Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-son Farmonini bajarish va import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish, import boj poshlinalarini unifikatsiya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning Uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslangan, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan 2002-yil 1-yanvardan boshlab Uygʻunlashtirilgan tizimga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar (2002-yilda yaratilgan) bilan, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Import boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin va ular 2002-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Import boj poshlinalari stavkalari jismoniy shaxslar tomonidan tijorat faoliyati uchun olib kelinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-son qarori bilan kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 14-son, 111-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
2002-yil 1-iyulgacha “vaqtinchalik saqlash” bojxona rejimi ostidagi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalar qoʻllanadi;
“vaqtinchalik saqlash” rejimidan erkin Muomalaga chiqariladigan barcha tovarlarga 2002-yil 1-avgustdan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan import boj poshlinalari stavkalari qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
5. Belgilansinki, budjet tashkilotlari tomonidan yoki ularning buyurtmanomalariga binoan oʻz ehtiyojlari uchun budjet mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan tovarlardan import boj poshlinalari undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-may,
189-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning VI boʻlimidan 3-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarorining 1-bandiga quyidagi mazmundagi xat boshilar qoʻshilsin:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bojxona yigʻimlari milliy valyuta — “soʻm”da, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida — erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida yigʻimlar undirishdan valyuta tushumlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
— tushumlar umumiy summasining 15 foizi, lekin Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badalini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangandan kam boʻlmagan summa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladi;
— qolgan summasi — birjadan tashqari valyuta bozorida, talab va taklifga koʻra vujudga keladigan erkin kurs boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda) 1 va 2-bandlari, shuningdek 1-ilovasi 2002-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 84-modda; 14-son, 111-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2004-y., 1-2-son, 12-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda, 19-son, 161-modda; 2012-y., 48-49-son, 536-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)