Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2020 30.04.2015 yildagi 122-III-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 23-martdagi 185-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 30-apreldagi 122-III-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari (bundan buyon matnda qoidalar deb yuritiladi) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, umumiy qabul qilingan odob normalariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) uchun uning oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida majburiy boʻlgan xulq-atvorning maʼnaviy va axloqiy prinsiplarini, shuningdek xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalar deputatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquq va erkinliklarini cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deputat oʻz deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga, shuningdek ushbu Qoidalarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputat oʻz faoliyatida jamiyatda umumiy qabul qilingan axloq-odob prinsiplariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning, mansabdor shaxslarning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmatini yoki ishchanlik obroʻsini hurmat qilishi, shuningdek deputat nomiga dogʻ tushiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) nufuziga, umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Deputat oʻz vazifalarini vijdonan va halol bajarishi, oʻz malakasini yuqori darajada tutib turishi, oʻzining nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirib borishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Deputat oʻz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa haq toʻlanadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi deputatning asosiy kasbiy vazifalarini bajarishga zarar yetkazmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Deputat oʻz kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarning manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi, qoʻmitalar va komissiyalar majlislarida deputatlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Deputat Qonunchilik palatasining, siyosiy partiyalar fraksiyalarining (bundan buyon matnda fraksiyalar deb yuritiladi), Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining (bundan buyon matnda deputatlar guruhi deb yuritiladi), oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmitalar va komissiyalarning majlislarida ishtirok etishi shart. Majlisda ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasi Spikeriga, fraksiya, deputatlar guruhi, qoʻmita va komissiya rahbariga oldindan xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonunchilik palatasining, fraksiyaning, deputatlar guruhining, qoʻmitaning, komissiyaning majlisida deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllamasligi, shuningdek majlislarni oʻtkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi — notiqlarning soʻzini boʻlmasligi, Qonunchilik palatasi toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan tartibga xilof ravishda oʻz fikrini bayon qilishga urinmasligi, oʻtirgan joyidan baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan notiqlarning oʻz nuqtai nazarini erkin bayon etishiga boshqa toʻsiqlar vujudga keltirmasligi, turli uzrsiz sabablarga koʻra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi, kun tartibidagi mavzudan chiqib soʻzlamasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biror kishining shaʼniga qaratilgan asossiz ayblovga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzga chiqishlar, parlament faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chogʻida bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining, fraksiyalarning, deputatlar guruhining, qoʻmitalarning va komissiyalarning majlislarida deputat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni ham sodir etmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Deputat ushbu Qoidalarning 9-bandida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, majlisda raislik qiluvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi toʻgʻrisida deputatni ogohlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatni soʻzlash huquqidan mahrum qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tegishli deputatning xatti-harakatiga baho berishni soʻrashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Deputat ovoz berish kartochkasining lozim darajada saqlanishi va foydalanilishini taʼminlashi shart. Ovoz berishni boshqa deputat yoki oʻzga shaxs zimmasiga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Boshqa deputatlar va saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda deputatlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deputatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar siyosiy mansubligi, ijtimoiy maqomidan qatʼi nazar teng huquqlilik, bir-birini oʻzaro hurmat qilish asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Deputatlar tanqidga sabr-toqat bilan yondashishi, oʻziga nisbatan bildirilgan tanqidiy fikrlarga qoʻpollik bilan munosabat bildirishga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Deputatlar oʻz ishini masalalarni erkin jamoaviy muhokama qilish, fikrlar xilma-xilligini hurmat qilish prinsiplari asosida olib borishi, nizolarga yoʻl qoʻymasligi, kelishmovchiliklarni bahslar va ochiq fikrlar almashish orqali bartaraf etish yoʻllarini birgalikda izlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Deputat oʻz okrugidagi saylovchilar bilan doimiy aloqada boʻlib turadi. Deputatning saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlari oʻzaro hurmat qilish, saylovchilar tomonidan koʻtariladigan muammolar va masalalarga deputatning eʼtibor bilan munosabatda boʻlishiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Deputat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz saylovchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilardan tushgan takliflar, arizalar, shikoyatlarni koʻrib chiqadi, ularda koʻrsatilgan masalalarning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishiga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Deputat saylovchilar bilan ishlashga vijdonan va halol yondashishi shart. Deputatning xulq-atvori saylovchilarning parlament vakillariga va umuman davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga yordam berishi kerak. Saylovchilar bilan shaxsan muloqot qilganda deputat kasbiy layoqatlilik, halollik va adolatlilik timsoli boʻlishga harakat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Deputat oʻz ishi haqida saylovchilarni belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda xabardor qiladi. Deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan axborot toʻliq, toʻgʻri va xolisona boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ommaviy chiqishlar chogʻidagi deputatlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Deputat ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferensiyalarida, boshqa jamoat tadbirlaridagi chiqishlarida, omma oldidagi bayonotlarida davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning va fuqarolarning faoliyatini sharhlaganda oʻz nutqida ularning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllashga, asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻyishga, bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanishga, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar deputatning omma oldidagi bayonotlarida fuqarolarning shaʼni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan fikrlar mavjud boʻlsa, deputat oʻz fikrlarining yanglishligi yoki notoʻgʻriligini oshkora tan olishi hamda shaʼni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obroʻsiga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan boʻlsa, kechirim soʻrashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Deputat boshqa deputatlarning kasbiy va shaxsiy jihatlarini oshkora shubha ostiga qoʻymasligi, tanqid qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Deputat oʻziga rasman vakolat berilgan hollardagina Qonunchilik palatasi nomidan soʻzlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Deputat rasmiy delegatsiyalar tarkibida chet davlatlarda boʻlgan paytida xizmat safarining maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarishga, Qonunchilik palatasining nufuzi va umuman davlat manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashishi, oʻzi borgan mamlakatning qonun hujjatlariga hamda rasmiy va norasmiy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida umumiy qabul qilingan odob normalariga rioya etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Deputatning maqomidan gʻayriqonuniy ravishda foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Deputatning oʻz maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Deputat oʻz maqomidan oʻzi uchun, shuningdek oʻzining qarindoshlari va oʻziga yaqin boshqa shaxslar uchun manfaat, xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa naf olish maqsadida, shaxsiy masalalar boʻyicha turli davlat organlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat qilishda foydalanmasligi, kasbga oid faoliyatni bajarganligiga bogʻliq haq olmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Deputat deputatlik blankalaridan faqat deputatlik vakolatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rasmiy soʻrovlar va boshqa hujjatlar uchun foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan deputat tomonidan olingan maʼlumotlarning oshkor etilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Deputat deputatlik vakolatlarini amalga oshirishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni, agar ushbu maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi, fraksiya, deputatlar guruhi, qoʻmita va komissiyaning yopiq majlislarida koʻrib chiqilgan masalalarga taalluqli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga taalluqli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning daxlsizligini cheklashga yoki deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilganligi bilan bogʻliq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchining yoki boshqa shaxsning shaxsiy hayotiga oid siri boʻlsa va deputatga ularni oshkor etmaslik sharti bilan ishonib maʼlum qilingan boʻlsa, oshkor etmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Deputat davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga taqdim etilgan rasmiy xizmatga oid maʼlumotdan shaxsiy naf koʻrish uchun foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xizmatdan tashqari vaqtdagi deputatlik odobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan, oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va kasbiy obroʻsiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining nufuziga va umuman davlat manfaatlariga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy oʻzaro munosabatlarda deputat oʻzini kamtar, halol, xushmuomala tutishi va hech kimga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kundalik turmushda odob normalariga rioya etish ushbu Qoidalarning ajralmas qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat kiyinishi uslubining sipoligi va kamtaronaligi bilan ajralib turishiga harakat qilishi shart. Deputat ayniqsa deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chogʻida ortiqcha gʻashga tegadigan kiyim-bosh kiymasligi, bezaklar va boshqa aksessuarlar taqmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala Komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi yoki Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ushbu Qoidalarni buzgan deputatga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatga ushbu Qoidalarni buzishga yoʻl qoʻyilmasligini koʻrsatib oʻtgan holda ogohlantirish berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatdan Komissiyaning yoki Qonunchilik palatasining majlisida uzr soʻrashni talab etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya deputat tomonidan ushbu Qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi faktini Qonunchilik palatasi majlisida oʻqib eshittirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda deputatning vakolatlari Qonunchilik palatasining qarori bilan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday masalani koʻrib chiqish uchun deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan xulq-atvor asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Deputat tomonidan umumiy qabul qilingan odob normalarini, deputatlik odobini qoʻpol tarzda buzadigan, deputatning yuksak nomiga dogʻ tushiradigan va davlat hokimiyati vakillik organlarining obroʻsiga putur yetkazadigan xatti-harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etilgan taqdirda, u qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 4-son, 150-modda)