Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SAVDO-KOʻRGAZMA KOMPLEKSIDAGI SAVDO MARKAZIDAN FOYDALANISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-avgustdagi 232-sonli “Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksi tarkibidagi Savdo markazini oʻz vaqtida foydalanishga topshirish, uning oʻz xarajatini oʻzi qoplashini va oʻzini oʻzi moliyalashini taʼminlash, yuqori xalqaro darajada xizmat koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Xalqaro savdo-koʻrgazma kompleksidagi qurilishi tugallangan Savdo markazini “Oʻzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Savdo markazini boshqarishda ichki bozorni respublika tovar ishlab chiqaruvchilarining va yetakchi xorijiy kompaniyalarning yuqori sifatli tovarlari bilan toʻldirish, shuningdek servis xizmati koʻrsatishni xalqaro darajada tashkil etish “Oʻzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifasi hisoblanadi;
“Oʻzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi Savdo markazini ishonchli boshqarish boʻyicha mulkdor vakolatini amalga oshirishga haqlidir, uning mulkini tasarruf etish va boshqalarga berish huquqi bundan mustasno;
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun “Oʻzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi Oʻzbekiston va xorijning yetakchi tovar ishlab chiqaruvchilarini ularning tovarlarini sotish yoki ularga Savdo markazining savdo maydonlari va binolarini ijaraga berish yoʻli bilan jalb qilishi mumkin.
(2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Innovatsiya” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi bilan Savdo markazini ishonchli boshqarish shartnomasini bir hafta muddatda tuzsinlar, unda savdo markazidan maqsadli foydalanilishi va kredit oʻz vaqtida qaytarilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻzinterimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasi, “Oʻztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻrta Osiyo Trans” xalqaro avtotransportda yuk tashish davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga Respublika Hukumati kafolati ostida “Turkeksimbank” kredit liniyasi hisobidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalangan kreditni ilovaga* muvofiq oʻz vaqtida qaytarish funksiyasi yuklansin.
* Ilova berilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bankda tushumni oʻtkazish, “Turkeksimbank” kreditini qaytarish, tovarlar va xizmatlar haqini toʻlash, shuningdek Savdo markazi operatsiyalari boʻyicha boshqa toʻlovlar uchun alohida hisob-kitob va valyuta subschyotlari ochish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Savdo markazini keyinchalik menejmentga berish uchun supermarketlar tarmogʻi operatori boʻlgan xalqaro kompaniya bilan bir oy muddatda bitim tuzsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 29-yanvar,
42-son