Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.02.1999 yildagi 54-son
Кучга кириш санаси
05.02.1999
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 02.10.2008 sanasi holatiga | Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
MAHSULOT (ISHLAR, XIZMATLAR)NI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI TARKIBI HAMDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA | MAHSULOT (ISHLAR, XIZMATLAR)NI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH XARAJATLARI TARKIBI HAMDA MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA |
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hamda daromadlar va xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyotini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hamda daromadlar va xarajatlarni buxgalteriyada hisobga olishning yagona uslubiyotini taʼminlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda: | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda: |
meʼyorlanadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; | meʼyorlanadigan xarajatlar normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; |
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga sharhni ishlab chiqsin va eʼlon qilsin; | mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga sharhni ishlab chiqsin va eʼlon qilsin; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan Nizomning soliq solishning soddalashtirilgan shaklini qoʻllovchi kichik korxonalar hamda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan Nizomning soliq solishning soddalashtirilgan shaklini qoʻllovchi kichik korxonalar hamda yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin; |
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishini hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin. | vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishini hamda mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin. |
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: | 3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisoboti schyotlari tizimini takomillashtirish haqida” 1994-yil 26-martdagi 164-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 3-son, 19-modda); | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisoboti schyotlari tizimini takomillashtirish haqida” 1994-yil 26-martdagi 164-son qarorining 1, 2 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 3-son, 19-modda); |
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 12-son, 48-modda). | Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-martdagi 164-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1995-yil 18-dekabrdagi 461-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-yil, 12-son, 48-modda). |
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1999-yil 5-fevral, | 1999-yil 5-fevral, |
54-son | 54-son |
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida | Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
UMUMIY QOIDALAR | UMUMIY QOIDALAR |
Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi. | Mazkur Nizom xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi. |
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo boʻladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi. Soliq solinadigan daromad (foyda) xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarining ayrim moddalarini soliq haqidagi qonunlarga muvofiq soliq solinadigan bazaga kiritish yoʻli bilan aniqlanadi. | Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo boʻladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi. |
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir. | Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir. |
1-ilovada hisobot davridagi sof foydani hisoblab chiqishda korxona daromadlaridan chiqarib tashlanadigan, biroq soliq haqidagi qonunlarga muvofiq daromad (foyda)dan olinadigan soliqni hisoblab chiqishda xoʻjalik yurituvchi subyektning soliq solinadigan bazasiga kiritiladigan xarajatlar moddalari keltirilgan. 2-ilovada ular paydo boʻlgan paytda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanmaydigan, biroq keyingi yoki ancha keyingi davrlarda (vaqtdagi tafovut) chiqarib tashlanadigan xarajatlar roʻyxati beriladi. | |
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar) tomonidan aniqlanadi. | Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar) tomonidan aniqlanadi. |
A. MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH | A. MOLIYAVIY NATIJALARNI SHAKLLANTIRISH |
Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni toʻgʻri va toʻliq aks ettirishga, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yoʻnaltirilgandir. | Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni toʻgʻri va toʻliq aks ettirishga, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yoʻnaltirilgandir. |
Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi: | Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi: |
— mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: | — mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: |
YAF=SST-IT, | YAF=SST-IT, |
bunda, | bunda, |
YAF — yalpi foyda; | YAF — yalpi foyda; |
SST — sotishdan olingan sof tushum; | SST — sotishdan olingan sof tushum; |
IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; | IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; |
— asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʻrtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: | — asosiy faoliyatdan koʻrilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʻrtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: |
AFF = YAF-DX+BD-BZ, | AFF = YAF-DX+BD-BZ, |
bunda, | bunda, |
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda; | AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda; |
DX — davr xarajatlari; | DX — davr xarajatlari; |
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; | BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; |
BZ — asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa zararlar; | BZ — asosiy faoliyatdan koʻrilgan boshqa zararlar; |
— xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: | — xoʻjalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan koʻrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: |
UF=AFF+MD-MX, | UF=AFF+MD-MX, |
bunda, | bunda, |
UF — umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda; | UF — umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda; |
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; | MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; |
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari; | MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari; |
— soliq toʻlangungacha olingan foyda, u umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (koʻzda tutilmagan) vaziyatlardan koʻrilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: | — soliq toʻlangungacha olingan foyda, u umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (koʻzda tutilmagan) vaziyatlardan koʻrilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: |
STF=UF+FP-FZ, | STF=UF+FP-FZ, |
bunda, | bunda, |
STF — soliq toʻlangungacha olingan foyda; | STF — soliq toʻlangungacha olingan foyda; |
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; | FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; |
FZ — favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zarar; | FZ — favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zarar; |
— yilning sof foydasi, u soliq toʻlangandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, oʻzida daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar toʻlangunga qadar olingan foydani ifodalaydi: | — yilning sof foydasi, u soliq toʻlangandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, oʻzida foydadan toʻlanadigan soliqni va minus qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʻlovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar toʻlangunga qadar olingan foydani ifodalaydi: |
SF= STF-DS-BS, | SF= STF-DS-BS, |
bunda, | bunda, |
SF — sof foyda; | SF — sof foyda; |
DS — daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq; | DS — foydadan toʻlanadigan soliq; |
BS — boshqa soliqlar va toʻlovlar. | BS — boshqa soliqlar va toʻlovlar. |
B. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATI BILAN BOGʻLIQ XARAJATLAR ROʻYXATI | B. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATI BILAN BOGʻLIQ XARAJATLAR ROʻYXATI |
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va davr xarajatlari roʻyxati: | Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va davr xarajatlari roʻyxati: |
xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xoʻjalik yurituvchi subyektda paydo boʻladigan barcha xarajatlar toʻgʻrisida buxgalteriya hisobi schyotlarida toʻliq va aniq axborot shakllantirilishi; | xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xoʻjalik yurituvchi subyektda paydo boʻladigan barcha xarajatlar toʻgʻrisida buxgalteriya hisobi schyotlarida toʻliq va aniq axborot shakllantirilishi; |
soliq solinadigan bazani toʻgʻri aniqlash maqsadida belgilanadi. | soliq solinadigan bazani toʻgʻri aniqlash maqsadida belgilanadi. |
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi: | Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi: |
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: | mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: |
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; | a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; |
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; | b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; |
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar; | v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar; |
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar: | ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar: |
a) sotish xarajatlari; | a) sotish xarajatlari; |
b) boshqarish xarajatlari (maʼmuriy sarf-xarajatlar); | b) boshqarish xarajatlari (maʼmuriy sarf-xarajatlar); |
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar; | v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar; |
xoʻjalik yurituvchi subyektning umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati boʻyicha xarajatlari: | xoʻjalik yurituvchi subyektning umumxoʻjalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati boʻyicha xarajatlari: |
a) foizlar boʻyicha xarajatlar; | a) foizlar boʻyicha xarajatlar; |
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya boʻyicha salbiy kurs tafovutlari; | b) xorijiy valyuta bilan operatsiya boʻyicha salbiy kurs tafovutlari; |
v) qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan mablagʻlarni qayta baholash; | v) qimmatli qogʻozlarga qoʻyilgan mablagʻlarni qayta baholash; |
g) moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar; | g) moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar; |
favqulodda zararlar, u daromad (foyda)dan olinadigan soliq toʻlangunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. | favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq toʻlangunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. |
1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi | 1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi |
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli boʻladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar. | Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli boʻladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ustama xarajatlar. |
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: | Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: |
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); | ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); |
ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari; | ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari; |
ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar; | ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar; |
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; | asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; |
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar. | ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar. |
1.1. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlar | 1.1. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlar |
Ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli boʻladi: | Ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli boʻladi: |
1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar koʻrsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar. | 1.1.1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar koʻrsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar. |
1.1.2. Normal texnologiya jarayonini taʼminlash va mahsulotlarni oʻrash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini oʻtkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xoʻjalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati. | 1.1.2. Normal texnologiya jarayonini taʼminlash va mahsulotlarni oʻrash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini oʻtkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xoʻjalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati. |
1.1.3 Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qoʻshimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. | 1.1.3 Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qoʻshimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar. |
1.1.4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy boʻlinmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli boʻlmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ishlar va xizmatlar. | 1.1.4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy boʻlinmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli boʻlmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan ishlar va xizmatlar. |
Ishlab chiqarish xarakteriga ega boʻlgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, isteʼmol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar oʻtkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli boʻladi. | Ishlab chiqarish xarakteriga ega boʻlgan ishlar va xizmatlarga mahsulot tayyorlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, isteʼmol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar oʻtkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli boʻladi. |
Xoʻjalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan xizmatlarga tegishli boʻladi. | Xoʻjalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan xizmatlarga tegishli boʻladi. |
1.1.5. Tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq toʻlash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq toʻlash, korxonalar tomonidan suv xoʻjaligi tizimlaridan beriladigan isteʼmol qilinadigan suv uchun haq toʻlash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun — yogʻoch, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari. | 1.1.5. Tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq toʻlash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq toʻlash, korxonalar tomonidan suv xoʻjaligi tizimlaridan beriladigan isteʼmol qilinadigan suv uchun haq toʻlash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun — yogʻoch, taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari. |
1.1.6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilgʻining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish boʻyicha transport ishlari. | 1.1.6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilgʻining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish boʻyicha transport ishlari. |
1.1.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek xarid qilinadigan energiyani isteʼmol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). | 1.1.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xoʻjalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek xarid qilinadigan energiyani isteʼmol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). |
1.1.8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi. | 1.1.8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va kam chiqishi. |
1.1.9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bogʻliq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq toʻlash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). | 1.1.9. Xoʻjalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bogʻliq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq toʻlash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). |
1.1.10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. | 1.1.10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. |
1.1.11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va oʻrash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi boʻyicha chiqarib tashlanadi. | 1.1.11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va oʻrash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi boʻyicha chiqarib tashlanadi. |
1.1.12. “Moddiy xarajatlar” elementi boʻyicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qoʻshimcha narx (ustama)dan, taʼminot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan toʻlanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yigʻimlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qoʻshilgan qiymat soligʻi tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq toʻlashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq toʻlashdan kelib chiqib shakllanadi. | 1.1.12. “Moddiy xarajatlar” elementi boʻyicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qoʻshimcha narx (ustama)dan, taʼminot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan toʻlanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yigʻimlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qoʻshilgan qiymat soligʻi tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq toʻlashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq toʻlashdan kelib chiqib shakllanadi. |
1.2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari | 1.2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari |
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: | Ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: |
1.2.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektni mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlar. | 1.2.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektni mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomlarda nazarda tutilgan ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlar. |
1.2.2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar. | 1.2.2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar. |
1.2.3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan kompensatsiya tusidagi toʻlovlar, shu jumladan: | 1.2.3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan kompensatsiya tusidagi toʻlovlar, shu jumladan: |
1.2.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qoʻshimcha haq; | 1.2.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qoʻshimcha haq; |
1.2.3.2. Koʻp smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qoʻshib olib borganlik va xizmat koʻrsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; | 1.2.3.2. Koʻp smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qoʻshib olib borganlik va xizmat koʻrsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; |
1.2.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; | 1.2.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; |
1.2.3.4. Aloqa, temir yoʻl, daryo, avtomobil transporti va katta yoʻllar xodimlarining va doimiy ishi yoʻlda oʻtadigan yoki qatnov tusiga ega boʻlgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan joʻnagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha toʻlanadigan yoʻlda oʻtgan har bir sutka uchun toʻlanadigan ustamalar; | 1.2.3.4. Aloqa, temir yoʻl, daryo, avtomobil transporti va katta yoʻllar xodimlarining va doimiy ishi yoʻlda oʻtadigan yoki qatnov tusiga ega boʻlgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan joʻnagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha toʻlanadigan yoʻlda oʻtgan har bir sutka uchun toʻlanadigan ustamalar; |
1.2.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal taʼmirlashda bevosita band boʻlgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning koʻchma va qatnov xususiyati uchun ustama; | 1.2.3.5. Qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal taʼmirlashda bevosita band boʻlgan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning koʻchma va qatnov xususiyati uchun ustama; |
1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band boʻlgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga joʻnab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha oʻtadigan normativ vaqt uchun qoʻshimcha haq; | 1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band boʻlgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga joʻnab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha oʻtadigan normativ vaqt uchun qoʻshimcha haq; |
1.2.3.7. Mehnatga haq toʻlashning rayonlar boʻyicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choʻl, suvsiz va yuqori togʻ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan toʻlovlar; | 1.2.3.7. Mehnatga haq toʻlashning rayonlar boʻyicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq choʻl, suvsiz va yuqori togʻ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan toʻlovlar; |
1.2.3.8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yigʻilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yoʻlda oʻtadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga koʻra va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida toʻlanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda). | 1.2.3.8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yigʻilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yoʻlda oʻtadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga koʻra va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida toʻlanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda). |
1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq toʻlash. | 1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonunchilik bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq toʻlash. |
1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash: | 1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash: |
1.2.5.1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qoʻshimcha taʼtillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalar, oʻsmirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy koʻriklardan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash. | 1.2.5.1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qoʻshimcha taʼtillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalar, oʻsmirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy koʻriklardan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun haq toʻlash. |
1.2.5.2. Majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq toʻlash; | 1.2.5.2. Majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq toʻlash; |
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash; | 1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq toʻlash; |
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yigʻinlar, favqulodda vaziyatlar boʻyicha yigʻinlar va boshqalar) mehnat haqi toʻlash. | 1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yigʻinlar, favqulodda vaziyatlar boʻyicha yigʻinlar va boshqalar) mehnat haqi toʻlash. |
1.2.6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar boʻyicha ishlar bajarilganligi uchun haq toʻlash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. | 1.2.6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar boʻyicha ishlar bajarilganligi uchun haq toʻlash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi. |
1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash fondiga kiritiladigan toʻlovlarning boshqa turlari. | 1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatiga kiritiladigan toʻlovlarning boshqa turlari. |
1.3. Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar | 1.3. Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga xarajatlar |
Ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: | Ijtimoiy sugʻurtaga xarajatlarga quyidagilar kiradi: |
1.3.1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar boʻyicha mehnatga haq toʻlash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar. | 1.3.1. Qonunchilik bilan belgilangan stavkalar boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq. |
1.3.2. Nodavlat pensiya jamgʻarmalariga va ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga ajratmalar. | 1.3.2. Nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar va ixtiyoriy sugʻurtaga sugʻurta mukofotlari (badallari)ga. |
1.4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi | 1.4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi |
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi boʻyicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: | Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi boʻyicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: |
1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing boʻyicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi. | 1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha olingan, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi. |
1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari)eskirishi har oyda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli boʻladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni boʻlmagan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) boʻyicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. | 1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni boʻlmagan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) boʻyicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. |
1.5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar | 1.5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar |
1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat koʻrsatish xarajatlari. | 1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat koʻrsatish xarajatlari. |
1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan taʼminlash xarajatlari. | 1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan taʼminlash xarajatlari. |
1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik koʻrik va qarov, oʻrtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, oʻrtacha, mukammal) tuzatishlarni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz kuchi bilan oʻtkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi toʻlash xarajatlari va boshqalar) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi | 1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik koʻrik va qarov, oʻrtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, oʻrtacha, mukammal) tuzatishlarni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz kuchi bilan oʻtkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi toʻlash xarajatlari va boshqalar) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi |
Zarurat boʻlganda, ayrim tarmoqlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini oʻtkazish uchun mablagʻlar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi va koʻzda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zaxiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta koʻrib chiqiladi va zarurat boʻlganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zaxira mablagʻlari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa boʻyicha tuzatish kiritilishi kerak; agar haqiqiy xarajatlar zaxiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” elementi tarkibida aks ettiriladi. | |
1.5.1.3. Yongʻindan saqlash va qoʻriqlashni hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni taʼminlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. | 1.5.1.3. Yongʻindan saqlash va qoʻriqlashni hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni taʼminlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. |
Idoradan tashqari qoʻriqlash xarajatlari bunday qoʻriqlash mavjud boʻlishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud boʻlgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. | Idoradan tashqari qoʻriqlash xarajatlari bunday qoʻriqlash mavjud boʻlishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud boʻlgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. |
1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar. | 1.5.1.4. Ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar. |
1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari. | 1.5.1.5. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish xarajatlari, shu jumladan atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari. |
1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini taʼminlash xarajatlari. | 1.5.1.6. Ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan va qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlarini va texnika xavfsizligini taʼminlash xarajatlari. |
1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bogʻliq boʻlgan sogʻliqni muhofaza qilish tadbirlari. | 1.5.1.7. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bogʻliq boʻlgan sogʻliqni muhofaza qilish tadbirlari. |
1.5.1.8. Tekin koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini toʻlash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi). | 1.5.1.8. Tekin koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini toʻlash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi). |
1.5.1.9. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar boʻyicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi); | 1.5.1.9. Amaldagi qonunchilikka muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlar) (yoki ular pasaytirilgan narxlar boʻyicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi); |
1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari. | 1.5.1.10. Ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari. |
1.5.1.11. Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq toʻlash. | 1.5.1.11. Qonunchilikka muvofiq ishlab chiqarishda band boʻlgan xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq toʻlash. |
1.5.2. Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat safarlariga yuborish boʻyicha xarajatlar. | 1.5.2. Ishlab chiqarish xodimlarini ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlgan xizmat safarlariga yuborish boʻyicha xarajatlar. |
1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari. | 1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari. |
1.5.4. Brak tufayli kelib chiqadigan yoʻqotishlar. | 1.5.4. Brak tufayli kelib chiqadigan yoʻqotishlar. |
1.5.5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turishlar tufayli yoʻqotishlar. | 1.5.5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turishlar tufayli yoʻqotishlar. |
1.5.6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat koʻrsatish xarajatlari. | 1.5.6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat koʻrsatish xarajatlari. |
1.5.7. Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari. | 1.5.7. Mahsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari. |
1.5.8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yoʻqolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz toʻlanadigan nafaqalar. | 1.5.8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yoʻqolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz toʻlanadigan nafaqalar. |
1.5.9. Umumiy foydalaniladigan yoʻlovchilar transporti xizmat koʻrsatmaydigan yoʻnalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bogʻliq xarajatlar. | 1.5.9. Umumiy foydalaniladigan yoʻlovchilar transporti xizmat koʻrsatmaydigan yoʻnalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bogʻliq xarajatlar. |
1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish bilan bogʻliq xarajatlar. | 1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish bilan bogʻliq xarajatlar. |
1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida boʻlmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda. | 1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar, ishlab chiqarish maqsadida boʻlmagan mol-mulk yuzasidan belgilangan tartibda. |
1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari boʻyicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli boʻlmasa (yaʼni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar “Kelgusi davrlar xarajatlari” sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak. | 1.5.12. Qazib oluvchi tarmoqlarda tayyorgarlik ishlari boʻyicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga tegishli boʻlmasa (yaʼni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu xarajatlar “Kelgusi davrlar xarajatlari” sifatida qaraladi va ularni qaytarishning belgilangan muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning hajmi va miqdoriga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobdan chiqarishning tanlangan metodi xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobga olish siyosatida aks ettirilishi kerak. |
1.5.13. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha nafaqalar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar. | 1.5.13. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq. Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 17-bobi (“Kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari”). |
2. Davr xarajatlari | 2. Davr xarajatlari |
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar. | Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar. |
“Davr xarajatlari”ga quyidagi moddalar kiradi: | “Davr xarajatlari”ga quyidagi moddalar kiradi: |
2.1. Sotish xarajatlari | 2.1. Sotish xarajatlari |
2.1.1. Tovarlarni temir yoʻl, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun toʻlangan jarimalar kiritiladi. | 2.1.1. Tovarlarni temir yoʻl, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari. Ushbu moddaga tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun toʻlangan jarimalar kiritiladi. |
2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish boʻyicha xarajatlari, shu jumladan: | 2.1.2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish boʻyicha xarajatlari, shu jumladan: |
2.1.2.1. Nizomning 1.2-bandida sanab oʻtilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bogʻliq mehnatga haq toʻlash xarajatlari, maʼmuriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari. | 2.1.2.1. Nizomning 1.2-bandida sanab oʻtilgan, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bogʻliq mehnatga haq toʻlash xarajatlari, maʼmuriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari. |
2.1.2.2. Nizomning 1.3-bandiga muvofiq, 2.1.2.1. bandga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga xarajatlar. | 2.1.2.2. Nizomning 1.3-bandiga muvofiq, 2.1.2.1. bandga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga xarajatlar. |
2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari. | 2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari. |
2.1.2.4. Nizomning 1.4-bandiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. | 2.1.2.4. Nizomning 1.4-bandiga muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. |
2.1.2.5. Inventarlar va xoʻjalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (taʼmirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bogʻliq boshqa xarajatlar. | 2.1.2.5. Inventarlar va xoʻjalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (taʼmirlash, yuvish, tuzatish, dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bogʻliq boshqa xarajatlar. |
2.1.2.6. Gaz, yoqilgʻi, elektr energiyasi xarajatlari. | 2.1.2.6. Gaz, yoqilgʻi, elektr energiyasi xarajatlari. |
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari. | 2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari. |
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari. | 2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari. |
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chogʻida tovarlarning yoʻqotilishi. | 2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chogʻida tovarlarning yoʻqotilishi. |
2.1.2.10. Oʻrash-joylash materiallari xarajatlari. | 2.1.2.10. Oʻrash-joylash materiallari xarajatlari. |
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari. | 2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari. |
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari. | 2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari. |
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini oʻrnatish va saqlash, tuynuklar, oʻyiqlar va boshqalarning atrofini oʻrash boʻyicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar. | 2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini oʻrnatish va saqlash, tuynuklar, oʻyiqlar va boshqalarning atrofini oʻrash boʻyicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar. |
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq toʻlash. | 2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga haq toʻlash. |
2.1.2.18. Kassa xoʻjaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari. | 2.1.2.18. Kassa xoʻjaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari. |
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qogʻoz salfetkalar, qogʻoz dasturxonlar, qogʻoz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati. | 2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qogʻoz salfetkalar, qogʻoz dasturxonlar, qogʻoz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati. |
2.1.3. Sotish bozorlarini oʻrganish boʻyicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar). | 2.1.3. Sotish bozorlarini oʻrganish boʻyicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar). |
2.1.4. Yuqorida sanab oʻtilmagan sotish boʻyicha boshqa xarajatlar. | 2.1.4. Yuqorida sanab oʻtilmagan sotish boʻyicha boshqa xarajatlar. |
2.2. Maʼmuriy xarajatlar | 2.2. Maʼmuriy xarajatlar |
Maʼmuriy xarajatlarga quyidagilar kiradi: | Maʼmuriy xarajatlarga quyidagilar kiradi: |
2.2.1. 1.2-bandda sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari. | 2.2.1. 1.2-bandda sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari. |
2.2.2. 1.3-bandda sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar. | 2.2.2. 1.3-bandda sanab oʻtilgan boshqaruv xodimlariga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar. |
2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari. | 2.2.3. Xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari. |
2.2.4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari. | 2.2.4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari. |
2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli boʻlmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari. | 2.2.5. Boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli boʻlmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari. |
2.2.6. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar; kanallarni ijaraga berish; koʻchma yoʻldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq toʻlash. | 2.2.6. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov; kanallarni ijaraga berish; koʻchma yoʻldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq toʻlash. |
2.2.7. Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun haq toʻlash. | 2.2.7. Shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun haq toʻlash. |
2.2.8. Maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq toʻlash. | 2.2.8. Maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq toʻlash. |
2.2.9. Maʼmuriy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari. | 2.2.9. Maʼmuriy ahamiyatga ega boʻlgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) xarajatlari. |
2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar. | 2.2.10. Yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar. |
2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari. | 2.2.11. Xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sugʻurta qilish xarajatlari. |
2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish boʻyicha xarajatlar. | 2.2.12. Boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish boʻyicha xarajatlar. |
2.2.13. Vakillik xarajatlari. | 2.2.13. Vakillik xarajatlari. |
2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq toʻlash xarajatlari. | 2.2.14. Umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq toʻlash xarajatlari. |
2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega boʻlgan jamgʻarmalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari. | 2.2.15. Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega boʻlgan jamgʻarmalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq joriy xarajatlar, tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari. |
2.2.16. Xizmatlar qiymatini toʻlash hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari boʻyicha xarajatlar. | 2.2.16. Xizmatlar qiymatini toʻlash hamda investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari boʻyicha xarajatlar. |
2.2.17. Maʼmuriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xoʻjalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish boʻyicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. | 2.2.17. Maʼmuriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xoʻjalik anjomlari qiymatini hisobdan chiqarish boʻyicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar. |
2.3. Boshqa operatsiya xarajatlari | 2.3. Boshqa operatsiya xarajatlari |
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi: | Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi: |
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno. | 2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno. |
2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chogʻidagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga oʻxshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar koʻrish uchun javobgar boʻlgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin boʻlmagan darajada amalga oshiriladi. | 2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chogʻidagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga oʻxshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar koʻrish uchun javobgar boʻlgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin boʻlmagan darajada amalga oshiriladi. |
2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq toʻlash. | 2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq toʻlash. |
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq toʻlash, oʻtkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq toʻlash. | 2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq toʻlash, oʻtkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq toʻlash. |
2.3.5. Oʻzining xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishlari va xoʻjaliklarni saqlashdan koʻrilgan zararlar. | 2.3.5. Oʻzining xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishlari va xoʻjaliklarni saqlashdan koʻrilgan zararlar. |
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bogʻliq boʻlmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari. | 2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bogʻliq boʻlmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari. |
2.3.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari. | 2.3.7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari. |
2.3.8. Kompensatsiya va ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar. | 2.3.8. Kompensatsiya va ragʻbatlantirish tusidagi toʻlovlar. |
2.3.8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga koʻra kompensatsiya toʻlovlari. | 2.3.8.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga koʻra kompensatsiya toʻlovlari. |
2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun ragʻbatlantirish va toʻlovlar, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz qaroriga koʻra natura bilan toʻlovlar, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlov summasi, ular boʻyicha hisoblangan haq. | 2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun ragʻbatlantirish va toʻlovlar, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻz qaroriga koʻra natura bilan toʻlovlar, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlov summasi, ular boʻyicha hisoblangan haq. |
2.3.8.3. Qonun hujjatlariga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun haq toʻlash. | 2.3.8.3. Qonunchilikka yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun haq toʻlash. |
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qoʻshimcha haq. | 2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yoʻqotgan taqdirda qonunchilik bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qoʻshimcha haq. |
2.3.8.5. Asosiy ish joyi boʻyicha ishchilarga, xoʻjalik yurituvchi subyekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida oʻqigan vaqtda ish haqi toʻlash. | 2.3.8.5. Asosiy ish joyi boʻyicha ishchilarga, xoʻjalik yurituvchi subyekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida oʻqigan vaqtda ish haqi toʻlash. |
2.3.8.6. Ikki va undan koʻp bolalari yoki oʻn olti yoshgacha nogiron bolasi boʻlgan ayollarga qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha mehnat taʼtili haqini toʻlash. | 2.3.8.6. Ikki va undan koʻp bolalari yoki oʻn sakkiz yoshgacha nogironligi boʻlgan bolasi bor ayollarga qonunchilikka muvofiq qoʻshimcha mehnat taʼtili haqini toʻlash. |
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish. | 2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish. |
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yoʻl kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yoʻllanmalari, sport seksiyalarida, toʻgaraklarda, klublardagi mashgʻulotlari, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va isteʼmoli hamda boshqa shunga oʻxshash toʻlovlari) xarajatlarini qoplash. | 2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yoʻl kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sayohatlarga yoʻllanmalari, sport seksiyalarida, toʻgaraklarda, klublardagi mashgʻulotlari, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va isteʼmoli hamda boshqa shunga oʻxshash toʻlovlari) xarajatlarini qoplash. |
2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan toʻlovlar va xarajatlar: | 2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan toʻlovlar va xarajatlar: |
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar. | 2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqani toʻlash boʻyicha xarajatlar. |
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar. | 2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar. |
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarga toʻlovlar. | 2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan xodimlarga toʻlovlar. |
2.3.9.4. Xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam. | 2.3.9.4. Xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam. |
2.3.10. Sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sogʻlomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari taʼminotiga (shu jumladan barcha turdagi taʼmirlash ishlarini oʻtkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qoʻshgan holda) xarajatlar. | 2.3.10. Sogʻliqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sogʻlomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq taʼlimi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari taʼminotiga (shu jumladan barcha turdagi taʼmirlash ishlarini oʻtkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qoʻshgan holda) xarajatlar. |
2.3.11. Vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari). | 2.3.11. Vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari). |
2.3.12. Bank va depozitariy xizmatlariga toʻlovlar. | 2.3.12. Bankning, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq toʻlash. |
2.3.13. Ekologiya, sogʻlomlashtirish va boshqa xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar. | 2.3.13. Ekologiya, sogʻlomlashtirish va boshqa xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar. |
2.3.14. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan va xoʻjalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash. | 2.3.14. Amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan va xoʻjalik yurituvchi subyekt xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy toʻlovlar, soliqlar, yigʻimlar, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash. |
2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar: | 2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar: |
2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari boʻyicha yoʻqotishlar. | 2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari boʻyicha yoʻqotishlar. |
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlmagan yoʻqotishlar hamda kamomadlar. | 2.3.15.2. Moddiy boyliklarning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli boʻlmagan yoʻqotishlar hamda kamomadlar. |
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati boʻyicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar. | 2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki sotishning sof qiymati boʻyicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar. |
2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar boʻyicha zararlar. | 2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar boʻyicha zararlar. |
2.3.15.5. Sud xarajatlari. | 2.3.15.5. Sud xarajatlari. |
2.3.15.6. Toʻlanishi shubhali qarzlar boʻyicha zaxiraga ajratmalar. | 2.3.15.6. Toʻlanishi shubhali qarzlar boʻyicha zaxiraga ajratmalar. |
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq daʼvo bildirish muddati oʻtgan va undirish noreal boʻlgan boshqa qarzlar boʻyicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha toʻlanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar. | 2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq daʼvo bildirish muddati oʻtgan va undirish noreal boʻlgan boshqa qarzlar boʻyicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar boʻyicha toʻlanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar. |
2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillar operatsiyalari boʻyicha koʻrilgan zararlar. | 2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillar operatsiyalari boʻyicha koʻrilgan zararlar. |
2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud boʻlishi va buzilishi, ishlab chiqarishning toʻxtashi va boshqalar tufayli yoʻqotishlar) tufayli koʻrilgan qoplanmaydigan yoʻqotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar. | 2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud boʻlishi va buzilishi, ishlab chiqarishning toʻxtashi va boshqalar tufayli yoʻqotishlar) tufayli koʻrilgan qoplanmaydigan yoʻqotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar. |
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin boʻlmagan hollarda koʻrilgan zararlar. | 2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin boʻlmagan hollarda koʻrilgan zararlar. |
2.3.15.11. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan koʻrilgan zararlar. | 2.3.15.11. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan koʻrilgan zararlar. |
2.3.15.12. Xoʻjalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar. | 2.3.15.12. Xoʻjalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar. |
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar. | 2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar. |
2.3.15.14. Toʻlangan boshqa jarimalar. | 2.3.15.14. Toʻlangan boshqa jarimalar. |
2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xoʻjaliklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) boʻyicha narx tafovutlari. | 2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xoʻjaliklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) boʻyicha narx tafovutlari. |
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulk boʻyicha, belgilangan tartibda. | 2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mol-mulk boʻyicha, belgilangan tartibda. |
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qoʻllanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bogʻliq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari. | 2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qoʻllanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bogʻliq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari. |
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini toʻlash xarajatlari va boshqa xarajatlar. | 2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari boʻyicha modellar va namunalarni tayyorlash va sinash, koʻrgazmalar va koʻriklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini toʻlash xarajatlari va boshqa xarajatlar. |
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni taʼminlash xarajatlari; | 2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni taʼminlash xarajatlari; |
2.3.21. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq, boshqaruv xodimlarining, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi boʻyicha nafaqalar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar. 2.3.22. Boshqa xarajatlar. 2.4. Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari Ushbu boʻlimda sarmoya bilan taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan va sarmoya bilan taʼminlanadigan asosiy vositalar qiymatiga qoʻshilmaydigan xarajatlar sanab oʻtilgan. 2.4.1. Xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar, ishlab chiqarishlar, sexlar, agregatlarni oʻzlashtirishga xarajatlar: 2.4.1.1. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab koʻrish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni ularning oʻrnatilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida (ishlatilmayotgan holatda) kompleks sinab koʻrish. 2.4.1.2. Asbob-uskunalarni ishlab chiqargan zavodlar yoki ularning topshirigʻiga binoan ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj. 2.4.1.3. Qurilayotgan korxona direksiyasining, direksiya boʻlmagan taqdirda — texnik nazorat guruhining xarajatlari (maʼmuriy xarajatlar), shuningdek xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar. 2.4.1.4. Yangi ishga tushiriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlashga xarajatlar. 2.4.3. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish boʻyicha xarajatlar. 2.4.4. Seriyali va keng koʻlamda chiqariladigan mahsulotlar yangi turlarini ishlab chiqarishni hamda texnologik jarayonlarni tayyorlash va oʻzlashtirish xarajatlari. 2.4.5. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bogʻliq xarajatlar. 2.4.8. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari. | 2.3.21. Boshqaruv xodimlariga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydigan boshqa xodimlarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalari toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq. 2.3.22. Yangi ishlab chiqarishlarni, sexlar, agregatlarni, shuningdek seriyali va ommaviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish xarajatlari. 2.3.23. Ayrim mashinalar va mexanizmlarni yakka tartibda sinab koʻrish hamda foydalanilayotgan uskunalar va texnik qurilmalarning barcha turlarini ularni montaj qilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida kompleks (mahsulot chiqarmasdan) ishlatib koʻrish. 2.3.24. Yangidan ishga tushirilgan korxonada ishlash uchun ishchi kuchlarini jalb qilish va kadrlar tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar. 2.3.25. Foydalanishdagi toʻliq eskirgan uskuna uchun toʻlov. 2.3.26. Ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatib turish davrida ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarni saqlash hamda ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari. 2.3.27. Boshqa xarajatlar. |
3. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar | 3. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar |
3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlar (investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar. | 3.1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlar (investitsiya davrida kapital qoʻyilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari boʻyicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar. |
3.2. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari. | 3.2. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga olish (lizing) boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari. |
3.3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar boʻyicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar. | 3.3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar boʻyicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar. |
3.4. Sarflangan (qimmatli qogʻozlarga, shuʼba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan koʻrilgan zararlar. | 3.4. Sarflangan (qimmatli qogʻozlarga, shuʼba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan koʻrilgan zararlar. |
3.5. Oʻz qimmatli qogʻozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar. | 3.5. Oʻz qimmatli qogʻozlarini chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar. |
3.6. Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. | 3.6. Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. |
4. Favqulodda zararlar | 4. Favqulodda zararlar |
Favqulodda zararlar — bu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va roʻy berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak boʻlgan oʻtgan davr moddalari kirmaydi. | Favqulodda zararlar — bu xoʻjalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va roʻy berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak boʻlgan oʻtgan davr moddalari kirmaydi. |
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: | U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak: |
— korxonaning odatdagi xoʻjalik faoliyatiga xos emaslik; | — korxonaning odatdagi xoʻjalik faoliyatiga xos emaslik; |
— bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; | — bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; |
— boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bogʻliq emaslik. | — boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bogʻliq emaslik. |
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xoʻjalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan boʻlsa, u holda — iqlim sharoitlariga bogʻliq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” mezoniga javob bermaydi. | Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xoʻjalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan boʻlsa, u holda — iqlim sharoitlariga bogʻliq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” mezoniga javob bermaydi. |
V. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING ISHLAB CHIQARISH — XOʻJALIK FAOLIYATI NATIJASIDA OLINADIGAN DAROMADLAR ROʻYXATI | V. XOʻJALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING ISHLAB CHIQARISH — XOʻJALIK FAOLIYATI NATIJASIDA OLINADIGAN DAROMADLAR ROʻYXATI |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy boʻlimlar boʻyicha kiritiladi: | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy boʻlimlar boʻyicha kiritiladi: |
— Sotishdan olingan sof tushum. | — Sotishdan olingan sof tushum. |
— Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari). | — Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari). |
— Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. | — Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. |
— Favqulodda daromadlar. | — Favqulodda daromadlar. |
1.Sotishdan olinadigan sof tushum | 1.Sotishdan olinadigan sof tushum |
1.1. Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, undan qoʻshilgan qiymat, aksiz soligʻi va eksport boj poshlinasi, chegirilgan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. | 1.1. Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan, unga qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmoli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. |
1.2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar. | 1.2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar. |
1.3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. | 1.3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. |
2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar | 2. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar |
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: | Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi: |
2.1. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toʻlanmagan qarzlar va xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish boʻyicha daromadlar. | 2.1. Undirilgan yoki qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida toʻlanmagan qarzlar va xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish boʻyicha daromadlar. |
2.2. Hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi foyda. | 2.2. Hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi foyda. |
2.3. Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan renta daromadi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar. | 2.3. Ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan renta daromadi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar. |
2.4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar. | 2.4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib ketishidan olingan daromadlar. |
2.5. Daʼvo bildirish muddati oʻtgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar. | 2.5. Daʼvo bildirish muddati oʻtgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar. |
2.6. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni toʻliq baholash summasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishiga koʻra soliq solinadigan daromadga kiritiladi. | 2.6. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash. Tovar-moddiy boyliklarni puxta baholash summasi ularning sotilishiga qarab foyda sifatida eʼtirof etiladi. |
2.7. Davlat subsidiyalaridan daromadlar*. | 2.7. Davlat subsidiyalaridan daromadlar*. |
* — soliq solishda yalpi daromadga kiritilmaydi. | * — soliq solishda yalpi daromadga kiritilmaydi. |
2.8. Xolisona moliyaviy yordam. | 2.8. Xolisona moliyaviy yordam. |
2.9. Boshqa operatsion daromadlar. | 2.9. Boshqa operatsion daromadlar. |
3. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar | 3. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar |
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: | Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: |
3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti. | 3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti. |
3.2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qoʻshgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar. | 3.2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qoʻshgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar boʻyicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar. |
3.3. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing toʻlovini olish). | 3.3. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing toʻlovini olish). |
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs tafovutlari. | 3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs tafovutlari. |
3.5. Sarflangan (qimmatli qogʻozlarga, shuʼba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan olingan daromadlar. | 3.5. Sarflangan (qimmatli qogʻozlarga, shuʼba korxonalarga va hokazolarga) mablagʻlarni qayta baholashdan olingan daromadlar. |
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. | 3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. |
4. Favqulodda foyda | 4. Favqulodda foyda |
Favqulodda foyda moddalari — bu koʻzda tutilmagan, tasodifiy tusga ega boʻlgan, hodisa yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo boʻladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar boʻlimida aks ettirilishi kerak boʻlgan oʻtgan davrlardagi foyda kirmaydi. | Favqulodda foyda moddalari — bu koʻzda tutilmagan, tasodifiy tusga ega boʻlgan, hodisa yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo boʻladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar boʻlimida aks ettirilishi kerak boʻlgan oʻtgan davrlardagi foyda kirmaydi. |
G. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI, TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHLARNI, SHUNINGDEK KELGUSI DAVRLAR XARAJATLARINI BAHOLASH | G. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNI, TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHLARNI, SHUNINGDEK KELGUSI DAVRLAR XARAJATLARINI BAHOLASH |
Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng koʻlamda) ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki sotish xarajatlari sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri hisobdan chiqarilishi kerak. | Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng koʻlamda) ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki sotish xarajatlari sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri hisobdan chiqarilishi kerak. |
Tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarishni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. | Tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarishni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. |
Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil qiladi.Ular joriy davrda amalga oshiriladi, biroq keyingi hisobot davrlaridagi ishlab chiqarish xarajatlariga qoʻshiladi. Biroq mazkur Nizomga muvofiq ushbu xarajatlardan 2-ilovada keltirilgan roʻyxatdagi xarajatlar chiqarib tashlanadi (ular Hisobot davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan xarajatlari sifatida aks ettiriladi). D. SOLIQ SOLINADIGAN BAZANI ANIQLASH Xoʻjalik yurituvchi subyektning daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza quyidagicha hisoblab chiqariladi: Daromad (foyda) soligʻi toʻlangungacha boʻlgan daromad (foyda) yoki zarar (Nizomning A — G boʻlimlariga muvofiq); plyus 1-ilovada keltirilgan buxgalteriyadagi foyda bilan soliq solinadigan foyda oʻrtasidagi doimiy tafovutlar; plyus yoki minus 2-ilovada keltirilgan sarflangan xarajatlarni soliq olinadigan bazadan chegirib tashlash vaqtidagi tafovutlar; minus Qonunchilikka muvofiq soliqlar boʻyicha imtiyozlar; teng boʻladi – Daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliq solinadigan baza. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga 1-ILOVA I. SOLIQ SOLINADIGAN BAZAGA* KIRITILADIGAN XARAJATLAR MODDALARI (CHEGIRILMAYDIGAN XARAJATLAR YOKI DOIMIY TAFOVUTLAR) Ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha 1.1. Korxonalar tomonidan suv xoʻjaligi tizimlaridan belgilangan limitlardan ortiqcha ishlatiladigan suv uchun toʻlov. 1.2. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy ishdan chiqish normalaridan ortiqcha nobudgarchiliklar, buzilishlar va kamomadlar. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish ishchilari va boshqa xodimlari mehnatiga xarajatlar boʻyicha 1.3. Ayrim tarmoqlar xodimlariga bepul koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan ovqatlar, mahsulotlar qiymati, xodimlarga bepul beriladigan uy-joy haqini toʻlash xarajatlari (bepul berilmagan uy-joy, koʻrsatilmagan kommunal xizmatlar va shu kabilar uchun pul kompensatsiyasi summasi). 1.4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlariga “Ishlab chiqarish tannarxi” boʻlimining 1.2.7-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha toʻlovlarning boshqa turlari. 1.6. Jamoa shartnomasi boʻyicha xodimlarga qoʻshimcha ravishda (qonunchilikda nazarda tutilgandan ortiqcha) berilgan taʼtillar, ular boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari. 1.7. Xodimlarga beriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yoki xoʻjalik yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish uchun yordamchi xoʻjaliklar tayyorlaydigan mahsulotlar narxlari boʻyicha tafovutlar. 1.8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari qaroriga koʻra amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish xodimlarining qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan ortiqcha xizmat safarlari bilan bogʻliq toʻlovlar. Ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar boʻyicha 1.9. Nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar. 1.10. Sugʻurtaning ixtiyoriy turlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha ajratmalar, mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari bundan mustasno. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar boʻyicha 1.11. Tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari. 1.12. Tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz toʻlanadigan, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar tufayli mehnat qilish layoqatini yoʻqotishlar bilan bogʻliq nafaqalar. Davr xarajatlari boʻyicha 1.17. Yuqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar. 1.17-1. Boshqaruv xodimlariga tegishli nodavlat pensiya jamgʻarmalariga ajratmalar. 1.18. Boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari uchun belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar. 1.19. Qonunchilikda belgilangan normativ va normalardan ortiqcha vakillik xarajatlari. 1.20. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar koʻrsatish qiymatini toʻlash va boshqalar. 1.21. Xodimlarning ixtiyoriy sugʻurtasiga va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan ixtiyoriy sugʻurtaning boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-mulkni sugʻurta qilish va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno. 1.21-1. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli boʻlmagan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va unga chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlari. 1.21-2. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari, davlat ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilar mukofotlari va xizmatlar haqi, shuningdek boshqa investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari mukofotlari boʻyicha xarajatlar 1.22. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sohasiga toʻgʻri kelmaydigan kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlash xarajatlari. 1.23. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir boʻlgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar, zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib koʻrish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) boʻyicha xarajatlar va shu kabi boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirish mumkin boʻlmagan miqdorda, qoplanadi. 1.24. Xoʻjalik yurituvchi subyekt qatnashchilaridan (mulkdorlaridan) birining tashabbusi boʻyicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari uchun toʻlov. 1.25. Oʻz xizmat koʻrsatuvchi ishlab chiqarishlari va xoʻjaliklariga sarflangan xarajatlardan koʻrilgan zararlar. 1.26. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bogʻliq boʻlmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil qilish tadbirlari xarajatlari. 1.27. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish, qishloq xoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa ish turlari) bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sarflangan xarajatlar. 1.28. Bayramlar va atoqli sanalar, ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni ragʻbatlantirish hisoblanadigan bir martalik mukofotlar. 1.29. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish. 1.30. Xodimlar xarajatlarini toʻlash (ovqatlanishga, yoʻl haqiga, davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga, sayohatlarga yoʻllanmalarga, sport seksiyalarida, toʻgaraklarda, klublarda mashgʻulotlarga, madaniy-koʻngilochar tomoshalarga, jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga, obunaga va xodimlarning shaxsiy isteʼmol tovarlariga va boshqa shu kabilarga toʻlovlar). 1.31. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar. 1.32. Xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam, xodimning jarohatlanishi yoki boshqa tarzda sogʻligʻiga shikast yetkazilishi va xodim oila aʼzolarining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy yordamdan tashqari. 1.34. Ekologiya, sogʻlomlashtirish va boshqa xayriya jamgʻarmalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa), madaniyat, xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar. 1.35. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tegishli boʻlmagan moddiy boyliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha nobudgarchiligi va kamomadi. 1.36. Sud xarajatlari. 1.38. Aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin boʻlmagan hollarda koʻrilgan zararlar. 1.39. Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarilishi)dan koʻrilgan zararlar, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan uch yildan ortiq ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan koʻrilgan zarardan tashqari. 1.40. Xoʻjalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulot yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki eʼtirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar. 1.41. Soliq haqidagi qonunlarni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar. 1.42. Toʻlangan boshqa jarimalar. 1.43. Xoʻjalik yurituvchi subyektning “Davr xarajatlari” boʻlimining 2.3.22-bandida koʻrsatilgan boshqa operatsiya xarajatlari. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar 1.44. Toʻlov muddati oʻtgan va uzaytirilgan ssudalar boʻyicha foizlar. 1.47. Qimmatli qogʻozlar qiymatini muddatidan oldin toʻlash munosabati bilan vujudga kelgan diskont, agar u budjetdan qarzlarni toʻlash bilan bogʻliq boʻlmasa. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida Nizomga 2-ILOVA Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (vaqtlar boʻyicha tafovutlar) Xarajatlarning ushbu moddalari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarida davr xarajatlari sifatida hisobga olinadi. Biroq ular soliq olish maqsadlari uchun ularni soliq solinadigan bazaga kiritish uchun foydaga qaytadan hisobga olinadi, soʻngra esa ushbu xarajatlarning butun foydali muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, ushbu muddatlardan qaysi birining (vaqtlar boʻyicha tafovutlarning) qisqa boʻlishiga qarab, keyinchalik chiqarib tashlanadi. Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlarga quyidagilar kiradi: 1. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervga ajratmalar. 2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab koʻrish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning oʻrnatilish sifatini tekshirib koʻrish maqsadida (ishlatilayotgan holatda), kompleks sinab koʻrish xarajatlari. 3. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan zavodlar yoki ularning topshirigʻiga binoan ixtisoslashtirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari. 4. Qurilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt direksiyasining, direksiya boʻlmagan taqdirda — texnik nazorat guruhining xarajatlari (maʼmuriy xarajatlar), shuningdek xoʻjalik yurituvchi yangi subyektlar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bogʻliq xarajatlar. 5. Yangi ishga tushirilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari. 7. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish boʻyicha xarajatlar. 8. Seriyali va keng koʻlamda chiqariladigan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻzlashtirish xarajatlari. 9. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bogʻliq xarajatlar. 12. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari. 13. Jadallashtirilgan metod bilan hisoblangan amortizatsiya summasi va belgilangan normalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq. a) asosiy vositalar boʻyicha – soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq; b) nomoddiy aktivlar boʻyicha –– boshlangʻich qiymatidan va foydali ishlatish muddatidan kelib chiqqan holda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan hisoblab chiqilgan normalarga muvofiq. | Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil qiladi.Ular joriy davrda amalga oshiriladi, biroq keyingi hisobot davrlaridagi ishlab chiqarish xarajatlariga qoʻshiladi. |