12.03.2015 yildagi 67-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari dasturi tasdiqlansin (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan har bir tadbir (qonun loyihasi) boʻyicha maxsus ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar, shuningdek Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida axborot tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar oʻtkaziladigan muddatlar oʻzgarishi ehtimoli toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashini oʻz vaqtida xabardor etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning tayyorlanishi, amalga oshirilishi va yakunlari chiqarilishi jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining oʻzlari mutasaddi boʻlgan qoʻmitalarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 12-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yil 12-martdagi 67-III-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan tashkiliy-huquqiy tadbirlari, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Dasturning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 12-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisidagi, 2015-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha qonunchilik, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilashdan iborat. Dastur Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan saylangan deputatlar korpusi sifat jihatidan yangi siyosiy, sotsial-iqtisodiy sharoitlarda ishlashiga toʻgʻri keladi. Mamlakatimiz oldida bugungi kunda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni yanada barqaror rivojlantirishni, yurtimiz xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash, diyorimizda tinchlikni saqlash sohasida miqyosi va teranligi jihatidan ulkan vazifalar turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shunday sharoitda davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini va mustaqil OAVni rivojlantirish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslarini rivojlantirish, xavfsizligini taʼminlash sohasidagi milliy qonun hujjatlarini izchil, kompleks ravishda rivojlantirish, huquqni qoʻllanish samaradorligini oshirish istiqboldagi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining eng muhim vazifalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur huquqni qoʻllanish amaliyoti samaradorligini, qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga taʼsirini oshirishda Qonunchilik palatasining rolini kuchaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlar majmuini nazarda tutadi. Dasturda nazarda tutilgan, qonun loyihalari davlat boshqaruvining, fuqarolik jamiyati institutlarining turli darajalarida amaliy muhokama qilinishini, ularning chet el huquqiy amaliyoti bilan qiyosiy tahlil etilishini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini tubdan yaxshilashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palata faoliyatini tashkil etishda, qonun loyihalarini kiritish tashabbusi bilan chiqish va ilgari surishda, partiyalararo raqobatni rivojlantirishda, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan parlament nazoratining samaradorligini oshirishda siyosiy partiyalar fraksiyalarining rolini yanada kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi mamlakatimizning qonun chiqaruvchi yagona oliy organi — Oliy Majlis palatalarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini yanada oshirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari ustuvor yoʻnalishlarining roʻyobga chiqarilishini kompleks ravishda huquqiy jihatdan taʼminlashga qaratilgandir. Dastur Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining, mamlakatimiz fuqarolik jamiyati muayyan ijtimoiy qatlamlarining manfaatlarini ifodalovchi har bir partiyaning dasturiy vazifalariga asoslangan fikrlari inobatga olingan holda tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dasturning amalga oshirilishi parlamentning, deputatlarning, shuningdek siyosiy partiyalarning, ular fraksiyalarining mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishdagi, “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini roʻyobga chiqarishdagi, iqtisodiyotning barqaror va izchil rivojlanishini, aholi farovonligi va turmushi sifatining oʻsishini taʼminlashdagi, mamlakatimizning taraqqiy etgan demokratik davlatlar safiga kirishi borasida koʻzlangan maqsadlarga erishishdagi rolini yanada yuksaltirishning muhim omili boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Qonunchilik palatasi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Ustuvor vazifalar‎ Tadbirlarning nomi‎ Bajarish muddatlari‎ Masʼul ijrochilar‎
1.

Qonunchilik palatasining huquqni qoʻllanish samaradorligini, shuningdek qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlarining borishiga taʼsirini oshirishdagi roli va ahamiyatini kuchaytirish.‎

1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiya kunidagi, yangi saylangan Oliy Majlis palatalari majlislaridagi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2014-yil yakunlari boʻyicha maʼruzalari toʻplamini nashr etish va maʼruzalarning deputatlar va senatorlar faoliyati toʻgʻrisidagi qoidalariga alohida eʼtibor qaratgan holda ularning mohiyati va ahamiyatini har bir deputatga yetkazish. ‎

2015-yil I chorak‎ Qonunchilik palatasi‎

1.2. Qonun hujjatlarini har tomonlama inventarizatsiyadan oʻtkazish va tahlil etish, uning natijalariga koʻra:
‎amaldagi qonunlarning bugungi kun talablariga javob bermaydigan normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
‎huquqiy kamchiliklari mavjud boʻlgan dolzarb sohalar va tarmoqlarni aniqlash hamda ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan zarur qonunlar qabul qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda mazkur sohalar va tarmoqlarning huquqiy jihatdan tartibga solinishini taʼminlash;
‎normalari “ishlamayotgan” va “ikki tomonlama talqin qilinayotgan” protsessual qonunlarni tahlil qilib chiqish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrish. ‎

2015-yil II-III choraklar‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

1.3. Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga ularni tartibga solish borasida koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri samaradorligini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga qaratilgan qonun loyihalari boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratish hamda palata faoliyati amaliyotiga joriy etish.‎

2015-yil II-III choraklar‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

1.4. Qonunchilik palatasining qonunchilik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga qabul qilinayotgan qonunlarning ijrochilarga yetkazilishi jarayonlari deputatlar, fraksiyalar tomonidan albatta oʻrganib chiqilishini hamda bu sohada yuzaga keladigan muammolarga parlament eʼtiborini qaratishga doir chora-tadbirlar koʻrilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.‎

2015-yil II-III choraklar‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

1.5. Qabul qilingan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga taʼsirini oʻrganishga, shu jumladan Qonunchilik palatasi faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda oʻrganishga qaratilgan ikki tomonlama aloqaning tashkiliy mexanizmlarini yaratish.‎

2015-yil III chorak‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi‎

1.6. Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim dasturlari roʻyobga chiqarilishi bilan bogʻliq muammolarni yoritishga OAVni faol jalb etish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshirish.‎

Doimiy ravishda‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi; MTRK, EOAVMA, DBA, TDYU‎
2.‎‏

Qabul qilinayotgan qonunlarning, kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning taʼsirchanligini ularni roʻyobga chiqarishning aniq mexanizmlarini kiritish, qonunlardagi qoidalar qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarda oʻz vaqtida, har tomonlama qamrab olinishini taʼminlash orqali oshirish.‎

‏
‎

2.1. Normativ-huquqiy hujjatlarga va ularni tayyorlashga doir talablarni belgilovchi qonunlarga qabul qilinadigan qonunlar sifatini yaxshilashga, ularning toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishini taʼminlashga, qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishiga, yangidan qabul qilingan qonunlarning qoidalari toʻliq amalga oshirilishiga, shuningdek ularni buzganlik uchun javobgarlikning samarali mexanizmlari yaratilishiga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.‎

2015-yil III chorak‎ Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, AQMI‎

2.2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonunchilik jarayonini takomillashtirishning dolzarb masalalariga, avvalo, qonun hujjatlarini kodifikatsiya qilish, qonun hujjatlarining qarama-qarshiliklardan holi boʻlishini, tizimliligini, umuman huquqiy tartibga solish tizimining toʻliqligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan seminar-treninglar turkumini oʻtkazish, shuningdek qonun hujjatlarining mavjud elektron bazalari maʼlumotlaridan foydalanish koʻnikmalarini yaxshilash.‎

2015-yil III-IV choraklar‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Ekoharakat deputatlar guruhi, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

2.3. Qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani va milliy amaliyotni qiyosiy tahlil qilishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan hamda qonunchilik jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish, qonun hujjatlarining roʻyobga chiqarilishini, huquqni qoʻllanish amaliyoti takomillashtirilishini taʼminlaydigan protsessual mexanizmlarni kuchaytirish boʻyicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari va davra suhbatlari turkumini oʻtkazish.‎

2015-yil II — IV choraklar (alohida reja boʻyicha)‎ Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, DBA, AQMI, TDYU, JIDU‎

2.4. Yangidan qabul qilingan qonunlarning samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydigan qonunosti hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishi ustidan tizimli parlament nazoratining samarali mexanizmini yaratish va taʼminlash.‎

2015-yil II — IV choraklar‎ Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, AQMI‎
3.‎‏

Qonun loyihalarining davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlarining turli darajalarida amaliy jihatdan muhokama qilinishini tashkil etish.

