Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 2-oktabrdagi PF-2084-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bank tizimi barqarorligini oshirish, banklar resurslarini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan taʼminlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, shuningdek, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-noyabrdagi 253-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 47-son, 464-modda)
2. 16 aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlarida ustav sarmoyalari hajmini 15 mlrd soʻmga koʻpaytirish uchun qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, banklar ustav sarmoyasi hajmini koʻpaytirish, birinchi navbatda xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb etish, shuningdek, banklar aksiyadorlarining boʻsh mablagʻlarini jalb etish hisobiga amalga oshiriladi.
Tijorat banklariga eʼlon qilingan ustav jamgʻarmalarini shakllantirishni 2000-yil 1-yanvargacha tugallash tavsiya etilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
bitta aksiyadorning yoki oʻzaro bogʻliq aksiyadorlar guruhining bank ustav kapitalidagi ulushi (davlat ulushidan tashqari) ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu norma xususiy banklarga va xorijiy kapital ishtirokidagi banklarga tatbiq etilmaydi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-noyabrdagi 253-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 47-son, 464-modda)
1999-yil 1-yanvardan boshlab bankning yangidan roʻyxatdan oʻtkazilayotgan banklar ustav sarmoyasida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklarni va shuʼba banklarni tashkil etish hollari bundan mustasno. Tijorat banklari faoliyat koʻrsatayotgan banklar ustav sarmoyasida ularga tegishli aksiyalar paketlarini 2001-yil 1-yanvargacha sotsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi:
“Asaka” banki bilan birgalikda bankning davlatga tegishli aksiyalarini tender asosida, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bankni ustav sarmoyasidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga aksiyalashtirish yuzasidan tadbirlar jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Bank kengashida tasdiqlasinlar.
5. Bank tizimini isloh qilish boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
bank tizimini isloh qilish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini shakllantirish, banklar aktivlarini va muassislar faoliyatini faollashtirish hisobiga ularning barqarorligini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
banklar ustav sarmoyalaridagi davlat ulushini kamaytirish natijasida tijorat banklarini Xususiylashtirish va aksiyalashtirishni taʼminlash;
banklar ustav sarmoyalariga qoʻshimcha mablagʻlar, shu jumladan, xorijiy investorlar mablagʻlarini, shuningdek, ular doirasini kengaytirish hisobiga boshqa muassislar mablagʻlarini jalb etishga koʻmaklashish;
iqtisodiyotning real sektorlariga xizmat koʻrsatish va kredit bilan taʼminlashda banklar rolini oshirish, investitsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirishda ular faoliyatini faollashtirish, banklar bilan ularning mijozlari munosabatlarida hamkorlik mexanizmini takomillashtirish;
tijorat banklari kredit portfellarini shakllantirish siyosatini takomillashtirish, berilgan kreditlar boʻyicha qarzlarning tarkibini oʻzgartirish, berilgan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Respublika hududida joylashgan yuridik shaxslarga:
ishlovchilar soni 1000 kishidan ortiq boʻlgan korxonalarga 1999-yil 1-iyundan boshlab;
ishlovchilar soni 200 kishidan ortiq boʻlgan korxonalarga 1999-yil 1-dekabrdan boshlab;
boshqa yuridik shaxslarga 2000-yil 1-iyundan boshlab soliq toʻlash joyidagi soliq organlarini xabardor qilgan holda bir nechta bankda schyotlar ochish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yuridik shaxslarning respublika tijorat banklarida ochilgan schyotlariga soliq solish maqsadida ularni avtomatlashtirilgan holda hisobga olish uchun Bank depozitorlari milliy axborot bazasidan foydalanish tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin;
boʻsh pul mablagʻlarini banklararo bozorda tezkorlik bilan va kafolatli joylashtirish shart-sharoitlarini yaratgan holda kredit resurslari kimoshdi savdosi ishini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
8. Kreditlar boʻyicha tijorat banklari oldidagi toʻlov muddati Hukumat qarorlariga koʻra kechiktirilgan qarzlar tarkibini oʻzgartirish dasturi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy banki bilan birgalikda, koʻrsatib oʻtilgan dasturdan kelib chiqqan holda, tijorat banklari oldidagi toʻlov muddati Hukumat qarorlariga koʻra kechiktirilgan qarzlarni toʻlash miqdorlari va muddatlarini qarzdor yuridik shaxslar boʻyicha belgilasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari:
toʻlov muddati kechiktirilgan kreditlarni toʻlash natijasida boʻshayotgan mablagʻlar hisobiga markazlashtirilgan resurslar oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasinlar;
tarkibini oʻzgartirish natijasida boʻshayotgan oʻz mablagʻlarini va jalb qilingan mablagʻlarni qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini, shuningdek, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi kichik va oʻrta biznes korxonalarini uzoq muddatli kredit bilan taʼminlashga yoʻnaltirsinlar.
10. Oliy xoʻjalik sudi Hukumat qarorlariga koʻra kreditlar boʻyicha toʻlov muddati kechiktirilgan qarzlar tarkibini oʻzgartirish dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan qarzdor korxonalardan qarzlarni majburiy undirib olish boʻyicha materiallarni sud muhokamasi tugallangunga qadar davlat boji toʻlashni kechiktirgan xolda koʻrib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banklari beriladigan kreditlar hajmlari va turlarini, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar oʻrtasidagi nisbatni, qarzdorlar boʻyicha moliyaviy axborotni tahlil qilish tartibini, kreditlar berish va ularni qaytarish tartibini, foiz siyosatini, garov bilan taʼminlashga qoʻyiladigan talablarni, kredit portfelini audit qilish jarayonini qamrab oluvchi kredit siyosati yoʻnalishlarini, shuningdek, toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishi taʼminlanishiga, mablagʻlar qaytarilishiga qoʻyiladigan talablarni va kreditor qarzdorlikni undirish chora-tadbirlarini har yili tegishli yilning 1-fevraligacha ishlab chiqsinlar va Bank kengashida tasdiqlasinlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish haqidagi takliflarni oʻn kun muddatda kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amaldagi normativ hujjatlarga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-yanvar,
24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1 Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarorining 8-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 146-son qarori 3-bandining toʻlov muddati uzaytirilgan qarzlarni toʻlashga oid qismi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq tumanlari qorakoʻlchilik fermalarini xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-iyuldagi 246-son qarori 5-bandi ikkinchi xatboshining toʻlov muddati uzaytirilgan qarzlarni toʻlashga oid qismi.
4 Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi korxonalarini Xususiylashtirish, aksionerlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 290-son qarori 7-bandi oltinchi xatboshining toʻlov muddati uzaytirilgan qarzlarni toʻlashga oid qismi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika qishloq xoʻjaligi korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida” 1997-yil 13-yanvardagi 24-son qarori 1-bandining toʻlov muddati uzaytirilgan qarzlarni toʻlashga oid qismi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorining 12-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatiga ish haqi toʻlash uchun kredit berish toʻgʻrisida” 1998-yil 6-maydagi 15-son protokol qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
8. Vazirlar Mahkamasining “1998-yil hosili meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 6-avgustdagi 338-son qarori 10-bandining oltinchi xatboshi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Kvars” aksiyadorlik jamiyatida avtomobil oynalari tayyorlash uchun meʼmorchilik-qurilish oynasi ishlab chiqarish liniyasini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-oktabrdagi 431-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi.
Keyingi tahrirga qarang.