28.04.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarmoyalar qoʻyishni amalga oshirish va oʻzaro himoya qilishga koʻmaklashish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki davlat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir davlat fuqarolari yoki shirkatlarining boshqa davlat hududida sarmoyalarini qoʻyishi uchun imkoniyatlarni yaratishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu sarmoyalarning qoʻyilishi va shartnoma asosida himoya qilinishi xususiy iqtisodiy tashabbusning jonlanishiga, hamkorlikning chuqurlashishiga va har ikki mamlakat xalqi farovonligini yanada oshirishga yordam berishini anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlari yoʻlida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qoʻyilgan sarmoyalar” atamasi barcha mulkiy boyliklarni, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻchar va koʻchmas ashyolar shaklidagi mulkni hamda ipotek, garov, huquqi kabi shakldagi mulkiy huquqlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shirkatlarda hissabay va boshqa turda ishtirok etish huquqini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan iqtisodiy boyliklarni yaratishda foydalanilgan pul mablagʻlari yoxud iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan xizmatlar boʻyicha talab etish huquqini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mualliflik huquqlari, patentlar, foydali modellar, sanoat namunalari va modellar, tovar belgilari, firma nomlari, ishlab chiqarish va tijorat sirlari, texnologiya, “nou-xau” va “gudvill” kabi aqliy mulkka boʻlgan huquqlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ijtimoiy-huquqiy konsessiyalar, shu jumladan, tabiiy boyliklarni qidirish va qazib olishga boʻlgan konsessiyalarni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkiy boyliklar qoʻyilish shaklining oʻzgarishi ularning qoʻyilgan sarmoya sifatidagi xususiyatiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Daromad” atamasi qoʻyilgan sarmoyadan muayyan davr ichida olinadigan foyda hissasi, dividend, foizlar, litsenziya yoki boshqa yoʻsindagi mukofotlar kabi summalarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Fuqaro” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblangan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Germaniya Federativ Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuniga muvofiq nemislarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Jamiyat” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunlarga muvofiq tuzilib, sarmoyalar qoʻyishga qonuniy huquqli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan har qanday yuridik shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Germaniya Federativ Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs huquqiga ega yoki boʻlmagan, Germaniya Federativ Respublikasi hududida joylashgan, oʻz faoliyatini foyda olishga yoki olmaslikka yoʻnaltirganligiga qaramasdan, har qanday yuridik shaxs yoki savdo jamiyati, boshqa shirkatlar yoxud uyushmalarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Erkin oʻtkazish” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) milliy valyutada olinadigan summalarni erkin muomaladagi valyutaga oʻtkazib, keyin chet elga yuborishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investorning bank hisoblarida mavjud erkin muomaladagi summalarini chet elga yuborishni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikni belgilashning boshqa tartib-qoidalarini cheklashsiz, xususan tegishli Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi bergan milliy pasportga ega boʻlgan har qanday shaxs Ahdlashuvchi Tomonlardan biri fuqarosi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri imkoni boricha boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki jamiyatlarining sarmoyalarini qoʻyishiga koʻmaklashadi va oʻz qonunlariga muvofiq bu sarmoyalarga yoʻl ochib beradi. Har bir alohida holatda u qoʻyilgan sarmoyalarga toʻliq odilona munosabatda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning biron-biri oʻz hududida oʻzboshimcha yoki kamsituvchi choralarni qoʻllab, boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki jamiyatlarining qoʻygan sarmoyalarini boshqarish, tasarruf etish va ishlatish hamda ulardan foydalanishlarini sira cheklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining huquqiy