1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi normalarini amalga oshirish, shuningdek respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan hamda davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini (keyingi oʻrinlarda vaqtincha boʻsh mablagʻlar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish tartibini va ularni joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Markaziy bankiga va Moliya vazirligi tomonidan vaqtincha boʻsh mablagʻlar ularning depozitlariga joylashtiriladigan tijorat banklariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni aniqlash va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish uchun vaqtincha boʻsh mablagʻlarning cheklangan miqdori moliya yili boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻining qabul qilingan yuridik majburiyatlar chiqarib tashlangan holda joriy moliya yilida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti uchun tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻi miqdoridan oshgan summasi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirishda tijorat banklariga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining ustav kapitalida kamida 25 foiz miqdorida davlat ulushi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining mablagʻlari hisobiga ilgari joylashtirilgan bank depozitlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikning yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan yoki tijorat banklaridan tijorat banklarining moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Depozitlarida vaqtincha boʻsh mablagʻlar joylashtirilishi mumkin boʻlgan tijorat banklarini aniqlash boʻyicha tanlovda tanlab olish Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan talablarga javob beruvchi tijorat banklariga tanlab olishda qatnashish uchun taklifnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozit summasiga daromadning eng yuqori foizini va tanlov shartlarida koʻrsatilgan muddatlarni taklif etgan tijorat banki tanlovning gʻolibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlov qatnashchilari tomonidan bir xildagi foiz stavkalari va shartlar taklif etilgan taqdirda ustav kapitalida davlat ulushi eng koʻp boʻlgan tijorat banki tanlov qatnashchilari orasida gʻolib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaqtincha boʻsh mablagʻlar tijorat banklarining depozitlariga Moliya vazirligi bilan tegishli tijorat banki oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) asosida bir moliya yili mobaynida toʻqqiz oygacha muddatga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banki tomonidan shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda Shartnomaning amal qilish muddati uzaytirilishi, biroq joriy moliya yili tamom boʻlishidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar har oyda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tijorat banklariga joylashtirilgan mablagʻlarni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlarini qaytarish va ular boʻyicha foizlar toʻlash qatʼiy ravishda Shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda, Moliya vazirligi tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarni muddatidan oldin qaytarishni talab qilishi mumkin. Muddatidan oldin qaytarish shartlari Shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlar, shu jumladan foizlar shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining istalgan hisob raqamlariga inkassa topshiriqlari qoʻyish yoʻli bilan ulardan qarzdorlikni soʻzsiz tartibda undiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Penyadan tushgan summa Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirish va ularni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va taqsimlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) davlat maqsadli jamgʻarmasi hisoblanadi, yuridik shaxs maqomisiz respublika va hududiy darajalarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek ular boʻyicha hisobotlarni tuzish va taqdim etish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalarini (shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xoʻjaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilgari berilgan kreditlar va qarzlar boʻyicha qarz oluvchilar tomonidan olingan kreditlar (qarzlar)ning asosiy summasi va ular boʻyicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari, berilgan kreditlar va qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi boʻyicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) huzuridagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUK subhisob raqamidan qaytarilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlari boʻyicha tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar yoki tanlovlar (tendyerlar) gʻoliblaridan ushlab qolingan zakalat summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini baholashda baholovchi tashkilotlar yoʻl qoʻygan qonun buzilishlari Davlat raqobat qoʻmitasi va boshqa vakolatli organlar tomonidan aniqlangan taqdirda ilgari sotilgan davlat aktivlari qiymatiga qoʻshimcha toʻlov summalari, shuningdek davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlash (ushbu Nizomning 4, 5 va 6-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablagʻlardan tashqari) Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha milliy valyutada quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, bozor infratuzilmasi institutlarini shakllantirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 foizi — mablagʻlarni maqsadli ravishda faqat bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish uchun Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2,5 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari hisob raqamlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandga muvofiq mablagʻlarni taqsimlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini sotishdan tushgan (shu jumladan penyalar va jarimalar, shuningdek bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksionlar yoki tanlovlar (tendyerlar) gʻoliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari), ushbu bandga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli budjetga davlat aktivi joylashgan joy boʻyicha yoʻnaltiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan davlat aktivlari sotilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ilgari berilgan kreditlar va qarzlar boʻyicha qarz oluvchilar tomonidan olingan kreditlar (qarzlar)ning asosiy summasi va ular boʻyicha hisoblangan foizlar (shu jumladan penyalar va jarimalar) tarzida qaytarilgan, ushbu bandga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli budjetga qarz oluvchilar roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha yoʻnaltiriladi. Qarz oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi boʻyicha tushgan, ushbu bandga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli budjetga tugatilayotgan xoʻjalik jamiyati joylashgan joy boʻyicha yoʻnaltiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xoʻjalik jamiyatlari tugatilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan, Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” DUK subhisob raqamidan qaytarilgan, shuningdek Jamgʻarmaning umumiy mablagʻlari hisobidan ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar qaytarilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari sotilgan davlat aktivlari qiymatiga qoʻshimcha toʻlov tarzida, davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari tarzida, shuningdek sud qarorlariga asosan davlat aktivlari boʻyicha yetkazilgan zarar va boy berilgan foyda tarzida tushgan, ushbu bandga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar tegishli budjetga davlat aktivi joylashgan joy boʻyicha yoʻnaltiriladi. Davlat aktivi Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim boʻlgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning yettinchi — oʻn birinchi xatboshilarida koʻzda tutilmagan boshqa manbalar boʻyicha tushgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti olishi lozim mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarmaga xorijiy valyutada tushadigan mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi, keyinchalik ular toʻliq hajmda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy tartibda sotiladi. Milliy valyutadagi tushumlarni taqsimlash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xususiylashtirishdan valyutada tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar, sotib olish toʻlovlari (shu jumladan hisoblangan taqdirda — penyalar) toʻliq toʻlangandan keyin majburiy tartibda sotiladi va koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga milliy valyutada yoʻnaltiriladi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida mablagʻlarni xorijiy valyutada yoʻnaltirish nazarda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda rezidentlarga xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisob raqamlarida jamlanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishda maqsadli foydalanish uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Jamgʻarma mablagʻlarining bir qismi boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan taqdirda, ushbu Nizom ularning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aniq davlat aktivlarini sotishdan tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib olish toʻlovlari (shu jumladan hisoblangan taqdirda — penyalar) toʻliq toʻlangandan keyin (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotlari hisob raqamlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan tashqari) koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat aktivlari oldi-sotdisi boʻyicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan kreditlar va qarzlar boʻyicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan qismi — ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu shartnoma boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish, agar sudning qarorida yoki shartnoma tomonlarining alohida bitimida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlangan mablagʻlardan penyalar yoki jarimalar summasini ushlab qolgan holda shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
penyalar va jarimalar summasini taqsimlash mazkur shartnoma boʻyicha ilgari toʻlangan mablagʻlar Jamgʻarmada mavjud boʻlganda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun oʻtkazilgan mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytarilganda (undirilganda) ushbu bandga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblangan penyalar va jarimalar summasining yetishmayotgan qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi hamda ushbu bandga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari xorijiy valyutada tuzilgan va ular boʻyicha toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi belgilangan shartnomalar belgilangan tartibda bekor qilinganda davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha penya va jarima shartnomani bekor qilish yuzasidan sudning qarori kuchga kirgan kundagi, boshqa hollarda esa shartnoma belgilangan tartibda bekor qilingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mablagʻlarni ushbu Nizomning 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq taqsimlashda quyidagilar hisobga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Jamgʻarmaning umumiy mablagʻlari hisobidan bir yoʻla toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda bekor qilingan shartnomalar boʻyicha Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan xaridorlarga qaytariladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan