12.08.1949 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Jeneva Konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1929-yilning 27-iyulida qabul qilingan Jeneva Konvensiyasini qayta koʻrib chiqish maqsadida Jenevada 1949-yil 21-apreldan 12-avgustgacha oʻtkazilgan Diplomatiya konferensiyasida Hukumatlar vakillari sifatida ishtirok etganlar va quyida imzo chekuvchilar shunday bitimni tuzdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar har qanday holatda mazkur konvensiyaga amal qilish va amal qilishga majburlash masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davridayoq kuchga kirishi lozim boʻlgan qarorlardan tashqari, ikkita yoki bir nechta Oliy Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida urush eʼlon qilingan yoxud turli qurolli mojarolar yuz bergan har qanday hollarda, hattoki, tomonlardan biri urush holatini tan olmasa ham, mazkur Konvensiya qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya, shuningdek, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari toʻlaligicha yoki qisman istilo etilgan har qanday hollarda, hattoki, bunday bosqinchilik hech bir qurolli qarshilikka uchramasa ham, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nizolashayotgan Davlatlarning biri mazkur Konvensiya ishtirokchisi boʻlmasa, ishtirokchi sanalgan Davlatlar, baribir, u bilan oʻzaro munosabatlarini saqlab qolaveradilar Bundan tashqari, agar yuqorida koʻrsatilgan Davlat Konvensiya qoidalarini qabul qilsa va amalda qoʻllasa, ishtirokchi Davlatlar unga nisbatan Konvensiya bilan bogʻlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida xalqaro boʻlmagan qurolli mojaro sodir etilayotgan holda, oʻzaro nizoda boʻlgan tomonlarning har biri eng kamida quyidagi qoidalarni qoʻllashga majbur hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmayotgan shaxslar, jumladan, qurolli kuchlar tarkibida boʻlgan-u qurolini topshirgan, bundan tashqari, bemorligi, yaradorligi, qoʻlga olinganligi yoxud boshqa har xil sabablarga koʻra harbiy harakatlarda qatnashmayotgan shaxslar irqi, tana rangi, dini yoki eʼtiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va shunga oʻxshash boshqa jihatlar sababli hech bir kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmagan holda har qanday shart-sharoitda insoniy muomaladan foydalanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan quyidagi xatti-harakatlar har doim har qanday joyda taqiqlangan va taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hayotiga va jismoniy daxlsizligiga tahdid solish, xususan, har xil yoʻllar bilan hayotiga tajovuz qilish, jarohat yetkazish, shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish, qiynash va azoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) garovga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) insoniy qadr-qimmatiga, or-nomusiga tajovuz qilish, xususan, tahqiromuz va qadr-qimmatini xoʻrlaydigan munosabatda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tegishli tartibda taʼsis etilgan va taraqqiy etgan xalqlar tomonidan zarur deb eʼtirof etilgan sudlov kafolatlariga toʻla ega boʻlgan sud tomonidan qaror chiqarilmasdan hukm etish va jazo chorasini qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yaradorlar va bemorlar yigʻib olinishi hamda ularga yordam koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begʻaraz insonparvarlik tashkiloti, masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, nizolashayotgan tomonlarga oʻz xizmatini taklif etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiyaning barcha yoxud ayrim qoidalarini maxsus bitimlar orqali kuchga kiritishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi qoidalarning qoʻllanilishi nizolashayotgan tomonlarning yuridik maqomiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Betaraf davlatlar nizolashayotgan tomonlar qurolli kuchlariga mansub boʻlgan va betaraf davlatlar hududida qabul qilingan yoxud ushlab qolingan va qurolsizlantirilgan yaradorlar hamda bemorlarga, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlariga, bundan tashqari, yigʻib olingan murdalarga nisbatan mazkur Konvensiya qoidalarini analogiya boʻyicha qoʻllaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya dushman tomonning qoʻliga tushib qolgan oʻz himoyasidagi shaxslarga nisbatan ular oʻz vatanlariga tugal qaytishlariga qadar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10, 15, 23, 28, 31, 36, 37 va 52-moddalarda maxsus koʻzda tutilgan bitimlardan tashqari, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar alohida tartibga solish maqsadga muvofiq deb hisoblagan har qanday masala boʻyicha boshqa maxsus bitimlar tuzishi mumkin. Hech qanday maxsus bitim yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlarining mazkur Konvensiyada belgilab qoʻyilgan mavqeyiga ziyon yetkazmasligi, ularning mazkur hujjatda koʻzda tutilgan huquqlarini cheklamasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari ularga nisbatan mazkur Konvensiya qoʻllanilayotgan vaqt mobaynida ushbu hujjatlarda koʻzda tutilgan imtiyozlardan foydalanishda davom etadilar. Yuqorida tilga olingan yoki keyinchalik tuziladigan bitimlarga maxsus qarama-qarshi mazmundagi shartlarning kiritilishi yoxud nizolashayotgan tomonlardan birining ularga nisbatan qulayroq boʻlgan tadbirlarni qoʻllash holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari mazkur Konvensiyada hamda oldingi moddada tilga olingan maxsus bitimlarda, agar shunday bitimlar mavjud boʻlsa, koʻzda tutilgan oʻz huquqlaridan qisman yoxud toʻlaligicha voz kechishlari mutlaqo mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya nizolashayotgan tomonlar manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan Homiy Davlatlarning bevosita koʻmagi va nazorati ostida qoʻllaniladi. Shu maqsadda Homiy Davlatlar oʻzlarining diplomatik va konsullik xizmatlari xodimlaridan tashqari, oʻz fuqarolari yoxud boshqa betaraf Davlatlar fuqarolari orasidan delegatlar tayinlashlari mumkin. Ushbu delegatlar tayinlanishi uchun ular oʻz vazifalarini bajarishga kirishadigan hudud egasi boʻlgan Davlatning roziligi olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar Homiy Davlatlar vakillari yoki delegatlari ishini yengillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiy Davlatlar vakillari yoki delegatlari mazkur Konvensiyada belgilangan oʻz vazifalari doirasidan chetga chiqishlari mutlaqo mumkin emas. Xususan, ular oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan hudud egasi boʻlgan Davlat xavfsizligining oʻta muhim ehtiyojlarini eʼtiborga olishlari zarur. Faqat oʻta dolzarb harbiy ehtiyojlar taqozo etgandagina ularning faoliyati vaqtincha va istisno tariqasida cheklab turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya qoidalari Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi yoki boshqa har qanday begʻaraz insonparvarlik tashkilotining nizolashayotgan tomonlarning roziligi asosida, yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlarini himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish uchun qaratilgan insonparvarlik faoliyatiga toʻsiq boʻlib xizmat qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Konvensiya orqali Homiy Davlatlarga yuklangan majburiyatlarni bajarishni begʻaraz va taʼsirchan faoliyat koʻrsatish uchun toʻla kafolat bera oladigan muayyan tashkilotga topshirish borasida har qanday paytda oʻzaro bitim tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, qandaydir sabablarga koʻra yaradorlar va bemorlar yoxud tibbiy va diniy xizmat xodimlariga nisbatan muayyan Homiy Davlat yoki birinchi xatboshida koʻzda tutilgan tashkilotning faoliyati qoʻllanilmayotgan yoxud qoʻllanilishi toʻxtatib qoʻyilgan boʻlsa, himoyadagi shaxslarni oʻz hukmi ostida saqlayotgan Davlat nizolashayotgan tomonlar mazkur Konvensiya asosida tayinlagan Homiy Davlat bajarishi lozim boʻlgan vazifalarni oʻz zimmasiga olishini soʻrab, betaraf Davlatga yoki shunday tashkilotga iltimos bilan murojaat qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, homiylikni yuqorida koʻrsatilgan tarzda amalga oshirishning iloji boʻlmasa, himoyadagi shaxslarni oʻz hukmi ostida saqlayotgan Davlat muayyan insonparvarlik tashkilotiga, masalan, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasiga iltimos bilan murojaat qilishi yoxud ushbu modda qoidalarini hisobga olgan xolda, bunday tashkilotning mazkur