O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-aprel,
141-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida Nizom”da:
I bo‘limning 6-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi organlari (nazorat ostidagi obyektlarda)” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat” va “O‘zenergonazorat” agentliklari organlari nazoratdagi tegishli obyektlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
II bo‘lim 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi organi vakiliga, agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonalar (obyektlar)da” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organi vakiliga, agar baxtsiz hodisa nazoratdagi tegishli korxonalar (obyektlar)da” so‘zlari bilan almashtirilsin;
II bo‘lim 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlari “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
III bo‘lim 2-bandining sakkizinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligining mahalliy organlariga” so‘zlaridan keyin “va “O‘zenergonazorat” agentligining hududiy organiga” so‘zlari qo‘shilsin;
III bo‘lim 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “yoki “Sanoatkontexnazorat” agentligi vakili” so‘zlaridan keyin “yoxud “O‘zenergonazorat” agentligi vakili” so‘zlari qo‘shilsin;
III bo‘lim 3-bandining to‘rtinchi va to‘qqizinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi organi”, “Sanoatkontexnazorat” agentligi organining” so‘zlari tegishli ravishda “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organi”, “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
III bo‘lim 8-bandining birinchi va to‘rtinchi xatboshidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi organi” va “Sanoatkontexnazorat” agentligi organiga” so‘zlaridan keyin “yoki “O‘zenergonazorat” organiga so‘zlari qo‘shilsin”;
IV bo‘limning 8-bandidagi “Sanoatkontexnazorat” agentligi” so‘zlaridan keyin “va “O‘zenergonazorat” agentligi” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 7-apreldagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 17-modda) 1-ilova II bo‘limining 13-bandi hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi to‘g‘risida Nizom” (2-ilova) 5-bandining “z” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 8-son, 54-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda)