06.06.2012 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, bir Tomon hududidan boshqa Tomon hududiga zararli organizmlar olib kirilishi va tarqalishining oldini olish hamda oʻsimlik mahsulotlari va oʻsimlik resurslarini himoya qilish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida iqtisodiy va savdo munosabatlarini rivojlantirish, texnikaviy almashinuvlar oʻtkazish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim maqsadlari uchun quyidagi atamalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Zararli organizm” — oʻsimliklar yoki oʻsimlik mahsulotlari uchun zararli boʻlgan har qanday oʻsimlik, hayvon yoxud kasallik qoʻzgʻatuvchi agent turlari yoki biotiplari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻsimliklar” — tirik oʻsimliklar va ularning qismlari, shu jumladan urugʻlar va germoplazma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻsimlik mahsulotlari” — oʻsimliklardan olingan qayta ishlanmagan material (shu jumladan don), shuningdek oʻz tabiati yoki qayta ishlash usuli bilan zararli organizmlar introduksiyasi va tarqalishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan qayta ishlangan mahsulotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Karantindagi zararli organizm” — hozircha mavjud boʻlmagan yoki keng tarqalmagan, rasmiy nazorat qilinadigan, xavf ostidagi hudud uchun potensial iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan zararli organizm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Tartibga solinadigan karantinda boʻlmagan zararli organizm” — ekiladigan va oʻtqaziladigan materialda mavjud boʻlishi ushbu oʻsimliklardan foydalanishga iqtisodiy jihatdan nomaqbul taʼsir koʻrsatuvchi va shu sababli import qiluvchi Tomon hududida tartibga solinadigan karantinda boʻlmagan zararli organizm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Karantin nazoratidagi material” — zararli organizmlarni yashirishi yoki ularni tarqatishi mumkin boʻlgan, ayniqsa xalqaro tashishlar chogʻida fitosanitariya choralarini koʻrish zarur boʻlgan har qanday oʻsimlik, oʻsimlik mahsuloti, saqlash joyi, oʻrash va transport vositasi, konteyner, tuproq va boshqa har qanday organizm, obyekt yoki material.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Fitosanitar sertifikati” — Oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha xalqaro konvensiyada tasdiqlangan shaklda tayyorlangan sertifikat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Import karantin ruxsatnomasi” — belgilangan fitosanitariya talablariga asosan ushbu tovarni import qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
HAMKORLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshiradilar va rivojlantiradilar. Tomonlar ushbu Bitim doirasida oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻz hududlarida zararli organizmlarni bartaraf qilish va nazorat qilishni kuchaytiradilar hamda karantindagi va tartibga solinadigan karantinda boʻlmagan zararli organizmlarning bir Tomondan boshqa Tomonga tarqalishining oldini olish boʻyicha zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
VAKOLATLI ORGANLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ushbu Bitim qoidalarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan: — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan: — Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasi Sifat, nazorat, inspeksiya va karantin boʻyicha bosh maʼmuriyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
ChEGARA NAZORATI TARTIB-QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomondan boshqa Tomonga tashilayotgan karantin nazoratidagi materiallar davlatning quyidagi yoʻriqnomalariga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomondan olib kelingan karantin nazoratidagi materiallar import qiluvchi Tomonning karantin boʻyicha qonun va qoidalariga javob berishi lozim. Puxta karantin tekshiruvi karantin nazoratidagi materiallar eksport qilingunga qadar oʻtkazilishi lozim va eksport qiluvchi Tomon tarafidan rasmiylashtirilgan, tovarlarning karantindagi zararli organizmlardan hamda boshqa Tomon uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan tartibga solinadigan karantinda boʻlmagan zararli organizmlardan holi ekanini tasdiqlovchi fitosanitar sertifikati ilova qilinishi lozim. Fitosanitar sertifikati ingliz tilida va eksport qiluvchi Tomonning rasmiy davlat tilida rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar zararli organizmlarni olib oʻtishi mumkin boʻlgan poxol, barglar va boshqa oʻsimlik materiallaridan oʻram va idishda foydalanishi mumkin emas, qogʻoz va sintetik materiallar bundan mustasno. Konteynerlar, idishlar, oʻramlarga karantin ishlovi berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tarkibida tuproq boʻlgan yuk va tovarlarni bir Tomondan boshqa Tomonga eksport qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
