07.03.2000 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 6-oktabrdagi PF-1869-son Farmonini bajarish, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashining Oʻzbekiston Respublikasiga “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankining oʻzgaruvchi foiz stavkasi boʻyicha, shuningdek majburiyatlar uchun vositachilik haqi sifatida 0,75 yillik foiz bilan, imtiyozli besh yillik davrni qoʻshgan holda 25 yil muddatga umumiy summasi 57 mln AQSH dollari miqdorida kredit berishni maʼqullaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlaridan 45 kasb-hunar kolleji va litseyni jihozlashda hamda yangi darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar nashr etishda, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi sohasidagi oʻqituvchilar malakasini oshirishda foydalanilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki krediti Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit bitimi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditni qaytarish, vositachilik haqi toʻlash va kredit boʻyicha foizlar bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan kreditlardan toʻliq, maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Yaponiya Hukumati, Koreya Respublikasi Hukumati, Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish va ularni texnika bilan jihozlash, ular uchun oʻquv-taʼlim materiallari yaratish va nashr etish uchun imtiyozli uzoq muddatli kreditlar berish boʻyicha imzolangan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun berilayotgan kredit resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin. Ajratilgan kreditlarning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida Hukumatga muntazam ravishda, har yarim yilda kamida bir marta axborot berib tursin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, oʻquv qoʻllanmalari sotib olish va konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻyicha kontraktlar tuzilgunga qadar kontraktga kiritiladigan takliflarni puxta ekspertiza qilish maqsadida ularning har biri boʻyicha mutaxassislar, moliya va bank xodimlaridan iborat tarkibda maxsus ekspert guruhlar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalar sotib olish va konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻyicha tender komissiyalari tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreditni qaytarish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri kredit ajratilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit ajratilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi bitim yuzasidan yuridik xulosani bir oy muddatda Osiyo taraqqiyot bankiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit mablagʻlaridan foydalanishga doir zarur hujjatlarni va iqtisodiy jihatdan asoslashlarni Maxsus komissiyaga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender yakunlariga koʻra va maxsus ekspert guruhlari ijobiy xulosa bergan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida amalga oshiriladigan asbob-uskunalar sotib olish va konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻyicha kontraktlarni belgilangan tartibda tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Hukumati va Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan kreditlar mablagʻlari hisobiga yetkazib berilayotgan asbob-uskunalar, oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar va oʻqitishning texnik vositalari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin, bojxona yigʻimlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 7-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-son