Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi narkotik vositalar va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarni gʻayriqonuniy tarqatish hamda terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 5-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi narkotik vositalar va ruhiyatga taʼsir etuvchi moddalarni gʻayriqonuniy tarqatishga hamda terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
945-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 345-modda)