Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2015 18.04.2012 yildagi 472-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 30-apreldagi 121-III-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Normativ-huquqiy atamalar komissiyasining nizomi toʻgʻrisida”gi 776-I-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 241-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472-II-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2012-yil 18-apreldagi 472-II-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning ular mazmuniga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini, qonun loyihalarida yuridik, texnik talablarga va adabiy til normalariga aniq rioya etilishini taʼminlash maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Palata deb yuritiladi) qarori bilan uning deputatlari orasidan rais, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolardan iborat 15 kishigacha boʻlgan tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot va tahririyat boʻlimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni inobatga olgan holda va uning faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uchun Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni (bundan buyon matnda Devon deb yuritiladi) tegishli boʻlimlarining xodimlari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini tayyorlash jarayonida davlat tili qoidalariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini tayyorlash chogʻida normativ-huquqiy atamalarni qoʻllash izchilligini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli maʼnoni anglatuvchi soʻzlarni barcha qonun loyihalarida bir xil shaklda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli tillarning qoidalari tufayli kelib chiqadigan nomuvofiqliklarni normaga ziyon yetkazilmagan holda tahrir qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarining matnlari va ularga ilova qilinadigan materiallarni Palata qoʻmitalaridan va Devon boʻlimlaridan oldindan olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy atamalarning qoʻllanilishi masalalari boʻyicha Palata qoʻmitalari va Devon boʻlimlari bilan birgalikda ishlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy atamalarning qoʻllanilishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qoʻmitalari va uning Devoni boʻlimlari bilan hamkorlik qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy atamalarning toʻgʻri qoʻllanilishi masalalari boʻyicha Palata va uning qoʻmitalari majlislarida soʻzga chiqishga, shuningdek Komissiya xulosasini taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohada qoʻllaniladigan normativ-huquqiy atamalar yuzasidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga ekspertlar va mutaxassislarni taklif etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ushbu Nizomga, Palataning va uning Devonining boshqa lokal hujjatlariga muvofiq oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, ushbu Nizomning, shuningdek Palata va uning Devonining boshqa lokal hujjatlari talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarining lingvistik ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning, ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq, turlicha izohlashni istisno etadigan tarzda yagona shaklda qoʻllanilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga taqdim etilgan qonun loyihalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishi, ular yuzasidan oʻz xulosalarini tayyorlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning qonun loyihasining matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerakligi haqidagi talabiga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarida ilmiy qoidalarning, grammatika qoidalarining, shuningdek adabiy til qoidalari va normalarining talablariga, ularning yuridik va boshqa atamashunoslik talablarini hisobga olgan holda aniq yozilishini taʼminlagan holda, rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ushbu Nizomga, Palata va uning Devonining boshqa lokal hujjatlariga muvofiq oʻzga majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Komissiya aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalari matnlarini va ularga ilova qilinadigan materiallarni oldindan toʻla hajmda olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy atamalarning qoʻllanilishi masalalari boʻyicha Palataning barcha qoʻmitalari va Devonning boʻlimlari bilan birgalikda ishlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qaroriga rozi boʻlmagani taqdirda oʻz nuqtai nazarini qonun loyihasini koʻrib chiqishning keyingi bosqichlarida bayon etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosi ushbu Nizomga, Palata va Devonning boshqa lokal hujjatlariga muvofiq oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Komissiya aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, shuningdek Palata va Devonning boshqa lokal hujjatlari talabalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishida, shu jumladan qonun loyihalarini koʻrib chiqishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan qonun loyihalari va unga ilova qilinadigan boshqa materiallarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarida ilmiy qoidalarning, grammatika qoidalarining, shuningdek adabiy til qoidalari va normalarining talablariga, ularning yuridik va boshqa atamashunoslik talablarini hisobga olgan holda aniq yozilishini taʼminlagan holda, rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan qonun loyihalari va ularga ilova qilinadigan materiallar bilan tanishib chiqishi, ular yuzasidan qonun loyihasi boʻyicha Komissiyaning xulosasi asosini tashkil etishi mumkin boʻlgan takliflar tayyorlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosi ushbu Nizomga, Palata va Devonning boshqa lokal hujjatlariga muvofiq oʻzga majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Komissiya oʻziga taqdim etilgan qonun loyihasini besh ish kuni ichida koʻrib chiqishi va Komissiya majlisini oʻtkazishi kerak. Zarur boʻlgan hollarda mazkur muddat masʼul qoʻmita bilan kelishuvga koʻra Komissiyaning ishchi organi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Komissiyaning Palata majlisiga ikkinchi oʻqishda, zaruratga qarab esa, uchinchi oʻqishda kiritilayotgan qonun loyihasining muhokamasiga bagʻishlangan majlisida masʼul qoʻmita raisi va qonun loyihasi boʻyicha maʼruzachi hozir boʻlishi shart. Komissiya majlisida masʼul qoʻmitaning boshqa aʼzolari ishtirok etishi ham maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida normativ-huquqiy atamalarning qoʻllanilishi masalalarini hal etish uchun tegishli vazirliklar va idoralarning ekspertlari va mutaxassislari, olimlar va mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Devonning Matbuot va tahririyat boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarining tarjima va tahrir qilinishini taʼminlashi, shuningdek ularning lingvistik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarining davlat tilidagi matnlarini tahririy tuzatish uchun faqat masʼul qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlangan variantini qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul qoʻmita qonun loyihasini koʻrib chiqqanidan keyingina uni Komissiyaga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qabul qilgan tuzatishlarni uch ish kuni ichida qonun loyihasiga kiritishi va tuzatilgan qonun loyihasini masʼul qoʻmitaga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Komissiya muhokamasidan oʻtgan qonun loyihasiga normativ-huquqiy atamalarga doir oʻzgarishlarni Komissiya hamda masʼul qoʻmitaning roziligisiz kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Komissiya muhokamadan oʻtgan qonun loyihalarida qoʻllanilgan normativ-huquqiy atamalar boʻyicha kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha masalalar yuzasidan Palata oldida masʼul qoʻmita bilan birga javobgar boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 4-son, 129-modda)