Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2015 14.06.2013 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat sohasida 2013-2015-yillarga moʻljallangan hamkorlik
2013-yil 14-iyun, Toshkent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp asrlik umumiy tarixiy rivojlanishga, anʼanaviy madaniy-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga asoslanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniyat, sogʻliqni saqlash, fan, taʼlim, turizm va sport sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida 1994-yil 10-yanvarda imzolangan Bitimga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaviy hamkorlik dasturlari shaklidagi idoralararo sheriklik tajribasini ijobiy baholab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va bu tajribani rivojlantirishga qaror qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Dastur va uning ajralmas qismi sifatida unga ilova qilingan Tadbirlar rejasiga muvofiq madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon oʻz vakolati doirasida va oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq, boshqa Tomonning tadqiqotchilari va rasmiy shaxslari uchun oʻz davlatlaridagi muzey va muzey-qoʻriqxonalari fondlaridan foydalanish uchun ruxsatni taʼminlashda koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bir-birlari bilan Tomonlar davlatlarining tarixi va madaniyati uchun ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan masalalar boʻyicha maʼlumot almashishni (elektron va qogʻoz shaklida) faol yoʻlga qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar olingan maʼlumotdan faqat ilmiy maqsadlarda foydalanishda va uni uchinchi shaxsga berishda, uni taqdim qilgan Tomonning oldindan roziligini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tarixni va madaniy obidalarni restavratsiya qilish, konservatsiyalash va muzeylashtirish masalalari boʻyicha bir-birlariga konsultativ yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzbek va qozoq ijodiy jamoalari va ijrochilarining Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro festivallar va tanlovlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining vakolatlari doirasida Qozogʻiston Respublikasidagi oʻzbek diasporasi va Oʻzbekiston Respublikasidagi qozoq diasporasi tashabbuslari bilan oʻtkaziladigan xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan madaniy tadbirlarni tashkil qilishda koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oldindan kelishuv asosida, ushbu Dasturning amal qilishi nihoyasiga qadar rasmiy delegatsiyalar tashriflari bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon ushbu Dastur amal qilish davrida oʻzining rasmiy veb-saytida boshqa Tomonning veb-sayti va logotipiga havolani, shuningdek ushbu Dastur matnini joylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dasturda nazarda tutilgan barcha faoliyat turlari Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi va moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar har bir alohida holatda xarajatlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq boshqacha tartib kelishib olinmasa, har bir Tomon mustaqil ravishda, ushbu Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dastur qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar ularni muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha ushbu Dasturga, uning ajralmas qismi boʻlgan tegishli bayonnomalarni imzolash yoʻli bilan, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dastur imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 2015-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2013-yil 14-iyunda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dastur qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi oʻrtasida madaniyat sohasida 2013 — 2015-yillarga moʻljallangan hamkorlik Dasturiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar mazmuni

Oʻtkazish muddatlari

Masʼullar

Oʻzbekiston Respublikasi

Qozogʻiston Respublikasi

1.

Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro musiqa va raqs festivallari, xonandalar, pianinochilar, skripkachilar, balet artistlarining xalqaro tanlovlarida oʻzbek madaniyat va sanʼat arboblarining ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

Madaniyat va sport ishlari vazirligi (keyingi oʻrinlarda — MSV)

Madaniyat va axborot vazirligi (keyingi oʻrinlarda — MAV)

2.

Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi teatr jamoalarining Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan teatr festivallarida ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

MSV

MAV

3.

Qozogʻiston rassomlarining Toshkent — 2013 zamonaviy sanʼat biyennalesida ishtirok etishi

2013-yil

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

MAV

4.

Qozogʻiston madaniyat va sanʼat arboblarining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etishi

2013-yil

MSV

MA�

5.

Qozogʻiston Respublikasi fotosuratchilarining Toshkent xalqaro fotosuratchilar biyennalesi — 2014da ishtirok etishi

2014-yil

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

MAV

6.

Qozogʻiston Respublikasida oʻtkaziladigan Xalqaro kinofestivallarda oʻzbek vakillarining ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

“Oʻzbekkino” MA

MAV

7.

“Toshkent quvonchlari — 2014” xalqaro bolalar rasmlari biyennalisida qozoq vakillarining ishtirok etishi

2014-yil

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

MAV

8.

Qozogʻistonlik rassomlarining Toshkent — 2015 zamonaviy sanʼat biyennalesida ishtirok etishi

2015-yil

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

MAV

9.

Toshkentda oʻtkaziladigan tasviriy sanʼat haftaligida qozogʻistonlik rassomlarning ishtirok etishi

har yili (aprel)

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

MAV

10.

Qozoqiston Respublikasida oʻtkaziladigan badiiy sanʼat sohasidagi xalqaro koʻrgazma, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda oʻzbek vakillarining ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi

MAV

11.

“Orteke” xalqaro qoʻgʻirchoqlar teatrlari festivalida oʻzbek vakillarining ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

MSV

MAV

12.

“Evraziya” xalqaro kinofestivalida oʻzbek vakillarining ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

MSV “Oʻzbekkino” MA

MAV

13.

Qozogʻiston xalq rassomi A. Ismoilov ijodiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada oʻzbek vakillarining ishtirok etishi

2013-yil

Oʻzbekiston badiiy akademiyasi

A. Kasteyev nomidagi Davlat sanʼat muzeyi

14.

“Buyuk dasht qoʻshigʻi” anʼanaviy ijrochilik sanʼati xalqaro festivalida oʻzbek sanʼatkorlarining ishtirok etishi

2014-yil

MSV

MAV

15.

“Operaliya” xalqaro musiqa festivalida oʻzbek sanʼatkorlarining ishtirok etishi

2013 — 2015-yillar

MSV

MAV