Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJTIMOIY TAʼMINOT BOʻLIMLARI TOMONIDAN YuRIDIK ShAXSLAR HAMDA ALOHIDA FUQAROLARGA NISBATAN QAYTA TALAB QILISh (REGRESS)* TALABNOMALARI ASOSIDA ISh OLIB BORISh TARTIBI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan keyin “regress” deb yuritiladi.
(Yoʻriqnomaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 17-aprelda 330-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 6-dekabrdagi 200-B-sonli “Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan yuridik shaxslar hamda alohida fuqarolarga nisbatan qayta talab qilish (regress) talabnomalari asosida ish olib borish tartibi haqidagi yoʻriqnoma va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 330-2, 10.12.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar aybi bilan korxona** hududida, shuningdek uning tashqarisida, hamda ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ishga borish yoki ishdan qaytish vaqtida ishchi va xizmatchilar shikastlanib, ularning sogʻligʻiga zarar yetsa, bu korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarining davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan qonun oldida moddiy jihatdan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** “Korxona” atamasi Oʻzbekiston Respublikasidagi mulkchilikning barcha shakllarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi va xizmatchilar mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq mayiblanish, kasb kasalligi yoki boshqa sabablarga koʻra salomatliklariga zarar yetsa, ish beruvchi tomonidan yetkazilgan moddiy zararni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 275-moddasi hamda zararni qoplash Qoidalari asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda yetkazilgan zarar uchun badal puli olish huquqi marhum qaramogʻidagi mehnatga layoqatsiz boshqa shaxslarga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faoliyatlari atrofdagilarga ochiqcha xavf tugʻdiradigan korxonalar va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, avtomobil egalari va boshqalar), agar shikastlanish yengib boʻlmas kuch yoki jabrlanuvchining aybi bilan boʻlganligini isbotlay olmasalar, jabrlangan xodimning shikastlanganlik tufayli koʻrgan zarar oʻrnini qoplashga majburlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 185 — 197-moddalariga binoan, agar sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitini taʼminlanmaganligi (mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligiga, sanoat ozodaligiga va boshqalarga amal qilmaslik) tufayli shikastlanish sodir etilsa, u ish beruvchi aybi bilan sodir boʻlgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasiga asosan, toʻlangan pensiya miqdorini undirib olish uchun zarar yetkazishda aybdor boʻlgan korxonalar va fuqarolarga regress talabnomalari asosida daʼvo qilish huquqi ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga berilgan.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Regress talabnomalari boʻyicha ish olib borishni tashkil etish vazifasi ijtimoiy taʼminot boʻlimlari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi va ular bu ish uchun shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regress talabnomalari boʻyicha ish olib borish va uni rasmiylashtirish ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining huquqshunoslari yoki huquqiy ishlar boʻyicha I toifa mutaxassislarining xizmat vazifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtat jadvalida huquqshunos yoki huquqiy ishlar boʻyicha I toifa mutaxassis lavozimlari koʻzda tutilmagan ijtimoiy taʼminot boʻlimlarida regress ishlari shu boʻlimlarning shtatdagi xodimlari tomonidan oʻrindoshlik asosida amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. REGRESS TALABNOMALARI BOʻYIChA DAʼVO QILISh UChUN ASOSLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Regress talabnomalari boʻyicha daʼvo qilish uchun quyidagi ikki shart asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli nogironlik pensiyasi tayinlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy kasallik boʻyicha nogironlik pensiyasi tayinlanib, pensiya ishidagi hujjatlar yoki boshqa maʼlumotlarga asosan xodimning salomatligiga yetkazilgan zarar korxona yoki fuqaroning aybi bilan sodir boʻlganligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligiga chalinganligi yoki salomatligiga boshqa zarar yetganligi oqibatida vafot etganning oilasiga boquvchisini yoʻqotganligi pensiyasi tayinlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikastlanishda va sogʻliqqa boshqa zarar yetkazishda korxonalar yoki fuqarolarning aybi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jabrlanuvchini sugʻurta qilgan korxona javobgarligini isbotlovchi hujjatlar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Korxona aybini tasdiqlovchi va baxtsiz hodisa tashkilotlarini bayon etuvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa haqida tuzilgan dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Maʼmuriyat, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki sudning jabrlanuvchi koʻrgan zarar oʻrnini qoplash haqidagi qarori, shuningdek xoʻjalik sudlarining regress daʼvolar boʻyicha (qayta daʼvo qilingan hollarda) qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Sud qarori va hukmi, prokuror qarori, tergov idoralari yoki dastlabki tergov idoralari qarorlari, agar ular tomonidan korxona aybi aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Mehnat boʻyicha texnik inspektori yoki mehnatni