Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2017 26.03.2015 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuninngdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2015-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi 2015-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini amalga oshirish uchun alohida savdo maydonchasining toʻliq faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali, tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi boʻyicha Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolarda qatnashish qoidalarini tadbirkorlik subyektlari, budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar eʼtiboriga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2015-yil 1-iyundan boshlab oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 69-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining (keyingi oʻrinlarda birja deb ataladi) maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron katalog — birjaning maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini taʼminlovchi dasturiy-texnik majmua;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar — budjet tizimi budjetlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qiluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar — elektron katalogda oʻzining ofertasini joylashtirgan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan birja tomonidan belgilangan tartibda Tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishini kafolatlovchi yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar — xarid qilinishi buyurtmachilarda shoshilinch va/yoki oldindan koʻrilmagan zaruriyat tufayli yuzaga kelgan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron katalogda bitta shartnoma boʻyicha 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlmaganga teng boʻlgan, ularga shoshilinch va/yoki oldindan koʻrilmagan zaruriyat yuzaga kelgan tovarlar xarid qilinadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron katalogda xarid qilinadigan tovarlar roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tovarlarni xarid qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning tartibotlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar, qarzlar va xorijiy grantlar berish shartlarida tovarlarni xarid qilishning oʻzgacha tartibi belgilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan maxfiy tusdagi tovarlarni xarid qilishga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Takliflarni elektron katalogda joylashtirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni tanlash va kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektron katalogda tovarlarning davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida birja tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektron katalog tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining elektron katalogga qoʻyilgan taklifi buyurtmachilarga yoʻnaltirilgan ommaviy oferta hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar birjaning maxsus axborot portalida quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan tovarning nomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish narxini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning eng koʻp va eng kam partiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning markasi va texnik parametrlarini (texnik pasport yoki boshqa hujjat asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning rasmini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yetkazib berish hududini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning ishlab chiqaruvchisi va tovar ishlab chiqarilgan mamlakat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat shartlari va muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqarilgan yilni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning yaroqlilik muddatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat yoki sertifikat (agar faoliyat davlat xaridlari predmeti hisoblangan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlsa va qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak boʻlsa yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni va muvofiqlik sertifikatini olishni talab etsa) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy tartibda joylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi elektron katalogda joylashtirilgan axborotning ishonchliligi uchun toʻliq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar (tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berilishini kafolatlovchi yetkazib beruvchilar bundan mustasno) elektron katalogda xaridlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etishdan oldin birjaning hisob-kitob-kliring palatasida oʻzining shaxsiy hisob raqamida Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda zakalatni joylashtiradi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining zakalati u tomonidan kontrakt imzolanguniga va u birjaning filiali yoki savdo maydonchasida roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar blokirovka qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar birjaning vositachilik yigʻimi summasi miqdorida avans toʻlovlarini kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining ofertasi u elektron katalogga qoʻyilgan paytdan boshlab oʻn besh kun mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi ofertani u buyurtmachi tomonidan qabul qilinguniga qadar xohlagan muddatda olib tashlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi elektron katalogda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻziga zarur boʻlgan tovarni tanlab oladi va tovarni tanlaganidan soʻng narxlarni soʻrash mexanizmidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Narxlarni soʻrash mexanizmi oʻzida buyurtmachiga tovarni ofertadagiga qaraganda pastroq, oʻxshash tovarlarni yetkazib beruvchilarning narxlari boʻyicha soʻrash imkonini beradigan dasturiy majmua funksiyasini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Birja elektron katalogda oʻxshash tovarlarni taklif qiluvchi barcha yetkazib beruvchilarga narxlarni soʻrashda ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif joʻnatilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar birja tomonidan narxlarni soʻrashda ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif yuborilgan paytdan boshlab 48 soat mobaynida oʻz takliflarini berishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar manziliga yuboriladigan narxlarni soʻrashda ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif buyurtmachi tomonidan tanlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining ofertasiga havolani oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Narxlarni soʻrashda ishtirok etish toʻgʻrisida taklif olingan paytdan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar buyurtmachi tomonidan tanlangan tovarning taklifida bayon qilingan shartlarda tovarni yetkazib berish toʻgʻrisida oʻzining narxga doir takliflarini taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni soʻrashda ishtirok etish toʻgʻrisida taklif olgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi oferta narxidan past narx boʻyicha taklif kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar narxlarni soʻrashda ishtirok etish davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tomonidan taklif qilingan narx buyurtmachi tomonidan tanlangan narxdan 15 % va undan ortiq foiz past boʻlgan taqdirda, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi savdo predmetining har bir birligi uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tomonidan taklif qilingan narx bilan buyurtmachi tomonidan tanlangan oferta narxi oʻrtasidagi tafovut miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday takliflar elektron tizim tomonidan oʻz-oʻzidan rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining qoʻshimcha zakalati u tomonidan kontrakt imzolanishi va u birjaning filiali yoki savdo maydonchasida roʻyxatdan oʻtkazilishi paytigacha birjaning hisob-kitob-kliring palatasida uning shaxsiy hisob raqamida blokirovka qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Narxlarni soʻrash ishtirokchilari tomonidan berilgan narxga doir takliflarni taqqoslash elektron tizimning dasturiy majmuasi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron tizim buyurtmachi bilan eng past narxni taklif qilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi hamda buyurtmachilar va elektron tizim tomonidan gʻoliblar sifatida aniqlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning shaxsiy hisob raqamlaridan bitim summasining 0,05 foizi miqdorida birjaning vositachilik yigʻimini echib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Narxlarni soʻrash jarayonida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarning ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yakunlar chiqarish paytigacha buyurtmachi yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarga maʼlum boʻlmaydi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining nomi gʻolibni aniqlash paytida elektron tizimda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Elektron tizim buyurtmachi tomonidan tanlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchining ofertasida bayon qilingan shartlarga va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilar tomonidan taklif qilingan eng past narxlarga muvofiq kontraktni shakllantiradi. Kontraktning elektron shakli buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy kontrakt birja va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Buyurtmachi va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — gʻolib gʻolib aniqlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida kontraktni ikki nusxada imzolashi va uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻzlarining hududiy joylashish joyi boʻyicha birjaning filiali yoki savdo maydonchasiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kontraktni roʻyxatdan oʻtkazish birja tomonidan uni tuzilgan kontraktlarning elektron reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kontrakt birjaning filiali yoki savdo maydonchasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin bir ish kuni mobaynida tomonlar pochta, telegraf, teletayp yoki boshqa aloqa vositasi orqali kontrakt boʻyicha tegishli hujjatlarni ayirboshlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tuzilgan kontraktlar reyestri birja tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi va birjaning maʼlumotlar bazalari elektron oʻzaro hamkorligi yoʻli bilan avtomatik rejimda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Buyurtmachi tegishli hujjatlar bilan birgalikda kontrakt ayirboshlangandan keyin ikki ish kuni mobaynida uni roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga qabul qilish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi boʻlinmasiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining boʻlinmasi buyurtmachilardan olingan kontraktlar asosida narxlar monitoringini oʻtkazmasdan kontraktlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi (hisobga qabul qiladi). Roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga qabul qilingan) kontraktlar reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan maʼlumotlar bazalarining elektron oʻzaro hamkorligi yoʻli bilan avtomatik rejimda birjaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — savdolar gʻolibi kontraktni imzolashni rad etgan taqdirda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasidagi uning zakalati gʻolib aniqlangan paytdan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha tegishli gʻaznachilik hisob raqami koʻrsatilgan holda yagona gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — savdolar gʻolibi kontraktni imzolashni rad etgan yoki boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda buyurtmachi kontraktni imzolashdan bosh tortish tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Kontraktni imzolashni rad etgan yoki boshqacha tarzda imzolashdan bosh tortgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi — savdolar gʻolibi birja tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni nohalol yetkazib beruvchilar reyestriga kiritiladi, yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yuzaga kelishi munosabati bilan rad etish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Buyurmachi kontraktni imzolashni rad etgan yoki undan boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi — savdolar gʻolibi shartnomani imzolashni rad etsa yoki undan boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda, birja bir ish kuni mobaynida buyurtmachi bilan narxlarni soʻrash boshlanguniga qadar buyurtmachi tomonidan ofertasi tanlangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi oʻrtasidagi kontraktni tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilmagan taqdirda buyurtmachi tovarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda elektron katalogda xarid qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Buyurtmachi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan tovarlarning davlat xaridi amalga oshirilishida ushbu Nizomning ijrosi monitoringi uchun Hukumat komissiyasining ishchi organiga ishonchli axborot taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan kontrakt shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktni tuzish muddatiga rioya etilishi, kontraktni imzolash rad etilishi yoki uni imzolashdan bosh tortish va hujjatlarni oʻz vaqtida ayirboshlash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning davlat xaridida ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziya, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat yoki sertifikatda maʼlumotlarning mavjudligi va ularning ishonchliligi uchun javob beradi (agar faoliyat davlat xaridlari predmeti hisoblangan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlsa va qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak boʻlsa yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatni, sertifikatni olishni talab etsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan kontrakt shartlari bajarilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktni tuzish muddatiga rioya etilishi, kontraktni imzolash rad etilishi yoki uni imzolashdan bosh tortish va hujjatlarni oʻz vaqtida ayirboshlash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Birja:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish asossiz rad etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish hamda gʻolibni aniqlash tartibotlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron katalog va maxsus axborot portali uzluksiz ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo natijalari boʻyicha tomonlar tomonidan tuzilgan kontrakt roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kontrakt majburiyatlarini zarur tarzda ijro etish masalalari boʻyicha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 69-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2015-yil 1-iyundan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “54-bandida” soʻzi “54 va 55-bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 51-bandning “3” kichik bandiga “roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan, davlat xaridlari Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan amalga oshiriladigan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 54-banddagi “ushbu Nizomning 51 bandi 1, 3 — 10-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek tovarlarni birja savdolarida xarid qilish va Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollar” soʻzlari “ushbu Nizomning 51 va 55-bandlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek tovarlarni Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollarda xarid qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 55-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“55. Bitta kontrakt boʻyicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollarigacha boʻlgan roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) tadbirkorlik subyektlaridan Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan xarid qilinadi, ushbu Nizomning 51-bandi 1-2, 4 — 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollarda tovarlar xarid qilish bundan mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bitta kontrakt boʻyicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan, eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 139-modda)