Konvensiyaga muvofiq Homiy Davlatlar tomonidan bajariladigan insonparvarlik vazifalarini ado etishni oʻz zimmasiga olishi borasidagi takliflarini qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor Davlat tomonidan taklif etilgan yoxud ushbu maqsadlar yoʻlida oʻzini tavsiya etayotgan har qanday betaraf davlat yoki har qanday tashkilot mazkur Konvensiya himoyasidan foydalanuvchi shaxslar mansub boʻlgan nizolashayotgan tomonga nisbatan masʼuliyat tuygʻusi bilan yondashmogʻi, shuningdek, oʻz zimmasiga tegishli vazifalarni olishga va ularni begʻaraz ado etishga qodirligi toʻgʻrisida yetarlicha kafolat bermogʻi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlardan biri harbiy sharoit sababli, ayniqsa, mazkur Davlat hududining toʻlaligicha yoxud katta qismi istilo etilganligi tufayli u boshqa bir Davlat yoki uning ittifoqchilari bilan erkin muzokaralar oʻtkazish imkoniyatidan vaqtincha boʻlsa-da mahrum boʻlsa, Davlatlar oʻzaro maxsus bitimlar tuzish orqali ilgarigi qoidalardan chekinishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har gal mazkur Konvensiyada Homiy Davlat atamasi qayd etilganda, bu atama, shuningdek, ushbu moddaga muvofiq holda uning vazifasini bajaruvchi muayyan tashkilotni ham nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiy Davlatlar himoyadagi shaxslar manfaati yoʻlida foydali deb hisoblagan barcha hollarda, xususan, mazkur Konvensiya qoidalarini qoʻllash yoki izohlash borasida nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, bunday kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida oʻzlarining xayrli yordamlarini koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda Homiy Davlatlarning har biri tomonlardan birining iltimosi yoki bevosita oʻzining tashabbusi asosida, nizolashayotgan tomonlar uchun ularning vakillari, xususan, zimmasiga yaradorlar va bemorlar, shuningdek, tibbiy va diniy xizmat xodimlari qismatiga gʻamxoʻrlik qilish masʼuliyati yuklangan maʼmuriyatlar ishtirokida, imkoniyatga qarab betaraf, tegishli talablardan kelib chiqib tanlangan muayyan hududda kengash tashkil qilishni taklif etishi mumkin. Nizolashayotgan tomonlar bu borada oʻzlariga tushgan takliflarga yoʻl ochishlari shart. Homiy Davlatlar, zaruriyat tugʻilgan taqdirda, ushbu kengashda ishtirok etish uchun taklif qilinadigan betaraf Davlatga mansub shaxsni yoxud Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasining vakili boʻlgan shaxsni maʼqullash uchun nizolashayotgan tomonlarga tavsiya etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB
YARADORLAR VA BEMORLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi va keyingi moddada koʻrsatilgan boshqa shaxslar yaralangan yoki kasallikka chalingan boʻlsa, har qanday shart-sharoitlarda homiylik va himoyadan foydalanishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularni oʻz hukmi ostida saqlab turgan nizolashayotgan tomon jinsi, irqi, millati, diniy eʼtiqodi, siyosiy maslagi va shunga oʻxshash boshqa jihatlarni sabab qilib hech bir kamsitishga yoʻl qoʻymasdan, ularga nisbatan insoniy muomala va parvarish koʻrsatilishini taʼminlaydi Ularning hayoti va shaxsiyatiga nisbatan har qanday tajovuz, xususan,ularni oʻldirib yuborish, qirgʻin qilish, qiynoqlarga solish, ular ustida biologik tajribalar oʻtkazish, ularni ataylab tibbiy yordamsiz va qarovsiz qoldirish, ularning yuqumli kasalliklarga chalinishlari uchun qasddan shart-sharoitlar yaratish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbat bilan tibbiy yordam koʻrsatishda faqat shoshilinch tibbiy yordamga muhtojlik sababligina imtiyozli yondashuvga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarga munosabatda ularning jinsi nuqtayi nazaridan zarur boʻlgan alohida eʼtibor koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomon yaradorlar va bemorlarni dushman tomon ixtiyoriga qoldirib ketishga majbur boʻlgan hollarda, harbiy vaziyat taqozosidan kelib chiqib, ular bilan birga ularni parvarishlash uchun zarur boʻladigan oʻz tibbiy xizmatchilarining muayyan qismini va asbob-anjomlarni qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya quyidagi toifaga mansub yaradorlar va bemorlar uchun qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizolashayotgan tomon qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibi, shuningdek, ushbu qurolli kuchlar qatoriga kiruvchi ixtiyoriy lashkarlar va koʻngillilar otryadlarining shaxsiy tarkibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa ixtiyoriy lashkarlar va koʻngillilar otryadlarining shaxsiy tarkibi, shu jumladan, nizolashayotgan tomonga tegishli boʻlgan va uning hududida yoki hududidan tashqarida, garchand bu hududlar dushman tomonidan istilo etilgan boʻlsa ham, faoliyat yurituvchi uyushgan qarshilik koʻrsatish harakatlarining shaxsiy tarkibi, bunda ushbu ixtiyoriy lashkarlar va koʻngillilar otryadlari, shuningdek, uyushgan qarshilik koʻrsatish harakatlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz qoʻl ostidagilar uchun masʼuliyatni zimmasiga olgan bosh rahbarga ega boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aniq va uzoqdan koʻrinadigan farqlovchi belgiga ega boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ochiq-oydin qurol olib yurishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻz xatti-harakatlarida urush davrining qonun-qoidalari va odatlariga amal qilishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Asirlikda saqlab turgan Davlat tomonidan tan olinmagan hukumat yoki maʼmuriyat ixtiyorida hisoblanuvchi muntazam qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurolli kuchlar bilan izma-iz borayotgan, lekin bevosita ularning tarkibiga mansub boʻlmagan shaxslar, masalan, harbiy samolyotlar ekipaji tarkibidagi fuqaro shaxslar, harbiy muxbirlar, taʼminotchilar, shuningdek, qurolli kuchlarga maishiy xizmat koʻrsatuvchi ishchi komanda va xizmatlarning shaxsiy tarkibi. Bu holatda ular qurolli kuchlardan ruxsat olgan boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo floti kemalari ekipajlarining aʼzolari, jumladan, kapitanlar, lotsmanlar va yungalar hamda nizolashayotgan tomonlarning fuqaro aviatsiyasi ekipajlari, agar ular muayyan xalqaro huquq qoidalariga koʻra boshqa nisbatan imtiyozli imkoniyatlardan foydalanmayotgan boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Istilo etilmagan hududlarda yashab turgan va dushmanning yaqinlashib kelishi munosabati bilan tartibsiz ravishda bosqinchilar armiyasiga qarshi kurashish uchun qoʻliga qurol olgan, lekin muntazam qoʻshin tarzida shakllanishga ulgurmagan aholi, agar ular ochiq-oydin qurol olib yursalar hamda oʻz xatti-harakatlarida urush davrining qonun-qoidalari va odatlariga amal qilsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda qoidalarini inobatga olgan holda, nizolashayotgan tomonlarning dushman qoʻl ostiga oʻtib qolgan yaradorlari va bemorlari harbiy asir hisoblanadi hamda ularga nisbatan xalqaro huquqning harbiy asirlarga oid qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday paytda, ayniqsa jangdan keyin nizolashayotgan tomonlar tezkorlik bilan yaradorlar va bemorlarni izlab topish va olib ketish, ularni talon-torojdan va nojoʻya munosabatlardan muhofaza qilish, ularga zaruriy yordam koʻrsatish, shuningdek, murdalarni qidirib topish va ularning talon-toroj etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun imkoniyatlaridagi barcha choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har gal, shunga shart-sharoit imkon bergan hollarda, yarashuv yoki oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida bitimlar yoxud jang maydonida qolgan yaradorlarni olib chiqish, tashib ketish, shuningdek, ularni oʻzaro ayirboshlash yuzasidan mahalliy bitimlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida istilo etilgan yoki qamal qilingan hududlardan yaradorlar va bemorlarni koʻchirish, ularni oʻzaro ayirboshlash, tibbiy va diniy xizmat xodimlari hamda tegishli mol-mulkning ushbu hududlarga kiritilishi uchun ruxsat berish yuzasidan mahalliy bitimlar tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar imkon tugʻilishi bilanoq oʻz qoʻllariga tushgan dushman tomonga mansub yaradorlar, bemorlar va murdalarning shaxsini aniqlashga koʻmaklashadigan barcha maʼlumotlarni qayd etib borishlari zarur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu maʼlumotlar, imkon boʻlsa, quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu shaxs mansub boʻlgan Davlatning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy qismi yoki shaxsiy raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ismi yoki ismlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tugʻilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida yoki tanituvchi medalonidagi jami maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) asirga olingan yoxud vafot etgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) yaradorligi, bemorligi yoki oʻlimi sabablariga doir maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida sanalgan maʼlumotlar imkon qadar tezlik bilan Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining 122-moddasida koʻzda tutilgan Maʼlumotlar Byurosi eʼtiboriga havola etilishi kerak. Byuro, oʻz navbatida, Homiy Davlatlar va Harbiy asirlar ishlari boʻyicha Markaziy Agentlik koʻmagida ushbu maʼlumotlarni tegishli shaxslar mansub boʻlgan Davlat eʼtiboriga havola etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar oʻlim haqidagi guvohnomalarni yoki vafot etganlarning tegishli tartibda tasdiqlangan roʻyxatlarini tayyorlashlari va ushbu Byuro orqali bir-birlariga yuborishlari zarur. Ular, shunga oʻxshab, ikki boʻlakli tanituvchi medalonning bir boʻlagini yoki agar tanituvchi medalon yaxlit bir butun boʻlsa, uning oʻzini, vasiyatnoma va marhumning oilasi uchun ahamiyatga molik boʻlgan boshqa hujjatlarni, pullarni, marhumning yonidan topilgan va obyektiv yoki subyektiv jihatdan muayyan qiymatga ega boʻlgan barcha buyumlarni toʻplaydi hamda ushbu Byuro orqali bir-biriga yuboradilar Bu buyumlar, shuningdek, egasi aniqlanmagan buyumlar muhrlangan paketlarga solib joʻnatiladi, bunday paketlarga buyum egasi boʻlgan marhumlarning shaxsini aniqlashda yordam beradigan barcha maʼlumotlarni jamlagan arizalar va buyumlarning nomma-nom roʻyxati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar marhumlarni dafn etish yoki oʻtda kuydirish marosimlari, imkoniyat boʻlsa, yakka tartibda amalga oshirilishi va bunday marosimdan oldin oʻlim holatini qayd etish, murdaning shaxsini aniqlash hamda bu xususda hisobot tayyorlash imkonini beradigan jiddiy tekshiruv, agar iloji topilsa, tibbiy koʻrik uyushtirish uchun barcha choralarni koʻradi. Ikki boʻlakli tanituvchi medalonning bir boʻlagi yoki tanituvchi medalon oddiy boʻlsa, uning oʻzi murda tanasida qoldirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murdalar tibbiy tartib taqozosi yoxud marhumning diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq tushunchalar nuqtayi nazaridan kelib chiqqan hollardagina oʻtda kuydiriladi. Oʻtda kuydirish hollarida buning sabablari toʻla tafsilotlari bilan birgalikda oʻlim haqidagi maʼlumotnomada yoki vafot etganlarning tegishli tartibda tasdiqlangan roʻyxatida qayd etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, nizolashayotgan tomonlar marhumlarning izzat-ikrom bilan va, agar iloji boʻlsa, ular mansub boʻlgan din udumlariga binoan dafn etilishini, qabrlarga izzat-hurmat koʻrsatilishini, marhumlarning fuqaroligidan kelib chiqqan holda, imkon darajasida, ularning qabrlari yonma-yon boʻlishini, qabrlarga muntazam qarab turilishini hamda zarur boʻlganda ularni topib olishni osonlashtiradigan tegishli belgilar qoʻyilishini taʼminlashlari shart. Shu maqsadda ular harbiy harakatlarning boshlanishidayoq rasmiy qabriston xizmatini tashkil etadilar. Bu xizmatlar qabristonlar qaysi hududda joylashganligidan qatʼi-nazar, kelgusida qabrlarni ochish, marhumlarning shaxsini aniqlash va vataniga yuborish imkoniyatini beradigan tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash bilan shugʻullanadi. Bu qoidalar marhumlar vatanlari tomonidan biror-bir xohish-iroda izhor etilgunga qadar qabriston xizmati ixtiyorida saqlab turiladigan xoklar uchun ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xizmatlar, sharoit taqozo etgan paytda yoki eng kechi bilan harbiy harakatlar barham topgan vaqtdan eʼtiboran 16-moddaning ikkinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan Maʼlumotlar Byurosi koʻmagi orqali qabrlar joylashgan aniq manzillar, ularni tanituvchi belgilari, shuningdek, dafn etilgan marhumlar toʻgʻrisida maʼlumotlar qayd etilgan roʻyxatlarni oʻzaro almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maʼmurlar mahalliy aholini insonparvarlikka daʼvat etishlari hamda yaradorlar va bemorlarni ixtiyoriy ravishda olib ketib, harbiylarning nazorati ostida ularni parvarishlashlari toʻgʻrisida murojaat qilishlari, bunday murojaatlarga javob qaytargan shaxslarga esa tegishli homiylik koʻmagi koʻrsatishlari va imtiyozlar berishlari mumkin. Mabodo, dushman tomon mazkur hududda oʻz nazoratini oʻrnatsa yoki uni qaytadan tiklasa, u ham bunday shaxslarga tegishli homiylik koʻmagi koʻrsatib, oʻsha imtiyozlarni berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy maʼmurlar, hattoki, dushman hujum qilayotgan hududlar yoxud istilo etilgan hududlardagi yarador va bemorlarni fuqaroligidan qatʼi nazar olib ketish va parvarishlash borasidagi aholi va xayriya jamiyatlarining tashabbuslariga ruxsat berishi kerak. Fuqaro aholi bu bemor va yaradorlarga hurmat-izzat bilan yondashishi, xususan, ularga nisbatan biron-bir zoʻravonlik harakatlari qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaradorlar yoki bemorlarni parvarishlagani uchun hech kim taʼqib ostiga olinmasligi yoki jazolanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur modda qoidalari bosib oluvchi Davlatni yaradorlar va bemorlarga tibbiy va maʼnaviy yordam masalalari borasida uning zimmasiga yuklangan majburiyatlaridan xalos etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB
SANITARIYA TUZILMALARI VA MUASSASALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xizmatining muntazam sanitariya muassasalari va koʻchma sanitariya tuzilmalariga har qanday sharoitda ham hujum qilinmasligi kerak va, aksincha, ular har doim nizolashayotgan tomonlarning homiyligi va himoyasidan foydalanadilar. Ular dushman tomonning qoʻliga tushib qolganlarida ham, ularni qoʻlga olgan Davlat tomonidan ana shu muassasa va tuzilmalardagi yaradorlar hamda bemorlarni parvarishlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilmagunga qadar oʻz faoliyatini davom ettirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli maʼmurlar harbiy obyektlarga uyushtirilgan hujumlar chogʻida yuqorida koʻrsatilgan tuzilmalar va muassasalar xavf-xatar ostida qolmaydigan tarzda joylashtirilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz qurolli kuchlari tarkibidagi yaradorlar, bemorlar va kema halokatiga uchragan shaxslar qismatini yaxshilash toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasi homiyligida boʻlgan gospital kemalariga qarata quruqlikda hujum qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xizmatining muntazam sanitariya muassasalari va koʻchma sanitariya tuzilmalari insonparvarlik burchlaridan tashqari dushman tomonga qarshi qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirishda foydalanilgan hollardagina oʻzlari foydalanadigan homiylik toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Shu bilan birga, homiylik faqat zarur ogohlantirish, toʻgʻri kelgan xollarda esa oqilona muddatlar belgilangan ogohlantirish berilib, natijasiz qolgach, toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari uchun quyidagi shart-sharoitlar ularni 19-moddada koʻzda tutilgan homiylik imkoniyatlaridan mahrum etuvchi holatlar deb hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari shaxsiy tarkibi qurollangan boʻlsa va bu qurolidan oʻzini muhofaza qilish yoxud oʻz qaramogʻidagi yaradorlar va bemorlarni himoyalash maqsadlarida foydalansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari qurolli sanitarlar boʻlmaganligi tufayli kichik soqchilar otryadi, qorovullar yoki qoʻriqchilar (konvoylar) tomonidan qoʻriqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalarida yaradorlar va bemorlardan olingan va tegishli tartibda topshirib ulgurilmagan qoʻlda olib yuriluvchi qurollar hamda oʻq-dorilar topib olinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalarida bu xizmatning ajralmas qismi boʻlmagan veterinariya xizmatining shaxsiy tarkibi va uning mol-mulki joylashgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5) Agar sanitariya tuzilmalari yoki muassasalari yoxud ular xodimlarining insonparvarlik