3.1. Tegishli sohalardagi yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jumlasidan ularning ishtirokida qonun hujjatlari loyihalarini tizimli, muntazam asosda muhokama qilish, nazorat-tahlil ishlari oʻtkazilishini tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzurida ekspert guruhlarini tuzish.‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

3.2. Qonun loyihalari muhokamasiga keng jamoatchilikni, mutaxassislarni jalb etishga, shuningdek qonun loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish, ular yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar olish, qonun hujjatlari loyihalarini takomiliga yetkazish jarayonida ulardan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi palata tomonidan Qonun hujjatlarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va qabul qilish.‎

2015-yil III chorak‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, FJShMMI, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi‎

3.3. Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirishga doir dolzarb masalalar OAVda tizimli asosda muhokama qilinishini tashkil etish.‎

Doimiy ravishda‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

3.4. Koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari, qabul qilingan qonun hujjatlari boʻyicha jamoatchilik fikrini tizimli, muntazam asosda oʻrganish yuzasidan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Ombudsman, FJShMMI fuqarolik jamiyatining va boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish. Palataning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan axborot materiallari roʻyxatiga “Qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasi” blokini va nazorat-tahlil ishlari natijalarini kiritish.‎

Doimiy ravishda‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, Qonunchilik palatasi Devoni‎
4.‎‏‏

Qonun loyihalarini har tomonlama, chet el huquqiy amaliyotini chuqur qiyosiy tahlil etish asosida ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tubdan yaxshilash.

4.1. Chet el va xalqaro tajribani oʻrganishning yagona uslubiyotini ishlab chiqish.‎

2015-yil III chorak‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, AQMI, Vazirlar Mahkamasi, Senat (kelishuv boʻyicha) ‎

4.2. Qonun loyihalarining taraqqiy etgan chet mamlakatlarda qabul qilingan oʻxshash qonunlar modellari bilan chuqur qiyosiy tahlil qilinishini taʼminlash masalalari boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti oʻrtasida oʻzaro samarali hamkorlikni tizimli asosda tashkil etish.‎

Doimiy ravishda‎ Qonunchilik palatasi qoʻmitalari, AQMI‎

4.3. Qonun ijodkorligi ishida qiyosiy tahlil usullaridan foydalanish boʻyicha demokratik mamlakatlar parlamentlarining qonun ijodkorligi tajribasini oʻrganishga bagʻishlangan, 2015-2016-yillarga moʻljallangan xalqaro seminarlar, davra suhbatlari, tadbirlar dasturini ishlab chiqish, qabul qilinayotgan qonun loyihalarini tahlil qilish va ekspert bahosini olish uchun chet ellik ekspertlarni jalb etish. ‎

2015-yil II-III choraklar‎ Qonunchilik palatasi, TIV, AQMI‎

4.4. Deputatlarning professional saviyasi, xabardorlik darajasini, shuningdek Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan axborot-tahlil ishlari samaradorligini oshirishning doimiy ishlovchi tizimini yaratish va rivojlantirish, bu ishni amalga oshirishga mamlakatimiz tadqiqot va tahlil qilish markazlarining yetakchi mutaxassislarini, ekspertlarini jalb etishga doir chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.‎

2015-yil III chorak (alohida reja boʻyicha)‎ Qonunchilik palatasi‎

4.5. Huquq manbalarini kengaytirish, shu jumladan chet el, xalqaro qonun hujjatlarini (BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqalar tomonidan qabul qilinganlarini) qamrab olish, shuningdek zamonaviy izlash tizimlarini joriy etish orqali qonunlarning mavjud mahalliy elektron bazalarini takomillashtirish.‎

2015-yil IV chorak (alohida reja boʻyicha)‎ Qonunchilik palatasi Devoni‎

4.6. Qonun loyihalarini tayyorlashda mazkur loyihalarning bugungi kun voqeliklariga muvofiqligini va ularning hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishini taʼminlash maqsadida chet mamlakatlarning (Germaniya, Yaponiya, Koreya, Rossiya, AQSh) xuddi shunday hujjatlari sinchiklab qiyoslama tahlil qilish orqali oʻrganilishini taʼminlash.‎

Doimiy ravishda‎ Qonunchilik palatasi‎
5.‎‏

Qonunchilik palatasi faoliyatida siyosiy partiyalar fraksiyalarining roli va ahamiyatini barcha choralar bilan oshirish, umuman koʻppartiyaviylik tizimini yanada rivojlantirish.‎

5.1. Qonunchilik palatasi Reglamentiga palataning qonunchilik, nazorat-tahlil ishlarida, shu jumladan parlament tomonidan Vazirlar Mahkamasining harakat dasturini muhokama etish va maʼqullash, mamlakat sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining eng muhim masalalari hamda Qonunchilik palatasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan hukumat aʼzolarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining maʼruzalarini muntazam, tizimli asosda eshitish masalalariga doir qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda siyosiy partiyalar fraksiyalarining faol ishtirok etishi mexanizmlari samaradorligi oshirilishini taʼminlaydigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. ‎

2015-yil III chorak‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

5.2. Siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishning eng muhim, prinsipial masalalari boʻyicha oʻz partiyalarining nuqtai nazarini, saylovchilarining fikrlarini inobatga oluvchi muqobil qonun loyihalarini kiritishning protsessual mexanizmlarini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, partiyalararo raqobatning, parlamentdagi fraksiyalararo bahs-munozaralarning mexanizmlarini yanada rivojlantirishga, xususan, parlamentdagi muxolifat faoliyatining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish.‎

2015-yil III-IV choraklar‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

5.3. U yoki bu qonunlar boʻyicha partiyalarning, ular fraksiyalarining nuqtai nazarini, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning hayotiy muhim masalalari yuzasidan fraksiyalararo bahs-munozaralar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish. Siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari boʻyicha fraksiyalarning nuqtai nazarini keng jamoatchilikka, saylovchilarga yetkazish, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari boʻyicha tizimli asosda brifinglar va matbuot konferensiyalarini, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar tashkil etish va maqolalar tayyorlash. Qonunchilik palatasining Axborot xizmati faoliyatini tubdan yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, uning OAV, shu jumladan partiyalar matbuoti bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish.‎

Doimiy ravishda‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎
6.‎‏

Qonun loyihalarini kiritish tashabbusi bilan chiqish va ilgari surish, palata nazorat-tahlil faoliyatining taʼsirchanligini kuchaytirish boʻyicha siyosiy partiyalar fraksiyalari, ularning deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish.‎

6.1. Deputatlar oʻz partiyalarining dasturiy vazifalariga, manfaatlariga javob beradigan qonun loyihalarini kiritish tashabbusi bilan chiqish va ilgari surish, nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarini samarali roʻyobga chiqarishlari uchun ularni axborot-tahliliy taʼminlash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.‎

Fraksiyalar-ning ish rejalariga muvofiq‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari‎

6.2. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining ekspertlar jamoasi, ilmiy-tekshirish muassasalari, NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish borasidagi samarali aloqasini taʼminlash.‎

Doimiy ravishda‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari‎

6.3. Qonun loyihalarini ularni kiritish tashabbusi bilan chiqqan deputatlar, manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan kelishib olishning aniq tartib-tamoyili boʻyicha takliflar ishlab chiqish.‎

2015-yil III chorak‎ Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Siyosiy partiyalar fraksiyalari‎

6.4. Siyosiy partiyalar tashabbusi bilan tashkil etilgan nazorat-tahlil tadbirlarini yoritishga OAVni faol jalb etish.‎

Doimiy ravishda‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik palatasining Axborot xizmati‎