tartibot sohasidagi qonunlariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari yoki jamiyatlari qoʻygan sarmoyalar ushbu Shartnoma asosida toʻliq himoya qilinadi. Qoʻyilgan sarmoyalardan olingan daromadlar hamda ular qayta qoʻyilgandan keyin olinadigan daromadlar qoʻyilgan sarmoya kabi teng himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Shartnoma mustasno iqtisodiy tegra hududida hamda kontinental shelfda ham xalqaro huquq tegishli Ahdlashuvchi Tomonga oʻz suveren huquqlari va vakolatlarini bajarishga imkon beradigan darajada amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki jamiyatlarining mulki yoki ularning taʼsiri ostida boʻlgan qoʻyilgan sarmoyalarga nisbatan oʻz fuqarolari yoki jamiyatlari yoxud uchinchi davlat fuqarolari yoki jamiyatlari qoʻygan sarmoyalarga qaraganda qulaylik jihatdan kam boʻlmagan tartibotni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki jamiyatlariga nisbatan ularning sarmoyalar qoʻyish bilan bogʻliq faoliyatlarida oʻz fuqarolari yoki jamiyatlari yoxud uchinchi davlat fuqarolari yoki jamiyatlariga qaraganda qulaylik jihatdan kam boʻlmagan tartibotni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bu tartibot bojxonaviy yoki iqtisodiy ittifoqlarda, umumiy bozorda yoki erkin savdoda ishtirok etish yoki ular bilan birlashish munosabati bilan uchinchi davlat fuqarolari yoki jamiyatlariga Ahdlashuvchi Tomonlardan biri beradigan imtiyozlar yoki yengilliklarga nisbatan joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaga muvofiq taʼminlanadigan tartibot bir Ahdlashuvchi Tomon ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bitim yoki soliq masalalari xususidagi boshqa ahdlashuvlarga binoan uchinchi davlat fuqarolari yoki jamiyatlariga beradigan imtiyozlarga nisbatan joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 2-qismida qayd etilgan “faoliyat” maʼnosiga, xususan lekin nafaqat, qoʻyilgan sarmoyalarni boshqarish va tasarruf etish, ishlatish hamda ulardan foydalanish maʼnosida qarash lozim. Ushbu moddada nazarda tutilgan “qulaylik jihatdan kam” tartiboti maʼnosiga, xususan xomashyo va yordamchi materiallarga, energiya va yoqilgʻiga hamda ishlab chiqarish va oborot vositalarining barcha turlariga ega boʻlishni cheklash, mahsulotni mamlakat ichida va xorijda sotishga toʻsqinlik qilish hamda oqibati mohiyatan shunga oʻxshash choralarning amalga oshirilishi maʼnosida qaralishi lozim. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini, xalqning salomatligini yoki axloqni muhofaza qilish maqsadida koʻriladigan choralar ushbu modda maʼnosidagi “qulaylik jihatdan kam” tartiboti sifatida hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu modda qoidalari Ahdlashuvchi Tomonning zimmasiga soliq toʻgʻrisidagi qonunlarga binoan oʻz hududida yashash joyiga ega boʻlgan yoki joylashgan jismoniy shaxs yoki jamiyatlargagina beriladigan soliq boʻyicha imtiyozlar, ozod etish va kamaytirishlarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida yashash joyiga ega boʻlgan yoki joylashgan jismoniy shaxslar yoki jamiyatlarga nisbatan joriy etish majburiyatini yuklamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz milliy qonunlari doirasida sarmoya qoʻyish munosabati bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelish niyatida boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlardan biri shaxslarining kelishi va istiqomat etishiga oid talabnomalarni xayrixohlik bilan koʻrib chiqadilar; mazkur qoida sarmoya qoʻyish munosabati bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelib, u yerda mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida turish niyatida boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonlardan birining mehnatkashlariga ham tatbiq etiladi. Ishlash uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi talabnomalar ham xayrixohlik bilan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri fuqarosi yoki jamiyatining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qoʻygan sarmoyalarining xavfsizligi toʻliq himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri fuqarolarining yoki jamiyatlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qoʻygan sarmoyalari majburan olib qoʻyish, milliylashtirish yoki mohiyatan shunday oqibatlarga ega choralarga faqat jamoat manfaatlarini koʻzlab va tovon toʻlash orqaligina duchor etiladi. Tovon