04.03.2015 yildagi KQ-1-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2015-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat-tahlil faoliyati rejasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2015-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat-tahlil faoliyati rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-1-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 4-martdagi KQ-1-III-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2015-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat-tahlil faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
‎Qonunchilik faoliyati

‎‎Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.

‎ ‎

Kelib tushishiga qarab‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish. ‎
‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish.
‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎Namangan viloyatida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish holatini oʻrganish (xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi bilan birgalikda).

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasi yuzasidan takliflar va xulosa tayyorlash.

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
‎Qonunchilik faoliyati ‎

‎‎Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.‎

‎ ‎

Kelib tushishiga qarab‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish.

‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish.
‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan ijro etilishini oʻrganish.

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎Qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash ishlarining holati, shuningdek qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi masalasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi yuridik xizmatning roli toʻgʻrisida axborot berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga parlament soʻrovi.

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
‎Qonunchil�k faoliyati

‎‎Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.

‎ ‎

Kelib tushishiga qarab‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

‎‎“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlashga doir qismi Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish (xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).

‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent viloyatida ijro etilishini oʻrganish (xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan birgalikda).

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
‎Qonunchilik faoliyati

‎‎Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.‎

‎ ‎

Kelib tushishiga qarab‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

‎‎Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (Parij, 1972-yil 16 (23) noyabr) talablarining Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijro etilishini oʻrganish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda). ‎

‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining xalqaro sport hamkorligini rivojlantirish hamda 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha faoliyati toʻgʻrisida parlament eshituvi (Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).‎

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
‎Qonunchilik faoliyati

‎‎Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.

‎ ‎

Kelib tushishiga qarab‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

‎‎“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatida ijro etilishini oʻrganish (xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎2015-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan bajarilishi masalasi boʻyicha parlament eshituvi.

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

‎‎Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
‎Qonunchilik faoliyati ‎

‎‎Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.‎

‎ ‎

Kelib tushishiga qarab‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2014-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitish.‎

‎ ‎

Yilning birinchi yarmi‎

‎‎“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish (xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).

‎ ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: rejaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 3-son, 126-modda)