27.10.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati, quyida Ahdlashuvchi “Tomonlar” deb atalib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash istagida fransuz sarmoyalariga Oʻzbekistonda va oʻzbek sarmoyalariga Fransiyada qulay imkoniyat yaratib berish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash ikki mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti manfaatida, texnologiya va kapital almashuvini ragʻbatlantirishda koʻmaklashuviga komil ishonch bilan,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sarmoya” atamasi mulkning barcha turlarini, shu jumladan egalik huquqi va barcha turkumdagi manfaatlarni, shuningdek, istisno tariqasida emas, xususan quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) koʻchirib boʻladigan va koʻchmas mulk hamda barcha boshqa huquqlar, yaʼni garovga qoʻyish, qarzni uzmaguncha mulkni ushlab turish huquqi, begona mulkdan foydalanish va undan daromad olish huquqi, garov va shunga oʻxshash boshqa huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida joylashgan huquqiy shaxslarning faoliyatida ishtirok etishning hissadorlik, aksiya, aksiyalardan olinadigan daromad, boshqa bevosita, shuningdek hatto eng oz miqdorda boʻlsa ham, bilvosita shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) obligatsiya yoki pulga boʻlgan mulkiy huquq, zaminida iqtisodiy manfaat yotgan barcha qonuniy harakatlarga nisbatan mulkiy huquq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aqliy, savdo va sanoat mulkchilik huquqlari, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, sanoat shakli va namunalari, texnologik jarayonlar, savdo atamalari, firma atamalari va uning mijozlariga egalik qilish huquqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishchi konsessiyalar, ahdlashuvlar boʻyicha yoki qonun doirasida, shu jumladan Ahdlashuvchi Tomonlarning hududida va dengiz zonasida joylashgan tabiiy boyliklarni izlab topish, ulardan foydalanish, ishlov berish va qazib olishni oʻz ichiga oladigan shartnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunlari majmuasi asosida, ularning hududiga joylashtirilgan sarmoyalar yoki mazkur Bitim kuchga kirgandan soʻng joylashtiriladigan sarmoyalar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarmoya kiritish shaklining har qanday oʻzgarishi, hududiga sarmoya kiritgan Ahdlashuvchi Tomonning qonuniyatlariga zid kelmaydigan holda, uning sarmoya sifatida tan olinishiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sarmoyador” atamasi quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan barcha jismoniy shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Tomonlarning amaldagi qonuniyatlari asosida taʼsis etilgan, u yerda oʻz idorasiga ega boʻlgan va Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxslar yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida oʻz idorasiga ega boʻlgan va uning amaldagi qonuniyatlari asosida taʼsis etilgan huquqiy shaxslar tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilib turiladigan barcha huquqiy shaxslarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Daromadlar” atamasi maʼlum bir vaqt oraligʻida sarmoyalardan tushgan barcha pulning miqdorini, chunonchi, foyda, qarz toʻlovlaridan va ustama toʻlovlardan keladigan tushumlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sarmoyalardan olinadigan daromadlar takroran joriy etilgan hollarda, ulardan keladigan daromad ham sarmoya kabi himoyaga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu bitim har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududida, shuningdek iqtisodiy zona va kontinental shelf deb atalmish, sathi har bir Ahdlashuvchi Tomonning hududiy suvlari chegarasidan tashqariga chiqadigan, xalqaro huquqqa muvofiq Taraflar qidiruv ishlari va ekspluatatsiya qilishga suveren huquq va yurisdiksiyaga ega boʻlgan hududda va dengiz zonasida amaliy kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon, oʻz hududida amal qilinayotgan qonuniyatlar asosida va ushbu Bitim qoidalariga tayangan holda, Ahdlashuvchi Tomonlar sarmoyadorlarining sarmoyalarini tan oladi va ragʻbatlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida va dengiz zonasida boshqa Ahdlashuvchi Tomon sarmoyadorlarining sarmoyalariga nisbatan xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda, adolatli va teng munosabatda boʻlishni hamda mazkur normalarning qonun yoki amaliy yoʻl bilan kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikni oʻz zimmasiga oladi. Istisno tariqasida emas, xususan xomashyo va yordamchi materiallarni, energiya va yoqilgʻini, shuningdek turli ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish vositalarini sotib olish va yuklash-tashishdagi barcha cheklashlar, mahsulotlarni mamlakat ichkarisida va chet mamlakatlarda sotish hamda yuklash-tashishga nisbatan barcha toʻsiqlar, shuningdek, shunga oʻxshash natija beradigan boshqa choralar teng va adolatli munosabat qoidalarining va amaliyotining kamsitilishi deb tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi va dengiz zonasida sarmoyalarni joriy qilish doirasida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining ichki qonunlariga muvofiq ravishda bir Ahdlashuvchi Tomon sarmoyadorlari tomonidan kirish, yashash, ishlash va joydan joyga koʻchish haqida berilgan arizani doʻstona koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri oʻz hududida Ahdlashuvchi Tomon sarmoyadorlarining sarmoyalari yoki daromadlariga oʻz sarmoyadorlari yoki eng qulay sharoit huquqidan foydalanayotgan har qanday uchinchi davlat sarmoyadorlarining sarmoyalariga yoxud sarmoyadan oladigan daromadlariga yaratib berilgan qulay sharoitdan qolishmaydigan sharoitni yaratib beradi. Shu munosabat bilan, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining hududida faoliyat koʻrsatishga vakolatli, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxslar mutaxassisliklari doirasida moddiy qulayliklardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida Ahdlashuvchi Tomonlardan birining uchinchi davlat sarmoyadorlariga, ularning erkin savdo mintaqasi, bojxona birlashmalari, umumiy bozor yoki boshqa har xil koʻrinishdagi iqtisodiy tashkilotlarida ishtirok etishi munosabati bilan beradigan imtiyozlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada qayd etilgan qoidalar soliq solish masalalariga tegishli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri sarmoyadorlarining sarmoyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida va dengiz zonasida toʻliq himoyalanadi va ularning xavfsizligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning hech biri oʻz hududida va dengiz zonasida boshqa Ahdlashuvchi Tomon sarmoyadorlarining sarmoyalariga nisbatan musodara qilish yoki milliylashtirish yoki mulkdan mahrum qilishning boshqa barcha bevosita yoki bilvosita choralarini koʻrmaydi. Milliy manfaatlari talab qilgan taqdirda esa, koʻriladigan choralar kamsituvchi yoki maxsus olingan majburiyatga zid boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egalik huquqidan mahrum etish bilan qoʻllanishi mumkin boʻlgan barcha choralar shu zaxotiyoq va yetarli darajada tovon puli bilan qoplanadi. Tovon puli miqdori egalik huquqidan mahrum qilishdan oldingi normal iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan tovon puli, uning hajmi va toʻlov shartlari egalik huquqi bekor qilingan kundan oʻtmasdan belgilanadi. Ushbu tovon puli hech qanday toʻxtovsiz oʻz vaqtida va xohishiga koʻra istalgan hisobga oʻtkazilishi mumkin. Tovon puli toʻlovlar amalga oshirilgunga qadar bozor foiz stavkalariga muvofiq koʻpayib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri sarmoyadorlarining sarmoyalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida urush yoki boshqa har xil qurolli toʻqnashuv, inqilob, favqulodda holatlar yoki fitna tufayli yetkazilgan talafotlardan soʻng, hududidagi oʻz sarmoyadorlariga yoki eng maqbul shart-sharoitlar bilan taʼminlangan sarmoyadorlarga koʻrsatilgan sharoit qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududi va dengiz zonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning sarmoyadorlari tomonidan sarmoyalar kiritilgan har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu sarmoyalarni erkin ravishda joydan-joyga oʻtkazishni taʼminlashlari lozim, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) foizlar, dividendlar, foyda va boshqa joriy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) birinchi moddaning (g) va (d) bandlariga asoslangan ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muntazam ravishda kontraktlar asosida olingan qarzlar toʻlovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sarmoyalarning toʻliq yoki qisman tugatilishi yoki mulkni musodara qilish qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) beshinchi moddaning 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan mulkni musodara qilish yoki talafotlar boʻyicha qoplanmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududi va dengiz zonasida ishlashga ruxsat berilgan sarmoyadorlariga koʻzda tutilgan sarmoya joriy qilish doirasida oʻz mamlakatlariga maoshining bir qismini joʻnatishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa bandlarda koʻrsatilgan oʻtkazishlar kechiktirilmasdan, almashtirish kuni amalda boʻlgan rasmiy miqdorda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunlari majmuasi xorijiy sarmoyalar uchun kafolatlarga ega boʻlsa, ushbu kafolatlar har bir aniq hol koʻrib boʻlingandan soʻng, ushbu Tomon sarmoyadorlari tomonidan boshqa Tomon hududida yoki dengiz zonasida joriy etilayotgan sarmoyalarga nisbatan ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining sarmoyadorlari boshqa Tomon hududi yoki dengiz zonasida joriy qilgan sarmoyalari ushbu tomon bilan oldindan kelishilgan holdagina yuqoridagi xatboshida koʻrsatilgan kafolat bilan taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning sarmoyadorlari oʻrtasida sarmoyalarni joylashtirishga oid boʻlgan kelishmovchiliklar ikki tomonlama doʻstona muzokaralar yoʻli bilan hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1965-yil 18-martda Vashingtonda imzolangan davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga koʻra, agar kelishmovchiliklar daʼvo taqdim etilgandan soʻng 6 oy ichida hal qilinmasa, Tomonlardan birining talabiga muvofiq, u sarmoyalar muammolarini hal etuvchi Xalqaro Markazning hakamlik sudiga topshiriladi (S.I.R.D.I).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga sarmoya qoʻyish munosabati bilan bergan kafolati asosida oʻz sarmoyadorlariga toʻlovlarni amalga oshirgan boʻlsa, bu holda, birinchi Tomon yuqorida qayd etilgan sarmoyadorlarning huquq va harakatlariga nisbatan subrogatsiya tariqasida toʻla huquqlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan toʻlovlar shaxslarning SIRDI ga yordam uchun murojaat etish yoki sud muhokamasini yakuniga yetkazish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlariga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon sarmoyadorlariga nisbatan maxsus majburiyatlar shaklini olgan sarmoyalari, ushbu Bitim qoidalariga zarar yetkazmagan holda, yuqorida qayd qilingan va mazkur Bitimdagiga nisbatan afzalroq boʻlgan majburiyatlar shartlari asosida boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Shartnomani talqin qilish va qoʻllash boʻyicha kelib chiqadigan kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan yoki imkoni boʻlsa diplomatik yoʻllar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining rasmiy soʻrov bergan kunidan boshlab 6 oy ichida hal etilmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga binoan hakamlik sudi muhokamasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqorida qayd etilgan hakamlik sudi har bir alohida holat uchun quyidagi tartibda tuziladi: har bir Ahdlashuvchi Tomon bittadan hakam tayinlaydi, soʻng ana shu tayinlangan hakamlar sud raisligiga uchinchi davlat fuqarosini tayinlaydilar. Hamma hakamlar bir Ahdlashuvchi Tomonning ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga kelishmovchiliklarni hal etish uchun hakamlik sudiga murojaati toʻgʻrisidagi maqsadini rasmiy ravishda bildirgandan soʻng, ikki oy muddat ichida tayinlanishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ushbu moddaning 3-bandida keltirilgan tayinlashlar oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri, koʻzda tutilgan boshqa shartnomalar boʻlmagan holatda yuqorida keltirilgan tayinlashlarni amalga oshirish iltimosi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Kotibiga murojaat qilishlari mumkin. Agarda Bosh Kotib Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki u yuqorida qayd qilingan vazifalarni bajara olmasa, u holda zarur tayinlashlarni hech bir Ahdlashuvchi tomon fuqarosi boʻlmagan Bosh Kotibning oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hakamlik sudi koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qiladi. Ushbu qarorlar Ahdlashuvchi Tomon uchun huquqiy jihatdan majburiy va qatʼiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama tartiblarini hakamlik sudining oʻzi belgilaydi va Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga koʻra oʻz qarorlarini tushuntirib beradi. Hakamlik jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, shuningdek hakamlarning ish haqi, sud oʻz qarorlarini chiqargunga qadar Ahdlashuvchi Tomonlar hisobidan teng yarim miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon boshqa Tomonni ushbu Bitim kuchga kirishi bilan bogʻliq zarur konstitutsion marosimlari tugaganligi haqida xabardor qiladi va oxirgi xabar olingan kundan bir oy oʻtgandan soʻng Bitim kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim dastlabki 10 yil muddatga tuziladi. Bu holat, toki Ahdlashuvchi Tomonlardan biri diplomatik yoʻl bilan ushbu Bitim muddatining tugashidan bir yil oldin unga amal qilishni bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantirmagunga qadar davom etaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning amal qilish muddati tugagan holda Bitimga amal qilish davrida joriy qilingan sarmoyalar qoʻshimcha yana 20 yil davomida Bitimning himoyaga oid bandlaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parij shahrida, 1993-yil 27-oktabrda, oʻzbek va fransuz tillarida tuzildi, har ikkala matn ham bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)