Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFATINI BERISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga asosan, aʼlo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, Fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan ilovaga* muvofiq iqtidorli qizlarga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti berilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-Mart xotin-qizlar bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 6-marta,
80-son