OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2500-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 16-iyuldagi 40, 67, 7, 01-02/8-16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2500, 2013-yil 12-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 11-iyun,
94-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-iyun,
53-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-iyun,
2015/19-5-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-iyun,
01-02/8-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 11-iyundagi 94, 53, 2015/19-5, 01-02/8-24-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish
1. “Turli tayyor buyumlar” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “ |
9601, 9602 00 000 (jelatin |
Turli tayyor buyumlar |
”. |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 318-modda)