Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida 2000-yil 7-iyulda imzolangan Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida 2000-yil 7-iyulda imzolangan Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 15-moddasiga muvofiq,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Mazkur Bayonnomaning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan hujjatlar Tomonlar davlatlarining hududlariga kirish, chiqish, tranzit oʻtish, vaqtincha turish huquqini beruvchi haqiqiy hujjatlar qatoriga kiradi.
Mazkur Bayonnomaning 1 va 2-ilovalari Bitimning 1 va 2-ilovalari oʻrniga ishlatiladi.
2-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 17-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi. Mazkur Bayonnoma Bitim bilan bir vaqtda amal qilishdan toʻxtaydi.
Ostana shahrida 2012-yil 7-sentabr kuni har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda ixtiloflar kelib chiqsa, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida 2000-yil 7-iyulda imzolangan Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Qozogʻiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi, tranzit oʻtishi, vaqtincha turishi uchun lozim hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti (biometrik turdagi).
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti (biometrik boʻlmagan turdagi — 2015-yil 31-dekabrgacha).
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (biometrik turdagi).
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (biometrik boʻlmagan turdagi — 2015-yil 31-dekabrgacha).
5. 16 yoshga yetmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining guvohnomasi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish hujjati — 2015-yil 31-dekabrgacha).
6. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun sertifikat (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun).
7. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida).
8. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida 2000-yil 7-iyulda imzolangan Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Bayonnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qozogʻiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi, tranzit oʻtishi, vaqtincha turishi uchun lozim hujjatlar
ROʻYXATI
1. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti.
2. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining xizmat pasporti.
3. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining pasporti.
4. Qozogʻiston Respublikasi fuqarosining elektron maʼlumot saqlanadigan pasporti.
5. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida).
6. Qozogʻiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqat Qozogʻiston Respublikasiga qaytish uchun).
7. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsiy guvohnomasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2015-y., 1-son)