OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRINING
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-aprel,
106-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 3-apreldagi 106-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 42-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 43-banddagi, 49-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 53-bandning ikkinchi xatboshisidagi “aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 3-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 174-modda)