08.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abadiy doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan keyin “Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakatning tarixiy, madaniy, til va anʼanalar yaqinligiga asoslangan doʻstlik, hamjihatlik ruhidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur zamin yaratishga tayyorligini izhor etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat va xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlarining erishilgan darajasidan mamnun ekanliklarini ifoda etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Xelsinki Yakunlovchi akti va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi boshqa hujjatlar prinsip va maqsadlariga oʻz sodiqliklarini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtalarida mavjud boʻlgan doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qardosh va doʻst davlatlar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻz munosabatlarini hamkorlik va oʻzaro ishonch asosida quradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar munosabatlarini bir-birlarining mustaqilligini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik, teng huquqlilik va oʻzaro manfaat prinsiplari asosida faollik bilan rivojlantirishga oʻzlarining qatʼiyliklarini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududlaridan boshqa Tomonga qarshi harbiy agressiya yoxud dushmanlik faoliyati olib borish maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar birinchi navbatda, mustaqillik va suverenitet, hududiy yaxlitlik va mustaqil siyosat oʻtkazishga tahdid etishning oldini olish masalalarida, har tomonlama qoʻllab-quvvatlab ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munosabatlarni barqaror rivojlantirish, xalqaro mintaqaviy muammolar boʻyicha fikr almashishni taʼminlash maqsadida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maslahatlashishlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatlashishlar davomida Tomonlarning umumiy manfaatlariga daxl qiluvchi mintaqaviy va dunyo miqyosidagi masalalar boʻyicha, ularni Tomonlar aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlarda muhokama qilish vaqtida, nuqtai nazarlarini muvofiqlashga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti imkoniyatlaridan yanada toʻlaroq foydalanilish maqsadida hamkorlik qilish xususida kelishib oldilar. Tomonlar shu maqsadda tashkilotning tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni saqlashda va boshqa sohalarda BMTning rolini mustahkamlash uchun butun kuchlarini sarf qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajarilishini samarali ravishda nazorat qilish mumkin boʻlgan tegishli bitimlar imzolash yoʻli bilan qurollarni cheklash, qurolsizlanish jarayoni va yadro qurolini tarqatmaslik xalqaro xavfsizlikni saqlashga va mustahkamlashga koʻmaklashadi, degan fikr boʻyicha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar qarashlarning birligini taʼkidlaydilar va shu doiradagi hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun maslahatlashishlarni oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikki tomonlama iqtisodiy, savdo munosabatlarini, ilm, texnologiya va atrof-muhit sohalaridagi aloqalarni va uzoq muddatli istiqbolni hisobga olgan holda rivojlantirish zarurligi xususida kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar shu maqsadda mahsulot, xizmat koʻrsatish va sarmoyaning ikki davlat oʻrtasida keng qamrovda va samarali aylanishiga bosqichma-bosqich oʻtishi uchun zarur huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va tijoriy sharoitlarni yaratadilar. Birinchi navbatda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm, aloqa va telekommunikatsiya, energetika, pudrat ishlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaydilar va shuningdek ish kuchidan samarali foydalanish imkoniyatlarini oʻrganadilar. Tomonlar oʻz davlatlarida yoki uchinchi davlatlarda ikki tomonlama va koʻp tomonlama qoʻshma investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydilar. Bu faoliyatda Tomonlar eng manfaatli shartlardagi moliyaviy manbalar bilan taʼminlash uchun kuch beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar iqtisod, ilm-fan va texnika sohasida muntazam ravishda maslahatlashishlarni, maʼlumot va tajriba almashishni ragʻbatlantiradilar va shuningdek ikki mamlakatning bu sohadagi imkoniyatlari bilan yaqinroq tanishish va ulardan foydalanish maqsadida barcha darajalardagi aloqalarni kengaytirishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash mintaqa mamlakatlarining baxt-saodati va xavfsizligiga koʻmaklashishiga ishonch hosil qilib, mintaqaviy hamkorlikni va, birinchi navbatda, Markaziy Osiyodagi hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mintaqaviy hamkorlikni hech bir majbur qilmaslik yoʻli bilan, shu jumladan siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy sohada, yoʻlga solish zarurligi toʻgʻrisida bir fikrga keldilar. Tomonlar turkiyzabon davlatlar boshliqlari uchrashuvlarining ahamiyatini taʼkidlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishish asosida bir-birlari xuzuridagi diplomatik, konsullik, tijorat va boshqa rasmiy vakolatxonalarning faoliyatlarini mumkin qadar yengillashtiradilar. Tomonlar qoʻshma loyihalarda ishtirok qilayotgan tadbirkor, jurnalist va mutaxassislarning ishlashi va yashashi uchun tegishli sharoitlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, har bir mamlakatning amaldagi qonunlariga muvofiq, diplomatlar va biznesmenlar uchun viza rejimini soddalashtirish, keyinchalik esa oʻzarolik asosida butunlay bekor qilishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tumanlar, shaharlar, mahalliy maʼmurlar vakillari oʻrtasidagi aloqalar va hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarga yangi miqyos va mazmun berishiga ishonch hosil qilib, bunday hamkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, mohiyati va maqsadlari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, terrorizmning har qanday koʻrinishiga qatʼiy ravishda qarshi ekanliklarini va terrorizmning hech bir sharoitda haq boʻlmasligi xususidagi oʻzlarining qatʼiy nuqtai nazarlarini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikka, qurol va narkotik modda, tarixiy va madaniyat va sanʼat yodgorliklarini kontrabanda qilish bilan va kontrabandaning boshqa turlariga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar, fuqaro aviatsiyasi faoliyatlariga gʻayriqonuniy aralashish bilan bogʻliq mojarolarni xalqaro shartnomalarda belgilangan prinsiplar asosida hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan va Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa davlatlar bilan mavjud ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga hech bir shaklda daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi bilan Turkiya Jumhuriyati oʻrtasidagi munosabatlarda 1991-yil 19-dekabrda Anqarada imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati oʻrtasidagi aloqalarning asos va maqsadlari toʻgʻrisidagi Shartnoma oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma nomaʼlum muddatga imzolanadi. Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning bittasi boshqa Tomonni yozma ravishda Shartnomaning amalini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida xabar qilganidan keyin Shartnoma olti oydan soʻng oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Toshkent shahrida 1996-yil 8-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek va turk tillarida tuzildi, har ikkala matn ham bir xil kuchga ega.

(imzolar)