bitishuvlar tuzish uchun deponentlangan, lekin ular boʻyicha bitishuvlar tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak boʻlgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tusga ega boʻlgan, davlat aktivlarini sotish boʻyicha tendyerlar oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga bank, toʻlovchilar tomonidan notoʻgʻri va ortiqcha oʻtkazilgan, shuningdek aniqlashtirilgungacha tushgan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini chiqarish, saqlash va sotish, shuningdek boshqa davlat aktivlarini sotish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari buyurtmalariga asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish maqsadida, davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga oʻzgartirishda, davlat aktivlarini xoʻjalik jamiyatlariga operativ boshqarish huquqi bilan va xoʻjalik jamiyatlari ustav fondiga berishda va davlat manfaatlarini koʻzlab boshqa hollarda baholash ishlarini amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotlar xizmatlari uchun toʻlov bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan shartlar va mezonlarga asosan jalb qilinganda, amaliy tadqiqotlarni bajarish, normativ-metodik hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish, ishlab chiqish, davlat aktivlarini sotishdan oldingi tayyorlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot, auditorlik, moliya, konsalting, boshqa xorijiy va mahalliy tashkilotlar, mustaqil ekspertlar xizmatlari uchun toʻlov bilan bogʻlik xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini koʻzlab sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlariga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda bekor qilingan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha toʻlov xorijiy valyutada amalga oshirilgan boʻlsa, mablagʻlarni qaytarish xaridorning roziligiga koʻra, Jamgʻarmaning umumiy mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻ qaytarilgan kundagi kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat raqobat qoʻmitasi (uning hududiy organlari) tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi hollarda tanlov (tanlab olish)ni oʻtkazmasdan tuzilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlari toʻgʻrisidagi reklamalarni va axborot tusidagi eʼlonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va eʼlonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannyerlar va boshqalarda) joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini koʻzlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va boshqa ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazida Davlat raqobat qoʻmitasi markaziy apparati va tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek davlat ishonchli vakillari malakasini oshirish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 549-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi “Privatinformsistem” texnologik axborotlar Markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan zamonaviy axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, lokal kompyuter va internet tarmogʻini ishlab chiqish, joriy etish va ularga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aniq davlat aktivini sotishdan tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga aniq summasini koʻrsatmasdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlar, mazkur davlat aktivlarining tuzilgan va bekor qilingan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha penya va jarimalar summasi, shuningdek ushbu davlat aktivini sotish bilan bogʻliq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari) chegirilgan holda koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytarilishi (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat boshqaruv organlari va/yoki budjet tashkilotilari hisob raqamlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan tashqari) va ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga mablagʻlar xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan tartibda sotish hisobiga milliy valyutada oʻtkazilgan boʻlsa, davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasi bekor qilingan taqdirda, agar sud qarori bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, mablagʻ oluvchilar tomonidan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻni qaytarish kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisob raqamlarida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisob raqamlarida jamlanadigan hamda ushbu Nizomning 2 va 4-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablagʻlar har haftada Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy gʻazna hisob raqamiga Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisob raqamlariga tushgan va taqsimlanadigan mablagʻlar Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha har oyda Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etiladigan hisobotda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarmaga barcha turdagi manbalar boʻyicha tushgan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish hamda ularning tushishini, harakatini va taqsimlanishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmaga mablagʻlarni oʻtkazish toʻlovchining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) topshiriqnomasiga asosan tegishli tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda hisob raqamiga ega boʻlmagan jismoniy shaxslar naqd pul mablagʻlarini bank orqali topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olinayotgan davlat aktivlari uchun toʻlangan mablagʻlar birinchi navbatda asosiy qarz toʻloviga hisoblanadi, toʻlov muddatlari kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalar toʻlovi sotib olish toʻlovlari boʻyicha asosiy qarz toʻliq qoplangandan keyin hisobga olinadi, sud tartibida yoki tomonlar