Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi 50-son qaroriga muvofiq, shuningdek qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi Nizomning 24-bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mudirining oʻrinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchiga: vrachlik lavozimlarida uzluksiz ishlangan umumiy stajning birinchi uch yili uchun va har bir keyingi ikki yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori — 50 foiz”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-iyun,
156-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 313-modda)