O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 24-iyuldagi PF-4636-sonli Farmoniga muvofiq:
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 15-may,
PQ-2347-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PQ-2347-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli qaroriga kiritiladigan o‘zgartishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-sonli qarorida:
a) 2-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 3-bandida:
birinchi — to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi amaliyotini tizimli asosda tekshirishlar o‘tkazib, o‘rganib boradi;
tadbirkorlik subyektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining huquqni qo‘llash amaliyotini tizimli asosda o‘rganib boradi”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “190” raqami “160” raqamiga almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonuniylik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8.2-kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan, prokuratura organlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
o‘n to‘rtinchi — qirqinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘qqizinchi — o‘ttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘n sakkizinchi xatboshidagi “shu jumladan, jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar materiallari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yigirma to‘rtinchi xatboshidagi “qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
11-bandining uchinchi xatboshidagi “huquqni muhofaza qiluvchi va”, “tergovga qadar tekshiruv, jinoyat ishlari materiallari va yakka tartibdagi hujjatlar bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
14-bandining ikkinchi xatboshidagi “besh nafar o‘rinbosarlari” so‘zlari “to‘rt nafar o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — o‘n oltinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
17-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini samarali nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 3 — 6-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati
TUZILMASI
Jami: Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 160 kishi.
* Izoh: Departament direktori, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlari Markaziy apparatning umumiy shtatlar soniga kirmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi
TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
|
T/r |
Hudud nomi |
Shtat birliklari soni |
|
|
1. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi |
32 |
|
|
2. |
Andijon viloyat adliya boshqarmasi |
29 |
|
|
3. |
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi |
29 |
|
|
4. |
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
5. |
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi |
30 |
|
|
6. |
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
7. |
Namangan viloyat adliya boshqarmasi |
29 |
|
|
8. |
Samarqand viloyat adliya boshqarmasi |
35 |
|
|
9. |
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi |
30 |
|
|
10. |
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
11. |
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi |
36 |
|
|
12. |
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi |
32 |
|
|
13. |
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi |
28 |
|
|
14. |
Toshkent shahar adliya boshqarmasi |
38 |
|
|
JAMI |
432 |
”. | |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 20-son, 252-modda)