Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2130-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-avgustdagi 319-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2130-2, 05.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-sentabrdagi PQ–1621-son “2012-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish, navlarni joylashtirish va xarid qilishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 11-maydagi 7 va 42-son qarori (roʻyxat raqami 2130, 2010-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 274-modda) bilan tasdiqlangan Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-aprel,
12-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-aprel,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 30-apreldagi 12, 35-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni sifatli boshoqli don urugʻligi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Don yetishtiruvchi xoʻjaliklarni ragʻbatlantirish Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallariga urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2382, 2012-yil 25-iyul) muvofiq amalga oshiriladi.”.
2. 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2015-yil 24-aprel
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2015-yil 17-aprel
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori B. SULAYMONOV
2015-yil 15-aprel
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshligʻi Z. ABIDOV
2015-yil 21-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 240-modda)