muhofaza qilish holatini va mehnat haqidagi qonunlarga amal qilinishini kuzatuvchi va nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarning (idoralarning) xodim salomatligiga yetkazilgan zararning sabablari haqidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. Davlat sanitariya xizmati tomonidan berilgan kasb kasalligiga chalinganligi haqidagi tibbiy xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.6. Mehnatda mayiblanganliklari tufayli xodimga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik sababli toʻlanayotgan nafaqa pulini korxona tomonidan ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi budjetiga qaytarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.7. Isbotlash kuchiga ega boʻlgan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Xizmat vazifasini bajarayotgan havo kemasi ekipaji aʼzosi kemani koʻtarilish, parvoz qilish yoki qoʻndirish paytida shikastlansa, kema egasi boʻlgan korxona faqat ziyon jabrlanuvchilar aybi bilan sodir boʻlganligini isbotlay olsalargina javobgarlikdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar jabrlanuvchini sugʻurta qilmagan korxona hamda ayrim fuqaroning aybini tasdiqlovchi dalil boʻlib xizmat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Sudning ayblov hukmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Koʻrsatilgan zarar uchun jabrlanuvchiga tovon mulkni toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Regress daʼvosi boʻyicha xoʻjalik sudining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Etkazilgan zarar xususida korxonalar oʻrtasidagi bahs boʻyicha xoʻjalik sudining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5. Etkazilgan zarar oqibatida jabrlanuvchi koʻrgan moddiy ziyonni korxona maʼmuriyati yoki alohida shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.6. Maʼmuriy idoralar (Davlat avtomobil nazorati idoralari)ning yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi haqidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.7. Korxona yoki fuqaro aybini tasdiqlovchi va isbotlash kuchiga ega boʻlgan boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh Quyidagi hollarda regress talabnomalari yozilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shikastlanish oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan boʻlib, bu shikastlanish yengib boʻlmas kuch tufayli yoki jabrlanuvchining aybi bilan sodir boʻlganligini isbotlab bera olsa, manba egasi javobgarlikdan ozod etiladi; agar ish beruvchi (yoki korxona, fuqaro) shikastlanishda uning aybi yoʻqligini isbotlay olsa (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 999-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xoʻjalik sudi va boshqa sudlarga murojaat etishdan avval, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari toʻlangan pensiya miqdorini qaytarib olish haqidagi talabnoma bilan (1 va 2-ilovalar) korxona (fuqaroga) murojaat etishlari va uni undirishning boshqa choralarini koʻrishlari lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabnomalar yozma tarzda taqdim etiladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma yuborgan ijtimoiy taʼminot boʻlimining nomi, talabnoma yuborilgan korxonaning nomi, yuborilgan kun va talabnoma soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma yuborishga asos boʻluvchi vaziyat, talabnomada bayon etilgan vaziyatni tasdiqlovchi dalillar, talabnoma qiluvchining (ijtimoiy taʼminot boʻlimining) talablari;
(10-bandning ikkinchi – uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qiymati va uning hisob-kitobi, talab qiluvchining toʻlov va pochta maʼlumotlari talabnomaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabnoma korxona rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma javobgar tomonga buyurtma yoki baholi xat bilan joʻnatiladi yoxud shaxsan ularga tilxat bilan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabnoma yuborilgan korxona talabnomani olgandan keyingi bir oy muddat ichida unga javob yuborish shart. Talabnomaga javob shu korxona rahbari yoki uning muovini tomonidan imzolanib, ijtimoiy taʼminot boʻlimiga buyurtma yoki baholi xat bilan joʻnatilishi yoxud tilxat bilan topshirilishi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aybini toʻla yoki qisman boʻyniga olgan korxona ixtiyoriy ravishda talab bildiruvchiga tan olgan summani toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar aybini boʻyniga olib yozilgan javobda koʻrsatilgan summa toʻlanganligi haqidagi xabar boʻlmasa, ijtimoiy taʼminot boʻlimi javob olgandan soʻng 20 kun oʻtgandan keyin bank muassasasiga javobgar tan olgan summani tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (bundan keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi)” oʻtkazish haqidagi farmoyishni taqdim etadi. Farmoyishga javobgarning javob xati ilova qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Zarar yetkazilgan korxona bir oy muddat ichida regress talabnomasini qondirmasa ijtimoiy taʼminot boʻlimi ishni xoʻjalik sudiga oshiradi (3 va 4-ilova). Sudga daʼvo qilish huquqi, talabnomani qondirishdan qisman boʻyin tovlash yoki javob oʻz vaqtida olinmagan taqdirda ham saqlanib qoladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining regress talabnomalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlariga xususiy, qoʻshma korxonalar hamda alohida ishbilarmonlarga qilinayotgan daʼvolar xoʻjalik sudlarida, fuqarolarga nisbatan qilinayotgan daʼvolar ― shahar, tuman sudlarida koʻrib chiqiladi.