faoliyati fuqaro shaxslardan iborat yaradorlar va bemorlarga nisbatan qoʻllansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, harbiy harakatlar boshlanganidan keyin esa nizolashayotgan tomonlar oʻz hududlarida, zarurat tugʻilgan hollarda, istilo etilgan hududlarda yaradorlar va bemorlarni urush harakatlaridan muhofaza etishga xizmat qiluvchi sanitar zonalar va joylar tashkil etishlari mumkin. Shuningdek, bu zonalarda va joylarda ularni tashkil qilish va boshqarish hamda yarador va bemorlarni parvarishlash vazifasi yuklatilgan xodimlar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy harakatlar boshlanishida va uning davomida manfaatdor tomonlar oʻzlari tashkil etgan sanitariya zonalari va maxsus joylarni oʻzaro eʼtirof etish toʻgʻrisida bitimlar tuzishi mumkin. Ular ushbu maqsad yoʻlida mazkur Konvensiyaga ilova qilingan bitim loyihasida koʻzda tutilgan qoidalarni, bu qoidalarga oʻzlari zarur deb hisoblagan oʻzgartirishlarni kiritgan holda, qoʻllashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiy Davlatlarga va Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasiga ushbu sanitariya zonalari va maxsus joylarning tashkil etilishi va eʼtirof etilishini osonlashtirish uchun xayrli xizmatlarini koʻrsatish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB
SHAXSIY TARKIB
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya muassasalari va tuzilmalari maʼmuriyatigagina qarashli boʻlganlar hamda faqat yaradorlar va bemorlarni qidirib topish va yigʻib olish, tashish yo davolash, yoki kasallikning oldini olish bilan shugʻullanuvchi sanitariya shaxsiy tarkibi, shuningdek, qurolli kuchlar tarkibidagi diniy xodimlar har qanday sharoitda hurmat va homiylikdan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qurolli kuchlarning zaruriyat tugʻilgan hollarda yordamchi sanitarlar va sanitar ayollar yoki tashuvchilar sifatida yaradorlar va bemorlarni qidirib topish, yigʻib olish, tashish yo davolashda foydalanish uchun maxsus oʻrgatilgan shaxsiy tarkibi, mabodo dushman bilan yuzma-yuz kelgan yoxud uning hukmiga tushib qolgan paytda ana shu vazifalarini bajarayotgan boʻlsa, ular hurmat va homiylikdan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil Xochning milliy jamiyatlari va 24-moddada koʻrsatilgan shaxsiy tarkib vazifalarini bajaruvchilar sifatida oʻz hukumatlari tomonidan eʼtirof etilgan hamda vakolat olgan boshqa koʻngilli yordam koʻrsatuvchi jamiyatlar oʻsha moddada qayd etilgan shaxsiy tarkibga tenglashtiriladilar. Bu holda mazkur jamiyatlarning shaxsiy tarkibi harbiy qonun va farmoyishlarga boʻysunishi shart qilib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida yoxud harbiy harakatlarning boshlanishida yoki davomida, har holda, yuqoridagi jamiyatlar oʻz faoliyatiga kirishmaslaridan oldin, Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri boshqasiga oʻzining qurolli kuchlari qoshidagi rasmiy sanitariya xizmatlariga koʻmaklashish uchun oʻz masʼuliyati ostida vakolat bergan tegishli jamiyatlarning nomlarini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Betaraf mamlakatning eʼtirof etilgan jamiyati oʻz hukumatini oldindan roziligi hamda nizolashayotgan tomonning ijozatini olgan taqdirdagina, oʻzining shaxsiy tarkibi va sanitariya tuzilmalari orqali nizolashayotgan tomonga yordam koʻrsatishi mumkin. Mazkur shaxsiy tarkib va sanitariya tuzilmalari nizolashayotgan tomonning nazorati ostiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Betaraf hukumat bunday rozilik haqida ana shu koʻmakdan foydalanuvchi Davlatning raqibi boʻlgan tomonga maʼlum qiladi. Koʻmakni qabul qiluvchi nizolashayotgan tomon ushbu koʻmakdan foydalanishga kirishmasidan oldin, bu haqda dushman tomonni xabardor etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻmakka har qanday vaziyatda ham mojaroga aralashish sifatida qaralmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi xatboshida qayd etilgan shaxsiy tarkib oʻzi mansub boʻlgan betaraf mamlakatni tark etishidan oldin 40-moddada koʻzda tutilgan shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar bilan tegishli tartibda taʼminlangan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24 va 26-moddalarda sanab oʻtilgan xodimlar dushman tomonning hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, ular sanitariya bilan bogʻliq vaziyat, harbiy asirlarning maʼnaviy ehtiyoji talablaridan kelib chiqadigan darajada saqlab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda asirlikda saqlab turilgan xodimlar sirasiga kiruvchi shaxslar harbiy asir hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan, ular hech boʻlmaganda, Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining barcha qoidalaridagi imtiyozlardan foydalanadi. Ular oʻzlarini asirlikda saqlab turgan Davlatning harbiy qonunlari va farmoyishlari doirasida hamda shu Davlat vakolatli xizmatlarining rahbarligi ostida, shuningdek, kasb odobi taqozosiga koʻra harbiy xizmatchilarga, aksariyat hollarda, oʻzlari mansub boʻlgan qurolli kuchlar tarkibiga tegishli shaxslarga yordam berish uchun oʻzlarining tibbiy va maʼnaviy vazifalarini bajarishda davom etadilar. Ular oʻzlarining tibbiy va maʼnaviy vazifalarini bajarishlarida, bundan tashqari, quyidagi imtiyozlardan foydalanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ularga ishchi guruhlardagi (komandalardagi) yoxud lagerlardan tashqarida joylashgan gospitallardagi harbiy asirlarni muntazam ravishda koʻrishga borish uchun ruxsat etiladi. Asirlikda saqlab turgan Davlat ana shu maqsadlar uchun ularning ixtiyoriga tegishli transport vositalarini ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har qaysi lagerda unvoni va staji yuqori boʻlgan harbiy shifokor asirlikda saqlab turilgan sanitariya xodimlarining kasbiy faoliyatiga aloqador barcha masalalar boʻyicha lager harbiy maʼmuriyati oldida masʼul hisoblanadi. Shu maqsadda, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlarning boshidanoq oʻz sanitariya xodimlari, jumladan, 26-moddada qayd etilgan jamiyatlar xodimlarining unvonlari oʻrtasidagi nisbatlar boʻyicha oʻzaro kelishib oladilar Mazkur shifokor va u bilan tengma-teng ravishda, diniy xodimlar bevosita oʻz vazifasiga daxldor barcha masalalar yuzasidan lagerning harbiy hamda tibbiy maʼmuriyatlariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish huquqiga ega boʻladi. Oʻz navbatida, tegishli maʼmuriyatlar ularga ushbu masalalar boʻyicha yozishmalar olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) garchi asirlikda saqlab turilgan xodimlar oʻzlari joylashgan lagerning ichki tartib-intizomiga boʻysunsalar ham, ularni oʻzlarining tibbiy va diniy vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarishga undash mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy harakatlar mobaynida nizolashayotgan tomonlar asirlikda saqlab turilgan xodimlarni ayirboshlash imkoniyatlari masalasini oʻzaro kelishib oladilar va bu ayirboshlashning tartib qoidalarini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan qoidalarning birontasi asirlikda saqlab turgan Davlatni harbiy asirlarning tibbiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish borasida zimmasiga yuklangan majburiyatlaridan xalos etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-moddada qayd etilgan xodimlar tarkibiga kiruvchi shaxslar dushman tomon hukmi ostiga tushib qolgan taqdirda, harbiy asirlar hisoblanadilar, ammo zarurat tugʻilgan hollarda, ulardan sanitarlik vazifasini bajarishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda qoidalari talabiga koʻra asirlikda saqlab turilishi zarur boʻlmagan xizmatlar xodimlari, ularni qaytarish uchun yoʻl ochilishi bilanoq va harbiy vaziyat buni taqozo etgan damdayoq, oʻzlari tegishli boʻlgan nizolashayotgan tomon ixtiyoriga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlarining qaytishlarini kutib turgan mazkur shaxslar harbiy asir hisoblanmaydilar, ammo shunga qaramasdan, ular Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining barcha qoidalaridagi imtiyozlardan foydalanadilar. Ular dushman tomon rahbarligi ostida oʻzlarining vazifalarini bajarishda davom etadilar va aksariyat hollarda, oʻzlari mansub boʻlgan nizolashayotgan tomonning yaradorlari va bemorlarini parvarishlash uchun jalb etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnab ketayotganda ular oʻzlariga tegishli boʻlgan ashyolarni, shaxsiy buyumlarni, qimmatbaho narsalar va asbob-anjomlarni oʻzlari bilan birga olib ketadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asirlikda saqlab turilgan xodimlarni 30-moddaga binoan qaytarish maqsadida saralash jarayoni irqi, dini yoki siyosiy maslagi bilan bogʻliq boʻlgan qandaydir fikr-mulohazalardan mutlaqo xoli ravishda, asosan, ularning asirlikda saqlanish muddati va sogʻligʻini eʼtiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy harakatlarning boshlanishidayoq nizolashayotgan tomonlar maxsus bitimlar asosida harbiy asirlarning soni va ularning lagerlarga taqsimlanishiga qarab, asirlikda saqlab turilishi lozim boʻlgan xodimlarning foiz nisbatini oʻzaro belgilab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-moddada koʻrsatilgan shaxslar dushman qoʻliga tushib qolgan taqdirda, ushlab qolinishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqacha mazmundagi bitimlar mavjud boʻlmagan hollarda, qaytarish uchun yoʻl ochilishi bilanoq va harbiy vaziyat buni taqozo etgan damdayoq, ularning oʻz mamlakatlariga, mabodo buning iloji boʻlmasa, oʻzlari xizmat yuzasidan mansub boʻlgan nizolashayotgan tomon ixtiyoriga qaytib borishlari uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlarining qaytishlarini kutib turgan mazkur shaxslar dushman tomon qoʻl ostida vazifalarini bajarishda davom etadilar; ular, aksariyat hollarda, oʻzlari xizmat yuzasidan mansub boʻlgan nizolashayotgan tomonning yaradorlari va bemorlarini parvarishlash uchun jalb etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnab ketayotganda ular oʻzlariga tegishli boʻlgan ashyolarni, shaxsiy buyumlar va qimmatbaho narsalarni, asbob-anjomlarni, qurol-yarogʻ va, imkoniyat boʻlsa, oʻzlariga tegishli harakat vositalarini oʻzlari bilan birga olib ketadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar ushbu xodimlar oʻz hukmlari ostida boʻlgan davrda, ularni oʻzlarining qurolli kuchlaridagi tegishli xodimlarga belgilangan taʼminot, yashash sharoiti, nafaqa va maosh bilan bir xilda taʼminlaydilar. Berilayotgan ovqatning miqdori, sifati va xilma-xilligi, har holda, mazkur xodimlar sogʻligʻini yaxshi holatda saqlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB
BINOLAR VA MOL-MULK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlarning harakatdagi sanitariya tuzilmalariga tegishli mol-mulk dushman qoʻliga tushgan taqdirda, ular yaradorlar va bemorlarni parvarishlash maqsadida olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli kuchlarning muntazam sanitariya muassasalariga tegishli binolar, mol-mulk va omborxonalar urush qonunlarining taʼsir doirasida qoladi, ayni chogʻda, yaradorlar va bemorlarning ehtiyojini koʻndirib turgan vaqt davomida ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish koʻzda tutilmasligi kerak. Ammo harakatdagi qurolli kuchlar qismlarining komandirlari oʻta dolzarb harbiy zarurat taqozosidan kelib chiqib, ulardan muayyan maqsadda foydalanishlari mumkin va bunday holda bu yerda davolanayotgan yaradorlar va bemorlar sharoitini oldindan taʼminlash choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddada koʻrsatilgan mol-mulk va omborxonalar ataylab yakson qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmak jamiyatlarining mazkur Konvensiyada belgilangan imtiyozlar daxldor boʻlgan koʻchar va koʻchmas mol-mulklariga xususiy mulk sifatida yondashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush qonunlari va odatlarida eʼtirof etilgan nizolashayotgan tomonlarning rekvizitsiya (mol-mulkni, uning qiymatini toʻlash sharti bilan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olish) huquqi oʻta muhim zarurat taqozosidan kelib chiqib, yaradorlar va bemorlar qismatini taʼminlash choralarining oldindan koʻrilishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOB
SANITARIYA TRANSPORTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaradorlar va bemorlar yoki sanitariya mol-mulki ortilgan transportlar harakatdagi sanitariya tuzilmalari uchun koʻzda tutilgan asoslar boʻyicha homiylik va himoyadan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu transportlar va tashish vositalari dushman qoʻliga tushib qolsa, nizolashayotgan tomon har qanday vaziyatda ham ulardagi yaradorlar va bemorlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatishi sharti bilan urush qonunlarining taʼsir doirasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekvizitsiya yoʻli bilan egallangan fuqarolar shaxsiy tarkibi va transport vositalarining barchasi xalqaro huquqning umumiy qoidalariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar uchish apparatlari, yaʼni faqatgina yaradorlar va bemorlarni koʻchirish uchun hamda sanitarlar va shaxsiy tarkib va mol-mulkni tashish uchun foydalaniladigan apparatlarga hujum qilinmaydi, ammo ular manfaatdor nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida tuzilgan bitimda maxsus koʻzda tutilgan muayyan vaqt, balandlik va yoʻnalish boʻyicha uchsagina nizolashayotgan tomonlar ularni hurmat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ular milliy ranglar bilan birgalikda, ostki qismi, usti va yon tomonlarida aniq koʻzga tashlanib turadigan 38-moddada koʻzda tutilgan farqlovchi emblemaga ega boʻladi. Ular harbiy harakatlar boshida yoki davomida nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan boshqa har qanday signallar beradigan tanitish moslamasi yoxud belgilariga ega boʻlishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqacha mazmundagi bitimlar mavjud boʻlmagan taqdirda, dushman hududi yoki u egallab olgan hudud ustidan uchish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar uchish apparatlari qoʻnish toʻgʻrisidagi har qanday talabga boʻysunishlari shart. Uchish apparati talabga binoan yoʻlovchilari bilan birga yerga qoʻndirilgan hollarda, agar muayyan tekshiruv boʻlsa, tekshiruvdan soʻng u oʻz parvozini davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dushman hududi yoki dushman tomonidan egallab olingan hududda majburiy qoʻnish holatlarida, yaradorlar va bemorlar, shuningdek, uchish apparatining ekipaji harbiy asirlarga aylanadilar. Sanitariya xizmati xodimlariga nisbatan 24-modda va undan keyingi moddalarga muvofiq holda muomala qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlarning sanitar uchish apparatlari, mazkur moddaning ikkinchi xatboshida qayd etilgan shartlar asosida, betaraf davlatlar hududi ustidan uchishi va u yerga zaruriyat tugʻilganda yoki oraliq toʻxtash joyi sifatida qoʻnishi mumkin. Ular betaraf Davlatlarni ularning hududi ustidan uchib oʻtishlari haqida oldindan xabardor qilishlari hamda yerga yoki suvga qoʻnish toʻgʻrisidagi har qanday talabga boʻysunishlari shart. Ular nizolashayotgan tomonlar va manfaatdor betaraf Davlatlar oʻrtasida tuzilgan bitimda maxsus koʻzda tutilgan muayyan yoʻnalish, balandlik va vaqt boʻyicha uchsagina hujumdan holi boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin betaraf Davlatlar sanitar uchish apparatlarining oʻz hududlari ustidan uchishi yoki u yerga qoʻnishiga nisbatan shartlar yoxud cheklashlar belgilashlari mumkin. Belgilanishi mumkin boʻlgan bunday talablar yoxud cheklashlar nizolashayotgan barcha tomonlar uchun bir xil qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar betaraf Davlatlar bilan nizolashayotgan tomonlar oʻrtasida boshqacha mazmundagi kelishuv mavjud boʻlmasa, mahalliy maʼmuriyatning roziligi asosida sanitar uchish apparatidan betaraf hududga tushirilgan yaradorlar va bemorlar betaraf Davlat tomonidan shunday tartibda saqlab turilishi kerakki, toki ular xalqaro huquq talab etgan hollarda harbiy harakatlarda qaytadan ishtirok eta olmasinlar. Mazkur yaradorlar va bemorlar mansub boʻlgan Davlat ularni gospitallarga joylashtirish hamda qurolsizlantirib ushlab turish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB
FARQLOVCHI EMBLEMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariyaga hurmat bildirish maʼnosida, federal ranglarning oʻzaro oʻrin almashishi natijasida olingan oq rangli asosga tushirilgan qizil xochning geraldika mazmunidagi belgisi qurolli kuchlar sanitar xizmatlarining emblemasi va farqlovchi belgisi sifatida saqlanib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, hozir oq rangli asosdagi qizil xoch oʻrniga oq rangli asosdagi qizil yarim oy yoki qizil sher va quyosh tasvirini ishlatayotgan mamlakatlar holatida, ushbu emblemalar teng asoslarda mazkur Konvensiya mazmunida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli harbiy maʼmuriyatlarning nazorati ostida bayroqlarga, yengdagi bogʻichlarga va sanitariya xizmatiga aloqador barcha buyumlarga emblema tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24, 26 va 27-moddalarda qayd etilgan shaxsiy tarkib chap yengiga biriktirilgan namgarchilikdan yaroqsiz holga kelmaydigan, farqlovchi belgiga ega boʻlgan va harbiy maʼmuriyat tomonidan beriladigan va muhrlanadigan bogʻich taqib yuradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shaxsiy tarkib 16-moddada koʻrsatilgan tanituvchi medalonga qoʻshimcha sifatida farqlovchi belgi bilan jihozlangan, shaxsni tasdiqlovchi maxsus guvohnomaga ham ega boʻladi. Bu guvohnoma namgarchilikdan yaroqsiz holga kelmaydigan va choʻntakka sigʻadigan oʻlchamda boʻlmogʻi kerak. U tegishli davlatning tilida toʻldirilgan boʻlishi, unda kamida hujjat egasining ismi, familiyasi, tugʻilgan sanasi, unvoni va harbiy raqami, bundan tashqari, mazkur Konvensiya homiyligidan kim sifatida foydalanish huquqiga ega ekani haqidagi maʼlumotlar qayd etilishi kerak. Guvohnomada uning egasining rasmi, shuningdek, imzosi va barmoq izi yoxud ikkisidan biri boʻlishi zarur. Unda harbiy maʼmurlarning aniq bilinib turadigan qabariq muhri boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar Oliy Ahdlashuvchi Tomonning qurolli kuchlari uchun bir xil andazada hamda, imkon qadar, barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning qurolli kuchlari uchun bir turda boʻlishi kerak. Nizolashayotgan tomonlar misol sifatida mazkur Konvensiyaga ilova qilingan guvohnoma namunasiga asoslanishlari mumkin. Harbiy harakatlar boshlanishida ular bir-birlarini oʻzlari qabul qilgan namuna toʻgʻrisida xabardor qiladilar. Har bir guvohnoma iloji boʻlsa kamida ikki nusxada tayyorlanishi kerak va ulardan biri ushbu shaxs tegishli boʻlgan Davlat ixtiyorida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan shaxsiy tarkib oʻz farqlovchi belgilaridan yoki guvohnomasidan va yengida bogʻich bogʻlab yurish huquqidan mahrum etilishi qatʼiyan mumkin emas. Ular yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda, yoʻqotgan shaxs guvohnoma va bogʻich dublikatlarini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-moddada koʻrsatib oʻtilgan xodimlar oʻzlarining sanitarlik vazifalarini bajarayotgan paytdagina yenglarida oʻrta qismida kichik farqlovchi belgi tasviri tushirilgan oq rangli bogʻichlar taqib yuradilar. Bu bogʻich harbiy maʼmurlar tomonidan berilishi hamda ular tomonidan muhrlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xodimlarning harbiy guvohnomalarida uning egasi oʻrgangan sanitariya tayyorgarligi, bu vazifaning vaqtincha ahamiyat kasb etishi, shuningdek, uning bogʻich taqish huquqi belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning farqlovchi bayrogʻi faqatgina uning homiyligi bilan taʼminlanadigan sanitariya tuzilmalari va muassasalari tepasida harbiy maʼmuriyatning roziligi bilangina osib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchma tuzilmalarda, muntazam muassasalarda boʻlgani kabi, u bilan yonma-yon ushbu tuzilma yoki muassasa tegishli boʻlgan nizolashayotgan tomonning milliy bayrogʻi ham osib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo dushman hukmi ostiga tushib qolgan sanitariya tuzilmalari faqat Konvensiya bayrogʻini osib qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlar har qanday tajovuzkorona harakatlar ehtimolining oldini olish maqsadida sanitariya tuzilmalari va muassasalarini belgilab turadigan farqlovchi emblemalar dushmanning quruqlikdagi, havodagi va dengizdagi kuchlariga aniq koʻrinib turishi uchun harbiy talablar taqozo etgan darajada zaruriy choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-moddada koʻzda tutilgan shartlar asosida nizolashayotgan tomonlardan biriga xizmat koʻrsatish uchun ruxsat berilgan betaraf mamlakat sanitariya tuzilmalari Konvensiya bayrogʻi bilan birga ana shu nizolashayotgan tomonning, agar u 42-moddada qayd etilgan huquqlardan foydalansa, milliy bayrogʻini ham osib qoʻyishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli harbiy maʼmuriyatning mutlaqo boshqa mazmundagi buyrugʻi mavjud boʻlgan hollardan tashqari barcha holatlarda, ular hatto dushman tomon hukmi ostiga tushib qolsalar ham, oʻz milliy bayroqlarini osib qoʻyishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning oxirgi uchta xatboshida qayd etilgan holatlardan tashqari barcha xollarda oq rangli asosdagi qizil xoch emblemasi va “Qizil Xoch” yoki “Jeneva Xochi” soʻzlaridan tinchlik vaqtida ham, urush vaqtida ham mazkur Konvensiya yoki xuddi shu mazmundagi masalalarga daxldor boshqa konvensiyalar himoyasida boʻlgan sanitariya tuzilmalari va muassasalari, xodimlar va moddiy qismlarni muhofaza qilish yoxud belgilashdan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Xuddi shu holat 38-moddaning ikkinchi xatboshida qayd etilgan emblemalar va ulardan foydalanadigan mamlakatlarga nisbatan ham tegishlidir 26-moddada koʻrsatilgan Qizil Xoch milliy jamiyatlari va boshqa jamiyatlar Konvensiya homiyligini beradigan farqlovchi emblemalardan faqat ushbu xatboshidagi qoida doirasidagina foydalanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlari tinchlik vaqtida oʻz milliy qonunlariga muvofiq oʻzlarining Qizil Xoch konvensiyalari prinsiplariga mos boshqa faoliyat turlarini bajarishda ham Qizil Xoch nomi va emblemasidan foydalanishi mumkin. Ana shu boshqa faoliyat turlari urush vaqtida amalga oshirilayotganda emblemani qoʻllash sharti shunday boʻlmogʻi kerakki, undan Konvensiya homiyligini taʼminlash maqsadida foydalanilayotgani haqida taxmin etish mumkin boʻlmasin; emblemaning oʻlchami kichikroq boʻlishi va undan yeng bogʻichlarida hamda binolar tomida foydalanilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qizil Xochning xalqaro organlariga va ularning tegishli tartibda vakil qilingan xodimlariga oq rangli asosdagi qizil xoch belgisidan har doim foydalanish uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istisno tariqasida, milliy qonunlarga muvofiq va Qizil Xoch (Qizil Yarim Oy, Qizil Sher va Quyosh) milliy jamiyatlaridan birining maxsus ruxsatiga koʻra, Konvensiya emblemasi tinchlik vaqtida sanitariya transporti sifatida ishlatiladigan tashish vositalarini hamda yaradorlar va bemorlarga faqat bepul yordam koʻrsatadigan koʻmak punktlari joylashgan yerlarni belgilash uchun qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB
KONVENSIYANI BAJARISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlarning har biri oʻzining bosh qoʻmondoni orqali yuqoridagi moddalarning batafsil bajarilishini taʼminlashi bilan bir qatorda, mazkur Konvensiyaning umumiy prinsiplaridan kelib chiqib nazarda tutilmagan holatlar haqida ham gʻamxoʻrlik qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya himoyasi ostida boʻlgan yaradorlar, bemorlar, shaxsiy tarkib, binolar va mol-mulkka nisbatan repressaliy qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar tinchlik va urush vaqtida ham mazkur Konvensiya matnini oʻz mamlakatlari ichida imkon qadar kengroq tarqatish, xususan, uni oʻrganish uchun harbiy, mumkin boʻlsa, fuqaroviy taʼlim sohasining oʻquv dasturlariga kiritish majburiyatini zimmalariga oladilar, toki uning prinsiplaridan butun aholi, shu jumladan, mojarolashayotgan qurolli kuchlar, sanitar va diniy xodimlar xabardor boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar Shveysariya Federal Kengashi yordamida, harbiy harakatlar vaqtida esa Homiy Davlatlar orqali mazkur Konvensiya rasmiy tarjimalarining matnlarini, shuningdek, uning qoʻllanilishini taʼminlash yoʻlida qabul qilingan qonunlar va qarorlarni bir-birlariga yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB
SUIISTEʼMOLCHILIKLAR VA QOIDABUZARLIKLARNING OLDINI OLISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar keyingi moddada koʻrsatilgan mazkur Konvensiya qoidalarining u yoki bu jiddiy buzilishini sodir etgan yoki bu haqda buyruq bergan shaxslar uchun samarali jinoiy javobgarlikni taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan qonunchilikni kuchga kiritish yuzasidan oʻz zimmasiga tegishli majburiyat oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri qoidalarning u yoki bu jiddiy buzilishini sodir etganlikda yoxud bu haqda buyruq berganlikda ayblanayotgan shaxslarni qidirib topish va qaysi mamlakat fuqarosi ekanidan qatʼi nazar, ularni oʻz sudiga topshirishni zimmasiga oladilar. Tegishli tomon agar xohlasa, oʻz qonunchiligiga muvofiq ularni sud qilish uchun boshqa manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomon ixtiyoriga berishi ham mumkin. Buning uchun ushbu manfaatdor Oliy Ahdlashuvchi Tomon ana shu shaxslarni ayblash uchun asos boʻla oladigan dalillarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri keyingi moddada sanab oʻtilgan jiddiy qoidabuzarliklar bilan bir qatorda, mazkur Konvensiya qoidalariga zid boʻlgan boshqa har qanday xatti-harakatlarga barham berish uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday sharoitda ayblanuvchi shaxslar tegishli sud protsedurasi va himoyalanish huquqi kafolatlaridan foydalanadilar. Bu kafolatlarning foydasi Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyasining 105-moddasida va undan keyingi moddalarida koʻzda tutilgan kafolatlarnikidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi moddada qayd etilgan jiddiy qoidabuzarliklar qatoriga mazkur Konvensiya homiyligidan foydalanayotgan shaxslar yoki mol-mulkka qarshi qaratilgan quyidagi qoidabuzarlik harakatlari kiradi: qasddan oʻldirish, qiynoqqa solish va gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish, shu jumladan, biologik tajribalar oʻtkazish, ataylab ogʻir azoblar yoki jiddiy shikast yetkazish, sogʻliqqa ziyon keltirish, harbiy zaruriyat taqozo qilmagan noqonuniylik va oʻzboshimchalik bilan keng koʻlamda mol-mulkni vayron etish yoki uni shu tarzda egallab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning birontasiga oʻzini yoki boshqa Oliy Ahdlashuvchi Tomonni yuqoridagi moddada koʻzda tutilgan qoidabuzarliklar boʻyicha oʻzining yoxud biron-bir Ahdlashuvchi Tomonning zimmasiga yuklanadigan javobgarlikdan xalos etishi uchun ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashayotgan tomonlardan birining iltimosiga binoan, Konvensiya qoidabuzarliklarining har qanday tasdigʻini tegishlicha aniqlashtirish yuzasidan manfaatdor tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan tartibdagi aniqlash protsedurasi boshlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlash protsedurasi masalasi boʻyicha muayyan bir bitimga kelishilmagan taqdirda, tomonlar oʻzaro kelishgan holda bu masalani hal etadigan arbitrni tanlab oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidabuzarlik aniqlanishi bilanoq nizolashayotgan tomonlar unga barham beradilar va imkon qadar qisqa fursatda aybdorni jazolash choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shaxslar, jamiyatlar, ham xususiy va ham jamoatchilik asosidagi firmalar yoki kompaniyalarning “Qizil Xoch” yoki “Jeneva Xochi” nomlari, yoxud emblemalari, yoki ularga oʻxshash boʻlgan boshqa har qanday belgi va nomlarni qoʻllashi, qaysi maqsadlarda boʻlmasin va qachondan boshlab foydalanayotganidan qatʼi nazar, har qanday paytda taqiqlanadi. Mazkur Konvensiya asosida ushbu emblema va nomlardan foydalanish huquqiga ega boʻlganlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariyaga uning aks tartibda joylashtirilgan federal ranglari belgi uchun qabul qilinganligi uchun hurmat nuqtayi nazaridan hamda Shveysariya gerbi bilan Konvensiyaning tanituvchi belgisini aralashtirib yubormaslik uchun xususiy shaxslarga, jamiyatlar yoki firmalarga Shveysariya Konfederatsiyasi gerbi va shu gerbga oʻxshab ketadigan fabrika yoxud mahsulot belgilari, yo bu belgilarning tarkibiy qismlari sifatidagi har qanday belgilar tijoriy halollikka zidligi nuqtayi nazaridan, shuningdek, shveysariyaliklarning milliy tuygʻusiga tegib ketmasligi maqsadida, ulardan foydalanish har qanday paytda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 1929-yil 27-iyuldagi Jeneva Konvensiyasiga aʼzo boʻlmagan Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar birinchi xatboshida koʻrsatilgan emblemalar, nomlar yoki belgilarni avvaldan qoʻllab kelganlarga ulardan foydalanishni toʻxtatishlari uchun mazkur Konvensiya kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran koʻpi bilan uch yillik muddat berishlari mumkin. Shunga qaramay, belgilangan muddat davomida bu emblemalardan shunday foydalanilishi kerakki, undan urush vaqtidagidek Konvensiya homiyligi berilishi koʻzda tutilgani kabi tushuncha hosil boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning birinchi xatboshida belgilangan taqiqlar 38-moddaning ikkinchi xatboshida koʻzda tutilgan emblemalar va nomlarga nisbatan ham, ulardan ilgari foydalanganligi tufayli orttirilgan har qanday huquqlarga daxl qilmagan holda, teng asoslarda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar, oʻzlarining amaldagi qonunchiligi yetarli boʻlmagan hollarda, 53-moddada koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish uchun har qanday paytda zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya fransuz va ingliz tillarida tayyorlangan. Har ikki tildagi matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya Federal Kengashi Konvensiyaning rus va ispan tillariga rasmiy tarjimalarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi sana qoʻyilgan mazkur Konvensiya 1949-yil 21-aprelda Jenevada ochilgan konferensiyaga vakil yuborgan barcha Davlatlar, shuningdek, ushbu konferensiyaga vakil yubormagan boʻlsa-da, lekin Harakatdagi armiyalardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisidagi 1864, 1906 yoki 1929-yillardagi Jeneva Konvensiyalarida ishtirok etgan Davlatlar tomonidan 1950-yilning 12-fevraligacha imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya imkon qadar tezroq ratifikatsiya qilinadi va ratifikatsiya yorliqlari saqlash uchun Bernga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ratifikatsiya yorligʻini topshirish haqida protokol tuziladi va uning tasdiqlangan nusxasi Konvensiyani imzolagan yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisida bayonot bergan barcha Davlatlarga Shveysariya Federal Kengashi tomonidan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya kamida ikkita ratifikatsiya yorligʻi saqlash uchun topshirilgandan soʻng oradan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida u har qaysi Oliy Ahdlashuvchi Tomon uchun mazkur tomonning ratifikatsiya yorligʻi saqlashga topshirilgan vaqtdan eʼtiboran oradan olti oy oʻtib kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda 1864-yil 22-avgustdagi, 1906-yil 6-iyuldagi va 1929-yil 27-iyuldagi Konvensiyalarning oʻrnini bosadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya kuchga kirgan kunidan eʼtiboran ushbu Konvensiyani imzolamagan har qanday davlatning unga qoʻshilishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir qoʻshilish toʻgʻrisida Shveysariya Federal Kengashiga yozma ravishda bayonot beriladi va ushbu bayonot, kelib tushgan kunidan boshlab olti oy vaqt oʻtgach, kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya Federal Kengashi Konvensiyani imzolagan yoki unga qoʻshilish toʻgʻrisida bayonot bergan barcha davlatlarni qoʻshilish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-moddalarda koʻzda tutilgan holatlar saqlashga topshirilgan ratifikatsiyalarni, shuningdek, nizolashayotgan tomonlar harbiy harakatlardan yoki istilodan oldin yo keyin qoʻshilish toʻgʻrisida bergan bayonotlarni darhol kuchga kirishini taʼminlaydi. Shveysariya Federal Kengashi ratifikatsiya yoki nizolashayotgan tomonlarning qoʻshilishi haqida olingan bayonotlar toʻgʻrisida eng tezkor yoʻllar bilan xabar yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri mazkur Konvensiyani denonsatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denonsatsiya qilish toʻgʻrisida bayonot Shveysariya Federal Kengashiga yozma ravishda beriladi va u denonsatsiya qilish toʻgʻrisida barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarning hukumatlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denonsatsiya u haqda Shveysariya Federal Kengashiga yozma bayonot berilgandan bir yil oʻtgachgina kuchga kiradi. Shu bilan birga, Davlat mojaroda ishtirok etgan vaqtda denonsatsiya toʻgʻrisida bayonot bergan boʻlsa, u tinchlik bitimiga kelishilmaguncha va har holda, mazkur Konvensiya homiyligidan foydalanayotgan shaxslarni ozod etish va oʻz vatanlariga qaytarish boʻyicha ishlar tugallanmagungacha kuchga kirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denonsatsiya bu haqda bayonot bergan Davlatga nisbatangina kuchga egadir. U nizolashayotgan tomonlar zimmasiga xalqaro huquq prinsiplaridan kelib chiqib yuklanadigan majburiyatlarga hech qanday taʼsir etmaydi. Chunki bu majburiyatlar maʼnaviy-madaniy taraqqiy etgan xalqlar oʻrtasidagi odatlar, insoniylik qonun-qoidalari va jamoatchilikning vijdon amridan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shveysariya Federal Kengashi mazkur Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi Shveysariya Federal Kengashi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kotibiyatiga ushbu Konvensiya yuzasidan olingan barcha ratifikatsiyalar, qoʻshilishlar va denonsatsiya qilishlar toʻgʻrisida xabar berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlash uchun quyida imzo chekuvchilar tegishli vakolatlarni taqdim etgan holda mazkur Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jenevada, 1949-yil 12-avgustda fransuz va ingliz tillarida tuzildi; mazkur Konvensiyaning asl nusxasi Shveysariya Konfederatsiyasi arxivlarida saqlanadi, Konvensiyaning tasdiqlangan nusxalari esa Shveysariya Federal Kengashi tomonidan uni imzolagan yoki unga qoʻshilgan har bir Davlatga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zonalar va hududlar toʻgʻrisidagi bitim loyihasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zonalar faqat Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasining 23-moddasida qayd etilgan shaxslar, shuningdek, zimmasiga ushbu zonalar va hududlarni tashkillashtirish, ularni boshqarish va u yerda qoʻnim topgan shaxslarni parvarishlash masʼuliyati yuklangan xodimlar uchungina moʻljallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, bunday zonalar hududida doimiy istiqomat etuvchi shaxslar bu zonalarda boʻlish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qanday asos boʻyicha ekanidan qatʼi nazar, sanitar zonalardan birontasida joylashgan har qanday shaxs na zona ichkarisida va na tashqarida harbiy operatsiyalar va harbiy materiallar ishlab chiqarishga bevosita aloqador boʻlgan biron-bir faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zona tashkil etayotgan Davlat ushbu zonani kelib koʻrish yoki unda yurish huquqiga ega boʻlmagan barcha shaxslarning bu zona hududiga kirishini taqiqlashga qaratilgan barcha zaruriy choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zonalar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bu zonalar ularni tashkil etgan Davlat nazoratidagi hududning atigi kichik bir qismidan iborat boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ularda sigʻishi mumkin boʻlgan aholi soniga nisbatan kamroq kishi joylashtirilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ular har qanday harbiy obyektlar va har qanaqa yirik sanoat korxonalari yoki maʼmuriy muassasalardan olisda joylashtirilishi, shuningdek, bunday inshootlarga ega boʻlmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ular urush olib borish uchun ahamiyat kasb etishi ehtimoli mavjud boʻlgan hududlarda joylashtirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zonalarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bu zonalarda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan qatnov yoʻllaridan va transport vositalaridan qoʻshinlarni yoki harbiy materiallarni tashish, hattoki tranzit tashish uchun ham foydalanilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bu zonalar har qanday vaziyatda ham harbiy vositalar bilan himoya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zonalar ularning old tomonida va qurilish inshootlarida oʻrnatiladigan oq tusli sathdagi qizil xoch (qizil yarim oy, qizil sher va quyosh) bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qorongʻi paytlarda ular xuddi shu taxlitda tegishli yoritgichlar yordamida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinchlik davrida yoki urush harakatlarining boshlanishida har qaysi Davlat barcha Oliy Ahdlashuvchi Tomonlarga oʻz nazoratidagi hududlarda taʼsis etilgan sanitar zonalar roʻyxatini maʼlum qiladi. Davlatlar, shuningdek, tomonlarga mojaro davrida tashkil etilgan har bir yangi zona toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi tomon yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarni olgan paytdan eʼtiboran zona huquqiy jihatdan mavjud hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, agar qarshi tomon mazkur bitimning qaysidir sharti yaqqol bajarilmagan deb hisoblasa, u holda zonani eʼtirof etishdan voz kechishi va bu haqda ushbu zona qaramogʻida boʻlgan tomonga zudlik bilan maʼlum qilishi yoxud unga oʻz eʼtirofi 8-moddada koʻzda tutilgan nazoratning oʻrnatilishiga bogʻliq ekanini bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qaysi tomon, qarshi tomon taʼsis etgan bir yoki bir nechta sanitar zonani tan olgan holda, bitta yoxud bir nechta maxsus komissiya ushbu zonalar mazkur bitimda bayon etilgan talab va shartlarga nechogʻlik javob berishini tekshirishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun maxsus komissiyalar aʼzolari har qanday paytda har qanday zonaga erkin kira olish va hatto u yerda doimiy yashash huquqidan foydalanishi mumkin. Ularga nazorat boʻyicha oʻz vakolatlarini amalga oshirishlari uchun barcha sharoit yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyalar oʻz fikriga koʻra mazkur bitim shartlariga zid keladigan faktlarni qayd etgan taqdirda, ular bu haqda ushbu zona qaramogʻida boʻlgan Davlatga zudlik bilan maʼlum qilishi va unga ushbu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun koʻpi bilan besh kunlik muddat berishi kerak; ular bu haqda zonani eʼtirof etgan Davlatni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bu muddat tugashi asnosida ushbu zona qaramogʻida boʻlgan Davlat oʻziga yoʻllangan ogohlantirish yuzasidan tegishli chora koʻrmagan boʻlsa, u holda qarshi tomon bundan keyin ushbu zonaga mazkur bitim asosida bogʻliq emasligi toʻgʻrisida maʼlum qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoki bir nechta sanitar zonalar va hududlar tashkil etgan Davlat, shuningdek, bunday zonalar mavjudligi toʻgʻrisida xabardor etilgan qarshi tomonlar 8 va 9-moddalarda qayd etilgan maxsus komissiyalar tartibiga kirishi mumkin boʻlgan shaxslarni tayinlaydi yoxud betaraf Davlatlardan bunday tayinlashni amalga oshirishni soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitar zonalarga hech qachon hujum uyushtirilishi mumkin emas, ular har doim nizolashayotgan tomonlarning homiyligi va himoyasidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biron-bir hudud istilo etilgani hollarda, bu yerda joylashgan sanitar zonalar odatdagiday hurmat etilishi va odatdagi maqsad uchun foydalanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, istilochi Davlat bu yerga joylashtirilgan shaxslarning taqdirini oldindan taʼminlagan holda, zonalarning belgilangan maqsadini oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bitim, shuningdek, Davlatlar tomonidan sanitar zonalarga tegishli maqsadlar uchun foydalaniladigan hududlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II Ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy guvohnoma shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yuza tomoni

(guvohnomani bergan mamlakat va harbiy maʼmuriyat nomi uchun qoldirilgan joy)

Qurolli kuchlarga mansub sanitar va diniy xodimlar uchun

SHAXSIY GUVOHNOMA

Familiyasi ___________________________________________________________

Ismi va otasining ismi __________________________________________________

Tugʻilgan sanasi _______________________________________________________

Unvoni ______________________________________________________________

Harbiy raqami ________________________________________________________

Ushbu guvohnoma egasi ________________________________________________

sifatida Harakatdagi qurolli kuchlardagi yaradorlar va bemorlarning qismatlarini yengillashtirish toʻgʻrisida 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi himoyasidadir.

Berilgan sana __________________ ________ Guvohnoma №__________________

_____________________________ ________ _____________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sirt tomoni

Guvohnoma egasining surati

Guvohnoma egasining imzosi va bosh barmogʻi izi yoxud ikkisidan biri

Guvohnoma bergan

harbiy maʼmuriyatning

qabariq muhri

Boʻy

Koʻz

Soch

Boshqa alohida belgilari