6.5. Siyosiy partiyalar fraksiyalari deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida tayyorlangan qonun loyihalarini qonun loyihalarini takomiliga yetkazish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik, axborot-kommunikatsiya sharoitlarini yaratishga doir takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek demokratik islohotlarning quyidagi muhim ustuvor yoʻnalishlarini qonunchilik yoʻli bilan, huquqiy jihatdan taʼminlash boʻyicha fraksiyalararo munozaralar oʻtkazish:
‎davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirish;
‎demokratik sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish;
‎hozirgi bosqichda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish;
‎xususiy mulkni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida davlat ishtiroki darajasini strategik va iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorlargacha kamaytirish;
‎korporativ boshqarish tizimi prinsiplarini va yondashuvlarini oʻzgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlari korporativ menejmentining zamonaviy xalqaro standartlarini joriy etish;
‎axborot-kommunikatsiya tizimlarini, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish hamda mamlakatni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa masalalari.‎

2015-yil II-III choraklar‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik palatasining Axborot xizmati‎

6.6. Deputatlarning saylov okruglarida ishlash, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatiga doir dolzarb �akliflar ishlab chiqish va kiritish uchun saylovchilar bilan mustahkam aloqani yoʻlga qoʻyishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish.‎

2015-yil II-III choraklar‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari‎
7.‎‏

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan, qabul qilinayotgan qonunlar, eng muhim sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish davlat dasturlarining soʻzsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini tubdan yaxshilash.‎

7.1. Qonunchilik palatasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan palataning nazorat vakolatlarini aniq mustahkamlab qoʻyishga, ularning amalga oshirilishini taʼminlashga, shu jumladan Qonunchilik palatasi tomonidan tegishli yil uchun Budjetnomani, shuningdek Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishga, parlament nazoratining boshqa zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish. ‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Siyosiy partiyalar fraksiyalari‎

7.2. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining budjet-moliya sohasida parlament nazoratini amalga oshirishda Hisob palatasi bilan oʻzaro hamkorligining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash.‎

2015-yil II chorak‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Siyosiy partiyalar fraksiyalari‎

7.3. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlari talablari bajarilishini taʼminlash, mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish yuzasidan Qonunchilik palatasining nazorat tadbirlari natijalari toʻgʻrisida mamlakatimiz aholisini keng xabardor qilishga qaratilgan “Parlament naz�ratining natijalari”, “Hukumat aʼzosi parlament soʻroviga javob beradi” deb nomlangan maxsus ruknlarni “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida tashkil etish.‎

Doimiy ravishda‎ Qonunchilik palatasi Kengashi, “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, gazetalari tahririyatlari, Qonunchilik palatasining Axborot xizmati‎

7.4. Qonunchilik palatasining deputatlari uchun parlament nazoratini amalga oshirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan seminar-treninglar turkumini oʻtkazish.‎

2015-yil III chorak‎ Siyosiy partiyalar fraksiyalari, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari‎

7.5. Parlament nazoratini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan, yangi konstitutsiyaviy sharoitlarda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati, qabul qilinayotgan qonunlarning, eng muhim sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish davlat dasturlarining ular tomonidan soʻzsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha Oliy Majlisning va, avvalo, siyosiy partiyalar fraksiyalarining ishini yaxshilash yuzasidan ilgʻor chet el tajribasini hisobga olgan holda tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro konferensiya oʻtkazish.‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik palatasi, Adliya vazirligi, DBA, AQMI, TDYU, JIDU‎
8.‎‏

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish.

8.1. Oliy Majlis palatalarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatida oʻzaro hamkorlikni tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish, uni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik palatasi va Senat qoʻmitalari (kelishuvga koʻra) ‎

8.2. Oliy Majlis palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha �uvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibini shakllantirish va uning birinchi majlisini oʻtkazish. Oliy Majlis palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash toʻgʻrisidagi Nizomning yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda Oliy Majlis palatalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik samaradorligi yanada oshirilishini taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlarni belgilashga qaratilgan yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlari (kelishuvga koʻra)‎

8.3. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalarining nazorat-tahlil tadbirlari va boshqa tadbirlar oʻtkazish boʻyicha ish rejalarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan bu sohada takrorlashlarni istisno etish va ish samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma qarorini tayyorlash hamda qabul qilish.‎

2015-yil I chorak‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash‎

8.4. 2015-2016-yillarda Oliy Majlis palatalarining parlamentning mavjud axborot salohiyatidan ikki tomonlama foydalanish maqsadida axborot tizimlari va mavjud axborot resurslarini birlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratishga doir kompleks dastur loyihasini tayyorlash.‎

2015-yil III chorak‎ Qonunchilik palatasi va Senat qoʻmitalari (kelishuvga koʻra), Qonunchilik palatasi va Senat Devonlarining tegishli boʻlinmalari‎

8.5. Qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek nazorat-tahlil ishlari natijalari, Oliy Majlis palatalarining faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni keng xabardor qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Axborot xizmatlarining 2015-yilga moʻljallangan oʻzaro hamkorligi rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlari (kelishuvga koʻra)‎

8.6. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi faoliyatining samaradorligini oshirishga doir birgalikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.‎

2015-yil II chorak‎ Qonunchilik palatasi va Senat Kengashlari (kelishuvga koʻra)‎

8.7. Demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash masalalarini hal etishdagi oʻzaro hamkorlikning yangi, zamonaviy shakllarini parlament palatalari faoliyatiga joriy etish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi “Parlament palatalarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatidagi oʻzaro hamkorligi amaliyotining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.‎

2015-yil II chorak‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Senatning tegishli qoʻmitasi bilan birgalikda (kelishuvga koʻra)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qonunchilik palatasining 2015-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Qonun loyihasining, nazorat-tahlil tadbirining nomi ‎

Qonunning qabul qilinishidan maqsad, oʻtkazilayotgan tadbirning maqsadi‎

Bajarish muddati‎

Masʼul ijrochilar‎

‎‎1-boʻlim. Davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish — xalq hokimiyatchiligi va parlamentarizm asoslarini yanada rivojlantirish

‎‎Qonun ijodkorligi faoliyati

1.‎

“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi davlat boshqaruvi organlari faoliyati hamda qabul qilinayotgan qonunlarning, mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga doir eng muhim davlat dasturlarining soʻzsiz bajarilishi ustidan Oliy Majlis palatalarining nazorat qilish faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgandir. Qonun loyihasi parlament nazoratining shakllari, mexanizmlari, obyektlari (parlament eshituvlari, hukumat aʼzolarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qonun hujjatlari talablari ijro etilishiga doir ishlar holati toʻgʻrisidagi muntazam hisobotlari va hokazo), ushbu sohadagi huquqiy munosabatlar subyektlarining huquq va majburiyatlari, shuningdek parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy oqibatlari belgilab qoʻyiladi.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi toʻgʻrisida”gi F-4305-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil III chorak ‎

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, AQMI ‎

2.‎

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlarga va ularni tayyorlashga doir, qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yaxshilashga, ularning toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishini taʼminlashga, qonunosti hujjatlarini oʻz vaqtida qabul qilishga, yangi qabul qilingan qonunlarning qoidalarini toʻliq amalga oshirishga, shuningdek ularni buzganlik uchun javobgarlikning samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgan talablarni belgilovchi normalarni nazarda tutadi.
‎Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisida qilgan maʼruzasidan kelib chiqib ishlab chiqiladi. ‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

3.

