14.04.2015 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.04.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayraton-Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transafgʻon temir yoʻl koridorini yanada rivojlantirish, “Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon” temir yoʻl liniyasi boʻyicha tranzit tashishlar hajmini oshirish, respublika korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJKning “Oʻzbektemiryoʻlekspeditsia” unitar korxonasiga qarashli “Sogʻdiana Trans” shoʻba korxonasi (bundan keyin — Operator) va Afgʻoniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligi oʻrtasida 2011-yil 27-iyulda tuzilgan shartnomaga muvofiq 3 yil davomida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish amalga oshirilgan, Operator tomonidan 7,8 million tonna yuk tashilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va Afgʻoniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligi oʻrtasida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻl liniyasini keyingi 3 yil davomida ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatishni davom ettirish toʻgʻrisida yangi shartnoma tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan yangi shartnomaga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorga, tashish hajmidan qatʼi nazar, shartnoma amal qiladigan butun davr mobaynida, Operator tomonidan Afgʻoniston Islom Respublikasida toʻlanadigan soliqlar, toʻlovlar va bojlar summasini hisobga olgan holda, har yili 19 million AQSH dollari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afgʻoniston Islom Respublikasi hududidagi temir yoʻl tashuvlari uchun tashish haqi Operator tomonidan 100 foizlik oldindan toʻlov asosida undiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan Operatorning alohida daromad hisob raqamida toʻplanadi hamda shartnoma shartlariga muvofiq har oyda Afgʻoniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligining Afgʻoniston Islom Respublikasi vakolatli bankida ochilgan hisob raqamiga oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va Afgʻoniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligi oʻrtasida “Hayraton — Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha 3 yil muddatga yangi shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi oʻrtasida loyihada ishtirok etayotgan Operator xodimlarining Afgʻoniston Islom Respublikasida boʻlgan davrida ularning hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash boʻyicha shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Oʻzbektemiryoʻlekspeditsia” UK “ Sogdiana Trans” shoʻba korxonasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida “Hayraton — Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan yonilgʻi-moylash materiallari, elektr energiyasini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayraton — Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish uchun Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari bilan mehnat shartnomalari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Operatorning Mozori-Sharif shahridagi “Afghanistan International bank”da ochilgan joriy hisobvaragʻi amal qilish muddatini 3 yilga uzaytirsin. Bu hisob soliqlar, toʻlovlar va bojlarni toʻlash, shuningdek, Afgʻoniston Islom Respublikasi fuqarolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari hamda Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida Operatorga tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblar uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Operator talabnomalari asosida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat koʻrsatishda qatnashuvchi mutaxassislarga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻl liniyasini ekspluatatsiya qilish, unga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash bilan bogʻliq taʼmirlash-tiklash, rejali va boshqa ishlarni bajarish maqsadida Afgʻoniston Islom Respublikasi hududiga joʻnatilayotgan Operatorning maxsus texnikasi, mexanizmlari, uskunalari, tovarlari, materiallari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini favqulodda vaziyatlar yuz berganda “Gʻalaba” chegara punktidan oʻtkazish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda ilgari ishlab chiqqan soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi shartnomaning amal qilish muddati davomida loyihani amalga oshirish doirasida Operatorning Afgʻoniston Islom Respublikasiga yuborilayotgan xodimlariga belgilangan meʼyorlardan ortiq toʻlanadigan xizmat safari xarajatlariga qoʻshimcha toʻlovlar summalari, shuningdek xizmat safari davrida uch mahal ovqatlanish xarajatlari summalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son