miqdori haqiqatdan amalga oshirilgan yoki amalga oshiriladigan majburiy olib qoʻyish, milliylashtirish yoki mohiyatan shu kabi oqibatlarga ega boʻlgan choralar toʻgʻrisida bevosita rasman maʼlum boʻlib qolgan paytga qadar belgilangan olib qoʻyilgan sarmoyalarning qiymatiga munosib boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovon zudlik bilan toʻlanishi lozim va u toʻlagunga qadar tovon summasiga bank foizlari amaldagi foiz meʼyoriga muvofiq qoʻshib hisoblanadi; tovon amaliy jihatdan foydalaniladigan va erkin oʻtkaziladigan boʻlishi lozim. Majburan olib qoʻyish, milliylashtirish yoki mohiyatan shunga oʻxshash choralar amalga oshirilgan paytdan kechikmay, tovonning miqdori va toʻlash tartibi belgilanishi yuzasidan zarur profilaktik choralar koʻrilishi kerak. Majburan olib qoʻyish, milliylashtirish yoki mohiyatan shunga oʻxshash choralarning qonuniyligi hamda tovon miqdori sud tartibida koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri fuqarolari yoki jamiyatlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida qoʻygan sarmoyalariga urush yoki boshqa qurolli toʻqnashuvlar, inqilob, favqulodda holat yoki gʻalayon natijasida ziyon yetkazilsa, zararni qoplash, voz kechish uchun talab qilinadigan summalar, tovon yoki boshqa mukofotlarga nisbatan bu Ahdlashuvchi Tomon oʻz fuqarolari yoki jamiyatlarini taʼminlaydigan tartibotdan qulaylik jihatdan kam boʻlmagan tartibotni joriy qiladi. Bu summalar erkin oʻtkaziladigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, davlat sarmoya qoʻyilgan korxonaga oʻz tadbirlari bilan aralashib unga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazsa, u holda ham tovon talab qilish huquqi yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarolari yoki jamiyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ushbu moddada tartibga solinadigan masalalarga nisbatan mumkin qadar qulaylik yaratish prinsipidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki jamiyatlariga qoʻygan sarmoyalariga bogʻliq toʻlovlarni, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻyilgan sarmoyalarni saqlash yoki hajmini koʻpaytirish uchun sarmoya va qoʻshimcha summalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) daromadni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) zayomlarning qiymatini qaytarishda toʻlanadigan summalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qoʻyilgan sarmoyalarni toʻliq yoki qisman tugatish yoki sotish munosabati bilan vujudga keladigan tushumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu Shartnomaning 4-moddasida koʻzda tutilgan tovonlarni erkin oʻtkazishni taʼmin etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi qoʻyilgan sarmoyalarning kafolati asosida oʻz fuqarolari yoki jamiyatlariga summalar toʻlashni amalga oshirsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu Shartnomaning 10-moddasidan kelib chiqadigan birinchi Ahdlashuvchi Tomon huquqlarini cheklamasdan, bu fuqaro yoki jamiyatlarning barcha huquq yoki talablarini qonun yoki shartnomaga koʻra birinchi Ahdlashuvchi Tomonga oʻtkazilishini tan oladi. Undan tashqari boshqa Ahdlashuvchi Tomon birinchi Ahdlashuvchi Tomonning oldingi huquq egasi muqaddam amalga oshirgan hajmdagi barcha huquq va talablarga (talab etish huquqlariga) ega boʻlganini tan oladi. Oʻtkazilgan talab etish huquqlariga binoan amalga oshiriladigan toʻlovlarni oʻtkazishga nisbatan tegishli ravishda ushbu Shartnomaning 4-moddasi 2 va 3-qismi hamda 5-moddasi tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 4-moddaning 2 yoki 3-qismi hamda 5 yoki 6-moddada koʻrsatilgan toʻlovlar oʻsha vaqtda amalda boʻlgan kurs boʻyicha zudlik bilan oʻtkaziladi. Normal sharoitlarda oʻtkazishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarga rioya qilish uchun talab etiladigan muddat ichida oʻtkazish “zudlik bilan” bajarilgan deb hisoblanadi. Muddat boshlanishi tegishli taqdimnoma berilgan paytdan boshlab hisoblanadi va aslo ikki oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-qismida zikr etilgan kurs Xalqaro valyuta fondi toʻlovlar amalga oshirilgan chogʻda tegishli valyutalarni aylantirishning maxsus huquqlariga qayta hisoblashda asos sifatida olishi mumkin boʻlgan hisob-kitob kurslaridan kelib chiqadigan birlashtirilgan kurs (cross rate)ga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarmoyalarni qoʻyish munosabati bilan yuk va odamlarni tashishda Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning naqliyot korxonalariga naqliyot operatsiyalarining bajarishlarini taqiqlamaydi yoki ularga toʻsqinlik qilmaydi va zaruratga qarab bu tashishlarni bajarish uchun ruxsatnomalar beradi. Bularga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Shartnoma maʼnosida bevosita qoʻyilgan sarmoya uchun moʻljallangan yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining yoki uchinchi davlat hududida mazkur Shartnomada koʻrsatib oʻtilgan mulkiy boyliklar qoʻyilgan korxonaning mablagʻlari hisobiga yoki uning topshirigʻiga binoan sotib olingan yuklarni tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻyilgan sarmoya munosabati bilan safarda boʻlgan shaxslar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunlaridan yoki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ushbu Shartnoma bilan bir qatorda mavjud boʻlgan yoki kelajakda tuziladigan xalqaro huquqiy bitimlardan boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarolari yoki jamiyatlarining qoʻygan sarmoyalari ushbu Shartnomaga qaraganda qulayroq tartibdan foydalanish haqida umumiy yoki maxsus qoida kelib chiqsa, bunday qoida mazkur Shartnoma qoidalariga nisbatan qulayroq boʻlgan qismida ustuvorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududidagi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarolari yoki jamiyatlari qoʻygan sarmoyalarga nisbatan oʻz zimmasiga olgan har qanday boshqa majburiyatlarga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi Tomonlardan biri fuqarolari yoki jamiyatlari ushbu Shartnoma kuchga kirgunga qadar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning qonunlariga muvofiq qoʻyilgan sarmoyalarga nisbatan ham amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomani sharhlash va qoʻllash xususida har ikki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni imkoni boricha Tomonlarning hukumatlari hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar nizoni shu tariqa hal etish imkoni boʻlmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga muvofiq u hakamlik sudi muhokamasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hakamlik sudi har bir alohida holat uchun tuziladi, har bir Ahdlashuvchi Tomon bunda hakamlik sudining bir aʼzosini tayinlaydi, hakamlik sudining ikki aʼzosi birgalikda Ahdlashuvchi Tomonlarning hukumatlari hakamlik sudi raisi sifatida tayinlaydigan uchinchi davlat fuqarosining nomzodi xususida kelishib oladilar. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga nizoni hakamlik sudi muhokamasiga berishi toʻgʻrisida niyati bildirgan paytdan boshlab ikki oy ichida hakamlik sudi aʼzolari, uch oy ichida esa hakamlik sudi raisi tayinlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, ushbu moddaning 3-qismida koʻrsatilgan muddatlarga rioya etilmasa, boshqacha kelishuv boʻlmagan taqdirda, har bir Ahdlashuvchi Tomon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro sudi raisiga zarur tayinlashlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat etishi mumkin. Agar rais Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki boshqa sabab tayinlashlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilsa, tayinlashlar uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi. Agar raisning oʻrinbosari ham Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki u ish koʻrish imkoniyatidan mahrum boʻlsa, u holda tayinlashlarni Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-birining fuqarosi boʻlmagan Xalqaro sudning lavozim jihatdan keyin turadigan aʼzosi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hakamlik sudi oʻz qarorini koʻpchilik ovoz bilan chiqaradi. Ushbu qaror majburiy kuchga ega boʻladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻzi tayinlagan hakamlik sudi aʼzosi faoliyati hamda arbitraj jarayonidagi oʻz vakilligi bilan bogʻliq xarajatlarni koʻtaradi; hakamlik sudi raisi faoliyati bilan bogʻliq; shuningdek boshqa xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng hissalarda koʻtaradilar. Hakamlik sudi xarajatlarni koʻtarish xususida boshqacha tarzda tartibga solish haqida kelishib olishi mumkin. Boshqa barcha masalalar boʻyicha ishni koʻrish tartibini hakamlik sudi mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlarning har ikkisi davlatlar bilan boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasida sarmoyalarga oid nizolarni tartibga solish toʻgʻrisida 1965-yil 18-mart Konvensiyasini (hujjatning matni faqat rus tilida berilgan) imzolagan davlatlar boʻlishsa, Mazkur Konvensiyaning 27-moddasi 1-bandi qoidalari eʼtiborga olinib, basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi yoki jamiyati bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida Konvensiyaning 25-moddasi asosida kelishib olingan boʻlsa, ushbu moddada qayd etilgan hakamlik sudiga murojaat etish mumkin emas. Bu bilan Mazkur Konvensiya (27-modda)ga muvofiq amal qilayotgan hakamlik sudi qaroriga rioya etilmaganda yoki ushbu Shartnomaning 6-moddasiga koʻra qonun yoxud shartnoma asosida huquqlar oʻtkazilganda, mazkur moddada koʻrsatilgan hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyatiga daxl qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri va boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki jamiyati oʻrtasida qoʻyilgan sarmoyalar xususida nizolarni tomonlar imkoniyati boricha doʻstona yoʻllar bilan hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, nizoni unda ishtirok etayotgan tomonlardan biri bu toʻgʻrida bildirgan paytdan boshlab olti oy ichida hal etish imkoniyati boʻlmasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki jamiyatining talabiga koʻra nizo hakamlik sudi muhokamasiga topshiriladi. Agar nizolashuvchi tomonlar boshqacha tartib toʻgʻrisida kelisha olmasalar, hakamlik sudi aʼzolarini tayinlashni nizolashuvchi tomonlar ushbu Shartnomaning 11-moddasi 3-qismiga muvofiq amalga oshirishlari hamda shu moddaning 3-qismida koʻrsatilgan muddatlarga rioya etilmaganda va boshqacha kelishuv mavjud boʻlmagan taqdirda, har bir Ahdlashuvchi Tomon Parijdagi Xalqaro savdo palatasi arbitraj sudi raisidan zarur tayinlashlarni amalga oshirishni soʻray olishi uchun ushbu Shartnomaning 11-moddasi 3— 5-qismlari tegishlicha tatbiq etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hakamlik sudi muhokamasi yoki uning qarorini ijro etish jarayonida nizoda ishtirok etayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi yoki jamiyati koʻrgan zarar uchun sugʻurta asosida qisman yoki toʻliq tovon olganligini dalil sifatida keltirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Basharti, har ikki Ahdlashuvchi Tomon davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasida sarmoyalarga oid nizolarni tartibga solish toʻgʻrisida 1965-yil 18-mart Konvensiyasini (hujjatning matni faqat rus tilida berilgan) ham imzolagan davlatlar boʻlishsa, tomonlar oʻrtasidagi ushbu moddada zikr etilgan nizolar yuqorida qayd etilgan Konvensiyaga muvofiq hakamlik sudida koʻrib chiqiladi, nizolashuvchi tomonlarning boshqacha tartib-qoida toʻgʻrisida kelishib olishlari bundan mustasnodir; ushbu bilan har bir Ahdlashuvchi Tomon bunday tartibga oʻz roziligini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma har ikki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida diplomatik yoki konsullik munosabatlari mavjud yoki mavjud emasligiga qaramay amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim; ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish mumkin qadar qisqa muddat ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Shartnoma ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan paytdan boshlab bir oy oʻtgach kuchga kiradi. U oʻn yil davomida amal qiladi. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biron-biri mazkur Shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oʻn ikki oy qolganda uni denonsatsiya qilish toʻgʻrisida yozma tarzda bildirmasa, mazkur Shartnoma nomuayyan muddatga uzayadi. Oʻn yil oʻtgandan soʻng oʻn ikki oy ichida denonsatsiya qilish muddatiga rioya qilinib, ushbu Shartnomaning amal qilishini har qanday vaqtda toʻxtatish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Shartnomaning amal qilishi toʻxtatilishiga qadar qoʻyilgan sarmoyalarga nisbatan 1—13-moddalarning qoidalari Shartnomaning amal qilishi toʻxtatilgandan soʻng keyingi yigirma yil davomida kuchda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bonn shahrida 1993-yil 28-aprel kuni har biri oʻzbek, nemis va rus tillarida tayyorlandi. Barcha matnlar kuchga ega. Oʻzbek va nemis tillaridagi matnlarni sharhlashda tafovut tugʻilganda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)