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi:
‎qabul qilinayotgan qonunlarning ijrochilarga yetkazilishi jarayonlari deputatlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan albatta oʻrganib chiqilishini va ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolarga parlament eʼtiborini qaratish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini;
‎mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga qaratilgan qonun loyihalari boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish mexanizmlari palata faoliyati amaliyotiga joriy etilishini;
‎palataning qonunchilik, nazorat-tahlil ishlarida, shu jumladan parlament tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Harakat dasturini muhokama etish va maʼqullash, mamlakatning sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining eng muhim masalalari hamda Qonunchilik palatasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan hukumat aʼzolarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining maʼruzalarini muntazam, tizimli asosda eshitib borish masalalariga doir qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda siyosiy partiyalar fraksiyalarining faol ishtirok etishi mexanizmlari samaradorligi oshirilishini nazarda tutadi.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadi. ‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

4.‎‏

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga 2014-yilda kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirishga qaratilgan boʻlib, u quyidagilarni nazarda tutadi:
‎1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunlarga, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi
Qonunga, shuningdek boshqa bir qator qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
‎Bunda xususan, quyidagilar nazarda tutiladi:
‎a) hukumatning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maruzasini Oliy Majlisga kiritish uchun tayyorlash hamda taqdim etish (hisobot yilidan keyingi yilning fevral oyidan kechiktirmay) tartibi va muddatlarini aniqlash;
‎b) iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va bajarish boʻyicha vakolatlarni hukumat tomonidan amalga oshirishning aniq mexanizmi;
‎v) ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish sharoitlarida qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari bilan hukumat oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlari va boshqa qoidalar. ‎

2015-yil III chorak‎‏

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat (kelishuvga koʻra), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, DBA, AQMI, vazirliklar va idoralar‎

2. “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qon�niga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga kiritilgan tuzatishni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yaratishga, xususan, prokuratura organlarining oʻzlari aniqlagan davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga muvofiq boʻlmagan hujjatlari haqidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etishi tartibi va mexanizmini belgilashga qaratilgan. ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Bosh prokuratura‎

3. “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. Qonun loyihasi Konstitutsiyaning 32, 103-moddalariga kiritilgan tuzatishlarning amalga oshirilishini taʼminlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratishga qaratilgan boʻlib, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi subyektlarning oʻzaro hamkorligi tartibini; tegishli xalq deputatlari Kengashlarining hokim hisobotini eshitish (hisobot yilidan keyingi yilning fevralidan kechiktirmay) boʻyicha majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish tartibi va muddatlarini; viloyat, tuman, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim dolzarb masalalari yuzasidan hokimlarning hisobotlarini hamda xalq deputatlari Kengashlarining shu borada qabul qilgan qarorlarini OAVda albatta eʼlon qilish tartibini belgilaydi.‎
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi toʻgʻrisida”gi F-4305-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan.

Qonunchilik va sud-huquq masalala�i qoʻmitasi, Senat (kelishuvga koʻra), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, FJShMMI, AQMI, DBA, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Markaziy saylov komissiyasi ‎

5.‎

“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi tizimiga izchil joriy etishga, “elektron hukumatni” yaratish va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga, davlat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligini oshirishga doir faoliyatni toʻlaqonli tartibga solishga qaratilgan. Qonun loyihasi maʼmuriy tartib-taomillarni elektron tarzda, shu jumladan davlat tomonidan turli shaklda xizmatlar koʻrsatish tarzida amalga oshirishni avtomatlashtirishda davlat organlari faoliyatining asosiy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini belgilaydi.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi toʻgʻrisida”gi F-4305-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari-ni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, DBA ‎

6.‎

“Oʻzbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi jamoatchilik nazoratini amalga oshirish subyektlari, obyektlari, predmetini, huquqiy mexanizmlarini va tartibini, fuqarolarning fuqarolik jamiyati institutlarini, shuningdek davlat organlarining ushbu sohadagi huquq hamda majburiyatlarini qonunchilik yoʻli bilan belgilab qoʻyishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi toʻgʻrisida”gi F-4305-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil IV chorak ‎

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, FJShMMI, “Mahalla” jamgʻarmasi, AQMI ‎

7.‎

“Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun l�yihasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakolatlarini hamda faoliyat koʻrsatish sohalarini chegaralashga, mazkur organlar vazifalarini va ularning faoliyatini tashkil etish prinsiplarini, bu organlarni tashkil etish, tugatish va qayta tashkil etish tartibini, shuningdek hukumatning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga hamda ular faoliyati ustidan nazorat qilishga doir zamonaviy talablarga javob beruvchi ish shakllari va usullarini belgilashga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi toʻgʻrisida”gi F-4305-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, DBA, vazirliklar va idoralar‎

8.‎

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining zamonaviy usullarni, tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etishga, ichki idoraviy nazorat mexanizmini kuchaytirishga qaratilgan. Xususan, turli maʼmuriy tartib-taomillarning umumiy prinsiplari va ularga qoʻyiladigan talablar (litsenziyalash, sertifikatlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish), shuningdek ularni soddalashtirish chora-tadbirlari qonun yoʻli bilan tartibga solinadi. Qonunning qabul qilinishi davlat boshqaruvi sohasidagi rasmiyatchilikni, toʻrachilik koʻrinishlari va suiisteʼmolliklarni istisno etishga koʻmaklashadi.
‎Qonun loyihasini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 25-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlarni amalga oshirish boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari dasturi toʻgʻrisida”gi F-4305-sonli Farmoyishida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, AQMI, DBA, vazirliklar va idoralar ‎

Nazorat-tahlil faoliyati

9.‎

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi va davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ijro etilishi holatini oʻrganish.‎

Tadbir Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, shuningdek Fargʻona viloyati hokimligi va davlat hokimiyati organlarining davlat organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash bilan bogʻliq qonun hujjatlari talablarini bajarish, shu jumladan oʻzlari qabul qilayotgan qarorlar hamda fuqarolarda alohida qiziqish uygʻotayotgan dolzarb ijtimoiy muammolar yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga doir faoliyatini oʻrganishni nazarda tutadi. Oʻrganish natijalariga koʻra mazkur sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.‎

2015-yil IV chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, AQMI‎

10.‎

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning keng koʻlamli dasturini amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish.‎

Tadbir davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi ishlarning holatini oʻrganishga, xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatida interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalarini qoʻllashga, shuningdek bu sohadagi qonun hujjatlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
‎Eshituv Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tashabbusi bilan tashkil etiladi. ‎

2015-yil IV chor�k ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi ‎

‎‎2-boʻlim. Sud-huquq, huquqni muhofaza qilish tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda uning samaradorligini oshirish

Qonun ijodkorligi faoliyati

1.‎

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi quyidagilarga qaratilgan:
‎jinoyat, maʼmuriy, sud ishlarini yuritishda ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish; fuqarolik-huquqiy va maʼmuriy-huquqiy nizolarni hal etishning sudgacha boʻlgan, suddan tashqari tartibini yanada takomillashtirish; umumiy yurisdiksiya sudlarining qarorlari, hal qiluv qarorlari ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
‎katta ijtimoiy xavf tugʻdirmaydigan jinoyatlar boʻyicha dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilishning soddalashtirilgan tartibi mexanizmini joriy etish.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudl�ri faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4570-sonli Farmonida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV ‎

2.‎

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida jismoniy yoki yuridik shaxslarning shaxsiga yoki mol-mulkiga terrorchilikka qarshi operatsiyalar oʻtkazish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan havola normalarni amalga oshirishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud-huquq sohasidagi qonunlarning havola normalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasida nazarda tutilgan.‎

2015-yil II chorak ‎

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

3.‎

“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi jamoat joylarida tamaki mahsulotlari isteʼmol qilganlik, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarini targʻib qilganlik uchun maʼmuriy jazo choralarini belgilashga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

4.‎

“Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va prokuratura organlarining roli oshirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadi:
‎tadbirkorlik subyektlariga berilgan iqtisodiy imtiyozlar va preferensiyalarning soʻzsiz amalga oshirilishini, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashning samarali maʼmuriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy, sud-huquqiy mexanizmlarini yaratish;
‎kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud va prokuratura organlarining vakolatlari rolini oshirish;
‎tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni hayotga tatbiq etish uchun sud nazorati, prokurorlik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish;
‎tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda Qonun loyihalari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga doir dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil II chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, SSP ‎

5.‎

“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish chogʻida ular ishining barqarorligini taʼminlash, qonun hujjatlariga haqiqiy rioya etuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga nazorat qiluvchi tuzilmalar, boshqa davlat organlarining asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazish uchun asoslar roʻyxatini yanada qisqartirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.
‎Qonun loyihasi nazorat tekshiruvlarini amalga oshirish jarayonining aniq tartibga solib qoʻyilishini taʼminlashga, nazorat qiluvchi organlarning tekshiruv ishlari samaradorligi mezonlari tizimini tartibga solishga daʼvat etilgan.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi F-3557-sonli Farmoyishi bilan maʼqullangan Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sohasida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil II chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

6.‎

“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun mamlakatimizda xalqaro tijorat arbitraji faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilashni, xorijiy sheriklar hamda xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari bilan yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal qilishni, arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etishning taʼsirchan mexanizmini yaratishni nazarda tutadi.
‎U xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ortiqcha xarajatlari qisqartirilishiga, tashqi iqtisodiy bitimlardan kelib chiquvchi nizolar koʻrib chiqilayotganda ularning manfaatlari ishonchli himoya qilinishiga, mamlakatning investitsiya jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi F-3557-sonli Farmoyishi bilan maʼqullangan Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sohasida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan.‎

2016-yil I chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, SSP, Oliy xoʻjalik sudi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi ‎

7.‎

Qonunchilik palatasining “Inson huquqlari sohasidagi milliy harakat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi‎.

Dastur inson huquqlarining ishonchli himoya qilinishi, jamiyatda inson huquqlari madaniyati shakllantirilishi bilan bogʻliq masalalarni keng koʻlamda hal etishga qaratilgandir. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylikni taʼminlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada takomillashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutadi.
‎Dastur loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi F-3562-sonli Farmoyishi bilan maʼqullangan Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan.‎

2016-yil IV chorak ‎

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga koʻra), IHMM, Ombudsman, Adliya vazirligi, FJShMMI, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ‎

8.‎

Qonunchilik palatasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) qarori loyihasi.‎

Dastur aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli tashkiliy-huquqiy, targʻibot-tashviqot, �aʼlim chora-tadbirlarini, shuningdek ushbu tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirishni nazarda tutadi. Yuridik taʼlim sifatini oshirish, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tubdan yaxshilash Dasturning eng muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
‎Dastur loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvardagi F-3559-sonli Farmoyishi bilan maʼqullangan sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan.‎

2016-yil IV chorak ‎

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga koʻra), Adliya vazirligi, IHMM, DBA, TDYU, MTRK, Oʻzbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi, Bosma OAV fondi‎

Nazorat-tahlil faoliyati

9.‎

Adliya vazirining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari bajarilishining holati haqidagi axborotini eshitish.‎

Tadbir mazkur Qonun normalarining amalga oshirilishi holatini oʻrganishga, shu jumladan davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan oʻzaro munosabatlarda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari himoya qilinishining taʼminlanishi holatini baholashga qaratilgan. Koʻrib chiqilayotgan sohada aniq takliflar ishlab chiqish.‎

2015-yil II chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

10.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya etilishi holati haqidagi axborotini eshitish.‎

Tadbir ushbu Qonun normalarining amalga oshirilishi holatini oʻrganishga, shu jumladan Qonunning davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida yuzaga keladigan xususiy mulk daxlsiz ekanligi, xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmasligi va bekor qilinmasligi toʻgʻrisidagi talablarining taʼminlanishi holatini baholashga qaratilgandir. Koʻrib chiqilayotgan sohada aniq takliflar ishlab chiqish.‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

11.‎

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida hamda Qashqadaryo viloyatida oʻrganish.‎

Tadbir huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga, jismoniy va yuridik shaxslarning axborotga boʻlgan huquqlarini toʻliq qanoatlantirishga, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga rioya etishga, murojaatlarni yoʻllashning elektron shakllaridan foydalanish imkoniyatlariga, ushbu sohadagi, shu jumladan mintaqaviy darajadagi huquqni qoʻllash amaliyotini huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.‎

2016-yil I chorak ‎

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi ‎

‎‎3-boʻlim. Iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi demokratik islohotlar — iqtisodiy faoliyat erkinligini taʼminlash, mulk huquqini himoya qilish, iqtisodiyotni barqaror muvoziy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish

‎‎Qonun ijodkorligi faoliyati

1.‎

“Iqtisodiy faoliyat, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik erkinligi taʼminlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni toʻliq erkin rivojlantirish va mustahkamlashni taʼminlashning samarali huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashni, xususiy, davlat, aralash mulk shakllarini boʻlishning aniq huquqiy mezonlarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Xususan, qonun xususiy tadbirkorlarning xomashyo resurslaridan foydalanish mexanizmlarini ancha soddalashtirish, yanada takomillashtirish hamda shaffofligini va boshqa tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini taʼminlashga daʼvat etilgandir. Xususiy mulkning erkin rivojlanishini, uning ishonchli himoya qilinishini, huquqiy kafolatlarini, mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini jiddiy ravishda mustahkamlaydi.
‎Mazkur Qonunni ishlab chiqish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov soʻzlagan maruzasida nazarda tutilgan.
‎Shuningdek qonun loyihasini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-apreldagi 82-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2014-yilda Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil II chorak ‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

2.‎

Iqtisodiyot yanada erkinlashtirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida bir qator qonun hujjatlariga iqtisodiyot tarmoqlarida xususiy shuʼbaning ulushini ancha koʻpaytirish va davlatning ishtirokini qisqartirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilash nazarda tutilmoqda. Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga tadbirkorlik subyektlari uchun huquq va kafolatlarni qonun yoʻli bilan himoya qilishni kuchaytiruvchi normalar kiritiladi.
‎Bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish zarurligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan 2015-yil 16-yanvardagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasida koʻrsatib oʻtilgan edi.‎

2015-yil II chorak ‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

3.‎

“Harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni oʻtagan shaxslarning pensiya taʼminoti asoslari va mexanizmlari nazarda tutiladi.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

4.‎

“Qariyalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida quyidagilarni belgilash nazarda tutiladi:
‎qariyalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning asosiy prinsiplari va mexanizmlari, shuningdek huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy asoslari;
‎aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish turlari va shakllari;
‎davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa masʼul idoralar va xizmatlarning vakolatlari va majburiyatlari.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

5.‎

“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat yuritishi kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunga va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan sudga shikoyat berilgan taqdirda nazorat qiluvchi organlarnin? harakatlari yoki qarorlari ijro etilishini toʻxtatish imkoniyatini berish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻshimcha kafolatlar yaratilishini nazarda tutadi. “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasini qoʻllashning huquqiy mexanizmini taʼminlaydi. Mazkur moddada sudga shikoyat berish, yaʼni ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar yoki qarorlarning ijro etilishini sudning qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar toʻxtatib turish belgilangan, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavflar yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq harakatlar yoki qarorlar mustasno.
‎Ushbu Qonunni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbkiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil IV chorak ‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

6.‎

“Korporativ boshqaruv sohasidagi qonun hujjatlarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. ‎

Qonun loyihasida qonunchilikning jinoyat, jinoyat-protsessual, maʼmuriy va boshqa tarmoqlarida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun normalarining ijro etilishini taʼminlashga q�ratilgan maʼmuriy-huquqiy, sud-huquq mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsion jarayonlarni korporativ boshqarishning zamonaviy xalqaro standartlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga aksiyadorlarning, shu jumladan qimmatli qogʻozlar minoritar egalarining huquqlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligini nazarda tutuvchi norma kiritilmoqda.
‎Ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining 2015-yil 23-yanvardagi qoʻshma majlisidagi maʼruzasida nazarda tutilgan.‎

2015-yil I-II choraklar ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari –OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

7.‎

“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri).‎

Qonun loyihasida elektron tijoratda bitimlar tuzish va boshqa harakatlarni amalga oshirishda elektron hujjatlardan va xabarlardan foydalanganda yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Elektron hujjatlardan (xabarlardan) foydalanib shartnomalar tuzish mexanizmlari, tartibi hamda elektron tijorat ishtirokchilariga, shu jumladan, elektron vosita�ilarga qoʻyiladigan talablar shartnoma munosabatlarining turlari hisobga olingan holda belgilab qoʻyilmokda.
‎Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasining 2013-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvorliklariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzasida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

8.‎

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun buxgalteriya hisobi tizimini yanada rivojlantirish uchun xalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishga, buxgalteriya hisobining shaffofligini oshirishga, buxgalteriya hujjatlarini saqlash muddatini aniqlashtirishga, buxgalteriya hisobi subyektlari rahbarlarining va buxgalteriya xizmatlari rahbarlarining huquq va majburiyatlarini aniq ajratish orqali ularning javobgarligini oshirishga, buxgalterlar jamoat birlashmalarining huquqiy maqomini belgilash orqali buxgalteriya hisobini tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
‎Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil III chorak‎

Qonunchilik palatasi deputatlari – Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi aʼzolari, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

9.‎

“Energiyaning qayta tiklanadigan manbalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi energiyaning qayta tiklanadigan manbalarini joriy etish boʻyicha samarali infratuzilmani yaratish tizimini va huquqiy asoslarini mustahkamlashga, shu jumladan muqobil energetikani rivojlantirish boʻyicha maxsus jamgʻarmani shakllantirishga, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan olinadigan elektr energiyasini mamlakatimizning umumiy energetika balansiga jalb qilishning tashkiliy-huquqiy shartlarini tartibga solishga, aholining, ayniqsa, olis joylarda yashayotgan aholining energiyaning qayta tiklanadigan muqobil manbalaridan foydalanishini taʼminlashga qaratilgan.

Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4512-sonli Farmonida nazarda tutilgan.‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari (Ekoharakat deputatlar guruhi, “Adolat” SDP fraksiyasi), Vazirlar Mahkamasi‎

10.‎

“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi transportlarda tashilayotgan yoʻlovchilarning hayotiga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish hisobidan qoplash tartibi belgilab qoʻyilmokda.
‎Ushbu qonunni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan PQ-1438-sonli Qarorida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

11.‎

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri).‎

Qonun loyihasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga hamda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, davlat va xususiy sektor sherikchiligini mustahkamlash, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish, mehnat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda davlat organlarining vakolatlarini belgilash, ish oʻrinlarining attestatsiyadan oʻtkazilishini, mehnat sharoitlari auditi tashkil etilishini davlat ekspertizasidan oʻtkazish sohasidagi talablarni kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda tashkilotlarning faoliyatini va ishlab chiqarish vositalarining (asbob-uskunalarning) ishlashini toʻxtatib turish tartibi belgilanmoqda, ish beruvchilar va xodimlarning ushbu sohadagi javobgarligi kuchaytirilmoqda.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-mayda qabul qilingan 132-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini 2014 — 2016-yillarda roʻyobga chiqarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar majmuida nazarda tutilgan.‎

2015-yil IV chorak‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

12.‎

“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi atrof muhitni yuridik shaxslarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida hosil boʻladigan chiqindilarning zararli uyumlari, shuningdek jismoniy shaxslar hayotiy faoliyatida ishlatiladigan mahsulotlarning zararli tasiridan ishonchli himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadi: mazkur chiqindilarning toifalarini, ularni utilizatsiya qilish va zararsizlantirish talablarini belgilash; maishiy chiqindilar toʻplanishi, tashilishi va utilizatsiya qilinishini, shuningdek ularning qayta ishlanishini, bir qator boshqa yangiliklarni tashkil etuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda imtiyozlar berish.‎

2015-yil IV chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari – Ekoharakat deputatlar guruhi aʼzolari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi ‎

13.‎

“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida texnik jihatdan tartibga solish maqsadlari va obyektlarini aniqlashtirish, shuningdek texnik tartiblarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muvofiqligini baholash uchun zarur mahsulotni saralab olishga va sinovdan oʻtkazishga, oʻlchash qoidalarining mazmun-mohiyatiga doir talablarni chiqarib tashlash nazarda tutilgan boʻlib, bu sinovdan oʻtkazish va oʻlchash usullarini belgilaydigan, yangi qabul qilinayotgan xalqaro standartlarni hamda talablarni samaraliroq qoʻllash imkoniyatini beradi.
‎Ushbu qonunni ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil IV chorak ‎

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

14.‎

“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan osh tuzini yod bilan majburiy ravishda boyitish toʻgʻrisidagi normalarning joriy etilishi nazarda tutiladi.
‎Ushbu qonunni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevralda qabul qilingan PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil I chorak ‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

15.‎

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi nodavlat taʼlim faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirishni nazarda tutadi.
‎Ushbu qonunni ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevralda qabul qilingan PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil I chorak ‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

16.‎

“Ferm�r xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi. ‎

Qonun loyihasida “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga tegishli oʻzgartishlar kiritish nazarda tutiladi. Ushbu oʻzgartishlar fermer xoʻjaliklarining ehtimol tutilgan faoliyat sohalarini kengaytirishga, fermer xoʻjaligining ehtimol tutilgan faoliyat turlari roʻyxatiga ijraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishini yuritish bilan bir qatorda, keng tadbirkorlik faoliyati turlarini ham kiritish nazarda tutiladi.
‎Qonun loyihasi OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilmoqda. ‎

2015-yil III chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari – OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi‎

17.‎

“Kasanachilik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
‎kasanachilikni huquqiy jihatdan belgilash;
‎kasanachilik shaklida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan mehnat faoliyati turlari;
‎kasanachilik toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish tartibi, ijtimoiy sugʻurtani amalga oshirish, mehnat haqi toʻlash, mehnat muhofazasini taʼminlash, taʼtillar berish, mehnat stajini h�sobga olish, mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish va hokazolar;
‎ish beruvchi korxonalarning majburiyatlari;
‎nogironlar va 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan ayollar uchun kasanachilik ish oʻrinlarini kvotalash tartibi;
‎yoshga koʻra pensiyaga chiqqan pensionerlarning kasanachilik faoliyatini tartibga solish xususiyatlari;
‎ish beruvchi korxonalarni qayta tashkil etishda kasanachilik ish oʻrinlarini saqlab qolish kafolatlari;
‎mehnatni tashkil etishning kasanachilik turlarida aholini band qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishning boshqa masalalari.
‎Qonun loyihasi OʻzXDP fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilmoqda. ‎

2016-yil II chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari – OʻzXDP fraksiyasi aʼzolari, Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi‎

18.‎

“Bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasining asosiy maqsadi bolaning hayotiga, uning jismoniy, psixologik va maʼnaviy-axloqiy sogʻligʻiga hamda bolaning rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarishga va uning muomalasiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligiga nisbatan qonunchilik talablarini belgilashdan, shuningdek bolalar oʻyinchoqlarini ishlab chiqarish, uning muomalasi va undan foydalanish sohasidagi eng ahamiyatga molik munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻldirishdan iboratdir.
‎Qonun loyihasi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilmoqda. ‎

2016-yil I chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari – Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi aʼzolari, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

19.‎

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi holatini oʻrganish.‎

Tadbir “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun talablarining amalda roʻyobga chiqarilishini oʻrganishga, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish markazida huquqni qoʻllash faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan. Oʻrganish natijalari boʻyicha korporativ boshqaruv sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
‎Tadbirni oʻtkazish OʻzLiDeP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda‎

2015-yil II chorak ‎

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi ‎

20.‎

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yilning birinchi yarim yilligida “2015-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi” parametrlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitish.‎

Ish oʻrinlarini tashkil etish dasturining kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga taalluqli parametrlari bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
‎Tadbirni oʻtkazish OʻzXDP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda.‎

2015-yil III chorak ‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi‎

21.‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining Oʻzbekistonda suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati va uning samaradorlig�ni oshirish istiqbollari, qishloq xoʻjaligi korxonalariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish toʻgʻrisidagi axborotini eshitish.‎

Tadbir suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligi, mamlakatimizdagi agrar sohaning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlanganligi holatini oʻrganishga, ushbu sohadagi huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan.
‎Tadbirni oʻtkazish Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda. ‎

2015-yil III-IV choraklar ‎

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi‎

22.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishining borishi haqida”gi axborotini eshitish.‎

Parlament eshituvi keksa insonlarga, eng avvalo 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga munosib eʼtibor berish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, muhtojlarni reabilitatsiya qilishning qoʻshimcha va texnik vositalari bilan taʼminlash, ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlarini, ularning qiziqishl�ri boʻyicha klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni oʻrganishga qaratilgan.
‎Tadbirni oʻtkazish OʻzXDP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda. ‎

2015-yil IV chorak ‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi ‎

23.‎

Iqtisodiyot vazirining zamonaviy qurilish va pardozlash materiallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish holati va istiqbollari toʻgʻrisidagi axborotini eshitish.‎

Tadbir 2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulotni, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarish dasturining amalga oshirilishini, shuningdek zamonaviy qurilish va pardozlash materiallarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish holati hamda uning istiqbollarini oʻrganishga, ishlab chiqarish faoliyatining ushbu sohasini rivojlantirishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
‎Tadbirni oʻtkazish Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda. ‎

2015-yil II chorak ‎

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi‎

24.‎

Xususiy mulkdorlarning erkin rivojlanishini taʼminlashga, ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari talablarining Surxondaryo hamda Andijon viloyatlarining davlat boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini oʻrganish.‎

Tadbir Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi davlat organlarining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, qonunlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning xususiy mulk masalalariga doir normalari va qoidalari amalga oshirilishini oʻrganishga, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
‎Tadbirni oʻtkazish OʻzLiDeP fraksiyasi tomonidan taklif etilmokda. ‎

2015-yil II chorak ‎

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, AQMI ‎

25.‎

Sirdaryo viloyatida “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilishi holatini oʻrganish.‎

Tadbir Sirdaryo viloyatida fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari berish shartlarini, yerdan foydalanish, suv isteʼmoli tartibini belgilab beradigan qonun hujjatlari talablarining ijro etilish holatini oʻrganishga qaratilgan.
‎Oʻrganish natijalari boʻyicha ushbu sohadagi davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarining huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish.
‎Tadbirni oʻtkazish OʻzLiDeP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda.‎

2015-yil II chorak ‎

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi‎

26.‎

“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunning Samarqand viloyatida ijro etilishini oʻrganish. ‎

Tadbir ushbu Qonunning yoshlarni jismoniy tarbiya va sport masalalariga keng jalb etishga doir normalari samaradorligini oʻrganish, shuningdek qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi. ‎

2015-yil II chorak ‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi‎

27.‎

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha Davlat dasturining Buxoro viloyatida bajarilishi holatini oʻrganish. ‎

Ushbu tadbirni oʻtkazishdan maqsad 2013 — 2017-yillardagi davrda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha Davlat dasturining bajarilishi va samarali amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlashdan iboratdir.
‎Mazkur nazorat-tahlil ishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalarni har tomonlama tahliliy ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. ‎

2015-yil III chorak ‎

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi‎

4-boʻlim. Fuqarolik jamiyati institutlarini, mustaqil ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, ularning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdagi rolini oshirish.

‎‎Qonun ijodkorligi faoliyati

‎1.

‎“Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

‎Qonun loyihasi OAV erkinligi, iqtisodiy mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etishga, axborot sohasidagi raqobat, axborot bozori ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mualliflik huquqlari va intellektual mulkning ishonchli himoyasini taʼminlashga doir huquqiy kafolatlar hamda mexanizmlarni kuchaytirishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvarda qabul qilingan F-3560-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan axborot sohasini isloh qilish hamda soʻz va axborot erkinligini taʼminlash sohasidagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan.

2015-yil III chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

2.‎

“Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi OAVda taqdim etilgan axborotning siyosiy, gʻoyaviy va madaniy turfa xilligini taʼminlashni davom ettirish maqsadida bozor munosabatlari sharoitlarida milliy mass-mediani tizimli ravishda qoʻllab-quvvatlashning, ularning moddiy-texnika bazasini, iqtisodiy holatini mustahkamlashda davlat ishtirokining huquqiy mexanizmlarini belgilab olishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvarda qabul qilingan F-3560-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan axborot sohasini isloh qilish hamda soʻz va axborot erkinligini taʼminlash sohasidagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil III chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

3.‎

“Telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi elektron ommaviy axborot vositalari tizimini yanada demokratlashtirishga va liberallashtirishga, ularni mamlakatni demokratik jihatdan yangilash jarayonlarini yoritib berishga keng jalb qilishga, shuningdek teleradio dasturlarni yaratish va tarqatish, mobil va raqamli televideniye kabi yoritishning yangi istiqbolli texnologiyalarini joriy etish, telesanoatning yangi istiqbolli sektorlarini yaratish sohasida raqobatni izchillik bilan rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-yanvarda qabul qilingan F-3560-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan axborot sohasini isloh qilish hamda soʻz va axborot erkinligini taʼminlash sohasidagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini roʻyobga chiqarishga doir chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil IV chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari koʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

‎‎Nazorat-tahlil faoliyati

4.‎

“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Jizzax viloyatida va Toshkent shahrida ijro etilishi holatini oʻrganish.‎

Tadbir qonunlar normalarini amalda roʻyobga chiqarish holatini oʻrganishga, huquqni qoʻllash samaradorligini baholashga, shuningdek shu asosda fuqarolik institutlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish, ularni mamlakatimizni sotsial-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga doir eng muhim vazifalarni hal qilishda, insonlarning ijtimoiy faolligini oshirishda, jamiyatda manfaatlar mutanosibligini taʼminlashda faol ishtirok etishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishga, shuningdek qonun hujjatlarining muvofiqligini, tizimliligini, ushbu sohadagi huquqiy tartibga solish tizimining toʻliqligini taʼminlashga qaratilgan.
‎Tadbir OʻzLiDeP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda.‎

2016-yil II chorak ‎

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari koʻmitasi ‎

5.‎

“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Toshkent viloyatida ijro etilishi holatini oʻrganish.‎

Tadbir qonun hujjatlari tala�larining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent viloyati davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi samaradorligini oʻrganishga, shuningdek axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, Internet tarmogʻiga ulanish boʻyicha texnik imkoniyatlarni, keng doirali foydalanish optik tarmoqlarini kengaytirish, shuningdek boshqaruv faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
‎Tadbirni oʻtkazish Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tomonidan taklif etilmoqda.‎

2015-yil III chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi‎

5-boʻlim. Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligini taʼminlashning, tashqi siyosiy faoliyatining normativ-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish ‎‎

Qonun ijodkorligi faoliyati‎‎

1.‎

“Bolalarni ularning jismoniy va maʼnaviy-axloqiy kamolotiga zarar yetkazadigan axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonunda axborot �ahsulotining yosh tasnifining zamonaviy standartlari inobatga olingan holda muayyan yoshdagi bolalar uchun axborotning muayyan turlari tarqatilishiga doir cheklashlar belgilangan, bolalar va yoshlarni zararli axborot taʼsiridan, shu jumladan Internet global tarmogʻidan foydalangan holda olinadigan zararli axborot taʼsiridan, “ommaviy madaniyat” belgilari taʼsiridan hamda jamoatchilik ongiga taʼsir koʻrsatadigan boshqa axborot tahdidlaridan himoya qilish mexanizmlari ochib berilgan.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil II chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

2.‎

“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi radiochastota spektridan foydalanishni nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirishga, teleradio efirda axborot xavfsizligini, shuningdek radioelektron vositalarining barqaror faoliyatini taʼminlashga qaratilgan. Radiochastota spektri doiralarining samarali taqsimlanishini taʼminlaydigan normalarni hamda ushbu vazifalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan boshqa qoidalarni kiritish nazarda tutilmoqda.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Radiochastota spektrini boshqarish va undan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2053-sonli Qarorida nazarda tutilgan.

2015-yil II chorak ‎

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

3.‎

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.‎

Qonunni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad zamonaviy bosqichda aholining sanitariya-epidemiologik jihatidan farovonligini va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishdan iborat. Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ushbu sohadagi huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi belgilab qoʻyilmoqda.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan. ‎

2015-yil II chorak ‎

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

4.‎

“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri).‎

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi yovvoyi holda oʻsadigan organizmlar tomonidan hosil qilinadigan tabiiy oʻsimliklar va komplekslar, ular oʻsadigan tabiiy muhit saqlanishini taʼminlash, yovvoyi oʻsimliklar turlarining populatsiyasini saqlash va tiklash, oʻsimlik dunyosi obyektlari turlari qisqarishi yoki yoʻqolishi sabablarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
‎Yangi tahrirdagi “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi xalqaro huquqiy normalar talablariga muvofiqlashtirish koʻzda tutilmoqda.
‎Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan taklif etilmoqda.‎

2015-yil III chorak ‎

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi‎

5.‎

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (yangi tahriri).‎

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish, ularni tiklash, ularning yashash va koʻpayish joylarini, shuningdek migratsiya yoʻllarini saqlash, hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha iqtisodiy mexanizmni qoʻllash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
‎Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan taklif etilmokda.‎

2015-yil III-IV choraklar ‎

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi‎

6.‎

“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasi atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni hamda vositalarni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan va:
‎atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar natijasida iqtisodiy chora-tadbirlarni qoʻllash tizimi rivojlantirilishini;
‎jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy huquqlari, shuningdek manfaatlari himoyasini taʼminlovchi huquqiy mexanizmlar yaratilishini nazarda tutadi.
‎Qonun loyihasi Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan taklif etilmoqda.‎

2015-yil IV chorak ‎

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi‎

7.‎

“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmokda:
‎avtomobil transportining umumiy foydalaniladigan va maxsus foydalaniladigan avtotransportga ajratib tasniflanishini aniqlashtirish, ushbu Qonun taʼsir oʻtkazmaydigan avtomobilda tashish turlari roʻyxatini belgilash (maxsus tayinlangan transport vositalarida amalga oshiriladigan avtomobil tashuvlari; harbiy avtomobil tashuvlari; jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻz maishiy, oilaviy va boshqa shaxsiy ehtiyojlari uchun amalga oshiriladigan avtomobil tashuvlar);
‎avtomobil transportining xavfsizligini, ekspluatatsiya va utilizatsiya qilinishini taʼminlash, avtomobil tashuvlarini amalga oshirish sohasidagi dav�at siyosatini shakllantirish hamda oʻtkazish boʻyicha markazda va joylarda davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini kengaytirish;
‎tashuvchilar tomonidan shaharlararo (xalqaro) tashuvlarni amalga oshirishda, muntazam yoʻlovchilar yoʻnalishlari tanlovida ishtirok etishda ularning javobgarligini oshirishga doir chora-tadbirlar.
‎Qonun loyihasini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yilda qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida nazarda tutilgan.‎

2015-yil IV chorak ‎

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi ‎

8.‎

“Oʻzbekiston Respublikasi va GFR oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Berlin, 2014-yil 14-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi.‎

Oʻzbekiston Respublikasi va GFR oʻrtasida daromad va mol-mulk soliqlari yuzasidan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani (Berlin, 2014-yil 14-oktabr) kuchga kiritish maqsadida ishlab chiqildi.
‎Qonun loyihasining qabul qilinishi iqtisodiy, investitsiya sohasida ikkala mamlakat vakolatli organlari oʻzaro hamkorligining huquqiy mexanizmlari yaratilishiga koʻmaklashadi, soliqlar toʻlashda suiisteʼmol qilish ehtimollariga samarali qarshi kurashish hamda davlatlarning tegishli budjetlariga kelib tushadigan tushumlarning qoʻshimcha manbalarini aniqlash imkonini beradi.‎

2015-yil I chorak ‎

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi‎

9.‎

“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” gi qonun loyihasi.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2014-yil 6-iyunda “Oʻzbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning eng muhim zaxiralari toʻgʻrisida”gi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida genlarni modifikatsiyalashtiruvchi texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishni dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri sifatida aytib oʻtilgan edi.
‎Oʻzbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat iqtisodiy siyosati agrar kompleksni uzluksiz rivojlantirish orqali mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli taʼminlashga, oziq-ovqat bozorining barqarorligiga nisbatan ichki va tashqi xavflarga zudlik bilan munosabat bildirishga, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikda samarali ishtirok etishga qaratilgandir.
‎Qonun loyihasi genlari modifikatsiyalashtirilgan organizmlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, shuningdek genlari modifikatsiyalashtirilgan organizmlardan foydalanilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning respublikamizga olib kirilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi. ‎

2015-yil IV chorak ‎

Qonunchilik palatasi deputatlari – OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzolari, Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi ‎

Nazorat-tahlil faoliyati

10.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining “2013 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi atrof muhitini muhofaza qilishga doir harakat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish.‎

Qabul qilingan qonun hujjatlarini barqaror rivojlantirish, shuningdek samaradorligi va natijadorligini taʼminlash maqsadida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, ekologik taʼlim berish sohasidagi qonun hujjatlarini va normativ-uslubiy bazani rivojlantirish boʻyicha ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash, shuningdek mazkur tadbirlarning bajarilishini taʼminlash yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chi�ish.
‎Eshituv Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan taklif etilmokda.‎

2015-yil III chorak ‎

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi‎

11.‎

1972-yilda qabul qilingan “Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya”ning Surxondaryo viloyatida ijro etilishining borishini oʻrganish.‎

Madaniy va tabiiy meros namunalariga shikast yetkazilishiga, ularning yoʻqotilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Konvensiyaning joylarda ijro etilishini oʻrganish. Oʻrganish yakunlari boʻyicha mamlakatimizning tarixiy, madaniy qadriyatlari va merosini tiklashni davom ettirish, saqlash, ommalashtirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.
‎Tadbirni oʻtkazish Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi tomonidan taklif etilmokda.‎

2015-yil II chorak ‎

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi‎

12.‎

Namangan viloyatida “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining holatini oʻrganish.‎

Namangan viloyatida ushbu Qonunning (12-moddasi) ijro etilishi holatini va huquqni qoʻllash amaliyotini, jumladan chorvachilik ehtiyojlari uchun yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklardan yem-hashak tayyorlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga ushbu maqsadlar uchun maxsus taqdim etilgan tabiiy ozuqa mahsulotlari oʻsadigan maydonlarda (oʻrmon fondi, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari er-mulk hududida hamda gʻaram toʻplangan yerlarda) mol oʻtlatish boʻyicha qoʻyilgan talablarga rioya etilishini oʻrganish. Tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.
‎Tadbirni oʻtkazish Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan taklif etilmoqda. ‎

2015-yil II chorak ‎

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi‎

13.‎

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining holatini oʻrganish.‎

Mazkur Qonunning ushbu moddasi doirasida huquqni qoʻllash holatini oʻrganish, ushbu Qonunni takomillashtirish hamda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalarni maromiga yetkazish, tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.
‎Tadbirni oʻtkazish Ekoharakat deputatlar guruhi tomonidan taklif etilmokda. ‎

2015-yil III chorak ‎

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 3-son, 102-modda)