oʻrtasida alohida kelishuvga asosan penya undiriladigan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat aktivlari xaridorlari toʻlov hujjatlarida quyidagilarni koʻrsatishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning bank (gʻaznachilik) rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq toʻlovning turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni oʻtkazishning asosi (oldi-sotdi shartnomasining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivining nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor tomonidan toʻlov topshiriqnomasini toʻldirish uchun zarur boʻlgan hisob raqami va boshqa bank rekvizitlari davlat aktivi oldi-sotdi shartnomasida yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tarmoqlar va tushum manbalaridan har bir xususiylashtirish obyekti boʻyicha mablagʻlarning tushishi, harakati va taqsimlanishi hisobini yuritadilar, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishilgan tartib va shakllarda hisobotlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va taqsimlanishi toʻgʻrisidagi yigʻma jadvallar hududiy organlar tomonidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasidagi holatiga koʻra oyning beshinchi sanasigacha Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari uchun hisob-kitoblarning oʻz vaqtida qilinganligi yuzasidan nazoratni hisob-kitob-kliring xizmatlari koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq savdo tashkilotchisi, birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari boʻyicha esa qonun hujjatlariga muvofiq Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat aktivlarini xususiylashtirish boʻyicha belgilangan muddatlarda toʻlanmagan mablagʻlar summasi xaridorlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan oluvchilar tomonidan mablagʻlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazish har oyda Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisob raqamlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlari uchun (25 foiz) mablagʻlar ularning gʻaznachilik hisob raqamlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasigacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mablagʻlarning 50 foizi — 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlashni, shuningdek umumtaʼlim maktablari va maktabgacha tarbiya muassasalarini mukammal taʼmirlash va jihozlashni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mablagʻlarning kamida 25 foizi — aholining ijtimoiy himoyalanmagan toifalari uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mablagʻlarning qolgan qismi quyidagilarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari, suv quvurlari, kanalizatsiya tizimlari va inshootlar, gaz va elektr taʼminoti tarmoqlari, yoʻllar qurilishi, shuningdek ijtimoiy infratuzilmani — taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari qurilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash hujjatlarini, shu jumladan, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mablagʻlarning yoʻnalishlar boʻyicha oʻz vaqtida oʻtishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalari va bank muassasalari taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shakl boʻyicha mablagʻlardan foydalanishning yoʻnalishlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanishi kerak boʻlgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat raqobat qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma budjetining ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan mablagʻlar qaytarilganda Jamgʻarma hisobotining daromad va xarajat qismidan quyidagilar chegirib qolinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va toʻlovchilar tomonidan notoʻgʻri va ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlar tomonidan bitishuvlar tuzish uchun deponentlangan, lekin ular boʻyicha bitishuvlar tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga tushgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga ilgari oʻtkazilgan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamgʻarma mablagʻlarining tushumlari va taqsimlanishi boʻyicha birlamchi hujjatlarni tekshirishlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek ular boʻyicha hisobotlar tuzish va taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT _________________________________ moliya boshqarmasining
(nomi)
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi mablagʻlarining bir qismini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga ishlatilish yoʻnalishlari toʻgʻrisida
___________________________________ (hudud nomi) 20__yil _____________________dagi holatiga koʻra
(oy)
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Jami yil boshidan
Hisobot oyi davrida
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti (__________viloyatining viloyat budjeti, Toshkent shahrining shahar budjeti) tegishli hisob raqamidagi pul mablagʻlarining davr boshidagi qoldigʻi Jami
2.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasidan tushdi, Jami
3.
XARAJATLAR Jami shu jumladan yoʻnalishlar boʻyicha:
a) koʻp kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlash, shuningdek umumtaʼlim maktablari va maktabgacha tarbiya muassasalarini mukammal taʼmirlash va jihozlash;
b) aholining ijtimoiy himoyalanmagan toifalari uchun uy-joy qurilishi;
v) qurilish: muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari; suv quvurlari, kanalizatsiya tizimlari va inshootlar, gaz va elektr taʼminoti tarmoqlari; yoʻllar, hududlarni obodonlashtirish; taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari;
g) loyihalash hujjatlarini, shu jumladan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 2-ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 269-modda, 43-son, 549-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda)