20.06.1992 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Bilan Malayziya Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Madaniy va ilmiy hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Malayziya Hukumati (quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida oʻzaro madaniy va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga va xalqlari oʻrtasidagi hamjihatlikni oshirishga koʻmaklashishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy va ilmiy hamkorlikni bir-birlarining suverenitetlarini oʻzaro hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik va oʻzaro manfaat asosida Tomonlarning tegishli qonunlari va qoidalariga binoan rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi mavzusi va uning maqbul boʻlishini hisobga olgan holda, 1-moddada zikr etilgan madaniy va ilmiy hamkorlik, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) radio va televizion dasturlar, filmlar va musiqaviy yozuvlar bilan ayriboshlashni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijoriy-asosda yoki Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro bitimlarga muvofiq teatr, opera, balet va raqs guruhlarining, orkestrlar va boshqa badiiy jamoalar va yakka sanʼatkorlarning ijodiy safarlarini,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sanʼat sohasida ayriboshlash, badiiy, foto va boshqa koʻrgazmalar tashkil etishni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hayʼatlar ayriboshlash, guruhlar va ayrim mutaxassislar safari orqali ilm-fan, texnologiya va shu kabi sohalardagi yutuqlar va tajribalar bilan almashishni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy va maxsus oʻquv yurtlarida oʻqish imkoniyatini yaratish va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) milliy kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va shu kabi boshqa muassasalar oʻrtasidagi aloqalarni ragʻbatlantirishni hamda tarixiy, madaniy va ilmiy qiymatga ega boʻlgan nashr etilgan va etilmagan materiallarni ayriboshlashni, jumladan, yozuvchilar va madaniyat sohasidagi boshqa mutaxassislar bilan almashib turishga koʻmaklashishni,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan kelishilishi mumkin boʻlgan boshqa vaziyatlarni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida sayohatchilikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda zikr etilgan oʻzaro axborotlar va materiallarni ayriboshlash, ayrim shaxslar, guruhlar va hayʼatlar bilan almashish Oʻzbekiston Respublikasi va Malayziyadagi mavjud qonunlar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida diplomatik yoʻllar bilan bir-birlariga hamkorlikning hajmi va mohiyati toʻgʻrisida xabar qiladilar va agar muayyan masalalar yuzasidan savollar chiqib qolsa, hamkorlik maqbulligi va shart-sharoitlari toʻgʻrisida, jumladan diplomatik yoʻllar bilan muzokaralar oʻtkazishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻz xavfsizliklarini himoya qilish uchun tadbirlar qabul qilish va amalga oshirishdagi huquqlarini chegaralamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri ushbu Bitimning istalgan joyiga yoki hamma bandlariga oʻzgartirishlar kiritishni yoki qayta koʻrib chiqishni yozma ravishda talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro kelishgan holda kiritgan har qanday oʻzgartirishlar va qayta koʻrishlar Ahdlashuvchi Tomonlar belgilagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim har bir Ahdlashuvchi Tomon bu Bitim tasdiqlanishi uchun zarur barcha ichki rasmiy ishlar ado etilgani haqida boshqa Tomondan xabar olgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim kuchga kirganidan keyin Besh yil davomida amal qiladi. Mazkur muddat, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Tomonni muddat tugashiga kamida olti oy qolgunicha Bitimga amal qilishni toʻxtatish niyati haqida diplomatik yoʻllar orqali yozma ravishda xabar qilmasa, Bitimga amal qilish oʻz-oʻzidan har safar bir yillik muddatga choʻzilaveradi. Ushbu Bitim muddati tugashi yoki unga amal qilishning toʻxtatilishi mazkur Bitim doirasida Ahdlashuvchi Tomonlar imzolagan boshqa protokollar, bitimlar, shartnomalar, eslatma xatlariga doir amaldagi majburiyatlar yoki loyihalar qoidalariga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuga guvohlik berib, oʻz Hukumatlarining tegishli vakolatlariga ega boʻlgan quyidagi shaxslar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 20-iyunda Kuala-Lumpur shahrida olti asl nusxada, har biri ikki nusxadan oʻzbek, malay va ingliz tillarida imzolandi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda tafovut yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn ustuvorlik qiladi.

(imzolar)