Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2018 01.11.2007 yildagi 229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.06.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligining yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek aholiga yo‘lovchi tashish transportida transport xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, yo‘lovchilar tashishda buyurtmachi va pudratchi funksiyalarini chegaralash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligining eksperiment tariqasida Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentini (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Departamentning asosiy va ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbullashtirish, shaharlarda va shaharlar atrofida yo‘lovchilar tashish faoliyatini litsenziyalash huquqi bilan yo‘lovchi tashish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish, shuningdek Toshkent viloyati doirasida yo‘lovchilarni shaharlarda, shaharlar atrofida va shaharlararo tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tendyerlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitini shakllantirish va barcha yo‘lovchi tashuvchilarning transport xizmatlari bozoriga kirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, jamoat transporti ishi samaradorligini va natijadorligini baholash, yo‘lovchi tashish xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligiga shahar avtobus va elektr transportida yo‘lovchilar tashishga cheklangan tariflarni belgilash to‘g‘risida moliya organlari bilan kelishilgan takliflar kiritish, ularga qat’iy rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashish transporti subyektlari (taksidan tashqari) uchun chipta tizimini joriy etish, yo‘l chiptalarini, kartochkalarini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli yurish huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati shaharlarida yo‘lovchi tashishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, shu jumladan yer usti yo‘lovchi transportida haq to‘lanishini hisobga olish va shahar yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlarida nazorat tizimini avtomatlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashuvchilardan shahar yo‘lovchi tashish transporti obyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ulardan foydalanganlik uchun kontraktlarda nazarda tutilgan miqdorlarda tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar berilganligi uchun davlat bojining bir qismi, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlari paketlarini sotib olganlik uchun yo‘lovchi tashuvchilardan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaharda va shahar atrofida yo‘lovchilar tashish uchun O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan berilgan litsenziyalar ularning muddati tugagunga qadar Toshkent viloyati doirasida ishlash uchun haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Departament O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Toshkent viloyatida shaharlarda va shaharlar atrofida yo‘lovchilar tashishni litsenziyalash uchun litsenziya va litsenziya kartochkalari namunalarini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshviltrans” Toshkent viloyati yuk va yo‘lovchilar tashish hududiy uyushmasi qatnashchilari tomonidan uyushmani 3-ilovaga muvofiq qatnashchilar tarkibiga va tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lgan “Toshviltransterminal” Toshkent viloyati avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashuvchilar hamda avtoterminallar uyushmasi etib qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar uning ijro etuvchi apparati ta’minoti manbalari hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishni ta’minlash, aholining yo‘lovchi va yuk tashish avtotransporti xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, iqtisodiyot va aholiga barqaror avtotransport xizmatlari ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil transportining harakatdagi tarkibini yangilash, zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, ta’mirlash bazasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, harakatdagi tarkibdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi, harakatdagi tarkibni texnik jihatdan soz holatda saqlash, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan hamda haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha talablarning uyushma qatnashchilari bo‘lgan korxonalar tomonidan bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport korxonalari mol-mulki, shu jumladan avtotransport vositalari saqlanishi hamda ulardan maqsadli foydalanishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini oshirish, avtotransport xizmatlari servisini kengaytirish Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentni tashkil etish va uning faoliyati bilan bog‘liq masalalar bir oy muddatda hal etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yildagi ishlar yakunlari bo‘yicha ushbu qarorning bajarilishi va eksperiment natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 1-noyabrdagi 229-son son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) Toshkent viloyati hokimligining yo‘lovchilar tashish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash, yo‘lovchilar tashish transporti sohasidagi faoliyatni boshqarish va muvofiqlashtirish, marketing tadqiqotlarini tashkil etish hamda yo‘nalishlar va tarmoqlarni maqbullashtirish, yo‘lovchilar tashish bozorida yo‘lovchi tashuvchilarning erkin raqobati uchun shart-sharoitlar yaratish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlagan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlariga va yo‘nalishlarning ish jadvallariga rioya qilish, haydovchilar tarkibining transport vositalarini saqlashdan manfaatdorligini oshirish masalalarini hal qilish uchun vakolatli tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament o‘z faoliyatida Toshkent viloyati hokimligiga hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departamentning to‘liq nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida — Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — Departament po litsenzirovaniyu i koordinatsii dvijeniya vsex vidov passajirskogo transporta xokimiyata Tashkentskoy oblasti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, ramzga va boshqa xizmat atributlariga, shuningdek o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan rekvizitlarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Departament o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli barcha mulk bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashish transporti barcha turlari harakatini muvofiqlashtirish, yo‘nalishlar tarmog‘ini tartibga solish va maqbul holga keltirish, Toshkent viloyati doirasida yo‘lovchilar tashish faoliyatiga litsenziyalar berish huquqiga ega bo‘lgan holda yo‘lovchi tashish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish, shuningdek yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini qat’iy tender asosida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitini shakllantirish va barcha yo‘lovchi tashuvchilar transport xizmatlari bozorida teng sharoitlar yaratish, jamoat transporti ishi samaradorligi va natijasini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligiga shaharlar avtobus va elektr transportida yo‘lovchilar tashishga cheklangan tariflar belgilash bo‘yicha moliya organlari bilan kelishilgan takliflar kiritish va ularga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashish transporti subyektlari (taksidan tashqari) uchun chipta tizimini joriy etish, yo‘l chiptalarini, kartochkalarini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli yurish huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati shaharlarida yo‘lovchilar tashishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish, shu jumladan yerusti yo‘lovchi transportida yo‘l haqi to‘lash hisob-kitobi tizimini avtomatlashtirish va shaharlar yo‘lovchi tashish transporti harakat yo‘nalishlarida nazorat o‘rnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish transporti barcha turlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashishning yagona buyurtmachisi vazifasini bajaradi, yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish asosida viloyat ichidagi shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarning zarur miqdorini belgilaydi, yo‘nalishli va yengil avtomobil taksilarning maqbul soni bilan uzviy bog‘lagan holda asosiy yo‘lovchilar oqimlarini tartibga soladi, yo‘nalishlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida avtomobil transportida shaharlarda va shahar atrofida yo‘lovchilar tashish faoliyatiga litsenziya beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida yo‘lovchi transporti sohasida tashuvchilarning yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati doirasida shaharlar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish bo‘yicha ochiq tendyerlar tashkil qiladi, tender g‘oliblari bilan yo‘nalishda yo‘lovchilar tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan kontraktlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashuvchilarga yo‘lovchi terminallarining samarali faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi, yagona tizim sifatida transport jarayoniga dispetcherlik rahbarligi hamda harakatdagi tarkib sig‘imidan samarali foydalanish, shuningdek yo‘lovchi, bagaj tashish norma va qoidalariga rioya qilish va yo‘lovchilarni tashish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro normalarni hisobga olgan holda yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish standartlari, qoidalari, shakllari va metodlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda, moliya organlari hamda xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda yo‘lovchi transportida yo‘l haqi tariflarini shakllantiradi;