INSPEKSIYA OʻTKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqa Tomon eksport qilayotgan tartibga solinadigan materiallarni davlatlarning oʻsimliklar karantini va muhofazasi qoidalariga muvofiq karantin nazoratidan oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan materiallarning zararlanganligi yoki Tomonlarning karantin qoidalariga mos emasligi aniqlansa, Tomonlar materiallarni fitosanitar zararsizlantirish, qaytarib yuborish yoki yoʻq qilishdan iborat boʻlgan choralar koʻrishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qiluvchi Tomon davlatining vakolatli organlari koʻrilgan choralar toʻgʻrisida darhol boshqa Tomon davlatining vakolatli organlariga yozma ravishda maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin nazoratidagi materiallarni fumigatsiya qilish, qaytarib yuborish, yoʻq qilish yoki boshqacha tarzda zararsizlantirish uchun haq toʻlash ularning egasi yoki agent hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
IMPORT BOʻYIChA TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikki Tomon zararli organizmlarning, ayniqsa boshqa Tomon iqtisodiyotiga xavf solishi mumkin boʻlgan karantindagi zararli organizmlarning olib kirilishini bartaraf qilish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarini import qilish boʻyicha cheklovlar kiritadi yoki qoʻshimcha choralar qoʻllaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. oʻsimliklar va oʻsimlik mahsulotlarining import qilinishni taqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
NOTIFIKATSIYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bir-birlariga karantindagi zararli organizmlarning olib kirilishi va tarqalishi hamda mazkur hodisalarni aniqlash holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etadilar. Tomonlar olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga yuborishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bir-birlariga oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha amaldagi qonun va qoidalarini taqdim etadilar hamda karantindagi zararli organizmlarning qayta koʻrib chiqilgan roʻyxatini oʻz vaqtida yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasida birgalikdagi maslahatlashuvlar orqali va tenglik asosida oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha maʼlumot almashinuvini va hamkorlikni kengaytiradilar hamda oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha ekspertlar oʻrtasida texnikaviy tajriba almashinuvini qoʻllab-quvvatlaydilar. Bunday alamashinuv vositasida qoʻlga kiritilgan natijalar va maʼlumotlar boshqa Tomonning roziligisiz uchinchi tomonga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini va muhofazasi boʻyicha har ikki Tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan, qoidalarni muhokama qilish, ushbu Bitimga oʻzgartishlar kiritish va boshqa maqsadlarda zaruriyat tugʻilganda kengashlar oʻtkazilishi mumkin. Kengashlarni oʻtkazish sanasi, uchrashuv joyi, dasturi va sarf-xarajatlar Tomonlar roziligi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
NIZOLARNI HAL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilish yoki amalga oshirish bilan bogʻliq barcha nizolar Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
XALQARO BITIMLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Tomonlarning ular ishtirokchisi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga yoki ularning xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga asosan ushbu Bitimga alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanuvchi hamda 12-moddada belgilangan tartibda kuchga kiruvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
BITIMNING KUChGA KIRIShI VA BEKOR QILINIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlardan uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining toʻla bajarilgani toʻgʻrisidagi oxirgi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan kundan boshlab oʻttiz kun oʻtishi bilan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi va agar Tomonlardan biri ushbu Bitim amal qilish muddatining tugashidan kamida olti oy oldin uning amal qilishini toʻxtatish maqsadi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi. Bitimni yangilash yuqorida belgilangan amaliyot asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 6-iyunda Pekin shahrida har biri oʻzbek, xitoy va ingliz tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda ixtiloflar yuzaga kelganda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)