Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1318-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 28-aprel,
01-02/12-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band “bojxona omboriga” degan soʻzlardan keyin “yoki bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) muvofiq elektron yoki bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) belgilangan qogʻoz blankasida yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim.
7. BYuD bilan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tovarlarning yuk va tovar kuzatish hujjatlari (yuk xatlari, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, invoyslar);
bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar (bojxona koʻrigi va qayta ortish dalolatnomalari, ekspertiza xulosalari).
Sertifikatlanadigan tovarlarni bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirishda saqlash muddati uchun sertifikat taqdim etilishi talab etilmaydi.”.
3. 10-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “bojxona yuk deklaratsiyasi” degan soʻzlar “BYuD” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
4. 24-band “omborda” degan soʻzdan keyin “va bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Bojxona ombori rejimida saqlanayotgan va bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda yukni yetkazib berish nazorat kitobchasidan foydalaniladi.
Tovarlarning bojxona koʻrigi amalga oshirilgandan soʻng va keyinchalik saqlanadigan bojxona omboriga amalda joylashtirilgandan soʻng, ushbu ombor joylashgan hududda faoliyat koʻrsatuvchi bojxona posti xodimi BYuDning 49-katagiga qoʻshimcha ravishda tovarlar joylashtirilgan bojxona omborining litsenziya raqami va sanasini koʻrsatadi.”.
6. Nizomning 1-ilovasidagi “S-ustun. “Joʻnatuvchi/eksport qiluvchi” degan soʻzlar “S-ustun” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 266-modda)