(16-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) 329 va 330-moddalariga muvofiq, tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari umumiy yurisdiksiya va xoʻjalik sudlarida zarar yetkazuvchidan regress daʼvolar boʻyicha jabrlanuvchiga yoki uning oila aʼzolariga toʻlangan pensiyalar va nafaqalar summasini undirib olishda davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabnomani koʻrib chiqishga ajratilgan muddat buzilsa yoki daʼvo javobsiz qoldirilsa, bu daʼvoni koʻrib chiqayotgan xoʻjalik sudi amaldagi qonunlarga koʻra javobgar korxonadan daʼvo qiymatining 2 foizini Respublika budjetiga undirib olish huquqiga ega (“Hakamlik sudi va xoʻjalik nizolarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunning 94 moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Korxonalarga regress talabnomalari yoki daʼvo taqdim etilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga (150-151-moddalari) amal qilinadi. Ular boʻyicha daʼvo muddati bir yil qilib belgilansa, alohida fuqarolarga regress talabnomalari va daʼvolar taqdim etish muddati esa ― 3 yil. Regress daʼvolari boʻyicha daʼvo muddati pensiya tayinlangan kundan emas, regress talabnomalari va daʼvolari taqdim etilishidan oldingi, oxirgi pensiya olgan kundan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Faqat mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda zarar yetkazganlik uchun toʻlangan nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari qiymati yetkazilgan zarar hisob-kitobiga kiritilishi va undirib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasidan boshqa turdagi (masalan, yoshi boʻyicha) pensiyaga oʻtgan taqdirda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan regress talabnomalari yuborish toʻxtatiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. REGRESS TALABNOMALARINI TAQDIM ETISh MUMKIN BOʻLGAN PENSIYA IShLARINI TANLAB OLISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuman va shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlarida, regress talabnomalari taqdim etilishi mumkin boʻlgan pensiya ishlarining hisobi pensiya tayinlash (qayta hisoblash) haqidagi ariza va qarorlarni (farmoyishlarni) qayd qilish jurnali asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligiga chalinganligi tufayli yangi tayinlangan har bir nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiya ishi boʻyicha toʻlov hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng pensiya ishi regress talabnoma va daʼvolarni yuritish bilan bevosita shugʻullanuvchi xodimga oʻtkaziladi. Oʻz navbatida bu xodim pensiya ishidagi mavjud hujjatlar boʻyicha regress talabnoma berishga asos boʻlgan taqdirda ushbu pensiya ishi yuzasidan maxsus varaqa (5-ilova) toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy kasallik boʻyicha pensiya tayinlangan, biroq korxona yoki alohida shaxs aybi bilan fuqarolar salomatligiga zarar yetganligi haqida maʼlumotlar boʻlsa, bu ishlar boʻyicha ham maxsus varaqa ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus varaqalar alohida jurnalda qayd qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Biror pensiya ishi boʻyicha regress talabnomalari berish uchun asos boʻlmasa bu haqda yozma xulosa tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pensioner yangi joyga koʻchgan taqdirda tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi uning yangi yashash joyidagi ijtimoiy taʼminot boʻlimiga pensiya ishi bilan varaqning nusxasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. DAROMADNING TUShIShI VA REGRESS TALABNOMALARI BOʻYIChA ISh OLIB BORISh UChUN MABLAGʻ SARFLANADI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mehnatda mayib boʻlganlik kasb kasalligiga chalinganligi tufayli toʻlangan nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi regress talabnomalari asosida undirib olinganda, bu mablagʻ Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Regress talabnomasi asosida undirib olinadigan mablagʻ miqdori pensiya ishidagi maʼlumotlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Regress talabnomalari asosida tushayotgan mablagʻ quyidagi tartibda nazorat qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
regress talabnomasi va daʼvosi boʻyicha mablagʻ javobgarlar tomonidan daʼvo xatida yoki daʼvo arizasida koʻrsatilgan Pensiya jamgʻarmasining tegishli bankdagi hisob-kitob raqamidagi “Regress talabnomalari boʻyicha tushum” raqamiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari Pensiya jamgʻarmasiga kelib tushayotgan mablagʻni tekshirib turishlari shart.
(28-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan maʼlumotlar asosida ijtimoiy taʼminot boʻlimlari rahbarlari regress talabnomalarini qondirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqadilar - eslatmalar (6-ilova) yuboradilar, korxona rahbarlari bilan shaxsan suhbat oʻtkazadilar, lozim boʻlganda korxona ustidan yuqori turgan tashkilotlarga xat bilan murojaat qiladilar yoki belgilangan tartibda daʼvo qiladilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining regress talabnomalari (daʼvolar) asosida ishlarini olib borish boʻyicha faoliyatlari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatda mayib boʻlganligi yoki kasb kasalligidan nogironlik boʻyicha undiriladigan regressiv talabnomalari (daʼvolar) asosida undirilgan mablagʻ qiymatining 15 foizi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regress talabnomalari asosida mablagʻ undirib olish boʻyicha ishlarni tashkil qilishga ketadigan sarf-xarajat, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish ishlari ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tasdiqlangan smeta asosida va tushgan pullar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yilning oktyabr oyida shahar va tuman ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining rahbarlari regress talabnomalari yuborishga asos boʻlgan pensiya ishlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazadilar. Shu asosda ular tomonidan regress ishlarini olib borish uchun kirim va chiqim smetasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yilning noyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari kelgusi yilga regress ishlarini olib borish uchun kirim va chiqim smetasini tuzadi. Smetaga mehnatga haq toʻlash, xizmat safarlari, devonxona chiqimlari va mukofotlash uchun ajratilgan chiqimlar kiritiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Regress ishlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni tashkil etishda (pensiya ishlarini tanlashda, regress ishlariga bogʻliq boʻlgan moliya ishlarini amalga oshirishda va boshqa tadbirlarda) ishtirok etgan ijtimoiy taʼminot xodimlari ham mukofotlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yilning har choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga yilning birinchi choragida, yarim yillikda, 9 oyda hamda yil davomida regress talabnoma (daʼvo)lari asosida olib borgan ishlari boʻyicha tushgan mablagʻ qiymati haqidagi hisobotlarini topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari yilning har choragida regress talabnoma (daʼvo)lari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida yilning birinchi choragida, yarim yillikda, 9 oyda hamda yil davomida umumlashtirilgan hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga topshiradilar.
(31, 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19____ yilning “__” __________ da sizning korxonangizda (tashkilot, muassasa, davlat, jamoa xoʻjaligida, kooperativda) fuqaro_________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
mehnatda mayib boʻlgan (kasb kasalligiga chalingan), natijada u_____ guruh nogironi deb tan olingan. 19___ yilning “____” __________ dan unga oyiga _____soʻm_____ tiyin pensiya belgilangan. 19__yilning “___” __________ dan 19___ yilning “___”___________gacha boʻlgan davrda toʻlangan pensiyaning umumiy miqdori ______ soʻm _____ tiyinni tashkil etadi. Baxtsiz hodisa (kasallik)ning sababi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining sogʻliqqa zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish haqidagi ____ ― moddasida* koʻrsatilgan talablarga maʼmuriyat tomonidan amal qilinmaganligidadir. Korxona (muassasa, tashkilot)ning aybi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqaro�arning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasiga amal qilib va yetkazilgan zararda korxona (muassasa, tashkilot)ning aybi borligini inobatga olib sizga bir oy muddat ichida ixtiyoriy ravishda __________ bankining ______________ boʻlimidagi Pensiya jamgʻarmasining _____________ sonli hisob-kitob _____________ raqamiga______- soʻm tiyin toʻlangan pensiyaning miqdorida pul oʻtkazishingizni taklif etamiz. Talabnomaning qanoatlantirilganligini tasdiqlash maqsadida bizning manzilimizga bank muhri tushirilgan toʻlov qogʻozining koʻchirma nusxasini yoki talabnomada koʻrsatilgan qiymat toʻlangan toʻlov qogʻozi maʼlumotlarini yuborishingizni soʻraymiz.
Ilova:
1. Toʻlangan pensiya miqdori haqida maʼlumotnoma. 2. Baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnomadan koʻchirma. 3. _______________________________________________________ 4. _______________________________________________________ 5. _______________________________________________________
19____ yilning “__” __________ da sizning korxonangizda (tashkilot, muassasa, davlat, jamoa xoʻjaligida, kooperativda) _______________________________________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
mehnat qilayotganida mehnatda mayib boʻlganlik (kasb kasalligiga chalinganligi) natijasida halok boʻlgan va uning oila aʼzolariga 19___ yilning “___” ____________ dan ____ soʻm ____ tiyin miqdorida pensiya tayinlangan. 19 __ yilning “___”______ dan 19 ____ yilning “___”______gacha boʻlgan davrda toʻlangan pensiyaning umumiy miqdori ____ soʻm ____ tiyinni tashkil etadi. Baxtsiz hodisa (kasallik)ning sababi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining sogʻliqqa zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish haqidagi ____ ― moddasida* koʻrsatilgan talablarga maʼmuriyat tomonidan amal qilinmaganligidadir. Korxona (muassasa, tashkilot)ning aybi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________ Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasiga amal qilib va yetkazilgan zararda korxona (muassasa, tashkilot)ning aybi borligini inobatga olib sizga bir oy muddat ichida ixtiyoriy ravishda __________ bankining ______________ boʻlimidagi Pensiya jamgʻarmasining _____________ sonli hisob-kitob _____________ raqamiga______- soʻm tiyin toʻlangan pensiyaning miqdorida pul oʻtkazishingizni taklif etamiz. Talabnomaning qanoatlantirilganligini tasdiqlash maqsadida bizning manzilimizga bank muhri tushirilgan toʻlov qogʻozining koʻchirma nusxasini yoki talabnomada koʻrsatilgan qiymat toʻlangan toʻlov qogʻozi maʼlumotlarini yuborishingizni soʻraymiz.
Ilova:
1. Toʻlangan pensiya miqdori haqida maʼlumotnoma. 2. Baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnomadan koʻchirma. 3. _______________________________________________________ 4. _______________________________________________________ 5. _______________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy taʼminot boʻlimining shtampi
________________________ xoʻjalik sudiga Daʼvogar _____________________________ Manzil ______________________________ ____________________________________ Javobgar ____________________________ ____________________________________ Manzil ______________________________ ____________________________________ Daʼvo puli miqdori _____soʻm ______tiyin
DAʼVO ARIZASI
19__ yilning “__”_________ da javobgar korxonada fuqaro ___________________________
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
bilan quyidagi sharoitda________________________________________________ baxtsiz hodisa roʻy berdi. Javobgarning aybi 19____ yilning “__” _________ da tuzilgan baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi. Shu baxtsiz hodisa natijasida fuqaro____________ ___ guruh nogironi deb tan olingan va unga ___ soʻm ___ tiyin miqdorida nogironlik pensiyasi tayinlangan. Regress tartibida javobgardan ____ oy mobaynida _____ soʻm ___ tiyin undirilib olinishi kerak. Bizning 19 ___ yilning “__” _______ dagi ____ ― sonli talabnomamizni javobgar qanoatlantirmadi, qarzi boʻyicha oʻz hisob-kitoblarini ham taqdim etmadi. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib va Oʻzbekiston Respublik�si “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasiga amal qilib javobgardan Pensiya jamgʻarmasining _______________ hisob-kitob raqamiga _____ soʻm ___ tiyin miqdoridagi toʻlangan pensiya pulini undirib berishingizni soʻraymiz.
Ilova:
1. Pensiya miqdori haqidagi maʼlumotnoma. 2. Baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma nusxasi. 3. Talabnoma nusxasi va uni javobgarga joʻnatilgani haqidagi pochta hujjati. 4. Javobgarga daʼvo arizasining nusxasi joʻnatilgani haqidagi pochta hujjati.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy taʼminot boʻlimining shtampi
________________________ xoʻjalik sudiga Daʼvogar _____________________________ Manzil ______________________________ ____________________________________ Javobgar ____________________________ ____________________________________ Manzil ______________________________ ____________________________________ Daʼvo puli miqdori _____soʻm ______tiyin
DAʼVO ARIZASI
19__ yilning “__”_________ da javobgar korxonada fuqaro ___________________________
(ismi, sharifi)
bilan quyidagi sharoitda________________________________________________ baxtsiz hodisa roʻy berdi. Javobgarning aybi 19____ yilning “__” __________ da tuzilgan baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma bilan tasdiqlanadi. Shu baxtsiz hodisa natijasida fuqaro halok boʻldi va uning oila aʼzolariga _____ soʻm ___ tiyin miqdorida pensiya toʻlanmoqda. Regress tartibi asosida javobgardan ___ oy mobaynida toʻlangan _____ soʻm ___ tiyin undirib olinishi kerak. Bizning 19____ yil “__” __________ dagi _____― sonli talabnomamizni javobgar qanoatlantirmadi, qarzi boʻyicha oʻz hisob-kitoblarini ham taqdim etmadi. Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib va Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasiga amal qilib javobgardan Pensiya jamgʻarmasining _______________ hisob-kitob raqamiga _____ soʻm ___ tiyin miqdoridagi toʻlangan pensiya pulini undirib berishingizni soʻraymiz.
Ilova:
1. Pensiya miqdori haqidagi maʼlumotnoma. 2. Baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma nusxasi. 3. Talabnoma nusxasi va uni javobgarga joʻnatilgani haqidagi pochta hujjati. 4. Javobgarga daʼvo arizasining nusxasi joʻnatilgani haqidagi pochta hujjati
(4-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________________________ viloyat, tuman (shahar) IJTIMOIY TAʼMINOT BOʻLIMI
Aybi bilan baxtsiz hodisa roʻy bergan (kasb kasalligi orttirgan) korxona (muassasa) nomi _______________ _____________________________________________
Regress talabnomasi yuborish uchun asos boʻlgan pensiya ishni hisobga olish VARAQASI № __________ Pensioner ____________________________________
Korxona manzili _______________________________ _____________________________________________ telefon raqami_______________ _____________________________________ bankning
Tugʻilgan yili ________________________ Pensioner manzili _____________________________ _____________________________________________ Shaxsiy hisob - kitob (pensiya ishi) raqami __________ Pensiya turi ___________________________________
hisob-kitob raqami _____________________________ 19____ yil “__” ____________ dagi sonli N-1 shakldagi dalolatnoma (kasb kasalligi ortt�rganligi haqidagi xulosa) _________________________ TMEK maʼlumotnomasi
Pensiya tayinlangan kun
Oʻlganlik haqidagi guvohnoma:
19__y. “___” __________ Majlis bayoni № _________
seriya ____________ № ___________________
Nogironlik guruhi (oila aʼzolari soni)
Pensiya miqdori
davr
Korxona (tashkilot) aybini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlar ____________________________________
dan
gacha
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________
____________________________ munosabati bilan 19____ yil “___” ___________ da hisobdan chiqarilgan
Undirib olish toʻxtatilgan kun va uning sababi: ______ _____________________________________________ _____________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy taʼminot boʻlimining shtampi
________________________________ (korxona, muassasa, tashkilot nomi) manzili _________________________ ________________________________
ESLATMA
19____ yilning “__”__________ da Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Qonunining 66-moddasiga binoan Sizning korxonangizga _____ soʻm ___ tiyin toʻlash uchun _________ ― sonli regress talabnomasini yuborgan edik. Sizga talabnoma mehnatda mayib boʻlganlik (kasb kasalligiga chalinganlik) tufayli nogironlik (boquvchisini yoʻqotganlik) pensiyasini olayotgan _____________ ______________________________________ning pensiya ishi asosida yuborilgan.
(pensioner ismi, sharifi)
Qonunga muvofiq Siz bir oy muddat ichida bu talabnomani qondirishingiz kerak edi. Talabnoma pulining miqdorini 19____ yil “___” __________ gacha boʻlgan muddatda Pensiya jamgʻarmasi _____________________ boʻlimining ___________________ banki boʻlimidagi ___________________ hisob-kitob raqamiga oʻtkazishingizni soʻraymiz. Pul oʻtkazilmagan taqdirda yuqorida koʻrsatilgan mablagʻni xoʻjalik sudi orqali undirib olishga majbur boʻlamiz. Bu sizni qoʻshimcha chiqimlar — davlat boji, jarimalar toʻlashga majbur etadi. Sizga ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining talabnomalarini oʻz vaqtida qondirishingizni tavsiya etamiz.
(6-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 13.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 51-son, 504-modda)