oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2516-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 18-sentabrdagi 439-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516, 2013-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 555-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. KURBANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-may,
191-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 7-maydagi 191-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan soʻzlar “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-banddagi “Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan soʻzlar “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-banddagi “bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga” degan soʻzlar “mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 15-banddagi “bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi” degan soʻzlar “mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 7-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 238-modda)