Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasida abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasida abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
287-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 150-modda)