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi transportining barcha turlari uchun (taksidan tashqari) yo‘l chiptalari, kartochkalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalariga avtobuslar va trolleybuslarda imtiyozli yurish huquqini beradigan hujjatlarning yagona shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, yo‘l kartochkalari miqdori va turlarini, shuningdek yo‘l kartochkalarini tarqatuvchi korxonalar ro‘yxatini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatdagi tarkib parkini yangilash bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini ishlab chiqishda, xizmatning normativ amortizatsiya muddatida yuqori darajada faol foydalanishni hisobga olgan holda transport vositalarining o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashi bo‘yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshirishda yo‘lovchi tashuvchilarga metodologik va konsultativ yordam ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashuvchilarning belgilangan shakllar bo‘yicha hisobotlarini yig‘ish va umumlashtirishni, ular tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini tashkil qiladi, yo‘lovchi tashuvchilarning transportdan foydalanish va moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini kelishilgan shakllar va muddatlar bo‘yicha Toshkent viloyati hokimligiga hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga tegishli hisobotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Departamentning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan kontraktlar shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarda, shuningdek xizmat ko‘rsatish huquqini yo‘qotgan bitta tashuvchidan yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatish huquqlarini tender asosida aniqlanadigan boshqa tashuvchiga berish o‘rtasidagi davrda ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarga (tendersiz) to‘liq yoxud qisman xizmat ko‘rsatish huquqini vakolatli tashuvchilarga uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga vaqtinchalik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashuvchiga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish vazifasini yuklaydigan qarorlar chiqarish va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish to‘g‘risida davlat tegishli organlariga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida yo‘lovchi transporti sohasida tashuvchilarning yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyati bajarilmaganligi uchun aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish haqida sud organlariga taqdimnomalar kiritish.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Departamentni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departamentni O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Toshkent viloyati hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi. Boshliqning ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi, ularni boshliq Toshkent viloyati hokimi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Departament boshlig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda, Departamentning boshqaruv apparati tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlar soni va ularning ta’minoti xarajatlari smetasi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Departamentning bo‘limlari va xizmatlari o‘z faoliyatini Departament boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar va lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Moddiy rag‘batlantirish shakli va tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament Toshkent viloyati hokimligi bilan kelishgan holda Departament xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlaydi, qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi va shaklini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Departamentning mulki va moliyaviy mablag‘lari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departament o‘ziga birkitilgan davlat mulkiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish va foydalanish huquqlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar Departament faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchi tashuvchilardan shahar va shahar atrofi yo‘lovchi tashish transporti infratuzilmasi obyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va ulardan foydalanganlik uchun kontraktlarda nazarda tutilgan miqdorlardagi to‘lov hisobiga tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar berilganligi uchun davlat bojining bir qismi, litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlari paketlarini sotib olish uchun yo‘lovchi tashuvchilardan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisobga olish, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departament o‘z faoliyati natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya va statistika ma’lumotlari ishonchli bo‘lishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan hajmlarda, muddatlarda va shakllar bo‘yicha taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Departament faoliyatini tekshirish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshviltransterminal” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 1-noyabrdagi 229-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-yil, 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatiga “O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi” bo‘limidan keyin quyidagi mazmundagi bo‘limlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yo‘lovchilarni avtomobil transportida shaharda tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati doirasida yo‘lovchilarni avtomobil transportida shaharlarda va shaharlar atrofida tashish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-yil, 7-son, 51-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va ularni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar litsenziyalovchi organlar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlar bo‘yicha — O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi o‘rinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar va yuklarni shaharda, shahar atrofida tashishlar bo‘yicha (Toshkent shahrida va Toshkent viloyati shaharlarida yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) — Agentlikning hududiy bo‘limlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shaharda tashish bo‘yicha — Toshkent shahar hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi o‘rinlarda “Departament” deb yuritiladi) tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati doirasida yo‘lovchilarni shaharda va shahar atrofida tashish bo‘yicha — Toshkent viloyati hokimligining Yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi o‘rinlarda “Departament” deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni shaharlararo va xalqaro tashishlarni amalga oshirishga litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Agentlikda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati Agentlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) tendyerlar natijalari bo‘yicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida, shu jumladan Toshkent shahrida va Toshkent viloyati doirasida tegishli Departament bilan shartnoma asosida yo‘lovchilarni avtomobilda muntazam tashish (yo‘nalishli taksilardan tashqari)”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 44-son, 446-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 37-son, 487-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda)