14.04.2015 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayraton-Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transafg‘on temir yo‘l koridorini yanada rivojlantirish, “Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi bo‘yicha tranzit tashishlar hajmini oshirish, respublika korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJKning “O‘zbektemiryo‘lekspeditsia” unitar korxonasiga qarashli “Sog‘diana Trans” sho‘ba korxonasi (bundan keyin — Operator) va Afg‘oniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligi o‘rtasida 2011-yil 27-iyulda tuzilgan shartnomaga muvofiq 3 yil davomida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish amalga oshirilgan, Operator tomonidan 7,8 million tonna yuk tashilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va Afg‘oniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligi o‘rtasida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasini keyingi 3 yil davomida ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatishni davom ettirish to‘g‘risida yangi shartnoma tasdiqlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan yangi shartnomaga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorga, tashish hajmidan qat’i nazar, shartnoma amal qiladigan butun davr mobaynida, Operator tomonidan Afg‘oniston Islom Respublikasida to‘lanadigan soliqlar, to‘lovlar va bojlar summasini hisobga olgan holda, har yili 19 million AQSH dollari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afg‘oniston Islom Respublikasi hududidagi temir yo‘l tashuvlari uchun tashish haqi Operator tomonidan 100 foizlik oldindan to‘lov asosida undiriladi va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli bankida ochilgan Operatorning alohida daromad hisob raqamida to‘planadi hamda shartnoma shartlariga muvofiq har oyda Afg‘oniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligining Afg‘oniston Islom Respublikasi vakolatli bankida ochilgan hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati quyidagilarni ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va Afg‘oniston Islom Respublikasi Jamoat ishlari vazirligi o‘rtasida “Hayraton — Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 3 yil muddatga yangi shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator va “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida loyihada ishtirok etayotgan Operator xodimlarining Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘lgan davrida ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘zbektemiryo‘lekspeditsia” UK “ Sogdiana Trans” sho‘ba korxonasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida “Hayraton — Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan yonilg‘i-moylash materiallari, elektr energiyasini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayraton — Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari bilan mehnat shartnomalari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Operatorning Mozori-Sharif shahridagi “Afghanistan International bank”da ochilgan joriy hisobvarag‘i amal qilish muddatini 3 yilga uzaytirsin. Bu hisob soliqlar, to‘lovlar va bojlarni to‘lash, shuningdek, Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida Operatorga tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Operator talabnomalari asosida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat ko‘rsatishda qatnashuvchi mutaxassislarga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayraton — Mozori-Sharif” temir yo‘l liniyasini ekspluatatsiya qilish, unga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan bog‘liq ta’mirlash-tiklash, rejali va boshqa ishlarni bajarish maqsadida Afg‘oniston Islom Respublikasi hududiga jo‘natilayotgan Operatorning maxsus texnikasi, mexanizmlari, uskunalari, tovarlari, materiallari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini favqulodda vaziyatlar yuz berganda “G‘alaba” chegara punktidan o‘tkazish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda ilgari ishlab chiqqan soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi shartnomaning amal qilish muddati davomida loyihani amalga oshirish doirasida Operatorning Afg‘oniston Islom Respublikasiga yuborilayotgan xodimlariga belgilangan me’yorlardan ortiq to‘lanadigan xizmat safari xarajatlariga qo‘shimcha to‘lovlar summalari, shuningdek xizmat safari davrida uch mahal ovqatlanish xarajatlari summalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son