-fevraldagi 37-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 7-8-son, 68-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati
Keyingi tahrirga qarang.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2007-y., 46-47-son, 471-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash.
Keyingi tahrirga qarang.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga xizmatlar koʻrsatish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni koʻpaytirish, sotish, ijaraga berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Fonogrammalarni tayyorlash.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish markazi
(boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Veterinariya faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Advokatlik faoliyati.
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari ulgurji savdosi.
(boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyundagi 219-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 27-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish.
(boʻlimning birinchi, ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan xatboshiga almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Oldingi tahrirga qarang.
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligining Yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
Toshkent shahrida yoʻlovchilarni avtomobil transportida shaharda tashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent viloyati hokimligining Yoʻlovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
Toshkent viloyati doirasida yoʻlovchilarni avtomobil transportida shaharlarda va shaharlar atrofida tashish.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-noyabrdagi 229-sonli qarori asosida boʻlimlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 44-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Oldingi tahrirga qarang.
(boʻlimining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 324-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 364-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari
Oldingi tahrirga qarang.
Ulgurji savdo, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan ulgurji savdo bundan mustasno.
(boʻlimning xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 141-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 20-21-son, 202-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 23-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarori 16-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 20-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 7-fevraldagi 68-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 4-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida” 1997-yil 21-fevraldagi 99-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 7-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-avgustdagi 393-son qarorining 2-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar haqida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarorining 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 482-son qarori 1-bandining “g” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 34-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 33-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga 5-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 2001-yil 24-yanvardagi 52-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 5-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarorining 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) va ushbu qarorga 2-ilova.
II. Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni koʻplab ishlab chiqarish tartibining 1-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 26-modda):
birinchi xatboshidagi “tegishli ruxsat (litsenziya) berilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi” soʻzlari “ushbu tasvirning badiiy qiymatini taʼminlash va uning tasdiqlangan etalonga toʻliq muvofiq boʻlishi sharti bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 7-bandining oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koʻrsatish qoidalarida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 40-modda):
I boʻlimning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
II boʻlimning 9-bandidagi “ruxsat etuvchi guvohnomalar olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 4-noyabrdagi 453-f-son farmoyishida:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (non pishirish boʻyicha yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslardan tashqari) keyinchalik sotish uchun non va non-bulka mahsulotlarini faqat oʻzlari respublika tashqarisidan xarid qilishadigan un yoki gʻalladan pishirishlari mumkin.
2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2003-y., 14-son, 114-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 22-son, 195-modda, 36-son, 362-modda; 2007-y., 7-8-son, 68-modda, 33-34-son, 344-modda, 44-son, 446-modda, 46-47-son, 471-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2010-y., 42-43-son, 363-modda; 2011-y., 7-8-son, 65-modda, 19-son, 189-modda, 20-21-son, 202-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 23-son, 302-modda, 25-son, 324-modda, 34-son, 458-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 18-son, 195-modda, 27-son, 326-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda, 15-son, 257-modda, 19-son, 345-modda, 20-son, 364-modda, 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2017-y., 09/17/777/0067, 02.04.2018-y., 09/18/237/1038-son, 09.04.2018-y., 09/18/278/1049-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son, 20.12.2019-y., 09/19/1021/4179-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021; 17.02.2020-y., 09/20/86/0171-son, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 29.10.2020-y., 09/20/663/1425-son; 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son)