17.03.2010 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi va Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi va Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarining boʻlishi va ish faoliyati uchun tegishli sharoitlarni taʼminlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1961-yil 18-apreldagi Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida Vena Konvensiyasini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Tomoni Ostona shahrida joylashgan, binolar va tranzit kommunikatsiyalardan xoli, umumiy maydoni 2,6 ga teng yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining binolari va inshootlarini Oʻzbekiston Tomoni hisobidan qurish uchun qirq toʻqqiz (49) yil muddatga foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdori yiliga bir AQSh dollarini tashkil etadi.

Yer uchastkasining aniq oʻrni va uning chegaralari ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan planda (Ilova №1*) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tomoni Toshkent shahrida joylashgan, binolar va tranzit kommunikatsiyalardan holi, umumiy maydoni 2,0 ga teng yer uchastkasini Qozogʻiston Respublikasi Elchixonasining binolari va inshootlarini Qozogʻiston Tomoni hisobidan qurish uchun qirq toʻqqiz (49) yil muddatga foydalanish uchun Qozogʻiston Respublikasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdori yiliga bir AQSh dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasining aniq oʻrni va uning chegaralari ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan planda (Ilova №2*) belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2 ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalari qarzlardan, uchinchi tomonlarning huquqlaridan holi, garovga qoʻyilmagan va ulardan ushbu Bitim maqsadlarida foydalanishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan biror boshqacha tarzda qiyinchilik tugʻdirmaydigan holda taqdim etilishini kafolatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalaridan Tomonlar faqat ushbu Bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini oladigan davlat Tomoni qabul qiluvchi davlat Tomonining aniq ifodalangan yozma roziligisiz ushbu Bitimga muvofiq taqdim etiladigan yer uchastkasini kengaytirishga, sotishga, qiyinchilik tugʻdirib uchinchi tomonga mulk qilib topshirishga, ijaraga berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalarida qurilgan bino va inshootlar sotiladigan yoki berib yuboriladigan boʻlsa, qabul qiluvchi davlat ularni olish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzarolik asosida oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq, ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan binolar, inshootlarga boʻlgan mulk huquqi va yer uchastkalaridan foydalanish huquqini ushbu Bitim kuchga kirgandan soʻng imkon boricha qisqa muddatlarda yuridik rasmiylashtirishni taʼminlaydilar. Tomonlar oʻzaro kelishilgan muddatlarda tegishli hujjatlar bilan bir vaqtda almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari diplomatik vakolatxonalarining faoliyatini taʼminlash maqsadida ushbu Bitimning 1- va 2- moddalarida koʻrsatilganlardan tashqari ular oʻrtasida yer uchastkalarining ijara munosabatlari alohida xalqaro shartnomalar shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon oʻz budjet mablagʻlari hisobidan boshqa Tomondan taqdim etilgan yer uchastkasi chegarasigacha yoʻllarni, muhandislik kommunikatsiyalarini (elektr va telefon liniyalarini, suv quvurini, kanalizatsiyani, gaz quvurini) oʻtkazishni amalga oshiradi va shuningdek ushbu kommunikatsiyalarni shahar tarmoqlariga ulaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlarning qurilishi faqatgina qabul qiluvchi davlat qonunchiligi talablariga muvofiq qurilish yoki taʼmirlashga ruxsat olingandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi taqdim etgan Tomonning aybi bilan qurilish ishlari toʻxtab qolgan taqdirda, u qurayotgan Tomonga qurilishning toʻxtab qolishi yoki tugatilishi tufayli koʻrilgan ziyon uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar taqdim etilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlarning qurilishi uchun qurilish materiallari va uskunalarni olib kirish huquqiga ega. Yer uchastkasini taqdim etgan Tomon boshqa Tomonni faqat diplomatik vakolatxonalar binolari va inshootlarini qurish, jihozlash va uskunalash maqsadida olib kelinadigan materiallar va asbob-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari va soliqlarning barcha turlarini toʻlashdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar qabul qiluvchi davlatga oʻz obyektlarini qurish va taʼmirlashga tayyorlash hamda amalga oshirish uchun quruvchilar, texnik nazorat mutaxassislari va texnik xodimlardan iborat shaxslarni joʻnatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan yer uchastkalari, yer uchastkasidan foydalanganlik uchun ijara haqidan tashqari, qabul qiluvchi davlat tomonidan solinadigan soliqlar va yigʻimlarning barcha turlaridan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan foydalanuvchi Tomon binolar va inshootlardan, muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish va ularni taʼmirlashning barcha turlarini, yer uchastkalarini saqlab turishni oʻz hisobidan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlardan (gaz taʼminoti, elektr, suv taʼminoti, kanalizatsiya, hududni tozalash va xizmatning shunga oʻxshash boshqa turlari), barcha turdagi aloqa xizmatlaridan foydalanganlik uchun va shuningdek ushbu Bitimning 1- va 2-moddalarida koʻrsatilgan koʻchmas mulkni taʼmirlash va saqlash uchun toʻlovlar qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlari uchun amalda boʻlgan normativ va tariflar boʻyicha mazkur davlat valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuv boʻyicha ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin, ular alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida ushbu Bitimni talqin qilish yoki koʻllashda bahs va kelishmovchilik yuzaga kelsa, Tomonlar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar vositasida hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi va qirq toʻqqiz (49) yillik muddatga tuziladi. Tomonlardan biri yozma ravishda boshqa Tomonga joriy davr tugashidan kamida bir yil ilgari Bitimning amalini uzaytirmaslik niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali xabardor qilmasa, uning amal qilishi oʻz-oʻzidan keyingi qirq toʻqqiz (49) yillik muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2010-yil 17-martda ikki asl nusxada har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matn asos qilib olinadi.

(imzolar)